Xamsa alisher Navoiy xamsa


To'rtinchi iqlim yo‘lidan kelgan



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

To'rtinchi iqlim yo‘lidan kelgan 

musofirning rivoyati

Bundan  bir  necha  yillar  muqaddam  Dehli 

shahrida juda  badavlat  shoh  hukmronlik  qilar, 

uning mulk-u davlati,  qo'shinidagi sipohlari be- 

had ko‘p ekan. Jo‘na otli bu shoh o‘zining saxo- 

vati bilan mashhur bolib, xalqini m ol-kol mol-u 

davlat berib xursand qilar ekan. Yuzlab, minglab 

muhtoj  odamlar uning ehsoniga sazovor bolgan 

ekan.  Bir  kuni  bir  mehmon  shohga  ajoyib  bir 

ko‘zguni  sovg'a qildi.  Uning  ro'parasida o'tirgan 

har bir kishi  rost  so'zlayotgan  bolsa,  yuzi  nurli 

bolib  ko‘rinar,  yolg'on  so‘zlayotgan  bolsa,  yuzi 

qora tusga kirardi. Ko‘p kishi ko'zguga boqib turib 

so'zlar  ekanlar,  shu  haqiqatga  guvoh  boldilar. 

Bu sovg'adan mamnun bolgan shoh mehmonga 

ko‘pdan ko‘p mol-u davlat berib xursand qildi. U 

bilan suhbat qilib turib: «Sen olamda ko‘p olkalar-



ni kezib chiqqan, minglab odamlar bilan suhbat- 

lashgan inson  ekansan.  Ayt-chi,  menga  o'xsha- 

gan  saxiy  kishini  eshitganmisan  yoki  huzuriga 

borib xizmatini qilganmisan?» -  deb so‘rab qoldi. 

Bu  savoldan  gangib  qolgan  mehmon  qanday 

javob  berishni  bilmasdi.  «На»  desa,  shohning 

ko'ngli  ranjishi  muqarrar,  «yo‘q»  desa,  yolg‘on 

gapirgan boladi.  Oxiri yolg'on bolsa ham:  «Yo‘q, 

ko‘rmaganman», -  javob qildi.  Shoh:  «Shu gaping 

rostmi?» -  deb so‘radi, mehmon:  «Ha, rost», -  deb 

talddladi. Shoh: «Unga haligi ko'zguni tutinglar»,

-  deb buyurgan edi, mehmonning yuzi qora bolib 

ko'rindi.  U xijolat chekib,  nima deyishni bilmay 

turarkan, shoh: «Ey pokiza inson, sen men tufayli 

shu holatga tushding. Yolg'on so'zlaganing uchun 

yuzing  shunday  ko'rindi,  endi  rost  gapirgin, 

shunda yuzing ham pok bolib ko'rinadi», -  dedi. 

Mehmon:  «KoYganman», -  degan edi,  shoh unga 

yana ko'zguni ro'para qildi,  bu  safar uning yuzi 

oq bolib ko'rindi.

Shoh mehmongayana murojaat qilib: «Mendek 

saxovatpesha inson  kim  ekan,  aytib  ber»,  -  deb 

so'radi.  Mehmon:  «Haqiqatni  aytishdan  boshqa 

choram  qolmadi.  Faqat  mening  uzundan  uzoq 

hikoyamni  bir  о‘zing  eshitsang,  durust  boladi, 

deb  o'ylayman»,  -   dedi.  A ’yonlar-u  mulozimlar 

ularni yolglz qoldirdilar.  Mehmon  so‘z boshladi: 

«Hindistonda jannat  bogldek  go'zal  bir  shahar 

bor.  U  sening  mamlakating  ichida joylashgan 

bolib,  xazinangga  har  yili  mol  yuborib  turadi. 

Maqtovga arzirli bu shahaming nomi Taroz bolib, 

o‘zi  majoziy  ishq  kabi  dilkashdir.  Balki u yerda 

sen  ham  bolgandirsan,  hech  bolmasa,  uning 

maqtovini  eshitgandirsan?»  Shoh:  «U  shaharni




ziyorat qilmagan bolmasam ham, xalqdan vasfini 

eshitganman. Sen o‘z hikoyatingni davom ettirib, 

ко‘rganlaringni  bayon  qilaver»,  -   deb  buyurdi. 

Mehmon o‘z so'zini shunday davom ettirdi: «Taroz 

jannatmisol  shahar  bolib,  tubi  kabi  daraxtlari 

osmonga  yetay  deydi.  Kavsarsimon  suvlari  har 

tomonda oqib turadi. Havosi jannat bog'idagi kabi 

jonparvar o‘rmoni bog'dan ham yaxshiroq, u sha- 

harda bog-bo'stonsiz kishi yo‘q. Har bir kishining 

bogi go'zallikda betakror. Shoh adolati tufayli xalq 

boy yashaydi. Shahar-u ко‘chalar jannatdek obod, 

uylari bilan odamlari qasrlar-u hurlarni eslatadi. 

Xalqining mol-dunyosi shunchalar ko'pki, boyligini 

qoVishga joy topolmaydi.

Mana  shu  shaharda  ajoyib  bir  yigit  yashay­

di,  uning  maqtovini  mingta  so'zamol  ham  aytib 

tugatolmaydi.  Husnda  osmon  quyoshiga,  lutf-u 

ehsonda hayot suviga obcshaydi.  O'zi yosh bolsa 

ham, ilm-u kamoloti cheksiz. Har bir fanni shun­

day  mukammal  egallaganki,  ko‘p  olimlar  unga 

mulozimlik qilishadi. Baxt yulduzi bolgan bu yig- 

itning oti  Mas’uddir.  U  har kuni gulzorda kezib, 

gulrang boda ichishni yoqtiradi. To gul bor ekan, 

gulzorda do‘stlari bilan bazm qilishadi.  Boshlari- 

dan oyoqlarigacha gul sochishib,  gul ichiga g‘arq 

bolishadi.  Gul  fasli  tugagach  esa  bazm  gulrang 

qasrda davom etadi. Gulrang kiyimlar kiygan bar­

cha odamlaming aysh guli ochilib, boshlaridan gul- 

lar sochiladi. Uning bazmi firdavs bog‘iga o'xshaydi. 

Mening bu gaplarim unga xos fazilatlamingyuzdan 

birigina,  xolos.  Uning  saxovatini  esa  men  emas, 

yuzta Hotam tirilsa ham, aytib ado qilolmaydi».

Bu  so‘zlarni  eshitgan  shohning  sabr-u  qarori 

qolmay,  o'sha  sohibkaram  yigitni  ко‘rib,  uning




hayoti  bilan  tanishishga  ahd  qildi-da,  saroy 

ahliga:  «Men  bir  hafta haramda  orom  olib,  may 

ichmoqchiman.  Xizmat  ahlini  ham  bir  haftaga 

ishlaridan ozod qilaman, ular uylarida rohat qilib, 

shod bolsinlar», -  deb farmon berdi-yu, haramini 

maxsus  odamlarga topshirib,  ularga zarur vazi- 

falami yukladi.

Jo‘n aning yerda  tez yuruvchi  bir  ulovi  bolib, 

uni  «Sari  us-sayr»  deb  atashardi.  Bir  haftalik 

yolni bir  kunda bosib  o‘tishga qodir bolgan  bu 

ulovga tez yurishda chaqmoq ham bas kelolmas, 

osmondagi qushlar ham unga yetolmasdi.  Shoh 

unga mindi-da, yuz yog'ochlik yolga ikki kunda 

yetib bordi.

Taroz shahri behisht boglga o'xshab, tuprogldan 

atir isi ufurib turar, o‘z mehmoni tasvirlaganidan 

yuz marta go‘zalroq edi. Shoh odamlardan so‘rab, 

Mas’ud yashaydigan manzilni tezda topdi. Uning 

ro'parasida baland bir darvoza turar, uning oldidagi 

maydon esa xalq bilan tola edi. Eshik oldida mu- 

sofirlarni  kutib  olishga  qo'yilgan  xodimlar  hozir 

turishardi.  Ular Jo'nani  musofir  deb  xayol  qildi- 

lar-da,  hol-ahvol  so‘rashgach,  mehmonxonaga 

boshladilar. Otini otxonaga boglab, o'zini qasrga 

taklif etdilar. Mehmonxona bir qasr bolib, undagi 

barcha narsalar shohona ko‘rinishga ega edi. Bu 

yerda Jo'naga orom berishdi-da,  oldiga xilma-xil 

taomlami tortishdi. Ko‘p o‘tmay mehmon qoshiga 

mezbon kirib keldi.  Uning xulqu kamoli Jo'nani 

hayratda qoldirdi. Mas’ud so‘zlarini tugatguncha, 

mehmon  taomlanib  boldi.  U  o‘z  mehmonidan: 

«Mizojingiz  boda  tilaydimi?»  -   deb  so‘rab,  so‘ng 

boda keltirishni va bazm tayyorgarligini ko'rish- 

ni  buyurdi.  Qasr  yonida  bir  hammom  qurilgan




bo‘lib,  undagi  hamma  ashyolar  qimmatbaho 

toshlar bilan bezatilgan,  hovuzlarda suv o'rniga 

gulob  tayyorlab  qo'yilgandi.  Mas’ud  mehmonni 

hammomga  taklif etdi.  Shoh  ham  hammomga 

kirib, y o l gardidan tozalanishni istab turgan edi. 

Mezbon taklifini qabul qilib, hammomga kirdi-yu, 

u yerdagi narsalami ко‘rib hayratlandi.  Bunday 

hammom uning saroyida ham yo‘q edi: zarhal toslar 

quyosh kabi yaltirar, kumushdan ishlangan das- 

talari hilolga o^shar, lungilardan mushk-u anbar 

hidi taralar, ularni tikishda ip o‘rniga zarrin iplar 

ishlatilgan edi. Xizmatchilar yangi ochilgan gulga, 

yo‘q, yo‘q, hammom ichidagi parilarga o‘xshashar- 

di.  Bu yerda y o l  changidan  forig‘  bolgan Jo‘na 

hammomdan chiqar ekan, unga gulrang ipakdan 

tikilgan kiyimlami kiydirishdi.  Shu xil  rangdagi 

kiyimlami kiyib olgan Mas’ud bilan ikkovlari bazmgoh 

tomon y o l olishdi.

Bazm jannatni,  hur  va  soqiylar  kavsar  bilan 

bodani eslatishardi. Mas’ud o‘z mehmonini o‘tqa- 

zib,  keyin  o‘zi  o'tirdi.  Majlis  ahlining  barchasi 

gul  yuzli  bolib,  kiyimlari  gulnoriy  rangda  edi. 

Mezbon  hukm  qilgan  edi,  xushbichim  bir  soqiy 

kelib,  mehmonga  gulgun  boda  tutdi.  Qadahlar 

pay-paydarpay aylanar ekan, may majlis ahlining 

boshiga chiqdi.  Shoh ham bodadan boshi qizib, 

ixtiyorsiz har xil gaplami so‘zlay boshladi. Uning 

to'xtovsiz  so'zlashini  ko‘rgan  mezbon  ham  hay- 

ron  bolib  qoldi.  Jo'na unga qarab:  «Ey baxtiyor 

yigit,  qiyofang  ham  isming  kabi  mas’ud  ekan. 

Men Hind mamlakatini kezib chiqqan odamman. 

Lekin  Tangri  shu  qadar  donish-u  salohiyatni, 

muncha jam’iyatu rafohiyatni nasib etgan boshqa 

bir kishini ko'rmagan edim.  Bularning barchasi-




ga qanday qilib  erishding?  Shu savolimga javob 

berib, mening hayratimin bartaraf aylagil», -  deb 

iltimos qildi. Mas’ud unga: «Ey muborakyuzli aziz 

inson, savolingga javob berish mening burchim- 

dir. Bulaming barchasi Yaratganning ne’matlaridir. 

Bizning  shohimiz  olam  ahli  boshidagi  Tangri 

soyasidir. U nihoyatda odil, o‘z adolati bilan olam 

ahlini hayratga solgan hukmdor. U adolatni qaror 

toptirib, zulm torlarini shunday uzib tashlaganki, 

natijada  butun  mamlakatda  tinchlig-u  omonlik 

hukm suradi. Yurtda tinchlik bor ekan, mamlakat 

xalqi  ahillikda yashaydi,  ilm-u  hunar ham rivoj 

topadi. Boshqalarga qaraganda mol-dunyomning 

ko‘proqligiga  esa  ikki  ishim  sabab  bolgan  deb 

bilaman.  Biri Yaratganning shukrini ado qilmoq 

bolsa, ikkinchisi shohni doimo duo qilmog'imdir. 

Ana shu ikki ishdan g‘ofil qolgan odamlardan ni­

mani kutish mumkin?» -  deb javob qildi.

Bu  so'zlar  shohni  shunday  xursand  qildiki, 

faiyod urishiga oz qoldi. Uning ko‘nglidan Mas’ud- 

ga bolgan mehr joy oldi. Xushhol bolganidan har 

xil  voqealami  yoqimli,  ravon  qilib  so'zlab  berar 

ekan,  bazm  ahlini  lol  qoldirdi.  Mas’ud  o‘z  meh- 

monining fazl-u donishda zamonaning yagonasi 

ekanligini ко‘rib,  unga jonini fido qilgisi kelardi. 

Har tarafga ketgan savdogarlardan biri shu kuni 

hisobsiz  foyda  bilan  qaytib  kelgan  edi,  Mas’ud 

mamlakatning bir yillik xirojiga teng bolgan shu 

foydani o‘z mehmoniga tortiq qildi.

Mezbon bazmni yanada bezatish uchun: «0 ‘nta 

hur shodiyona kayfiyat bilan rahba (shodlik uyla- 

rining) eshigini ochsinlar-da, xaloyiq boshiga gul­

lar sochsinlar», -  deb buyurdi.  Kuz fasli bolishiga 

qaramay, esib turgan shamol gullami socha bosh-




ladi.  Yasalgan  barcha  gullar yoqimli  hid  taratib, 

bazmni behisht gulistoniga aylantirdi.  Mas’ud bir 

tomonga qarab imo qilgan edi,  bir gul yuzli go‘zal 

kelib, tabassum bilan quyoshdek porlab turgan bir 

jomni  toldirib  shohga  tutdi-da,  uyni  quyoshdek 

yoritib yubordi. Mezbon shohga qarab: «Bu jomning 

xosiyati shundaki, bir tolgandan sofag, hech qachon 

maydan bo'shamaydi, u ofag tomonga qarab aylan- 

tirilsa,  ichgan  bilan  undagi  may  aslo  tugamaydi, 

toldirilgach,  chap tomonga qarab aylantirilsa,  oz- 

ozdan ichilsa ham kamayib boradi.  Buni yasagan 

olimlar unga ana shunday tilsim boglashgan». Shu 

zahotiyoq uni sinab koVishgan edi, mezbon aytgan 

fikrlar  tasdig'ini  topdi.  U jom  shohni  bodaparast 

ayladi-yu, ichmasdan turib mast boldi. Mas’ud uni 

ham mehmoniga hadya qildi.  Shoh shodlik ichiga 

sig'may undan may ichar ekan, aql-u hushini ham 

yo‘qotdi.  Bazm tugagach, barcha uxlab orom oldi. 

Tong otgach, gulgun qasrda yana kechagidek bazm 

boshlandi. Mas’ud sharofati bilan ajoyib bir soz va 

uni chaluvchi dilnavoz  go'zal  kirib  keldi.  Sozning 

nomi «chang»  bolib,  sozanda yuziga gulrang ipak 

parda yopigliq turardi. Mas’ud: «Sozini qoliga olib, 


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish