Xamsa alisher Navoiy xamsa


D e d i:«H ar ishki qilmish odamizod



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

D e d i:«H ar ishki qilmish odamizod,

Tafakkur birla bilmish odamizod.

Ulum ichra manga to b o ‘ldi madxal, 

Topilmas mushkile men qilmag‘on hal. 

Muning ham bilmaguncha asl-u budin, 

Muayyan qilmog‘uncha tor-и pudin,

Ne imkonkim,  qaror o ‘lg‘ay ko'ngulga, 

Tasalli oshkor o ‘lg‘ay ko‘ngulga»

-  

deb o‘z so'zida turib oldi.  Shoh qancha harakat 

qilsa, shahzoda shunchalik o'jarlik qilardi. Xoqon 

ilojsiz qolib, sandiqni ochish haqida buyruq berdi. 

Sandiq ichidan yaltiroq bir ko'zgu chiqdi,  Sharq 

quyoshigagina  emas,  balki  Iskandar  oynasiga 

obcshardi u.  Ko'zguni bezagan usta orqasiga uni



ko'rish  siri  haqida  shunday  deb  yozib  qoygandi: 

«Bu ko‘zgu jahonnamo bolib, Iskandari Rumiyning 

jahon ahliga qoldirib ketgan yodgorligidir.  Har biri 

Aflotunga teng toYt yuzta olim bir necha yil mehnat 

qilib bunday jahon hikmatini yasashgan. Unga til- 

sim yashirilgan bolib, ko‘zguni koVmoqchi bolgan 

kimsa bu tilsimni yechib ko'zguni qoliga olsa-yu, 

unga ko‘z  tashlasa,  Tangri unga  belgilab  qotygan 

taqdirdan ogoh boladi. Lekin ko'zgudagi tilsim sirini 

ochish juda qiyin. Bunga erishmoqchi bolgan inson 

Yunon mamlakatiga borishi, o‘sha manzilda uchta 

ofatni yengib otib, baland tog‘ oldiga yetib borishi 

kerak. Bu uch ofatning biri ajdaho, ikkinchisi Ah- 

raman degan dev, uchinchisi oldingi ikkala ofatdan 

ham mushkilroq tilsimdir. Ana shu uch manzildan 

otib olgan kishi toVtinchi manzil bolgan tog4 ichiga 

kirib, g‘orda maskan tutgan Suqrot degan donish- 

mand olimni topishi kerak. U dono moysafid agar 

tirik  bolsa,  borgan  kishini  murodiga yetkazadi. 

Agar u hayot bolmasa, uning ruhiga iltijo qilinsa, 

ko'zlangan maqsadga erishiladi».

Bu  yozuvni  o'qigan  shahzoda  ko'zgu  sirini 

ochishga  qiziqib  qoldi.  O'z  maqsadiga  yetish 

yolid a  o‘g ‘li  chekayotgan  iztiroblardan  xabar 

topgan xoqon uni  bu  muddaosidan  qaytarishga 

har qancha urinsa ham, Farhod o‘z orzusidan voz 

kechmasdi. Ota ham, o‘g‘il ham qiyin bir ahvolda 

qolgan edilar.

Farhod ko'zguda o‘z taqdirini ko'rish orzusida 

hatto  es-hushini  yo'qotish  darajasiga yetib  qol- 

gandi.  Oxiri  Mulkoroni  yashirincha  chaqirtirib, 

o‘z ko'nglidagi gaplarni unga oshkor qildi:

-  

Shoh  ham,  gado  ham  o‘z taqdiridan  qochib 



qutulolmaydi.  Har  kim  peshonasiga  yozilganni


ко‘rmay iloji yo‘q.  Mening ahvolim elni xavotirga 

solayotgan  bolsa ham,  taqdirimni bilish orzusi- 

dan  kecha  olmasman.  Shuning  uchun  otamga 

ahvolimni  tushuntirib,  Yunon  mamlakatiga 

borishimga  ijozat  olib  bersang,  menga  oq  y o l 

tilab,  duo  qilib  tursa,  maqsadimga  yetishishim 

shubhasizdir.  Otam  ruxsat  bermasa,  boshimni 

olib,  maqsadimni  ro'yobga  chiqarish  uchun  sa- 

farga y o l olishim tayin. Binobarin, otam mening 

jo'nashimga ruxsat bersa yaxshiroq bolardi.

Mulkoro  shahzodaning  ushbu  so'zlarini  eshit- 

gach, qayg4iga botdi. Nasihat qilay desa, Farhodga 

ta’sir qilmasligi aniq. Ko'zlaridan oqayotgan yoshni 

arta-arta  xoqon  huzuriga y o l  oldi-da,  hech  kim 

yo'qligida uning qoshiga kirib eshitganlarini so‘zlab 

berdi. Shoh bu mojarodan yoqasini yirtib, kolcsiga 

urardi.  Ikkovlari  rosa yiglashdi.  Xoqon  ahvolini 

ko'rgan  Mulkoro  asta  nasihat  qilishga tushdi-da, 

uni taqdirga rozi bolishga daVat etdi.  Shoh o'gli- 

ga yana nasihat qilib ko'rish,  buning ham foydasi 

bolmasa,  safarga  rozi  bolishni  maqbul  deb  bil- 

di.  Lekin  shoh  bilan  Mulkoro  qilgan  nasihatlar 

shahzodaning orzusini yanada kuchaytirdi, xolos. 

Xoqon o'glini qamab qo^moqchi ham boldi, yana 

bu  fikridan  voz  kechib,  shahzoda  ko'ngliga  ozor 

yetkazmaslik  uchun  Xito  va  Chin  mamlakatlari- 

dan  lashkar  to'plab,  Yunonistonga yurish  qilish, 

o'sha yergacha unga hamrohlik qilib, o'glining ah- 

volidan xabardor bolib turishni maqbul deb bMi. 

«Yunon  mulkiga yetib  borguncha  shahzoda balki 

o‘z  orzusini  unutar,  buning iloji  bolmasa,  boshi- 

ga  tushganni  ko‘radi-da»,  -   deb  o^lagan  xoqon 

Mulkoroni shahzoda huzuriga yollab,  o‘z qarorini 

unga aytishni bujnardi.  Shahzoda otasining rozilik




berganidan xursand bolib, vazirga safar tayyorgar- 

ligini ko‘rishni topshirdi.  Har tomonga jar solinib, 

lashkar to‘plashga kirishildi.

Tez orada mamlakatning har tarafidan behisob 

lashkar yig'ildi. Xoqon Yunon mulki sari yurishni 

boshladi.  Shoh yol-yolakay bir necha  olkalami, 

dengizlami  egallab borarkan,  u yerdagi  aholi xo- 

qonni  ko'rishga  turli-tuman  sovg'alar  bilan  kelib 

turishar,  hukmdor ham ularni mol-kol sovg'alar 

bilan siylardi. Shoh o‘z huzuriga yig‘ilgan olimlarga 

murojaat  qilib:  «Bu  safarimizdan  maqsad  mam- 

lakatlami  fath  etish  emas,  balki  Yunonistondagi 

mashhur tog‘dagi g'orda yashayotgan Suqrot ismli 

donishmand bilan ko'rishishdir. U tog' qaysi tomon- 

da ekanini, masofaning qanchaligini, qaysi yoldan 

borish  lozimligini  bilsangiz,  aytinglar»,  -   dedi. 

Olimlar yer o‘pib, o'rinlaridan turdilar-da,  shohga 

qarab: «Olampanoh o'zlari tilagan maqsadlarigayet- 

sinlar. Mamlakatimizdayoshi besh yuzdan oshgan 

Suhaylo hakim degan keksa donishmand yashay- 

di,  barchamiz  uning  shogirdimiz.  Shoh  so'ragan 

narsalardan bizjar ham xabardomiiz,  olampanoh 

nimaniki  soVasalar, javob  bera  olamiz.  Lekin  bu 

masalalar haqidagi puxta javobni uning o'zidan 

eshitganingiz  ma’qul.  Bu  qiyin jumboqni  uning 

o‘zi hal qilib bera oladi. Agar u bilan ko'rishishni 

istasangiz,  biz  oldiga  boshlab  borishimiz  mum- 

kin», -  dedilar. Shoh bilan shahzoda bu so‘zlardan 

shodlikka to lib Yunon olimlari bilan birgalikda do­

nishmand Suhaylo huzuriga qarab yolga tushdilar. 

Ancha yol 

5

oirishgach,  dasht o'rtasida bir tepalik 



ko'rindi. Suhaylo hakim shu yerdagi g'orda yashar 

ekan. Hammalari otlaridan tushib g‘or tomon yurdi-




lar. Olimlardan biri g‘or ichiga kirib, donishmandni 

ehoh bilan shahzoda uning huzuriga qadam ranjida 

qilishganidan  ogohlantirdi.  Suhaylo  bu  so'zlami 

eshitgach, ularning kirishlariga ishora qildi.

Shoh bilan shahzoda kirishgach, Suhaylo o‘mi- 

dan turib, ikkovi bilan kulib ko'rishdi, ular ham 

xursand bolib,  donishmandning qolini o‘pishdi. 

So‘ng  alloma ota  bilan  bolani  o'tqazib,  o‘zi  ham 

o'tirdi-da, ular bilan suhbatni boshladi. Yoldagi 

qiyinchiliklar  haqida  so'ragach,  shuncha  maso- 

fani  bosib  kelishdan  maqsadlari  nima  ekanini 

bilmoqchi  boldi.  Xoqon  shahzodaning  ko'zguni 

ko'rgandan keyingi holati haqida mufassal gapirib 

berdi.  Bilimdon  alloma ahvolni anglagach,  shod 

boldi-yu, ayni vaqtda unga g‘amginlik ham yuzlan- 

di.  Quchoqlab  shahzodani  xursand  qilgan  Su­

haylo:  «Sening oting Farhod!» -  dedi, bu ismning 

ma’nosini aytib bergach,  bir necha savol bergan 

edi,  Farhod bariga javob berdi.  Donishmand uni 

peshonasidan o‘pdi-da,  sajda qilib:  «Alhamdulil- 

loh,  o‘z  murodimga  erishdim.  Necha yuz yildan 

beri  shu  g‘or  ichida  yashadim,  qancha-qancha 

ranj-u  alamlar  chekdim.  Jomosb  o‘z  kitobida: 

«Mendan  so'ng  ming  yil  o'tgach,  Chin  mam- 

lakatidan Farhod ismli bir shahzoda kelib Iskan- 

dari Rumiy tilsimini ochadi. Lekin u ikki manzilda 

qahramonlik ko'rsatishi,  awal ajdarni oldirishi, 

so'ngra  esa Ahramanni  yengishi  kerak.  Mening 

so'nggi  farzandim  boladigan  Suhaylo  duo  bilan 

salomimni qabul etib, Farhod bu diyorga yetib kel- 

ganida, unga yordam ko'rsatsin.  Farhod ajdarni 

oldirganida,  katta boylikni qolga kiritadi,  devni 

yengganida esa Sulaymon payg‘ambarning uzu-



giga ega boladi. Tilsim ochgan kuni esa Jamshid 

jomini koVadi. Bulami qolga kiritgach, barchasini 

xoqonga hadya qilsin. Unga esa dono Suqrot bilan 

ko'rishish hamda Iskandar oynasi yetarli. Suqrot 

bilan  suhbatlashgach,  darhol  ko‘zguni  ko‘rish 

uchun  Chin  tomon jo'nasin.  Ko'zguda nimaniki 

ko‘rsa, bu voqealar uning hayotida yuz beradi», -  

deb yozgan ekan. Men bu xabardan faxrga to lib, 

necha yuz yildan beri senga muntazir edim. Sening 

boshingga  tushadigan  barcha  mushkilotlarning 

chorasini topib qoyganman», -  dedi-da,  Suhaylo 

g‘or  oldiga  borib,  bir  idishni  olib  chiqdi va:  «Bu 

idish samandar6 yogi bilan tola. Men uni ko'pgi- 

na  otashgohlardan  yig'ib  to'plaganman.  Ajdar 

bilan  olishish  choglda  bu  yog‘dan  badaningga 

va qollaringga surib olsang, u seni ajdar og‘zidan 

otiladigan otdan himoya qiladi. Ahramanni oldir- 

ganingda, devning bumiga osigliq bir taxtachani 

ko'rasan. U tilsim ochishda senga yordam beradi, 

tilsim ichida esa Jamshid jomini topasan. Uning 

atrofiga  yozilganlarni  o'qisang,  Suqrotni  topish 

yolidan  xabardor  bolasan.  Suqrotni  ko'rgach, 

ko'zgu sirini bilasan-u, Vataning sari y o l olasan»,

-  deb qolidagi idishni Farhodga topshirdi. U duch 

keladigan  manzillar  haqida yana  maslahatlami 

bergach:  «Endi yolga tushgil,  hamma mushkullaring 

hal boladi, deb umid qilaman», -  dedi-da, bu ha- 

yotdan  ko‘z yumdi.  Donishmandni yuvib,  o‘sha 

g‘orga dafn etdilar-da, barchalari yolga tushdilar. 

Anchagina yolni bosib o‘tib, ajdaho manziliga ye­

tib keldilar. U yerda dam olib, oqshom tushgach, 

aysh-u ishrat bilan mashg4il boldilar.




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish