Xamsa alisher Navoiy xamsa


 Faridun -  qadimda o'tgan shoh



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

7 Faridun -  qadimda o'tgan shoh.

8 Ismi a ’zam -  Alloh ismlari.


di, qilieh bilan qalqon xosiyatlarini-so'zlab berdi, 

xoqon  ularni  xazinadan  ham  qimmatliroq  deb 

bildi. So‘ng lashkarlarga dam olish uchun ruxsat 

berildi, xoqon hammani ziyofat qilishga buyurdi.

Ertasi kuni tong otishi bilanoq Farhod jang ki- 

yimlarini kiyib, qilieh bilan qalqonni osib, Ahraman 

dev makoniga qarab yol oldi. Xoqon ham lashkarlari 

bilan uning izidan kelar ekan, qattiq xavotirda edi. 

Shahzoda qo'shindan yarim yogbchcha oldinda il- 

damlab borar ekan, ro'parasida bir o‘rmon ko'rindi. 

Bu  -  Ahramanning  bogi  bolib,  behad  katta  edi. 

Yuz minglab keksa daraxtlarining boshi osmondan 

oshar, har bir bargi vasvasa ko'zgusi bolib, aqldan 

ozdirar, o'rmon ichi turli ko'rinishdagi devlar bilan 

tola  bolib,  soylari  shaytonlar  ovozidek  hayqirar, 

ariqlar ichidagi har qaysi tosh kesilgan boshni es- 

latar,  shamoli devlar na’rasiga o'xshar,  chinorlari 

qollarini  har  tomonga tebratib,  «Orqangga  qayt!» 

deyayotgandek bolardi.

Farhod  Haq  taologa  tavakkal  qilib,  ushbu 

o‘rmon sari ot surdi.  Ko‘p o‘tmay, bir ulkan qasr 

ko‘rindi.  U yerda dev istiqomat qilardi.  Ot tuyo- 

qlari  ovozini  sezgan  Ahraman  boshini  chiqarib 

uzoqda  bir  otliq yigit  beparvo  holda  uning  qas- 

riga  qarab  kelayotganini  ko‘rdi.  Chavandozning 

ko‘rinishidan  devlarni  ham  halok  qiladigan 

qudratga  ega  ekanligi  sezilib  turardi.  Shunda 

Ahraman  momaqaldiroqdek  qah-qaha  urdi-da, 

qoliga minordek katta bir ustunni ko‘tarib, qas- 

rdan chiqib keldi va Farhodga qarab:  «Ey g‘aflat 

bosgan  odamzod,  farishta  o‘tsa,  jonidan  ayril- 

adigan, burgut uchib o‘tsa, qanoti kuyadigan bu 

vahimali o'rmonga kirib kelishingdan maqsading



nima, nahotki, olmoqni istab qolgan bolsang!» -  

deya  hayqirdi-da,  Farhod  boshiga  gurzisi  bilan 

hamla  qildi.  Shahzoda  uning  gurzisini  qilichi 

bilan  ikkiga  bolib  tashladi.  Dev  qasriga  qaytib 

kirib, oldingisidan ham kattaroq gurzini ko'tarib 

chiqib, Farhodgayana hujum qilgan edi, shahzoda 

uning bu  qurolini  ham kesib  tashladi.  Bu  holat 

bir necha bor takrorlangach, Ahraman g'azablanib 

tog‘ tomon y o l oldi-da, ulkan toshlarni raqibi to­

mon otishga tushdi. Shahzoda qalqon bilan o‘zini 

himoya qildi, shunda ismi a’zamga ko'zi tushgan 

devning darmoni ketib, yerga quladi.  Farhod bu 

holatni  ко‘rib,  Ahraman  ustiga  yetib  bordi-da, 

qilich bilan uni halok qildi.

Shahzoda devning hashamatli qasri ichiga kirib 

qarasa, hamma tomonda qator-qator eshildar bolib, 

barchasi  qulfloglik  ekan.  Ularning  tepasiga  uy 

ichida qanday boylik borligi yozib qotyilibdi. Bu yo- 

zuvlami birma-bir o'qib borayotgan Farhod oltin-u 

javohirlar bilan  bezatilgan,  atrofiga  turli yozuvlar 

bitilgan  ajoyib  eshikka  duch  keldi.  U yozuvlarda 

eshikning  qulfi  osonlikcha  ochilmasligi,  yaxshisi, 

bunday orzudan voz kechish kerakligi aytilgan ekan. 

Bu simi aniqlashga qiziqqan Farhod eshikni sindi- 

rib,  ichkariga  kirdi.  Xonaga ko‘z yugurtirib,  osib 

qoVilgan  bir yoqut qandilni  ko‘rdi.  U  nur  sochib, 

xonani yoritib turardi. Qandilni tushirib ochgan edi, 

unda Sulaymon uzugi turganini ko'rdi.  Qandilga: 

«Bu  uzuk  kimga  muyassar bolsa,  unga yozilgan 

ismni  o'qib,  Iskandari  Rumiy  tilsimini  ochadi va 

bu ish qiyinchiliklarini yengib otish yollarini bilib 

oladi»,  -  deb yozilgan  ekan.  Farhod  uzukni  o'pib, 

sajda  qildi-da,  xudoga  shukronalar  aytib,  otiga



mindi va o'rmondan  chiqib,  lashkar turgan joyga 

yol oldi. Barcha sipohlar Ahraman xafvidan qo‘rqib 

turishgan ekan, shahzodani ко‘rib o‘zlariga keldilar. 

Xoqon Farhodni shod ko‘rib xursand bolib ketdi. 

Shahzoda lashkami  boshlab  o'rmonga  olib  kirdi. 

Ulami qasr eshigi oldida otlaridan tushirib, xoqon va 

Mulkoro bilan qasr ichiga kirdi. Xazinani ikkovlariga 

taqdim etdi va uzuk haqidagi gaplami ularga so‘zlab 

berdi. Ikkovlarining ko'ngillari shodlikka to lib, ke- 

chagidek aysh-ishrat boshlanib ketdi.

Quyosh  ko'tarilib,  olam  munawar  bolgach, 

Farhod harbiy anjomlarini rostlab, otasining du- 

osini  oldi-da,  Iskandar tilsimini  ochish yolidagi 

keyingi  ishni  bajarishga  kirishdi.  Otiga  minib 

yolda borar ekan,  bir go'zal maysazor namoyon 

boldi. U yerda hayot chashmasidek ajoyib bir bulo- 

qdan zilol suvlar otilib turardi.  Qirg'ogldagi yam- 

yashil daraxt kolcka boy cho‘zib turar, buloq bilan 

daraxt hayot suvi-yu, Xizr payg'ambarga o'xshar- 

di. Bulami ко‘rib ko‘ngli yayrab ketgan shahzoda 

otini  daraxtga  bogladi-da,  chashmaga  tushib 

cho'mildi, keyin murodiga yetkazishni tilab,  saj- 

daga bosh qoydi. Ibodatini tugatib, boshini ko‘tar- 

gan ediki, ro'parasida yashil kiyingan nuroniy bir 

moysafidga  ko‘zi  tushdi.  Farhod  hayron  bolib 

turganiga e’tibor bergan otaxon so‘z boshladi: «Ey 

farzand,  murod-maqsadlaringga  yetib,  baxtiyor 

bolgil.  Men -  Xizrman,  senga madad  ko'rsatish 

uchun keldim bu yerga. Iskandar bilan obi hayot

-   hayot  suvini  topish  uchun  zulmatga  kirgani- 

mizda,  men o'sha suvdan ichib,  abadiy hayotga 

erishdim-u,  Iskandarga nasib  bolmadi,  u  tash- 

naligicha qajrtib ketdi, keyinchalik munajjimlikka



qiziqib,  yulduzlarni  o'rgandi,  tilsimlar  yaratdi. 

U boglagan tilsimlarni men ochishga o'rgandim. 

Ushbu  vodiyda  ham  tilsim  mavjud  bolib,  uni 

ochishda senga yordam bermoqchiman. Tilsimni 

ochish uchun hozirdan boshlab har bir qadaming- 

ni  sanab  bosishing  kerak.  Sening yolingda  ba- 

haybat bir tilsim uchraydi, uning devorlari osmonga 

tutashib ketgan. 0 ‘sha joydan o‘n ikki ming qadam 

yurasan. Yolning ikki chekkasida keskir qilichga 

o'xshash toshlar oVnatilgan bolib, yoldan salgina 

chiqqan odamning oyoglni kesib yuboradi-da, u 

o‘zini yana ushbu chashma oldida ko'radi.

Yana  o‘n  bir  ming  qadam  bossang,  yold a  

bir  darband  (darvoza)  ko‘rinadi,  oldida  bir  sher 

temir  zanjir  bilan  boglab  qo'yilgan.  Uning  old- 

idan  o‘tgach,  qo‘rg‘ongacha  yana  ming  qadam 

y o l  qoladi.  To‘qqiz yuz  qadam  bosganingda,  bir 

tosh taxtaga ко‘zing tushadi. Uning ustiga chiqib 

tepsang, qal’a darvozasi ochiladi-da, ichida temir- 

dan odamga o'xshatib ishlangan bir jism ko'rina- 

di. U qoliga temir yoy ushlab turgan boladi. Yoyga 

o‘tkir bir o‘q qadalgan. Ushbu jism boshdan oyoq 

temir sovutda bolib, ko‘ksiga bir oyna qadalgan, 

u  quyoshdek yarqirab  turadi.  Odam yuz qadam 

yerdan  unga  o‘q  otib,  oynani  teshib  yuborsa, 

haykal ham,  devor ustida turgan yuzta shunday 

jism ham qulab, yerga yiqiladi. Shunda tilsim ham 

ochilib, ichkariga qo‘rqmay kirish mumkin bola­

di. Lekin o‘q xato ketib, haykal kolcsidagi oynani 

sindirolmasa, u bilan devor ustida turgan yuzta 

haykallar otgan o‘qlar o'sha odamga tegib, ilma-te- 

shik qilib joiboradi. Mening so'zlarimni uqib olgan 

bolsang, ularni esingdan chiqarma, qadamingni 

sanab  bos,  ismi  a’zamni  tilingdan  qo’yma.  Sher




og‘zini ochganida, uzukni uning og'ziga ot, uni daf 

qilgach, yana uzukni olib, men aytgan toshgacha 

yurib  borgin-da,  tosh  ustiga  chiqib,  uni  tepib, 

darvozani  ochgach,  darhol  qolingga  o‘q-yoyni 

ol,  ismi a’zamni aytib turib  haykalga o‘q ot».  Bu 

so‘zlarni  tugatgach,  Xizr:  «Endi  hech  qo‘rqmay, 

yolga tush», -  dedi.  Farhod uning oyoglni o‘pib, 

moysafid aytgan ishlami bajarishga jo'nadi. Sher 

og'ziga uzukni otib, nobud qildi, yana uzukni olib, 

sanab  qadam  tashlab,  Xizr  aytgan  tosh  ustiga 

chiqib, qattiq tepgan edi, qal’a ichidan qattiq sado

-  kuchli ovoz eshitildi-yu, darvoza ochilgach, ovoz 

yo‘q  boldi.  Ichkaridan  temir  sovut  kiygan jism 

chiqib keldi,  shu payt devor ustida unga o'xsha- 

gan  yana  yuzta  shunday  haykal  paydo  boldi. 

Barchasi  o‘z yoylaridagi  o'qlarni  Farhodga  otish 

uchun tayyorlanib turardi. Shahzoda ehtiyotkorlik 

bilan o‘q va yoyni qoliga oldi-da, darvoza oldidagi 

haykal kolcsida turgan oynaga qarab otdi. Temir 

haykal, u bilan birga devor ustidagi yuzta o'qchi 

ham yerga yiqildi.  Farhod yaratganga shukrona 

aytib, darvoza tomon yurdi. Qal’a ichiga kirganda, 

hamma tomonda hadsiz-hisobsiz boyliklarga ko‘zi 

tushdi. Iskandar yetti iqlimni egallaganda topgan 

davlatining barini shu yerga to'plagan ekan.

Qal’a markazida bir imorat bolib,  undan nur 

taralib turardi.  Farhod uning ichiga kirib, butun 

jahonni  ko'rsatadigan  yaltiroq  bir jomni  koVdi. 

Bundan  shodligi  ichiga  sig'magan  shahzoda  o‘z 

safdoshlari tomon jo'nadi,  chashma oldiga yetib 

kelib,  otiga mindi-da, xoqon huzuriga qarab y ol 

oldi,  otasi  bilan  lashkar  ahlini  qaygti-g'amdan 

ozod qilib,  ko'ngillariga shodlik baglshladi.  Bar- 

chalarini chashma oldiga boshlab kelib, askarlar-




ni otlardan tushirdi-da, xoqon va Mulkoro bilan 

birga  qal’a  tomon  yurishdi.  Farhod  u  yerdagi 

barcha  boyliklarni,  jumladan,  Jamshid jomini 

ham xoqonga tuhfa qildi. Oqshom tushgach, yana 

aysh-u ishrat boshlandi.

Ertasi  kuni  tong  otgach,  Farhod  Suqrot  g‘ori 

bolgan tog‘ tomon shoshildi.  Xoqon va lashkar- 

ning bir qismi uning izidan yolga tushdilar.  An- 

cha masofa bosib otilgach,  bahaybat tog‘ oldiga 

yetib  keldilar.  Uning bag'ridan yuz  mingta tiniq 

chashma  otilib  turar,  necha  ming xil  giyoh  be- 

hisob kasalliklarga davo edi. Tog‘ bag'ridan juda 

ko‘p  g‘orlar joy olgandi.  Xoqon bilan lashkar bu 

manzaradan lol qolib turisharkan, Farhod: «Jomi 

Jamni keltiringlar, ko‘nglimizdagi tashvishdan u 

xalos  qilsa  kerak»,  -   deb  buyurdi.  Tezda jomni 

olib  kelishdi.  Unga  boqib,  barcha jahon  yaqqol 

ko‘zga  tashlanib  turganini,  yetti  iqlimning  bar­

chasi unda namoyon ekanligini ko'rishdi. Jomda 

Yunon  mamlakati  ko'rinib  turardi.  Keyin  unda 

g‘or ichi  aks  etib,  Suqrot yashab  turgan  manzil 

ko'zga tashlandi.

Shundan  so'ng qidirib  g‘or  og'zini  topishdi-da, 

awal jahonnamo jomni  unga  olib  kirishdi.  Jom 

mash’aldek  nur  sochib,  qorongl  g‘or ichini kun- 

duzdek yoritdi.  U  yerdagi  yolni  aniqlab,  Suqrot 

makonini izlay boshladilar. Nihoyat, yol tugab, g‘or- 

ning kengroq bir yerida hamma otdan tushdi. O'sha 

joyda toshdan yasalgan bir pillapoya koVinib turar­

di. Shoh, vazir va Farhod besh-olti poya kotarilish- 

gan edi, bir ayvon namoyon boldi. Shoh, Mulkoro 

va shahzoda o‘sha tomonga qarab yurishganda, uy 

to'ridan ularni ichkariga da Vat qilgan ovoz eshitildi.



Uchovlari kirgan uyda bir parcha nur porlab turar, 

nuroniy  bir  moVsafid  otirardi.  Bu  zotni  ko'rgan 

shoh bilan shahzoda ta’zim qilib, oldidayer o'pdilar. 

Mo^safid ulardan: «Yol azobidan charchamading- 

larmi, yoldagi balolardan qiynalmadingizlarmi?» -  

deb soVadi. Uchovlari boshlarini quyi solganlaricha 

lol bolib jim turishardi.  Shunda  Suqrot xoqonga 

qarab:  «Sen  ko‘p  azob  chekding,  buning  evazini 

Tangri bergusidir. Biz tomon kelishda alam tortib, 

behisob boyliklami, Sulaymon uzugi-yu, Jamshid 

jomini qolga kiritding. Biz ham senga ikkita hadya 

beramiz.  Bulardan  biri  yaxshi  xabar,  ikkinchisi 

bir javhardir.  Xabar shuki,  umring uzun boladi, 

ko‘p mamlakatlami qolga kiritasan. Ikkinchisi bir 

muhra- munchoqdirki, ko‘p yashash davrida biron 

kasallikka yoki qarilik zaifliklariga duch kelsang, 

muhrani og'zingga olib suvini yutasan-da, darddan 

xalos bolasan, zaiflik quwat bilan almashadi, qa- 

rilikdan qutulib, yashargandek bolasan».

Suqrot Mulkoroga boqib,  shunday bashoratni 

aytdi: «Sen ham ko‘p azoblar tortib bu tomonlarga 

kelibsan, shoh qancha vaqt taxtda otirsa, o'shan- 

cha  vaqt  uning  vaziri  bolgaysan.  Har  qachon 

senga  biron  dard  yoliqsa,  shoh  haligi  muhrani 

berib, dardlaringga shifo baglshlaydi.  Lekin ikki 

narsadan: shamol bilan suvdan ehtiyot bolsang, 

ulardan senga biron kasallik yetganda Xudo senga 

madadkor bolsa, yana besh yuz yil yashaysan». 

Shoh bilan  Mulkoroga bu  so‘zlami  aytgach,  uzr 

so‘rab  ularni  uydan  chiqarib  yubordi-da,  Far- 

hodga yaqinroq  kelishini buyurdi,  uning yuziga 

sinchkovlik  bilan  tikilib,  ba’zi  narsalar  haqida 

so'radi, so‘ngra shahzodaga qarab: «Huzurimizga



xush  kelibsan,  qorongl  uyimni  ravshan  qilding. 

Men  bu  tog‘  ichida  seni  ming yildan  beri  kutib, 

qadamingga intizor edim. Alhamdulilloh, yuzingni 

ko‘rdim.  Vaqtimiz oz,  chunki abadiylik ko'chasiga 

yol olishim kerak.  Bilginld, jahon azaldan vaqtin- 

chalik,  foniydur.  Hayotdan  maqsad  esa ikkitadir, 

biri o'zlikdan qutulish, ikkinchisi esa Alloh visoliga 

yetishishdir.  Xudoni  topish  uchun  esa  o'zlikdan 

voz kechish zarur.  Buning eng yaxshi chorasi esa 

majoziy ishqdir. Ana shunday ishq sening olding- 

da  turibdi.  Unga  erishsang,  haqiqiy  ishqqa  ham 

yetishasan.  Otangga o'xshagan yuz ming xoqon-u 

podsho unutilib ketadi, lekin sening yaxshi noming 

ishq olamida mangu qoladi», -  dedi-da, unga turli 

balolardan asraydigan bir duoni oVgatdi.

«Seni  bu  tomonlarga  kelishing  uchun  sabab 

bolgan ko‘zgu masalasiga kelsak, -  dedi Suqrot,

-  Iskandar tilsimini ochib, temir haykal kolcsida- 

gi oynani sindirgan choglngda o‘sha ko‘zguning 

tilsimi ham ochilgan edi.

Bu  yerdan  jo ‘nab,  Chin  mamlakatiga  yetib 

borganingdan keyin ko‘zguni ko‘rishni istaysan, 

albatta.  Shunda  orqasiga yozilgan  gaplar uning 

yuzida namoyon boladi. Uni ko‘rar ekansan, ishq 

ko‘nglingdan o‘rin  olib,  oshiqlik davring boshla- 

nadi.  Keyin ko‘zguga har qancha qarasang ham, 

unda  aks  etgan  narsalarni  qayta  ko‘rolmaysan. 

Ishq  o‘tidan  ko‘ngling  o‘ti  osmongacha  yetadi, 

lekin hech kim senga yordam berolmaydi, ammo 

oxiri o‘z murodingga yetasan, shunda meni ham 

yod etishni unutmaysan,  deb umid qilaman».

Suqrot shu so‘zlarni aytib tugallagach, hayot­

dan ko‘z jaimdi.  Farhodning dili qayg4i-iztirobga



tolib, xoqon bilan Mulkoroni chaqirdi.  Ular ham 

alam  chekishib,  donishmand  aytgan  gaplardan 

xabardor boldilar. Bir necha dono kishini chaqirib, 

Suqrotni dafn etdilar. Ertasiga ertalab barchalari 

Chin sari yolga tushdilar.

Xoqon, Farhod, Mulkoro va lashkarlar kechani 

kecha,  kunduzni  kunduz  demay,  to'xtovsiz  yol 

bosib,  nihoyat  Chin  diyoriga  qadam  qoyishdi. 

Xoqon  o‘z  taxtini  egalladi,  Farhod  esa  oromi- 

ni  yo'qotib,  xazina  kalitlarini  oldi-da,  eshiklar 

ochilishi bilanoq beqaror bolib,  sirli  ko'zgu  sari 

yugurdi.  Billur sandiqni kalit bilan ochdirdi-yu, 

ichidagi ko'zguni qoliga olib, unga nazar tashla- 

di.  Ko‘zguda  ajib  bir  dasht  namoyon  boldi.  Xil- 

ma-xil  gul-u  lolalarga,  sunbul-u  binafshalarga, 

ko‘m-ko‘k  maysazorlarga  tola  bu  dasht  oxirida 

bir tog‘ osmonga Ьо*у cho‘zib turar, uning ichida 

son-sanoqsiz odamlar ariq qazish bilan ovora edi. 

U  odamlar  orasida Farhodning o‘ziga o'xshagan 

bir yigit ham tog'ni kesish bilan band edi. Bir pay! 

tog‘ ichiga bir-biridan go'zal bir to‘da go‘zal qizlar 

kirib  kelishdi.  Ularga gul yuzli  bir qiz  rahbarlik 

qilardi. Boshqa qizlar oy bolsalar, bu ular ichidagi 

quyoshga  o'xshardi.  Ot  ustidagi  bu  sohibjamol 

qiz Farhodga o'xshagan yigit oldiga qarab yurdi. 

Shahzoda timsoli qizning yuziga boqdi-yu, yara- 

langan ohu kabi nola qilib, yerga yiqildi. Bu holat- 

ni tomosha qilayotgan Farhod ko'zguni yaqinroq 

keltirib, unda ko'ringan qiz jamoliga diqqat bilan 

boqdi-yu,  o‘z  timsoliga  o'xshab  hushidan  ketib 

yiqildi. Shahzodaning ahvolini koVgan xizmatkorlar 

darhol  xoqonga xabar  yetkazishdi.  U  esa yoqa- 

sini  yirtib,  faryod  urib  xazinaga  qarab  yugurdi.



Onasi  o‘g‘lini  olib  qolgan  deb  о у  lab,  sochlarini 

yoyib yiglashga tushdi. Mulkoro bilan uning o‘gli, 

shahzodaning  yaqin  do‘sti  Bahrom  Farhodning 

holiga boqib, kolcsilarini pora qilishdi. U esa o‘ch- 

gan sham kabi hushsizyotardi. Bir kecha-kunduz 

o'tgach,  bog‘dan  esayotgan  tong  shamoli  isidan 

o'ziga  kelib,  boshi  ustida  yig'lab  turgan  otasi 

bilan  onasi,  Mulkoro  bilan  Bahromlarga  ko‘zi 

tushdi. Bundan uyalib ketgan shahzodaning yana 

hushidan ketib yiqilishiga oz qoldi.  Ko'pdan ko‘p 

uzr so'rab, o'rnidan turdi-da, ularning oyoqlariga 

yuzini surtib, yer o'pdi va:




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish