Ham bu nafas boshima yet rahm etib,
So‘ngra ne osig‘ kelurung men ketib.
Turmavu zinhor yetishgil menga,
Xizr hayoti bu xabar bil menga.
To chiqibon o‘tru, yuz afg‘on qilay,
Qaysi fig‘on, balki fido jon qilay.
Tushsa ko(zum yig‘lay-u jononag'a,
Jon berayin olida shukronag‘a.
Jondin olib dard bu darmon bila,
Bormayin oxir dami armon tila.
Gar manga bu kom qariyb o ‘lmasa,
Davlati diydor nasib o‘lmasa.
Dashtifano son xirom aylasam,
Mulki adam ichra maqom aylasam.
Aylasalar ikki tomondin vafo,
Yetgay ular jonig‘a oncha safo.
Do'stlaringiz bilan baham: |