Xamsa alisher Navoiy xamsa


Ki: «Gunohim nedur,  musulmonlar!



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Ki: «Gunohim nedur,  musulmonlar!

Qilmadi buyla zulmi yoronlar!

Zulm-u bedod rasmidin qayting,

Gunohe aylagan esam,  ayting.

Odami joyizul xato bo'lmish,

Bu xato barchag‘a ravo bo'lmish.

0 ‘tkaray har ne tarjumon desangiz, 

Moldinkim desunki, jo n  desangiz».

Lekin har qancha iltijo qilmasin, zolimlar parvo 

qilmay,  uni yana boglab,  o‘sha choh ichiga tash- 

ladilar.  Necha  kungacha  Mas’ud  shu  xilda  azob 

chekdi. Yuzida rang qolmay, ko‘z yosh toldb, joni- 

dan  umidini  uzgan  begunoh yigit:  «Menga  rahm 

qilib,  tig‘  urib,  oldiringlar»,  -   deb  fig'on  qilardi. 

Oxiri zulmgar jafo qilishdan to^ib, ertasi kuni uni 

oldirishga qaror qildi. Mallu choh boshiga bir kishi- 

ni  qo'yib,  Jaypur  huzuriga xursand  bolib  borib, 

Mas’udni  oldirishga  ruxsat  oldi-da,  uyiga  kelib 

bazm tuzdi-yu, ketma-ket ichkilik ichishga kirishdi.




Malluning gul yuzli  bir qizi  bolib,  Mas’udga 

oshiq edi. Bu ajoyib yigitning fazilatlarini eshitgan, 

uzoqdan  turib  uni  ko‘rgan  ham  edi.  0 ‘z  sevgisi 

haqida hech kimga ayta olmay,  pinhona kuyar- 

di. Qiz uyda ekan, bir mazlumning qorong'i choh 

ichida yotganini eshitgan edi-yu, uning kimligini 

so‘rashga qo'rqardi.  Bu kecha otasi ham,  qarin- 

doshlari-yu mulozimlar ham, mast bolib yotish- 

ganini  ко‘rib,  choh  oldiga  bordi.  Qarasa,  choh 

qorovuli  ham  mastlik uyqusida  ekan.  Mahvash 

nozanin choh boshini ochib, yoqimli ovoz bilan: 

«Ey g‘am chekuvchi inson, sen qaysi mazlumsan, 

oting nima, bu payt olikmisan yo tirikmisan?» -  

deb  so'radi.  Bu  ovozni  eshitgan  Mas’ud jismiga 

joni qaytib  kelgandek,  nola qilib:  «Otim  Mas’ud, 

yuz  tuman  balo  ostida  azob  chekyapman.  Sen 

ayt: odammisan yoki farishtamisan? Ovozingdan 

tanimga jon  keldi,  qolingdan  kelsa,  qutqarish 

fikrini  qilgin,  bolmasa,  meni  olik   deb  bilgin», 

deb javob qildi.  Qiz uning otini eshitgach,  haya- 

jonga tushib, ko'ngli ishq o'tida o'rtandi. Ko'pdan 

beri uning hajrida qon yutib yurgan,  necha kun 

davomida motam  tutgan,  g‘oyib  bolganini  bilsa 

ham,  olganini  eshitmagan  bu  qiz  otasining  be- 

shafqatligi, pastkashligini yaxshi bilardi. Ko‘ngliga 

gumon  tushib,  mahbusga  yana  savollar  berib, 

uning chindan ham Mas’ud ekaniga ishonch ho- 

sil  qildi-da,  qutqarish  chorasiga kirishdi.  Ikkita 

mahram kanizi parivash sevgisidan ogoh edilar. 

Uchovlari imkonlari boricha harakat qilib, yigit­

ni  choh  tagidan  chiqarib  olishdi.  Uning  tanida 

ruhdan  nishon  ham  yo‘q  edi.  Qol-oyoglni  ye- 

chdilar-da,  holini  so‘rash  mahali  emasligini,  bu 

yerda uzoq qolib ketish foydasiz ekanini anglab,




ikki kaniz ko'tarib yashirincha uyga olib kirdilar. 

Mas’ud  bu  yerda  qancha yotsa  ham,  hech  kim 

gumon qilmasligiga ishonardilar. Tagiga bir necha 

qavat  to'shak  solib yotqizishdi-da,  goh  sharbat, 

goh  taom  berib,  mehribonlik  ko'rsatib,  atrofida 

parvona bolishardi.

Tong  otgach,  Mallu  Mas’udni  oldirish  uchun 

choh tomon y o l oldi. Qarasa, zindon boshi ochiq, 

posbon esa mast bolib uxlab yotibdi,  bandi esa 

yo‘q. Posbonni darhol halok qilgan Mallu o‘z jonini 

omon saqlab qolish maqsadida voliy oldiga qarab 

yugurdi va bolgan voqeani so‘zlab berdi. Ikkovlari 

g‘amga  cho'mib,  Mas’udni  qidirishga tushishdi. 

Shahardan topolmagach, tog-u dashtdan izlash- 

ga kirishishdi. 0 ‘n kun to'xtovsiz qidirsalar ham, 

undan nishon topolmadilar. Bu vaqt ichida Mallu 

qizining mehribonligi tufayli Mas’ud ham notavon- 

likdan qutuldi. Qiz ikkita ot olib keldi-da, ikkovlari 

tun  qorong'usida  qochib  ketishdi.  Malluning 

odamlari ertasi bu ishdan ogoh bolishib,  ulami 

quvishga kirishishdi. Quvuvchilar bilan ularning 

oralarida bir yog'och masofa qolgach, ikki bechora 

qo‘rquvga tushishdi.  Shu payt dengiz qirg‘og‘ida 

bo'sh bir kema turganiga ko'zlari tushdi-yu, egasi 

bilan ijara haqini kelishib,  dengizda tezlik bilan 

suzib ketishdi. Ikkovlari suvda o‘n kecha-kunduz 

suzishgach, nihoyat, qirg'oqqa tushishdi va otlari- 

ga minib, shahar tomon y o l olishdi. Kechasi bilan 

y o l yurib  shahar chekkasiga yetib kelishganda, 

bir  eski  qal’a  ichidan  chiqib  kelgan  qaroqchilar 

ularga  hujum  qilib,  ot-u  to'nlarini  tortib  olish- 

di-da,  o‘z qarorgohlariga qaytishdi.  Ikkovlari  ki- 

jrimsiz qolib hayron bolib turisharkan,  bir toda 

otliqlar o'tib qolishdi.  Mas’ud ularga yuz bergan




voqeani so'zlab bergan edi, rahmlari kelib, bir-ikki 

eski kiyimni tashlab ketishdi.  Ularni kiyib olgan 

ikki  musofir  bir vayronada  kechani  otkazishdi. 

Yolda toliqqanlari uchun  shu yerda bir oz  dam 

olishmoqchi  bolishdi.  Ovqatsiz  qiynalib,  ochlik 

azob bera boshlagach, Mas’ud behol qizni vayro­

nada qoldirib,  biron yegulik topib  kelish uchun 

shahar tomon y ol oldi. U bozor ichiga kirib borgan 

edi,  shoh bazmi uchun  mevalar sotib  olayotgan 

mulozimlarga ko‘zi tushdi. Ular meva va kolcatlar 

solingan  savatlami  saroyga  eltib  berish  uchun 

hammollar yollashayotgan edi, Mas’ud xodimning 

har bir savat uchun ikki diramdan tolashi haqida­

gi so'zlarini eshitdi-da, bitta savatni kotarib ham­

mollar  safiga  qo'shildi va  saroy  tomon y o l  oldi. 

Yol ancha uzoq bolganidan, u holdan toygan ham 

ediki,  shoh  chorbogl  ko'rindi.  Mas’udning  ko‘zi 

gulshan ichida musiqa tinglab may ichib otirgan 

Jo'naga tushdi.  Shoh  Mas’ud  bilan bolib  otgan 

voqealardan  xabar  topib  uni  eslab,  may  ichib 

zor-zor yiglardi.  Bog‘ ichida esa Mas’ud otboqar 

oldida turgan «Gulgumni ko‘rdi, uning tamg'asiga 

boqib,  o‘zi  mehmonga taqdim  etgan  oti  ekaniga 

ishonch  hosil  qildi,  lekin:  «U  mehmon  bu yerga 

kelib, otni shohga sovg'a qilgan ekan-da», -  degan 

xayolga bordi. Sal nariroqqa yurgan edi, quloglga 

Jo'naga o‘zi taqdim  qilgan  sozanda qizning kuyi 

va ashulasi  eshitildi.  U  Mas4idga yaxshi  tanish 

bolgan she’m i kuylardi. Ko'ngliga iztirob tushgan 

holda:  «Mehmon  bu  qizni  sotib yuborgan  ekan- 

da», -  deb o^ladi.

Mas’ud shohona asboblar orasida turgan sehrli 

jomni ham ко‘rib, ichi qonga toldi.  U o‘zi bergan 

gulrang to‘nda,  gulrang taxt  ustida,  gulrang  toj




kiyib o'tirgan shohning o‘z mehmoni ekanini dar- 

hol anglagan edi, lekin o‘zini tanitish masalasida 

o'ylanib qoldi. «Agar o'zimni hozir tanitsam, qilgan 

yaxshiliklarim  uchun  sovg‘a  kutgandek  bolib 

ko‘rinaman», -  degan xayolda edi Mas’ud. Savatni 

uning boshidan  olishgach,  ko‘zlari yoshga to lib 

bog‘dan chiqish uchun darvoza tomon borayotgan 

chog‘da huzuriga shoh bilan hamroh bolib bor- 

gan mulozimlar uni tanib qolishib, oyoglga ta’zim 

qildilar-da, yiglab ko‘rishdilar.  Mas’udning ham 

beixtiyor ravishda ko‘zlaridan yoshlar oqa boshla­

di. Bu g‘ala-g‘ovurni shoh ham eshitdi va voqeani 

anglab ichkaridan yugurib chiqib keldi.  Do‘stini 

bu  ahvolda  ко‘rib,  yorug‘ jahon  ko'ziga  qorongl 

boldi. Bo^nini quchib, yosh tolcar ekan, Mas’ud 

shoh oyoglga bosh qo“ydi.  U tarafdan esa chiniy 

kanizak ko‘z yosh qilib chiqib,  Mas’ud boshidan 

aylanib o‘rgilardi.

Iztiroblari taskin topgach, shoh unga bir necha 

mulozimni tayinlab:  «Uni  hammomga eltinglar»,

-  deb buyurdi,  lekin  Mas’ud  o‘z  hamrohiga joni 

achib,  u  haqidagi  gaplarni  shohga  bayon  qildi. 

Jo‘na bu so‘zlarni eshitgach, bir necha ayolga gul­

rang kiyimlar hozirlab, qizni olib kelishni buyurdi. 

Mulozimlar va gulchehra xodimalar uni vayrona 

ichidan topdilar-da, boshidan oyogigacha gulrang 

kiyimlar kiydirishib,  kajava ichiga o‘tqazib  shoh 

turgan gulshanga yetkazdilar va qasr ichiga olib 

kirdilar.

Mas’ud  issiq  suvda  yuvinib  chiqqach,  o'ziga 

tayyorlab  qoyilgan  gulgun  liboslarni  kiydi-da, 

shoh huzuriga y o l oldi. Jo‘na uni o‘glidek ко‘rib, 

boshidan  oTgan voqealarni  so‘radi.  Mehmon  o‘z 

sarguzashtini  so‘zlab  berar  ekan,  shoh  tinmay




ko‘z  yoshlarini  to Tear  edi.  Hukmdor  uni  o'ziga 

do'st tutinib, tun-u kun hamdam-u musohib edi. 

So‘ng ko'pdan  ko‘p xazinalar berib,  Mallu  qizini 

unga nikohladi va Taroz, Darbast shaharlari va bir 

necha olkaning voliyligini unga topshirdi.  Shoh 

amri bilan Mallu va Jaypur qatl etildi.




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish