Xamsa alisher Navoiy xamsa


Ushbu g ‘am-u alam bay oni



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Ushbu g ‘am-u alam bay oni,

Jon safhasida bag‘ir nishoni.

Mendinki ichim g ‘amingda qondur,

Sengaki g ‘aming tanimda jondur.

...Ey kishvari husnpodshohi,

Husn ahli chu kxshvaring sipohi.

Ey lutf jahonining bahori,

Yuzung bu bahor lolazori.

B o ‘lg‘onda sahar yeti gulafshon, 

Zulfungnimu aylamas parishon?

Noz uyqusidin ocharmusan ko‘z,

Yuz noz ila elga dermusan s o ‘z?

Bu ermish irodayi Rohiy,

Kim sirrini bilmas el kamohi.

Bexosdan  yuzingga  bir  nigohim  tushganga, 

men  gunohkormanmi?  Boshimga  shuncha  balo 

kelib,  diyor-u  xonumonimdan  ajralib,  olamda 

devona bolib yuribman. Har kuni vatanim bosh­

qa  bir  vodiy,  har  tunni  odamlar  tashlab  ketgan 

vayronalarda  o'tkazaman.  Do‘stlarim  yovvoyi



hayvonlar  bolsa  ham,  gohida  ular  bilan  ham 

orom  topolmayman.  Vahshiy jonivorlar  mening 

xunuk ko‘rinishimdan hayratda bolsalar, qushlar 

chekayotgan azoblarimni ко “rib iztirobga tushadilar. 

Shunday uqubatlarda alam tortar ekanman, yoding 

bilangina  tirik  ekanman,  sening gavhar  sochuvli 

nomang menga yetib keldi. So‘zlarini o‘qib ruh, har 

harfingdan yuz rohat topdim. Lekin undagi ikki so‘z 

jonimga o t soldi.  Sen Nafval qilgan ishlar haqida 

yozib:  «Ikkovingiz qabilamga tig‘ tortib  keldingiz»,

-   debsan.  Bu  arqonni  ajdaho  deyishdek  bir  gap. 

Pashsha Ш  bolishni  orzu  etishi,  chumoli  sherlik 

daVosini qilishi mumkinmi? Aslida ish mana bun­

day bolgan edi. Bir kuni atrofimni turli hayvonlar 

о‘rab turganda, o‘sha sarkarda mening beholligim, 

ishqingda bemadorligimni ко‘rib, oldimga keldi-da, 

bir qancha so‘zlami aytdi.  Men goh  o‘zimda,  goh 

behush  holda uning gaplarini  tinglab,  nima  deb 

javob berganimni ham bilmayman.  U meni uyiga 

olib ketdi. Keyin sen aytgan ishlar bolib oldi. Men 

uning  o‘ch  olish  maqsadida  qon  tolcayotganini 

ко‘rib,  qolimdan  kelgancha  urushni  to'xtatishga 

harakat qilganimdan so'ng u xanjarini qiniga solib 

uyiga qa^di.

Men bilan so‘zlashgan chog'da uylanish haqida 

ham so‘z ochgan ekan, men uning gaplarini ham, 

unga  bergan  javobimni  ham  anglamadim.  Bu 

so'zlar yodimdan ham chiqib ketgan edi, xating- 

ni  o‘qiganimdan  so'ng  eslab  qoldim.  Men  behad 

g‘am  chekib,  vafo  qilib  yurgan  bolsam-u,  sen 

bunday xayollarga borsang? Lekin yozganlaringni 

rad qilolmayman,  kim hushidan judo bolgan esa, 

shunday ishlami ham qilar ekan-da! Jinnilik dardiga



mubtaloman,  boshimdan  oyoglmgacha xatoman, 

ko'nglim ham,  ko‘zim ham nomangga fido bolsin. 

Lekin senga aytadigan bitta so‘zim bor.  Sen Nafval 

qilgan  ishlar  haqida yozar  ekansan,  men jinnilik 

holatida ekanimda yuz bergan hodisalar, xususan, 

uylanish haqida menga ayb qoyding. Lekin bunday 

ishni о‘zing qilgan eding. Ibni Salom sening visoling- 

ni tama qilganida, otang uning so‘zlariga rozi boldi. 

Sen rozilik berdingmi, yo'qmi, bilmayman, shuning 

uchun bu haqda senga tuhmat ham qilolmayman. 

Hushimni jinnilik shamoli uchirib olib ketgan, aql 

bilan so‘zlay olmayapman, shunday ekan, ey pari- 

sifat hur, meni ma’zur tutgaysan, sening g'amingda 

nobud boldim, olgan odamning so‘zlarini ham yo‘q 

deb bilish kerak. Yo‘qlik meni yoldan urgan ekan, 

sen bor bol-u, bu yo‘q insonga yor bol. Iqbol-u baxt 

yoring bolsin, jonlar  boyligi  boshingga  sochilgan 

nisor bolsin».

Layli  bu  maktubni  o'qigancha,  ko‘p  iztirob 

chekdi,  undagi  har  bir  so‘z  ustida  fikr  yuritar 

ekan, necha bor o'zini o‘zi koyidi, alam chekdi. 

0

‘z 



maktubidan  xijolat  chekib,  bu  nomadan  ko'ngli 

toldi-yu maktubni Majnunga o'xshab o‘zi uchun 

tumor qilib oldi.

Majnunning g'amgin otasi, yuz alamga mubtalo 

bolgan onasi o'glidan ayrilgandan beri uning dar- 

dida iztirob chekishardi. Otasi bir kuni farzandini 

izlab topish, uning oldida zor yiglab, nasihat qilish 

va uyga qaytishga ko‘ndirish niyatini diliga tugib, 

sahro sari y o l oldi. Dashtni bir necha kun kezib, 

oxiri uni bir vayrona ichidan topdi.

Majnunga  bu  vayrona  uyidan  ko‘ra  afzalroq 

bolib, o‘zi esa undan ham xarobroq edi. Devonaligi




haddidan  oshib  ketgan,  goh  chumoli  tutib  oldi- 

rar, goh tuproqdan go‘r yasar, goh boshiga tuproq 

sochib, goh tishi bilan timog' olar, goh eski devor 

ustiga  minib  olib,  ot  choptirgandek  harakatlar 

qilar, goh yuzlarini chimdir, goh yenglarini chay- 

nar, goh boyqush sayroglga qo'shilib kuylar, goh 

boyo‘g‘li  yuzidagi  changlami  artar,  qonli  ko'zini 

tikan bilan cho'p bosib ketgan, ular kipriklaridan 

ham ko'proq edi.

Otasi  bu  holatni  ko'rgach,  hayratdan  qotib 

qoldi.  «Subhonalloh,  bu  qanday  ahvol?  Odamga 

o'xshamaydigan  bunday  kimsani  kim  ko‘rgan 

ekan?» -  deb so planar ekan, o'glining oldiga qarab 

yurdi. Majnun otasini ko'rgach, uni tanimadi-da, 

o'zini  panaga  oldi.  Otasi  yoqasini  yirtib,  faiyod 

chekdi-da,  so'ng  Majnunga  murojaat  qildi:  «Ey 

yuz yaralig' bag'rim porasi, nega mendin o‘zingni 

chetga olyapsan?» Majnun uning o‘z otasi ekani- 

ni bilib,  oh urib oldiga yiqildi.  Otasi uning boshini 

kotarib, bag'riga bosdi, ikkovlari bir-birlarini mah- 

kam  quchoqlashdi.  Ancha vaqtdan  beri  ko‘rish- 

maganlari  uchun  achchiq-achchiq  yig‘lashdi. 

Iztiroblari biroz taskin topgach,  Majnunga qarab 

shunday dedi: «Ey alam chekkan farzandim! Koksim 

yarasini timab, bagVim qonini bunchalar tokmagin. 

Sening taning g'amdan yarali  bolsa,  mening jig- 

arim alamdan pora bolgan.  Sen dunyoga kelma- 

gan paytda Xudodan seni tilab,  sadaqalar berib, 

duolar qildirdim. Ochlami toydirib, yalang'ochlami 

kiyintirdim va oldim deganimda, seni topdim. Uch- 

to‘rt yoshga yetguningcha,  men tortmagan  alam 

qolmadi. Sen bir qatra sut emguningcha, men yuz 

qatra qon yu tar dim.  Tovoningga bir tikon  kirsa,



mening jigarimga xanjar sanchilgandek bolardi. 

Ilm  va  adab  o‘rganish  uchun  maktabga  qatnay 

boshlaganingda,  sening  borish-kelishingdan  bir 

dam  g‘ofil  bolmay,  ilm-u  hunar,  fazl-u  kamolot 

egallashingga madadkorlik qildim. Vaqti kelib na- 

riga dunyoga jo ‘nash fursati yetganda, qoshimda 

bolib, goh mening boshim ustida, gohi oyoglmda 

bolsang,  hayotim  shami  benur  bolganida,  sen 

parvonadek  iztirob  chekasan,  umrimni  davom 

ettiruvchi bolib, sen tufayli qabilam yana yoriydi, 

el ichidan otim o'chmay, mol-u dunyom begonaga 

qolmaydi», -  deb orzu qilgan edim. Endi shu ishlar 

boshimga tushdi. Ichimga yuz g‘am yuz qoyib, bu 

bir g‘am-u,  sening alaming yana yuz g‘am boldi.

Ishq  o‘ti  qalbingga  tushganda,  sen  beixtiyor 

eding,  lekin  har dardning bir davosi bor-ku! Ja- 

honda  oshiqlarni  ko‘p  ko'rganmiz'ku!  Bunday 

holatda maglub bolish aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Kim 

o‘t ichiga tushgan bolsa, qol-oyog‘i bilan harakat 

qilib undan chiqishga intiladi. Choltib borayotgan 

odam  talpinmasa,  harakat  qilmasa,  olmay  qol­

maydi.  Boshingga  shunday  balo  tushgan  ekan, 

sen  ham  o‘zingni  qolga  olib,  intilishing  kerak. 

Billur qadah ichiga tushib qolgan chumoli undan 

chiqish  uchun  kuch  ishlatishi  emas,  tadbirini 

topishi zarur. Tangri odamga har  dardni bergan 

bolsa, unga o‘zi davo beradi. Yaratgan senga shu 

baloni ravo ko'rgan ekan, davosini berishga ham 

ojiz  emas.  Sen  ham  bu  alamlardan  uzoqlash- 

gin-da,  o‘z dardingga biron chora qidir.  Davosini 

darhol topish qiyin bolsa ham, qadam-baqadam 

yaxshi natijaga erishish mumkin. Axir bola ham 

asta-sekin bilimdon boladi, qamish ham bora-bo­



ra qandga aylanadi. O'ziga yuz yil umr tilagan kishi 

yuz yil  sabr qilishi  ham  kerak.  Minoraga  bir xil 

zinadan  chiqib  tushiladi-yu,  chiqish  oson,  lekin 

tushish qiyinroq boladi. Sen ishq yolida shuncha 

y ol bosib o‘tding, qaytishing uchun ham shuncha 

y o l  bosib  o'tishing  lozim.  Endi  bu  safaringdan 

qayt.  Men  sensiz  zor-u  mahzun  bolsam,  onang 

sensiz doim beqarordir. Oqshomdan tongga qadar 

joni  iztirobda,  tongdan  oqshomga  qadar  gulgun 

yosh  to‘kadi.  «

0

‘glim!»  deya  chekkan  oh-u  voyi 



charx o'qining qaddini bukadi. «Bo‘tam» deya azob 

chekkan dam ruhidan asar ham qolmaydi. Yiglab 

boshiga tosh urarkan, tosh uning alamiga chida- 

may azob chekadi. Bu o‘t uning dimoglni shunday 

qizitganki, oq sochi yuziga oq rang sochadi.

Sening dardingda  shunchalik g‘am  chekkani- 

dan,  bir-ikki  kunlik  umri  qolgan.  Men  ham  ni- 

hoyatda zaiflashib qoldim. Kel, ikkalamizga chora 

qil.  Hayotimiz  umidi  so‘nib,  ketish  paytimiz  ke- 

libdi. Begonani uyimizga yolatma, issiq oVningni 

sovutma. Ikkalamiz sening g'amingda olsak,  sen 

olmay turib motamingdan halok bolsak,  bu ish- 

da Tangri xitob qilsa, о У lab ko‘r:  nima deb javob 

berasan?».

Otasining bu so'zlarini eshitgan Majnun yiglab 

otasining oyoglga boshini qo“ydi.  Kipriklari bilan 

yolini supurib, uning so'zlariga shunday javob qil­

di: «Ey qiblagohim, aytgan so‘zlaring bilan kuygan 

ko‘nglim  o‘tiga  suv  urding.  Sening  gaplaringga 

javob aytishga ham haddim yo‘q. Sening hukming 

mening jonim  orzusidir.  Lekin  senga  yashirin 

emaski, taqdir mening boshimga bu tashvishlami 

solib,  butun  olamga  rasvo  qilgan  ekan,  mening



ixtiyorimni qolimdan oldi. Sening buyrug'ing qan­

day bolsa ham, men unga qarshi so‘z ayta olmay- 

man, chunki men Majnunmen-u Qays emas man. 

Sen  sarv deb  o'ylaganing xas-xashakka aylanib, 

bu  dam  kul  bolgan.  Bu  yerga yetib  kelib  meni 

ko'rganingda  sendan  qochganim  tanimaganim- 

dan emas, balki tanishingga arzimasligimdan edi. 

Mening maqsadim  sening iting bolish  edi,  lekin 

bunga ham  qobiliyatim yo‘q.  It birovga bevafolik 

qilmaydi, boshini olib bir tomonga ketib qolmaydi. 

Men  esa  egasiga  vafo  qilmay,  bu  dashtda  telba 

bolgan itman. Shuning uchun meni kechirishing- 

ni so'rayman».  Shunday dedi-yu, tuya tomon tez 

yurib ketdi. Uning jihozlari ichidan bir arg'amchini 

oldi-da,  uni  o‘z  bo^yniga  mahkam  qilib  bogladi. 

Arg'amchi uchini otasi qoliga topshirdi va: «Menga 

nima desang, qolingdagi bo“yni bogliq itingman»,

-   dedi-yu,  to‘rt  oyoglik itga o'xshab  qoldi.  Otasi 

uning  boynidan  arg'amchini  yechdi-da,  o'glini 

yetaklab vatani bolgan o‘z qabilasi tomon yol oldi.

Majnun o‘z uyiga yetib kelgach, u yerdagi bar­

cha g‘amgin odamlar shodlikka toldilar. Otasi ham 

sog'ayib,  onasi jismiga  yangidan jon  kirgandek 

boldi. Unga toza ipak matolardan tikilgan bezak- 

li kiyimlarni  kiydirishdi.  «Qaysning  hushi  o'ziga 

qaytibdi»,  -  degan xabar hamma yoqqa tarqaldi. 

Barcha bu so'zlarga ishonch hosil qildi. Bu xabar 

Nafvalga ham yetib bordi. U hamisha Qays g‘amini 

yeb, nomini tilidan qo^may, hamisha uning haqi­

da  o^lab,  u  bilan  ko‘rishgan  choglarini  esidan 

chiqarmasdi.  Oshiq yigit  haqidagi  oxirgi  so'zlar- 

dan xabar topgach, xursand bolib, uni ko'rishni 

istab Majnun qabilasi tomon yol oldi. Qabila ahli



bundan xabar topishib, mehmonni ochiq yuz bilan 

kutib oldilar. Majnun bilan Nalval bir-birlari bilan 

quchoqlashib  ko'rishdilar.  Ziyofat  oqshomgacha 

davom  etdi.  Osmonda yulduzlar  yuz  ochganda, 

Nafval  mezbonlar  bilan  xayrlashib  o‘z  manziliga 

y o l oldi. U yolda xursand bolib borar ekan, uyda 

qolgan  Majnun  noshod  edi.  Lekin  uning  otasi 

g'oyatda xushnud edi. Chunki Nafval uning qabi- 

lasiga tashrif buyurishi bilan uni shod-u xurram 

qilibgina qolmay,  aholi oldida uni aziz ko‘rishini 

ham  namoyish  etgandi.  U  Nafvalning oldin ham 

Majnun  bilan  ko'rishib,  uni  maqsadiga  erishti- 

rish  uchun  Layli  qabilasi  bilan  urush  qilgani, 

o'gli g'amini yer ekan, unga o‘z qizini bermoqchi 

bolganini, bugungi tashrifi ham Majnunni ko‘rish- 

dan ko'ra, toy haqida oyiaganidan dalolat berishi- 

ga ishonch hosil qildi-da: «Endi men ham qabilam 

bilan birga uning manziliga tashrif buyurib,  iloji 

bolsa toy so'zini oraga solsak, rozi bolishsa, bax- 

tidan quvonib, yo‘q desa uyimizga qaytsak yaxshi 

boladi»,  -   deb  oyiadi.  Keyin  elining  uluglarini 

chaqirib,  ular bilan  maslahatlashdi.  Ular  qabila 

boshligl fikrini ma’qullashgach, borishi zaruriyat- 

ga aylandi.  Majnun kuyov boluvchi yigit ekanini 

hisobga olib, uni olib borishni ma’qul topishmadi. 

Hamma  narsa  tayyor  bolgach,  yarim  kechada 

guruh Nafval uyi tomon y o l oldi.  Dashtdan o‘tib 

ko'zlangan manzilga yetib kelganlarida, uy sohibi 

ulami izzat-ikrom bilan kutib olib,  dam olishlari 

uchun joy ko'rsatdi. Mehmonlami xursand qilish 

uchun borini ayamadi.  Fursatni g‘animat bilgan 

mehmonlar  to y   haqida  so‘z  ochdilar.  Nafvalga 

ularning gaplari yoqib tushdi. Shuning uchun bu



takliflariga: «Men Majnun uchun g‘am chekkanim 

tufayli uni farzandlikka ravo ko'rgan edim. Hozir 

ham  o'sha  so'zimda  turibman.  Sizlar  qabilangiz 

tomon y o l olgan chog'dan boshlab to^ga tayyor- 

garlikni boshlayman. Sizlar ham shunday qilasizlar, 

deb  ishonaman.  Men  ortiqcha  narsalarga  or- 

zumand  emas man.  Sizlar  kuyovni  olib,  bizning 

manzilimizga  yetib  kelsangiz,  hozirgi  fursatni 

qoldan chiqarmasangiz boldi. Shunday shart bi­

lan Majnunni o'zimga farzand qilayin», -  deb javob 

qaytardi. Nikoh muddati tayinlangach, mehmonlar 

shod bolishib o‘z manzillariga qaytishdi. Zamona 

qiladigan ishlardan ular bexabar edilar.

Qaysning otasi tanlagan odamlar Nafval man- 

zili  t

omon

  y o l  olishgan  tunda  Majnun  ko'zidan 

gulrang  ko‘z  yoshlarini  tolrib  o'tirardi.  Bir  payt 

hajr o‘ti uni beqaror qildi-yu bexud bolib uydan 

chiqdi-da, dasht sari yugurib ketdi. Oh-faryod urib 

borar  ekan,  oldidan  bir  suruk  qo“y chiqib  qoldi. 

Ularni haydab kelayotgan chp*pon ham tanishroq 

ko'rindi.  U Majnunni ko'rgach,  muloyimlik bilan 

ahvolini so'radi. Majnun:  «Ey qutlug' chehrali in­

son,  Majnun  seni  qayerda  ko'rgan  ediki,  yuzing 

oshno ko'rinyapti, so‘zlaring unga davo bolyapti? 

Sen unga mehribonlik ko‘rsatib, ardoqlayapsan?» -  

deb so'radi. Cho‘pon uning oyoglga boshini qo^ib, 

shunday javob  berdi:  «Mening  ishim  cho'ponlik 

bolib, qo^-u qo'zilarni parvarish qilishdir. 

0

‘zim 



Layli qoyiarini boqaman.  Seni maktabda o‘qiyot- 

gan  vaqtingda  ko‘rgandim.  Ishqing  alamlaridan 

ham xabardorman».

Majnun  uning  tovoniga  bosh  urib,  etiklariga 

qoshlarini  surtdi-da:  «Sening  so Glaring  tanimga 

jon baglshladi. Sen Isodek bolib olukni tiriltirib,




yaxshi  mo'jizalar  ko‘rsatar  ekansan.  Yo‘q,  yo‘q, 

cho'ponlikda Muso bolib,  qolingdagi  tayoq ham 

ajdarga o'xshaydi.  Muso  nima bolibdi,  sen g‘am 

zulmatida panohim bolding. Endi meni hayot suvi 

tomon boshla: Laylimni uzoqdan bolsa ham ko'ra- 

yin.  Hajrida juda bemorman,  rahm aylagin, ko‘p 

bemadorman», -  deb iltijo qila boshladi.  Cho'pon 

dediki: «Oqshomgacha menga suhbatdosh bolgin, 

biron chora izlab  topib senga yordam ko'rsatay». 

Majnun  uning  aytganini  qilib,  bir  yildek  bolib 

ko‘ringan  o‘sha  kunni  cho'pon  yonida  o‘tkazdi. 

Quyosh  g‘arb  tomon  yuz  qo“ygan  chog‘  cho'pon 

qoyiarini qabila tomon surdi. Bir qo*y terisini olib 

kelib, Majnunga:  «Buni ustingga yopib ol.  Qo^ga 

o'xshab  bu  terini 


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish