Xamsa alisher Navoiy xamsa


Layli ishqin tanimda jo n  qil



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Layli ishqin tanimda jo n  qil,

Layli shavqin ragimda qon qil.

Dardini najotim et,  ilohiy!

Yodini hayotim et,  ilohiy!

...Dardimga xayolini tabib et,

Jonimg‘a visolini nasib et.

Jannat sari cheksa samavishtim,

Vasli haramini qil behishtim.

Onsiz meni bir dam etma mavjud,

Budumni qil onsiz o4sa nobud!»


Qays atrofida turgan hojilar bu munojatni eshi- 

tib, lol bo*lib qoldilar. Yuzlab kishilar g‘amgin hol- 

da «omin» deb yubordilar.  Bechora otasi hushini 

yo'qotgan, barcha yaqinlari hayron bolib turardi- 

lar. Bu nola-yu ko‘z yoshlarining guvohi bolganlar 

uning ishidan qollarini yuvdilar -  bu ishqdan hech 

qanday kuch Qaysni judo qila olmasligini anglab 

yetdilar. U esa bu dardli nolasini tugatgach, yana 

hushidan ketib yiqildi. Qarindoshlari-yu do'stlari 

uni ko'tarib, manzillariga ravona boldilar.

Haj tavofiga borib qaytgan odamlar o‘z vatanlari- 

gayol olgach, Majnunning otasi o'glidan butunlay 

umidini  uzib,  har  qanday  davoning  foydasizligi- 

ga  ishonch  hosil  qilib,  ko‘z  yoshi jahonni  tutdi, 

barcha  qarindosh-uruglari  ham  qayg‘u-alam 

girdobida qoldilar. Devona Qays ham tezlik bilan 

tog'-u biyobonlardan o‘tib, har kuni va har tunda 

yana  o‘zi  ardoqlaydigan  tarafga  qarab  y o l  oldi. 

Uning yurishida ham,  turishida ham qaror-u ix- 

tiyori yo‘q edi.  «Layli»dan  boshqa  so'zni  aytishni 

ham istamas, tilidan ham, fikridan ham shu so‘z 

joy olgandi.  Qaysi tomonga nazar tashlasa, Layli 

chehrasi jilvalanar,  yuzi,  qaddi,  qiyofasi  uning 

xayolidan  aslo  ketmas,  ularni  sarv  ustidagi  gul 

deb tasawur qilib,  ham sarv oldida bosh qotyar, 

ham gul qoshida ko‘z yoshlarini tolcardi.

Layli g‘ami haqida tafakkur qilar ekan, har biri 

dur misoli yuzlab bayt-u g'azallar ijod qilar, ular­

ning  barcha  qofiyalari  dildorining  sifati,  barcha 

radifi uning otiga bagishlanardi.  Ularni eshitgan 

odamlarning zavqlari oshib, tezdayodlab olishardi. 

Bu  baytlarda  alangali  ma’no,  har  so'zida  shavq 

harfi  yashirilgan,  har  harfida  ishq  siri  pinhon



edi. Hushi borligida duri gavhardek baytlar bitish 

bilan band bolsa, hushsizlik choglarida og‘zidan 

turli behuda so'zlar chiqar, odamlaming so‘zlarini 

anglamas, o‘z so'zini ham tushunmasdi. Tog‘ ichi­

da vahshiy hayvonlardek kezib yurar, bolalardek 

yiglab faiyod qilar,  ota-onasi-yu  do‘stlarini ham 

eslamas, hatto yeyish-ichishni ham unutgan edi. 

Atrofini kiyiklar о‘rab olar, bu esa xuddi cho‘pon- 

dek  ko‘rinar,  goh  birining  peshonasidan  о‘par, 

goh boshqasining orqasini silardi.  Atrofida bo‘ri- 

lar posbon  itidek, yo‘q-yo‘q,  cho'pon itidek kezib 

yurishardi.

Bir kuni bu dashtga arablar diyorining obroli 

sardorlaridan biri, jang qilish, o‘q otishda tanilgan 

bahodir Nafvalning yoli tushib qoldi. U har xil qa- 

bilalardan  tanlangan  do‘st-yorlari  bilan  sahroda 

ov qilib yurardi. Bu payt Majnun ovchilar davrasi 

ichida qolgan bolib, atrofi kiyiklar bilan tola edi. 

Nafval  odamlarini ko‘rgan  barcha hayvonlar har 

tarafdan Majnun atrofiga yugurib kela boshlash- 

di.  Barchasi  unga yolvorishar,  najot  istab  unga 

sig'ingandek boqishardi.

Bu  hayratomuz  holatni  ko'rgan  Nafval  odam- 

laridan:  «Bu  ajoyib  ishlar  ko'nglimga  qo'rqinch 

solyapti.  Sizlar ham ko'ryapsizlarmi yoki yo'qmi, 

yo  faqat  mening  ko'zimga  ko'rinyaptimi?»  -   deb 

so'radi.  Ovchilardan  ba’zisi  Majnun  haqidagi 

voqealardan  xabardor  edi.  Ular  Nafvalga  o'zlari 

bilgan-eshitganlarini so'zlab berdilar. Nafval ham 

ishq  ko'rgan,  g‘am  dashtida yugurgan  odamlar- 

dan edi. Majnun haqidagi hikoyalarini eshitib zor 

yigladi-yu, ov qilishni ham to'xtatdi. «Ishq qanday 

kimyo,  qandayin  porloq  nurki,  har  bir  kishini



g'amnok qiladi-yu, qalbini g‘amdan poklaydi. Qa- 

rangki,  elga  rom  bolmaydigan  vahshiy  hayvon- 

lar  sahroda  usiz  orom  topisholmayaptilar,  ishq 

uning vujudini shunday poklabdiki,  odamiylikni 

ham unutibdi. Shuning uchun vahshiy hayvonlar 

undan qo'rqishmayapti,  chunki bunday insonda 

vahshat  ham  qolmaydi»,  -   dedi  u.  Keyin  hay- 

vonlarga jafo  qilishni  to‘xtatdi-da,  odamlariga: 

«

0

‘q-u yoylarni tashlab, itlaringizni mahkam qilib 



boglanglar», -  deb buyurdi-da,  hayvonlar to'pla- 

nayotgan tomonga y o l oldi.

Majnun  uning  chehrasini  ko'rib,  kelishidan 

xursand boldi. Yowoyi va xonaki hayvonlar Nafval- 

dan  cho‘chib  qochishgan  bolsa  ham,  Majnun 

uni  kutib  turdi.  Yetib  kelgan  Nafval  unga  salom 

qildi,  Majnun ham unga ehtirom ko'rsatdi.  So‘ng: 

«Ey qutlug' chehrali zot, yuzingda poklik quyoshi 

namoyon, ruxsoringda safo nuri porlayapti. Yuzlab 

maqsadingga erishganing ayon.  Ammo  sening bir 

ishing menga g'alati ko'rindi. Bilimsiz odamlardek 

o‘q otib, hayvonlar go'shti bilan o'zingni toydirmoq- 

chisan.  Bu xil ovqatga muhtojliging yo‘g‘-u,  nega 

talnng ularga ozor yetkazishni istayapti? Nafsingni 

xursand qilish uchun odamlarni to^lab, ko‘ngling 

qon  toldshni  tilayapti.  Shunday  zulm  qilib  top- 

ganing ovqat boladimi, senga bu ish munosibmi? 

Agar tikan oyoglngga nish ursa, ko'ngling oyoglng 

uchun alam chekadi. 

0

‘q otib, jonivorlami oldirish 



senga martaba  beradimi?  Bularga jonni,  hayotni 

Xudo bergan-ku! Bu bechoralaming jonidan kech, 

gunohsiz guruhning qonidan kechgin!»

Nafval bu oqilona so'zlarni eshitgach, yer o'pib, 

uning oldiga bosh qo У di-da: «Ey farishtasifat yigit,



sening fazilatlaring oddiy odamlamikiga o'xshama- 

yapti.  So'zingdan ko'zlagan maqsadingni tushun- 

dim, barcha aytganlaringni qabul qildim. Qilich-u 

o'qni o‘z jonimga ravo ко Yearn ko'raman-u, lekin bu 

hayvonlarga zulm qilmayman. Sen o‘z so'zlaringni 

aytding, endi mening ham savollarim bor». Majnun: 

«Ey muborak chehrali zot, gapiraver!» -  deya javob 

qildi. Nafval dedi: «Bu bechoralarga azob berma», -  

deb to‘g‘ri у о Ini ko'rsatding. Xohishingni inobatga 

olib,  ularga  dushmanlik  qilishdan  voz  kechdim. 

Sen  eldan  ayrilib,  ular  bilan  do'stlik  qilyapsan. 

Odamlar  bilan  ulfatchiliging yo‘q,  axir  bu xil ya- 

shash ham odatimizga zid emasmi? Inson -  bilim 

chirog'i, undan cho'chib, hayvonlar orasidan orom 

topish menga sababsiz bolib ko'rinyapti, bu ishing 

boisini tushuna olmayapman.  Eshitishimcha, bir 

gul yuzli go'zal  sening yuragingga tashvish  solib- 

di. Bu gaplar to‘g‘ri bolsa, ulardan voz kechib, bir 

necha kun men bila birga kezgil.  Bu yerda zor-u 

mubtalo bolib, g‘am tuzoglda iztirob chekyapsan. 

Men  imkoni  boricha  sevganing  bilan  nikohingni 

uyushtirishga  harakat  qilay.  Agar  ishimiz  pul-u, 

mollar bilan hal bolmasa, urush qilib ham muro- 

dmgga yetkaza olmasam,  boshqa choralami ham 

ko‘raman.  Bu  bilan  ham  yoring  visoliga yetkaza 

olmasam, boshqa tadbirga qol uramiz: seni o'zimga 

farzand  qilaman.  Lekin vahshiy va uy hayvonlari 

bilan yashashdan voz kechgil, chunki odam bilan 

hayvon yaqin bololmaydi, odamning hamjinsi ham 

odam  bolishi  kerak.  Agar  muroding yor  visoliga 

yetishish bolsa, bu ishda g'ayratli bolishing kerak».

Majnun vasl so'zini eshitishi bilan xursandligi 

awalgidan  ham  oshib,  shodlik  uni  behol  qilib



qotydi,  bu  esa nutqini lol  ayladi.  Ancha harakat 

qilib so‘z ochdi-da, ko'zida suv, og'zida tabassum 

bilan  dedi:  «Menga  aytgan  gaplaringning  har 

biriga javobim  bor  edi.  Lekin  visol  haqida  so‘z 

ochganingdan  so‘ng  ularning  barchasidan  voz 

kechdim.  Agar bergan va’dalaringni bajo qilsang 

yoki ularni bajarishning iloji bolmay qolsa ham, 

yuzim oting tuyogl, boshim esa uning oyog‘i ostida 

bolsin», -  dedi.

Ikkala  tomon  o‘rtasida  mehribonlik  paydo 

bolgach, bir-birlari bilan qizgln ko'rishdilar. Maj- 

nunni vasl va’dasi bilan  suyuntirgan  Nafval uni 

uyiga olib ketdi.

Ikkala do'st Nafval uyiga yetib kelishgach, uy so- 

hibi bir nechta so'zga chechan, har qanday mush- 

kilni hal eta oladigan donishmand olim kishilami 

chaqirtirib, ularga Qays va Layli o‘rtasidagi muno- 

sabatlar haqida batafsil so'zlab berdi-da, Layli ota­

si nomiga xat yozdirib, qizning qabilasiga j о‘natdi. 

Unda shunday so‘zlar bitilgan edi:

«Ey  baxt-u  tole’yi  porloq  hukmdor!  Arablar 

orasida  tengi  yo‘q  Qays  haqidagi  hikoyatlardan 

xabardordirsan.  Qizing  Laylini  sevib  qolgan  bu 

yigitning ishqi  pok  bolib,  unga  nihoyatda  orzu- 

manddir. Odobi-yu hayosi ahvolini izhor qilishga 

y o l  bermaydi.  Muhabbat  dardida  qabilasi-yu 

yaqinlarini  unutib,  ishq  o'tida  kuyib  dashtda 

yurgan emish. Hushi parishon bolgan bu oshiqni 

«Majnun»  deb  atashibdi,  u  sening  qabilangdagi 

maktabda o‘qib, olamda bor bolgan barcha ilmlar- 

ni  o‘rganibdi.  Sen  ham  bu  ishlardan  xabardor 

ekansan, uni maqtab gapirib yurar ekansan. Qays 

bu ishqqa mubtalo bolganida, uning otasi qanday



fikrlarga borgan ekan? U senga farzand bolmasa 

Ham,  farzanding darajasida edi.  Sen bu ishlami 

hal qilishdan o‘zingni chetga olib,  holatni yaxshi 

tushunib yetmay, uni g'amga qo“yibsan, shu tufay­

li u goh dashtda, goh tog‘da kezib yuribdi. Muruv- 

vat, odamgarchilik, oliyjanoblik shunday boladi­

mi? Mayli, o'tgan ishlardan shikoyat qilib, ulami 

orqaga qaytarishning iloji yo‘q.  Men uni dashtda 

ко‘rib,  uyimga  olib  keldim.  Uni  o'zimga  farzand 

qilib oldim. U o‘z hushida, oqil va dono bir inson. 

Endi  shunday  ish  qilsak:  ikkalamiz  ularning 

nikohini  uyushtirsak.  Barcha  rasm-rusumlarni 

o'rniga  qoyib  ularning  toyiarini  o'tkazsak.  Toj 

ustidagi dur yoniga la l qo'yilsa, yanada go‘zalroq 

ko‘rinadi.  Agar  bu  ishlardan  bo "yin  tovlasang, 

ko'nglim qolishidan vahm qilgin!»

Bu xatga ko'pgina sovg‘a-salomlar qo'shib, Layli 

qabilasi tomon yolladi. Laylining otasi xat olib kel- 

gan kishilami hurmat bilan kutib oldi. Mehmonlar 

o'zlari olib kelgan maktubni uning qoliga topshirish- 

gach, uni o‘qib chiqqan mezbonga Nafvalning so'zlari 

qattiq botib, bir tolg‘anib oldi-da:

«Gap bunday: Layli boshqa bir kishining habibi 

boladi, taqdir uni o‘zga birovga nasib etdi. Bunday 

bolmaganda ham Nafval so‘ziga itoat etishga zaru- 

riyatim yo‘q. U o‘z maktubida ham umid bildiribdi, 

ham qo‘rqitibdi. Umidi meni xursand qilgan bolsa, 

qoYqitishidan koYiglim ranjidi. Talabgorlari son-sa- 

noqsiz bolgan Layli hozir birovga atalgandir.  Bu 

javobim  Nafvalga  ma’qul  tushmasa,  yaxshiligiga 

ham,  yomonligiga ham  tayyormiz.  Uning  o‘ch  oli- 

shidan qo'rqadigan joyimiz yo‘q. Urush ochsa, biz 

qasd olamiz, qasd qilsa, biz urush qilamiz», -  dedi.



So‘zini tugatdi-da, barcha mehmonlarga javob ber­

di.  Mehmonlar xijolat bolib,  o'rnilaridan turdilar 

va Nafvalga Layli otasining javobini yetkazdilar.

Nafval bu xabardan g'amga cho‘mib, o‘zi va’da 

qilgan ishni bajarishga kirishdi. Har bir qabiladan 

sipohlar  to'plab,  urushni  boshladi.  Majnunni 

yoniga  olib,  kiyimiga  xushbo'y  moddalar  sepib, 

boshiga salla o'ratib,  ot ustiga o‘tqazdi.  U  bolsa 

nima qilishni bilmay, goh nola qilib, goh oh chek­

ib,  oti qayerga y o l olsa ham indamay,  bir yerda 

turib qolgan chog‘da esa yurglzishga e’tibor ham 

bermasdi.  Sipohlar jangga  hozir  bolgach,  Layli 

qabilasi tomon y ol olishdi.

U qabila a’zolari ham yov kelayotganidan ogoh 

bolishgach, o‘z jasoratlarini isbotlash uchun har 

tomondan sipoh yiglb, bellarini mahkam boglash- 

di-da, jangga tayyorlanishdi.

Nafval lashkari ham saf chekib, mast tuyalardek 

oglzlaridan tupik sochishib turishardi. Shu tarz­

da g'azabli ikki qo'shin qon toldshga bel boglab, 

bir-birlari  bilan  to'qnashdilar.  Bahorda  kuchli 

yomglr yog'ganidek, maydonga yoy o'qlari yogllar- 

di.  Otkir  qilichlar ustara kabi  el  halokini  is tab, 

ustaradek tezlik bilan soch o‘rniga boshlarni ke- 

sardi. Yoy o'qlari qushlardek havoga uchib, qanot- 

lari ochilar ekan,  dushman askarlarining hayoti 

о‘char,  nayzalar uchar jrulduzlardek otilib borib, 

yov  kolcragiga  o'rnatilgan  sovutlarni  igna  ipak 

matoga sanchilgani  kabi oson  teshib  о‘tar,  xan- 

jarlar qon tolcaverganidan qip-qizil tilga o'xshab, 

odamlar bag'rini til bilan yaralagandek tilka-pora 

qilardi. Gurzilar el boshini yanchuvchilik vazifasini 

bajarardi.  Qattiq jang oqshomgacha davom etdi.



Nafval  lashkarining  soni  raqiblaridan  ko‘proq 

bolib, mardlik bilan jang qildilar. Dushmanlar bu 

holatni ко'rib,  qo‘rquvga tushdilar-da,  himoyaga 

kuch  berdilar.  Kun  kech  bolgan  esa-da,  biron 

tomon maglub bolmadi.  Nafval jang natijasidan 

xursand bolib,  sipohni dam olishga buyurdi.

Tunda  Nafval  ertaga  davom  etadigan jangda 

g‘alaba  qozonish  rejasini  tuzar  ekan,  bu  chog‘ 

raqib  tomon  maglub  bolishdan  qo'rquvda  edi. 

Laylining  otasi  o‘z  lashkarining  yaxshi  urusha 

olmayotganini ко‘rib, nima qilish haqida о 


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish