Xamsa alisher Navoiy xamsa


«Ki bir ko‘rmak bila husnuhgni,  ey hur



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

«Ki bir ko‘rmak bila husnuhgni,  ey hur,

Ul o ‘tdin ko‘nglum andoq b o ‘ldi mahrur. 

Menga andoqqi ul o ‘t soldipartav,

Ne Farhod ul sifat kuydi,  ne Xisrav.

Dalil istar esartg,  d a ’vo surubmen,

Ki ishqingda otamni o ‘lturubmen.

Vafo qilmoq bila komim ravo qil,

Visoling va’dasi aylab  vafo qil.

Ibo qilmoqliging ham gar bilurmen,

Yaqin bil,  ne qila olsam qilurmen!»

Sheruyaning  bu  dag'al  so'zlaridan  g'amga 

tolgan Shirin:  «Uni ko‘rishdan menga olim  yax- 

shiroqdir»,  -  deb  fikr qilar  ekan,  shoh  so'zlarini 

o'ziga yetkazgan  saroy  a’yoniga:  «So'zlaringning 

barchasi  ma’qul.  Shohga  mening  duom  bilan 

iltimosimni  yetkazgin.  Duodan  so‘ng  mana  bu 

so'zlarimni  unga  bayon  qil.  «Qazodan  kelgan 

har bir ishga rozi bolmay ilojimiz yo'q.  Xisravni 

oldirish  qazo  hukmi  bolsa,  sen  nima  ham  qila 

olarding.  Tangri  bergan  aql  bilan  ish  tutganda, 

sening so'zlaringga e’tiroz bildirish xato bolur edi.

Sen  meni  sevib  qolganing  kabi  menga  ham 

Farhodning ishqi  tushgandi.  Otangning adolatsiz- 

ligi  bilan  vafot  etgan  Farhod  barcha  ishq  ah- 

lining  yolboshchisi  edi.  U  mening  ishqimda 

jonini qurbon qildi.  Undan ayrilib,  o‘zimni chala 

so^ilgan qushdek his qilyapman.  Mening bedor- 

ligim  uning  g'amidandir.  Ishqimda  o'shandek 

olam yagonasi ko‘z yumdi.  Unga aza tutmasam, 

ko'nglim xotiijam bo la  oladimi? Shuning uchun 

shoh ruxsat berib,  Shopur ozod  etilsa,  unga bir 

guruh  odamlami  qo‘shib jo'natib,  Farhod jasa-



dini shaharga olib kelishsa,  men qora kiyib,  aza 

tutsam-da, jonimdagi ishq balosidan  qutulsam, 

jismimni uning azoblaridan, ko'nglimni firoqidan 

xoli aylaganimdan  so‘ng shoh  so‘zini bajarishga 

tayyorman.  Agar  shoh  bu  ishga  rozi  bolmasa, 

mening oligimnigina topadi», -  dedi. Bu so'zlarni 

eshitgan  Sheruya  shod-u  xurram  bolib,  darhol 

Shopumi  ozod  qilishga  buyurdi  va:  «Shirinning 

ko‘ngli  nimani  istasa,  shuni  bajarsin»,  -   deb 

farmoyish berdi.  Shirin huzuriga kelgan Shopur 

yerga bosh urib, ko'zidan qonli yoshlarini tinmay 

tolcar ekan, uni ko‘rgan parizod Farhodni yodiga 

olib devonalardek faryod ko‘tardi.

Shu tarzda bir zamon motam tutishgach, Shirin 

Shopurga Sheruyaning so‘zlarini va o‘zi о “ylagan 

tadbir  mazmunini  aytib  berdi.  Keyin  Shopurga 

ikki-uch yuz mulozimni qo'shib  berdi-da, ulami 

Farhod yotgan tog‘ tomon yolladi.  Shopur bilan 

mulozimlar ko'zlangan manzilga yetib borishgach, 

halqa bolib Farhod jasadini o'rab turgan yowoyi 

hayvonlar-u  qushlarga  ko'zlari  tushdi.  Jasadni 

ipak matolarga o'rab, shohona hurmat ko'rsatib, 

Shirin yuradigan kajava ichiga solib, yelkalarida 

ko'tarib yolga tushdilar. Bechora Shopur to'xtov- 

siz  faiyod  urib,  jismini  yara  qilib  yiglab  kelar- 

di.  Farhod  bilan  fig‘on  chekib  xayrlashayotgan 

hayvonlar-u  qushlar yana u yotgan yer  atrofiga 

to‘planishdi.

Shopur  va  mulozimlar jasadni  Armanga  olib 

kelib, Shirindan yashirincha qasr ichiga qo^ishdi. 

Kerakli barcha ishlami bajarib bolishgach, pari- 

vashga xabar qildilar.  Shirin  o‘z qasriga qanday 

mehmon  kelganini  eshitib,  guldek  ochilib  ketdi



va o‘z mehmoniga mezbonlik qilishga shoshildi. 

Mehinbonuga:  «Odamlarga ayting: meni bir dam 

xoli  qoldirishsin.  Men  yetisholmagan,  g‘amida 

jonimdan to*ygan yorim Shirin olibdi, degan so‘zni 

eshitib, mening dardimda hayotdan ko‘z yumib- 

di.  Endi  navbat  menga  yetdi.  Vafosini jonimga 

yashirib, jonimni uning oyoglga nisor qilaman»,

-  dedi-da, uzr so‘rab uy ichiga kirdi va ichkaridan 

eshikni mahkamlab yopdi.

So'ngra kajava tomon yol  oldi.  Uning ichidagi 

mehmonning uxlayotganini ko'rdi. Boshiga quyosh 

kelganida ham uyg'onmayotgan Farhodiga boqib, 

u bilan birga uxlashni istagan Shirin yori yoniga 

yotib  yuzini  yuziga,  kolcsini  kolcsiga  qo^ydi-da, 

ko‘nglidan shulalik bir oh tortib uyquga, qiyomat- 

ga qadar uyg'onmaydigan uyquga ketdi.

Shirin  uy  ichiga  kirib,  eshiklarni  mahkam 

bekitib  olganini ko‘rgan  Mehinbonu  bilan  saroy 

a’yonlari uni shomgacha intizorlik bilan kutishsa 

ham,  qaytib  chiqmasdi.  Sabrlari  tugab,  eshikni 

ochishmoqchi bolishdi, ochilmagach, uni buzib, 

ichkari kirishdi.  Kajava pardasini ochib,  Farhod 

bilan Shirinning yuzini yuziga,  kolcsini kolcsiga 

qo'yib yotishganini ko'rishdi.

Mehinbonu  ularga  nazar  tashladi-yu,  fig'oni 

olamni  buzib,  jon  taslim  qildi.  Chunki  Shirin 

uning joni  edi,  uningsiz jonining keragi yo‘q edi 

malikaga.  Shu  tufayli  hayoti  niholi  sindi-yu, 

zamonaning  ko'ngli  ham  undan  tinchidi.  Uch 

notavonning  bunday  olimiga jonlarni  fido  qilsa 

arziydi.

Eshitishimcha,  o‘sha  oqshom  bu  yerda  hozir 

bolgan chiltanlar -  qirq kishi bir xil tush ko'rishib-



di.  Tushlarida jannat  ichidagi  katta  bir  bog'da 

ulkan  bir  qasr  bolib,  uning  ziynat-u  bezaklari 

haddan tashqari chiroyli emish. Shu qasr to‘rida 

nurdan bir taxt qurilgan bolib, unga ipak-u bax- 

mal ko‘rpachalar tashlab qo'yilganmish. U taxtda 

Farhod  bilan  Shirin,  ota-onalari  va  Mehinbonu 

otirishgan  emish.  Har birining jamoli  bu  olam- 

dagiga  qaraganda  ming  bora  go‘zalroq  emish. 

Jannat xazinasining sohibi aytar emishki, Farhod 

o‘z qalbidan joy olgan pokiza ishqi  tufayli xon-u 

sultonligidan,  diyor-u xonumonidan,  so‘ngra ja- 

hongina emas, jonidan ham kechib,  о‘tar chog'i 

shunday foniy boldiki,  Haq uning ishqini  boqiy 

ayladi, majoziy ishqi haqiqiy ishq bilan almashdi. 

Baqo shahrida sultonlikka, haqiqat mamlakatida 

xonlikka yetishdi.

Uning  dardiga  hamdard  bolganlar:  Shirin, 

ota-onasi,  Mehinbonu -  barchasining gunohlari 

kechirilib, jannat bog‘iga sazovor boldilar. Tush 

ko'rganlar  uning  mazmunini  olamga  yoydilar. 

Farhodning oshiqlikda olamga mashhur bolgani 

haqidagi  xabar  Xito-yu  Chingacha  yetib  bordi. 

Bu  paytda  o‘g ‘li  hajrini  chekkan  xoqon  olib, 

taxtga uning ukasi chiqqan edi. Onasi ham vafot 

etgandi.  Bahrom  pahlavon  lashkarboshi  bolib 

yetishgan, jang qilganda Farhoddan kam emasdi. 

U sayyohlardan so'rab, bolib o‘tgan voqealardan 

xabar topdi-da, xoqon huzurida unga Farhod bi­

lan yuz bergan hodisalami malum qilib: «Ruxsat 

bolsa,  Chin-u  Xitodan  lashkar  to‘plab,  Arman 

mulkiga  borib,  Farhodni  topsam-da,  unga  ma- 

dadkorlik  qilsam,  bolmasa,  taqdir  buyurganini 

ko‘rsam», -  deb iltimos qildi. Bahromdan xafvsirab



yurgan xoqon ham:  «U olibdi, bu ham yo‘qolsin, 

qayemi istasa, o‘sha yoqqa jo ‘nasin», -  deb о У la- 

di-da, ijozat berdi. Ruxsat bolganidan shodlangan 

Bahrom  o'sha zahotiyoq qo'shin  to'plab,  Arman 

diyori sari yolga tushdi. Manzilga yetgach, Farhod 

haqida odamlardan surishtirishni boshladi. Xalq 

Farhod azasini tugatmay turib,  yana ikki kishi- 

ga  motam  tutilayotganini  aytib  berdi.  Bahrom 

bu voqealardan yaxshi xabardor bolgan odamni 

so‘ragan edi, huzuriga Shopur kirib keldi. Bahrom 

uning Farhodga yaqin do'st ekanini, uning dardiga 

taskin berganini eshitgan edi. Ikkovlari bir-birlari 

bilan  so'rashib,  rosa yiglashdi.  Bahrom  Farhod 

mozori  ustiga  qurilgan  gumbazni  ко‘rib,  ichiga 

kirdi-da, fig'oni osmongayetdi. Bir kecha-kunduz 

o‘sha yerda boldi. Tinmay ko‘z yoshini tolcayotgan 

Bahrom:


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish