Qatiqli xo`rda
Go'sht, piyoz, pomidor, sholg'om sabzidan olib, mayda kubik (1 sm2) to'g'raysiz. Guruch yoki oqushoqni tozalab, yuvasiz va hamma masalliqa tuz va ziravorlar sepib, yaxshilab mijib aralashtirasiz. Tayyor masalliqning yuzini yopib qo'yasiz, oradan 5 - 10 minut vaqt o'tgach, qozonga solasiz va ustidan suv quyib mildiratib qo'yasiz. Guruchi yumshaganda pishgan hisoblanadi. Tayyor taomni olovdan olib, 10 - 12 minut dam yedirib tobini chiqargach, qozonning uzida qattiq qo'shib aralashtirasiz va kosalarga quyib, yuziga oshko'k (kashnich, rayhon) sepib keltirasiz. Masalliq: 300 gr lahim go'sht, 300 gr guruch (oqushoq) 2 bosh piyoz, 2 dona sabzi, 2 dona pomidor, 1 dona sholg'om, 3 litr suv, 1 kosa qattiq, ta`bga ko'ra tuz, ziravorlar va kashnich kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |