Mastava
Yog'liq go'shtni qiymalab, mayin tug'ralgan piyoz, tuz va murch qo'shib mijiysiz. Qiymadan gilos kattaligida kiftalar yasaysiz. Suyakni qozonga solib qaynab chiqqanidan so'ng, tug'ralgan piyoz, pomidor, kubik qilib tug'ralgan sabzi, sholg'om yoki kartoshka va tayorlangan qiymani solib 40 - 45 minut davomida mildiratib kaynatasiz, tuzini rostlab, yuvilgan guruchni solasiz - da, ezilib ketmay turib qozonni olovdan olasiz. Taomni kosalarga quyib, yuziga qirqilgan yalpiz yoki kashnich, yo ko'k piyoz solib mehmon dasturxoniga kel-tirasiz. Alohida idishda qatiq beriladi. Masalliq: 500 gr go'sht, 3 - 4 bosh piyoz, 1 - 2 dona pomidor, 2 dona sabzi, 2 dona kartoshka yoki sholg'om,1,5 stakan guruch, tuz va oshko'klar ta`bga ko'ra, qo'shish uchun 1 stakan qatiq kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |