Guruchni 4 5 marta yuvib, ivitib qo'yasiz, behini o'rtacha kubik (2 sm3) qilib to'g'rab, buni ham iliq suvga botirib qo'yasiz yoki guruchga qo'shib ivitasiz, aks holda qorayib qoladi. Go'shtni kabobga to'g'ragandek, piyozni halqa-halqa sabzini esa kichik kubik (1 sm3) shaklida to'g'raganingizdan so'ng qozonda yog'ni dog'laysiz. Bunga piyozni, so'ng go'shtni solib, qizarganda, sabzini bosib, suv quyib mildiratib qo'yasiz. Zirvak yetilganda, behi aralashtirilgan guruchni solib damlaysiz. Agar behi alohida ivitilgan bo'lsa guruchdan oldin solib, suvini guruch ustidan quyasiz. Suvi yaxshi tortilsin uchun alangani kuchaytirib, guruch qatlamini kapgir bilan cho'karib silab qo'yasiz. Damlash muddati 25 30 minut. Palovni qozonda yaxshi aralashtirgach, laganga suzib dasturxonga tortasiz. Masalliq: 1 kg guruch, 500 gr go'sht, 2 3 dona behi, 300 gr qo'y yog'i, 34 bosh piyoz, 500 gr sabzi, ta`bga ko'ra tuz va ziravorlar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |