Xalqni sevadigan vatan xizmatchisi



Download 25,97 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi25,97 Kb.
#288099
Bog'liq
insho vatan xizmatchisi


Xalqni sevadigan vatan xizmatchisi.

Rеja:


Kirish. Vatan va vatanparvarlik o`zi nima.

Asosiy qism:


1. Vatan - sajdagoh kabi muqaddasdir.
2. Mardlar qo’riqlaydi Vatanni!

3. O’z millatiga sadoqatli bo’lish - yuksak burch.

4.Millatim nasli bashardur,

Vatanim - kurrayi arz,Ikkisin xizmati farzdur, ikkisidin jon qarz!

Xulosa. Vatanparvarlik ota-bobolarimizdan meros.

Kimda o‘z yurtiga bo‘lmasa mehr.
U qalban shikasta u qalban majruh.
(T. SHEVCHENKO)

Vatanparvarlik – bu ona zaminga bo‘lgan muhabbat, uning ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishdir. Haqiqiy vatanparvar insonlar har qanday vaziyatda ham xalqiga, vataniga xiyonat qilmaydi, vatanini sotmaydi. Vatani qiynalgan vaqtida, uni tashlab o‘zga yurtlardan rohat farog‘at qidirgan insonlar bir kun kelib yurtining bir siqim tuprog‘iga zor bo‘ladilar. Aksincha, vatanini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shganlar, o‘z xalqini, milliy qadriyatlarini e’zozlagan insonlar vatanda obro‘-e’tibor topadilar, sharaflanadilar. Demak, vatanparvarlik bu jonkuyarlikdir. Vatanparvar inson o‘z xalqi oldidagi mas’uliyati, millatining manfaati bilan yashaydi. Ajdodlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylab, xalqiga foyda keltirgan, fidoyilik, halollik bilan mehnat qilgan inson haqiqiy vatanparvar hisoblanadi. Vatan himoyasi hamma zamonlarda ham eng sharafli va oliyjanob ish, ona diyorga bo‘lgan mehr-muhabbatni namoyon etishning oliy namunasi bo‘lib kelgan. Biz kelajagi buyuk Vatanning farzandlarimiz. Biz uni sevamiz, ardoqlaymiz. Uning qudrati, shon-shuhrati, erk-u farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilamiz. Yurt himoyasi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk bobolarimizning jasorati bizlar uchun ibrat bo‘lib xizmat qiladi. Vatanga bo‘lgan mehr va sadoqatimizni yanada oshiradi. Xorazmlik ulug‘ alloma Najmiddin Kubro falsafiy she’rlari, ilmiy risolalari bilangina emas, Vatan himoyasi yo‘lidagi qahramonligi bilan ham xalqimiz xotirasida yashab kelmoqda. Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari yurtimizga bostirib kelgan paytda dushmanlar ul zotning obro‘-e’tiborini hisobga olib ozodlik bermoqchi bo‘ladilar. Ammo donishmand dushmanning bu iltifotini qabul qilmaydi. U kishi mard o‘g‘lonlar bilan birga jangga kiradi va qahramonlarcha halok bo‘ladi. Rivoyat qilishlaricha, avliyo bobomiz dushman bayrog‘ini tortib olib, shu qadar mahkam ushlagan ekanki, o‘n kishi bo‘lib ham uni bobomiz qo‘lidan ajratib ololmagan ekanlar.

Vatan – ona so‘zi naqadar laziz,

Sensan har narsadan mo‘tabar, aziz,

Hurmatingni saqlar har bir o‘g‘il-qiz,

Muqaddas, mo‘tabar, ulug‘ Vatanim,

O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan…

Vatan - bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to’kilgan muqaddas dargohdir. Vatan - bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga еtgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o’sib, kamol topib boradigan zamindir.


Vatan dеganda, hamisha o’zimiz tuqilib o’sgan, ko’z ochib ko’rgan, ta'lim-tarbiya olib voyaga еtgan, nеcha-nеcha avlodu ajdodlarimiz yashab o’tgan, ularning aql-idroki, mеhnati sarf qilingan yurt ko’z oldimizga kеladi.
Vatan ona kabi aziz va mukarramdir. Vatan insonga baxt-iqbol bеradigan zamindir. Abdulla Avloniy aytganidеk: «qar bir kishining tuqilib o’sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani dеyilur. qar kim tuqilgan, o’sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz turkistonliklar o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumlik issiq cho’llarini, eskimuslar shimol taraflar, eng sovuq qor va muzlik еrlarni boshqa еrlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi turonlik oson еrlarga o’z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi.»
Vatan - bu xalqning o’tmishi, buguni va kеlajagidir. Vatan - muqaddas qadriyat. Taraqqiyot vatandan boshlanadi. U insonning kindik qoni to’kilgan joy, insonni ijtimoiy еtimlikdan asrovchi manzil, ma'naviy kamolot va fuqarolik maydoni, hayot maktabi, farovonlik va baxt-saodat o’choqidir.
Inson uchun vatan yagonadir. Vatanning katta-kichigi ham, boy-kambaqali ham bo’lmaydi. Vatan tanlanmaydi. Vatan bizning molimiz emas. Shuning uchun ham u pulga sotilmaydi va sotib olinmaydi. Vatan in'om etilmaydi, qarzga bеrilmaydi. Vatan har bir fuqaro uchun muqaddas va bеtakrordir. Prеzidеntimiz Islom Karimov kеltirgan iboradеk, «Vatan - sajdagoh kabi muqaddasdir». Vatanni eng oliy nе'mat singari boshimiz uzra baland ko’tarib, har on va har soniyada uning tuproqini ko’zlarga surtib, unga ta'zim bajo aylashimiz farzandlik burchimizdir. Muqaddas xadisi shariflarda «Vatanni sеvmoq iymondandir», dеyilgan. Ya'ni iymoni but, vijdoni pok har bir inson vatanni sеvadi, uni qanimlar ko’zidan asraydi, uning yashnashi va yashashi, hurligi uchun kurashadi.
Vatan mеhrini, vatan sеhrini, uning mo’'tabarligiyu uluqvorligini so’z bilan ifodalash qiyin.
qar bir barkamol inson vatan kamoloti va istiqboli, el-yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun hamma narsani, hatto shirin jonini ham ayamaydi. Bu haqda mavlono Fuzuliyning, mеning bitta hayotim bor, bordiyu mingta hayotga ega bo’lgan taqdirimda ham hammasini vatan uchun sarflagan bo’lur edim, dеb aytgan so’zlari har birimiz uchun bеbaho o’gitdir.
Qadim o‘zbek o‘g‘lonlari uzoq safarga ketganda bir hovuch vatan tuprog‘ini doim yonlarida olib yurganlar. Chunki bu tuproq ularga o‘z tug‘ilgan yerlarini eslatib turgan, xalq oldida bergan va’dasini yodga solgan. Vatanga bo‘lgan muhabbatini bir nafas ham unuttirmagan. Bu bir hovuch tuproq ularga o‘z ota-onasini, qarindoshlarini, xalqini eslatgan va uzoq o‘lkalarda bo‘lsalar ham o‘z xalqi sha’niga isnod keltirmaslikka o‘z xalqining sodiq o‘g‘lonlari bo‘lishga chaqirgan. Qadim zamonlarda Eron shohi Doro Turon hududlariga hujum qilibdi. Bu yerda massaget, sak va so‘g‘d qabilalari yashar edi. Qabila boshliqlari dushmanni yengish to‘g‘risida maslahatga to‘planishibdi. Shunda ularning huzuriga oddiy cho‘pon Shiroq kelibdi va maqsadini aytibdi. U Eron shohining lashkarlari ko‘pligi, ularni jangda yengib bo‘lmasligini, ulardan faqat hiyla bilan qutulish mumkin debdi. Shiroq xanjari bilan o‘z quloqlarini, burnini kesibdi va dushman tomonga yo‘l olibdi.

– Shohim, men qulingiz Shiroq bo‘laman. Qabila yig‘ilishida sizga taslim bo‘lishni aytgan edim, quloq-burnimni kesib, shu ahvolga solishdi. Ulardan o‘chimni olmoqchiman.

– Ularni qayerdaligini bilasanmi?

– Ha, albatta.

– Bizni o‘sha yerga boshlab bora olasanmi?

– Jonim bilan. Sizlarni faqat podachilar biladigan so‘qmoqlar bilan olib boraman. Yetti kunlik oziq-ovqat, suv g‘amlang.

Doro Shiroqning so‘zlariga ishonibdi va uni o‘z qo‘shiniga yo‘lboshlovchi qilib tayinlabdi.

Cho‘pon yigit ularni sahroga boshlab boribdi. Eron lashkarlari yo‘lboshlovchining maslahati bilan yetti kunga g‘amlagan suv, oziq-ovqat, yemxashaklari tugabdi. Sakkizinchi kun ochlik, to‘qqizinchi kuni tashnalik boshlanibdi. Shunda Doro aldanganini tushunibdi.

– Bizni qayerga olib kelding? Qani saklar? – so‘rabdi u Shiroqdan.

– Men yengdim. Doroning qo‘shinini bir o‘zim yengdim! – deb javob beradi cho‘pon.

– Sizlarni aldab sahroning qoq o‘rtasiga olib keldim. Shiroq qo‘li bilan kun chiqish va kun botish tomonini ko‘rsatib yana shunday debdi:

– Bu yog‘i ham yetti kunlik yo‘l, u yog‘i ham. Istagan tomonga boravering! Baribir barchangiz halok bo‘lasiz. Ilojsiz qolgan dushman:

– Agar sen sahro quduqlari va chashmalarni bizga ko‘rsatsang gunohingdan kechib, So‘g‘diyonada istagan qishloqlaringdan birini senga in’om qilar edik, – debdi

O‘z elimning dushmanlariga yordam uchun cho‘zadigan qo‘limni kesib tashlaganim ma’qul, – deb javob beradi Shiroq. Halokat yoqasida qolgan eroniylar chiday olmay, fidoyi cho‘ponni azoblab o‘ldirdilar va o‘zlari ham suvsizlikdan halok bo‘ldilar. Oddiy cho‘pon Shiroqning o‘z elini qullikdan qutqarib qolish uchun o‘z jonidan kechgani, ming turli azob-uqubatni bo‘yniga olgani yuksak vatanparvarlik timsoli edi. yoki buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdini olsak vatanparvarlikni undan o`rgansak arziydi.Hatto Chigizxon ham uning fidoiyligiga tan bergan.Vatanparvarlik ota-bobolardan meros.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda davom etayotgan moddiy va ma'naviy taraqqiyot asosida tinchlikni saqlash, iqtisodiyotni rivojlantirish va xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish borasida katta natijalarga erishildi. Shu maqsadda 1992 yil 14 yanvarda mustaqil davlatimiz tarixida yana bir muhim voqea yuz berdi. Shu kuni respublika Qurolli Kuchlari tuzildi. 1993 yildan boshlab 14 yanvar mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni deb e'lon qilindi. Bu yil respublika Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 25 yil to'ldi. Qisqa vaqt ichida milliy armiyamiz hech bir mamlakatda teng bo'lmagan qurol va texnikaga ega bo'ldi. Respublika Qurolli Kuchlarida xizmat qilayotgan askarlar saviyasi ham ma'naviy, ham jismoniy jihatdan yuqori darajaga yetdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Mamlakatimizda har yili 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab turli bayram dasturlari, tanlovlar, davra suhbatlari, musobaqalar o'tkaziladi va o'z vataniga sadoqat bilan xizmat qilayotgan bir qator yuqori martabali harbiy xizmatchilar yuqori saviyada. sharaflangan. Bunday dasturlar nafaqat Vatan himoyachilarini rag'batlantirishga xizmat qiladi, balki yoshlarda vatanparvarlik tuyg'usini, Vatan himoyachilariga yuksak hurmatni shakllantirishga, kelajakda Vatan himoyachilarini himoya qilishga yordam beradi. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov aytganidek: Bu yo'lda hammamiz, butun xalqimiz yanada birlashib, birgalikda harakat qilishimiz kerak. Uyingizni shaxsiy qilish g'oyasida juda ko'p donolik bor va u keng ma'noga ega. Chunki biz tinchlik uchun kurashishimiz kerak, uni hech kim yaratmaydi ”.

Har bir soha vakillari o'z sohasi doirasida mamlakat tinchligini himoya qilishga hissa qo'shishlari kerak. Masalan, o‘qituvchi va tarbiyachilar o‘quvchilarga Vatan birligi, Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligini tushuntirsa, yosh avlod Vatanga sadoqat tuyg‘usi bilan voyaga yetadi. Natijada kelajak avlodlarimiz vatan himoyasi bizning buyuk burchimiz ekanligini qalblarida his qiladilar va vatanparvar bo'lib voyaga yetdilar. Buyuk adib G'afur G'ulom o'zining "Yigitlarga" deya nomlangan she'rida shunday satrlarni keltiradi:

"Yigitlar xalqlarning maqtovi, ko'rki,

Naslning javhari, davlat tayanchi.

Yurtning obodligi, to'ylar sababi,

Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi,



Yigit omon bo'lsa, xavf-u xatar yo'q!"

 

         Darhaqiqat, yigitlar yurtning, millatning tayanchi, himoyachisi hisoblanadi. Vatanni chin dildan sevadigan, ardoqlaydigan, yuragida Vatanga bo'lgan muhabbat hissi jo'sh urib turadigan yigitlargina Vatanning haqiqiy himoyachisi degan sharafli nomga munosibdir.
Download 25,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish