8-MART –“XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI”GA BAG’ISHLANGAN BAYRAM SSENARIYSI
Karnay -surnay bilan o’g’il bolalar sahnaga kirib kelishadi.
O’g’il bola: Ehe-he, hey, odamlaru odamlar, bog’da bitgan bodomlar, eshitmadim demanglar, eshitganlar jilmanglar, o’lkamizga bahor kirib keldi. Ehe-he,hey!
O’G’IL BOLA: Mana bahorning ilk kunidanoq bayramlar nishonlashni boshlaymiz. Bugun bu yerga yana bir bayramni nishonlash uchun yig’ilganmiz.
1-bola: Mehribon onajonlar,
2-bola: Shirinso’z buvijonlar!
3-bola: Jajji singiljonlar!
4-bola: Go’zal opajonlar!
5-bola: Aziz ustozlar!
Barchangizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan TABRIKLAYMIZ!
O’g’il bola: Iye, bayramimiz sababchilari bo’lgan go’zal qizlarimizni taklif qilmabmiz-ku, MARHAMAT!
DAVRAGA GURUH QIZLARI KIRIB KELISHADI.
RAQS
SHE’R: O’ZBEK ONASI
DIYORA, OZODA, MUHAMMAD YUSUF, IYMONA, ULUG’BEK, ZILOLA, SAMIR
Mushtipar ham o`zing, buyuk ham o`zing,
Kuyinchak ham o`zing, kuyuk ham o`zing.
Olamga tatirlik suyuk ham o`zing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey o’zbek onasi, O`zbek onasi.
Seni Tumaris deb, maqtaganim bor,
Sen Temur beshigin tebratgan bedor,
Sensan Bibixonim, Nodirai zor,
Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O`zbek onasi, O`zbek onasi.
Vatanni Ona deb bekor aytilmas,
Ona buyurganda yo’ldan qaytilmas,
Sen o`zing Kabamsan, Baytul muqaddas,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O`zbek onasi, O`zbek onasi.
Boshingdan nimalar o`tmadi axir,
Vatandek taqdiring bo`ldi goh taxqir,
Bobur shoh bo`lsada, qoshingda faqir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O`zbek onasi, O`zbek onasi.
Gohida balqiding Barchindek to`lib,
Guzadek quriding Tursunoy bo`lib,
Timsoling yalovda yulduzdek kulib,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O`zbek onasi, O`zbek onasi.
Farzanding quvonsa — sen ham quvonding,
Faqat bolam deding, yashading, yonding,
Nokasi uchrasa, urtanding, tonding,
Payt kedi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O`zbek onasi, O`zbek onasi.
Kelajak toychog`u toyingizdadir,
Jannat ham, albatta, poyingizdadir,
Vatan-ku Siz turgan joyingizdadir,
Payt keldi, aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O`zbek onasi, O`zbek onasi.
Sizga ta’zim qilib turibman bu payt,
Sizga baxshidadir eng shohona bayt,
Aziz elu yurtga duolaring ayt,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O`zbek onasi, O`zbek onasi.
QO’SHIQ: MEHRIBONIM-ONAJON
Sahnaga zumrad, uning onasi bilan Qimmat kirib keladi.
Zumrad, Qimmat va onasining suhbati
Qimmat yig’lab chiqib ketadi.
Sahnaga “Bahoroy” kirib keladi.
RAQS “BAHOR”
Mehmonlar, bolalar bilan salomlashadi.
She’r: Bog’imda gular chaman
MURODJON, AZIZ, XOJIAKBAR, SEVINCH, HUMOYUN, MADINA
SAVATCHA ko’tarib Zumrad kirib keladi. Bahoroy bilan Zumrad suhbati.
Bahor: Qayg`urma Zumradoy, issiq o`lkalarni kezib sen uchun gular teramiz. Yo`l yurib ketishadi.
Zumradoy: Bahoroy, mana bu gullarni qara, yo`l -yo`lakay teraylik.
“ARILAR” RAQSI.
SHE’R:
UMIDA, SADIYA, SAMIRA
Zumrad Bahoroy xayrlashib ketishadi.
She’r
Mubina, E’zoza, Muhammadali.
Zumrad bilan Bahoroy Samarqandga borib qolishadi. Gullarni terib olishadi.
Raqs “Hindcha”
Xayrlashib chiqib ketishadi.
Tarbiyachilar o’rtasida o’yin.
Bahoroy: Zumrad qarang, bu yerda qizlar va yigitlar yig’ilishib o’smalar qo’yishyapti, allalar aytyapti, xalq o’yinlarini o’ynayapti.
“ALLA”
QIZLAR O’SMA QO’YIB O’TIRIBDI.
O’G’IL BOLALAR IJROSIDA RAQS.
SHE’R.
MOHINUR, MOHIRO’Y, G’ULOMJON
SURXONCHA RAQS.
ZUMRAD gullarni terib kelib onasiga beradi.
Bahoroy xayrlashib chiqib ketadi.
She’r
Xorazmcha raqs
Ashula: BU MENING ONAM.
“Tasdiqlayman”
26-maktab direktori:
_________________________
“____”______2022-yil
8-MART –“XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI”GA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI ISHLANMASI
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi:
Azimova Dilnoza
Do'stlaringiz bilan baham: |