Xalqaro valyuta bozori



Download 0,64 Mb.
bet96/150
Sana29.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#158583
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   150
Bog'liq
маъруза матни ХВБ

Forecast ostsillyatori quyidagicha quriladi:

  1. N-shamlar bo’yicha regressiya chizig’i hisoblanadi.

  2. Regressiya chizig’i bo’yicha keyingi davrga baho prognozi hisoblanadi.

  3. Prognoz va foizlardagi haqiqiy baho farqi sifatidagi grafigi quriladi.

Mazkur ostsillyator baho prognozi haqiqiy bahodan yuqori bo’lganda 0dan yuqori bo’ladi va prognoz haqiqiydan past bo’lganda 0dan past bo’ladi.

Indikatorlar parametrlari. Ko’pchilik indikatorlarni hisoblash uchun (bu yerda ostsillyatorlar indikatorlarga qiyos qilinmoqda) bir yoki bir nechta parametrlarni ko’rsatish zarur. MetaStockdan o’tkazishning oddiy usuli orqali optimal miqdorlarni optimallashtirish mumkin.

Ko’pchilik parametrlar uchun so’zsiz shart asosida 14 turibdi, chunki bozorda choraklik sikli mavjuddir: 3 oy yoki 14 hafta. Kunduzgi shamlar uchun davr sifatida haftadagi ish kunlar sonini 5 yoki 6 deb olish mumkin, oydagi ish kunlarini – 22 (yoki Fibonachchidan 21), MA uchun esa 65 – chorakdagi ish kunlar sonini olish mumkin. Agarda intradey bo’lsa, unda soatbaylar uchun: 6 – savdo sessiyasining uzunligi, 12 – ish kunining yarmi, 24 – savdo kuni yoki shularga tugaydigan sonlar. Shunday qilib Bollinjer uchun yaxshi natijalar 48da yoki ularga yaqin bo’ladi (2 ish kuni).

Ostsillyatordan foydalanish qoidalari:


  1. Ostsillyatorlar odatda bozorning trendsiz uchastkalarida ishlatiladi. (MA(64)>MA(24)>MA(12)  False or MA(64)

  2. 0 ni chiziq bilan darak sifatida kesishishi kuchsiz hisoblanadi va faqat baho harakatining asosiy tendensiyaga qarama-qarshi bo’lmagan holatdagina inobatga olinadi.

  3. Ostsillyatorlarning kritik ifodalari baholarning joriy ifodalari juda tez amalga oshishi haqida gapiradi va demak tezkor korreksiyani kutish lozimligini bildiradi. Bundan esa ostsillyator qo’shib qo’yilish zonasiga trend tugashidan ancha avvalroq yetib borishi va u yerda trendning rivojlanishiga qarab ancha vaqt qolib ketishi kelib chiqadi (agarda trendning boshida baholar sezilarli o’zgargan bo’lsa). Demak, juda kuchli darak agarda qo’shib qo’yilish zonasida ostsillyator bir nechta tebranishlarni amalga oshirib va bundan so’nggina uni tashlab ketishi holatida vujudga keladi.

  4. Baholi grafik va ostsillyatorning farqi (divergensiya)dir. Baholi grafik absolyut miqdoriga ko’ra o’zidan avvalgisidan ancha katta bo’lgan yangi cho’qqini hosil qiladi, ostsillyator esa ushbuni tasdiqlamaydi. Divergensiya miqdorining kattaligi bahoning so’nggi o’zgarish kuchiga ta’sir etmaydi. Divergensiyani ishlatilishi – texnik tahlilning eng ishonchli usullaridan biridir.

  5. Ostsillyatorlar grafiklarida trend, qo’llab-quvvatlash, qarshilik ko’rsatish va boshqa shu kabi chiziqlarni ishlatish foydalidir. Ko’p holatlarda aynan ostsillyatorlarda baholi grafiklarga qaraganda katta ahamiyatga ega bo’lgan qayta burilishning klassik figuralarini ko’rish mumkin.

  6. Sotib olingan bozorni qayta sotib olishsotilganni qayta sotish zonalarini bozorning turi va grafik quriladigan vaqt intervaliga qarab individual asosda o’rnatish zarur.

  7. Ostsillyator grafigining o’zida MAning qurilishi ishni ancha yengillashtiradi. Ostsillyator bazasida qurilgan MA bilan ishlash qoidalari baholarga o’xshashdir.

  8. Ostsillyator davri qanchalik qisqa bo’lsa, daraklar shunchalik tez paydo bo’ladi va kamroq kechga qoladi, bunga mutanosib ravishda yolg’onning ulushi kattadir. Katta davrli ostsillyatorlardan foydalanilganda daraklar soni kamayadi, kechga qolish ko’payadi, ammo ishonchlilik oshadi.

Shamdonlar grafiklaridagi konfiguratsiyalar tahlili. Tasnif va atamalar.

Shamlarning Yapon shamdonlari grafiklaridagi shamlardan tashkil topgan turli shakllari yoki konfiguratsiyalari ulardan ma’lum bir mazmundagi indikatorlarni tuzishga va prognozlar qurishda ulardan foydalanishga yordam beruvchi o’z nomlariga ega.

Shamlarning, ularga xususiyatli bo’lgan turlaridan biri va ularning paydo bo’lishi bilan ko’pchilik daraklarni bog’laydilar, Doji – shamlaridir. Ularda OpenClose. Mazkur shamning tanasi to’g’ri gorizontal shaklga aylanadi, barcha individual xususiyatlar esa soyalarda mujassamdir.

Yapon shamlari: moliyaviy bozorlarning grafik tahlili


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish