Yutib yuborish modeli
Izoh:
Bozorda yaqqol o’zini namoyon etgan tendentsiya bo’lmog’i zarur (qisqa muddatli bo’lsa ham).
Model ikki sham bilan tashkil bo’ladi. Ikkinchi tana birinchisini yutib yuborishi kerak (soyalar hisobga kirmaydi).
Ikkinchi tana rangi bo’yicha farqlanadigan bo’lishi lozim. Istisno faqat tana, doji bilan tenglashtiriladigan darajada juda kichik bo’lganda yoki doji bo’lganda (pasayish jarayonida kichik oq tanani juda katta oq tana tomonidan yutib yuborilishi, ko’tarilish jarayonida kichik qora tanani juda katta qora tana tomonidan yutib yuborilishi) bo’lish mumkin.
Kuchaytiruvchi omillar:
Birinchi sham juda kichik tanaga ega, ikkinchisi esa juda katta.
Agarda yutib yuborish modeli juda ko’p chuzilgan yoki juda tez harakatlanuvchi tendentsiyadan so’ng paydo bo’lsa.
Agarda ikkinchi shamga savdoning katta hajmi taalluqli bo’lsa.
Agarda ikkinchi sham bir nechta tanani yutib yuborayotgan bo’lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |