Markaziy banklar. Ularning funktsiyalariga valyuta zahiralarini boshqarish, ayirboshlash kursining darajasiga ta’sir qiluvchi valyuta interventsiyalarini amalga oshirish hamda milliy valyutadagi qo’yilmalarning foiz stavkalari darajalarini muvofiqlashtirish kiradi.
Jahon valyuta bozorlariga sezilarli ta’sir etadigan banklardan biri bu AQShning Markaziy banki, ya’ni Federal Zahira Tizimidir (US Federal Reserve yoki qisqacha FED). Undan keyin Germaniyaning Markaziy banki - Bundesbank (Deutsche Bundesbank) va Buyuk Britaniya Markaziy banki – Angliya Banki (Bank of England boshqacha nomi Old Lady).
Do'stlaringiz bilan baham: |