Personalni o’qitishni rejalashtirish:
talab etiladigan o’quvchilar soni;
o’qitish yoki qayta o’qitish talab etilayotgan xodimlar soni;
yangi kurslar ochish yoki mavjudlarida o’qitishni tashkil etish uchun xarajatlar;
— mavjud xodimlarni qayta o’qitish hisobga olinishi kerak.
Personal tarkibini saqlab qolishni rejalashtirish: ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Mehnat sharoitiga bevosita taallukli bo’lgan bu tizim (ta’lim muassasalari, tibbiy xizmat, mehnat psixologiyasi xizmati, oshxonalar, sport-sog’lomlashtirish shoxobchalari) hamda ijtimoiy shart-sharoitlar (ish vaqtining davomiyligi, mehnatni rag’batlantirish tamoyillari va tizimini ishlab chiqish, baholash mezonlarini aniqlash va boshqalar) xodimlarning keng doirasiga taalluqli bo’lganligi sababli, personalni rejalashtirishning bu tarkibiy qismi bilan alohida shug’ullanish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |