Xalqaro tovarlar va xizmatlar bozoridagi raqobat



Download 120,04 Kb.
bet1/5
Sana01.06.2022
Hajmi120,04 Kb.
#624994
  1   2   3   4   5
Bog'liq
tovar


MAVZU: Xalqaro tovarlar va xizmatlar bozoridagi raqobat

KIRISh.......................................................................................................... 2


ASOSIY QISM
1. Tovar va xizmatlar tasnifi ………………….....................................................4
2. Xalqaro tovarlar va xizmatlarning raqobat va uning zamonaviy sharoitda namoyon bo'lish xususiyatlari....................................................................................................7
3. Xalqaro tovarlar va xizmatlar savdosi….............................................................11
4. Tovarlar va xizmatlar xalqaro savdosi rivojlanishining hozirgi
tendentsiyalari…………………………………………………………………16
5. “JAVOXIR” korxonasining maxsulotlarini bozordagi raqobatdoshliligini
taxlil qilish ..........................................................................................................23
Xulosa..................................................................................................................37
Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................................40
Ilovalar..................................................................................................................42

KIRISh
Bugun O'zbekiston o'z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Bu yo'lda u jahonning ko'plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan do'stona hamda o'zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti.


Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan hududga aylantirish orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan etakchi sifatida namoyon bo'lmoqda.
Qisqa davr ichida O'zbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga asos bo'luvchi ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. SHunga monand ravishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan islohotlar va modernizatsiya jarayoni, jumladan, qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo'yicha siyosatni dunyo hamjamiyati e'tirof etmoqda.
So'nggi besh yilda davlatimiz rahbarining mustahkam siyosiy irodasi tufayli tadbirkorlar o'z biznesini rivojlantirish uchun erkinlik va yangi- yangi imkoniyatlarga ega bo'lmoqda, dehqon va fermerlar, klaster xo'jaliklari o'zlari etishtirgan hosilning haqiqiy egasiga aylanmoqda. Bularning barchasi Prezidentimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lida tunu kun tinim bilmasdan, bor bilim va tajriba, kuch va imkoniyatlarini safarbar etayotgani hamda bu jarayon tobora kuchayib, yangi sifat bosqichiga ko'tarilib borayotganidan dalolat beradi.
Harakatlar strategiyasi asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning dastlabki natijalari yurtimiz aholisi hayotida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda. Bu esa ularning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanishida muhim omil bo‘layapti.
Mazkur dasturilamal hujjatning uchinchi — Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.
Shundan kelib chiqib, bugungi kunda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, ayniqsa, tadbirkorlik harakatiga keng yo‘l ochib berishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, iqtisodiyotning liberallashtirilishi bu davlatni nomarkazlashtirish bo‘lib, uning iqtisodiy boshqaruvdagi funksiyalarini o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlariga, xususiy sektorlarga o‘tib borishini anglatadi. Ushbu jarayonda ikkita muhim strategik vazifani hal qilish zarur. Avvalo, xususiylashtirilayotgan mulk haqiqiy mulkdorlar qo‘liga berilishi kerak. Chunki iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirish uchun real shart-sharoitlar yaratishga imkon tug‘dirilishi milliy ongning o‘sishi va tafakkur taraqqiyotiga olib keladi. Navbatdagisi, iqtisodiyotda ko‘p ukladlilikni hamda raqobat muhitini yaratish orqali davlatning mulkka bo‘lgan monopol huquqini tugatish, xususiy mulkchilikning turli shaklidagi korxonalarni barpo qilishdir. Bu, o‘z navbatida, jamiyat turmush sharoitiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, odamlarning xususiy mulkka nisbatan qarashi o‘zgarishi, ijtimoiy ongning shakllanishiga xizmat qiladi. Eng muhimi, davlat mulki xususiylashtirilib, kichik biznesning rag‘batlantirilishi tufayli jamiyatda mulkdorlarning yangi qatlami vujudga keladi. Shu ma’noda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan islohotlarning yangi bosqichida iqtisodiyotda davlat ishtiroki bosqichma-bosqich kamaytirilayotgani quvonarlidir.
Iqtisodiyot professional diagnostika asosida tahlil etilib, strategik harakatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5 foizni tashkil qildi, eksport hajmi qariyb 15 foiz ko‘paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million AQSh dollariga yetkazildi.

Agar mavjud salohiyat va imkoniyatlardan oqilona foydalanilsa, iqtisodiy ko‘rsatkichlar muttasil oshib boraveradi. Buning uchun iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash hamda yangilash tadbirlarini yanada jadallashtirish zarur. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, mamlakatimiz gaz va elektr energiya sohasidagi kapitalning texnologik eskirganligi hamda modernizatsiyalashtirilmaganligi sababli gaz ishlab chiqarishda tabiiy gazning 23 foizgacha, elektr uzatishlarda esa elektr energiyasining 20 foizgacha isrof bo‘layotgani juda achinarlidir. Bebaho boyliklarimiz behuda yo‘qotilishining oldini olish uchun texnologik qoloq hamda samarasiz ishlab chiqarish jarayonidan voz kechishimiz darkor. Zero, kapital yangilanmas ekan, texnologik rivojlanish ham bo‘lmaydi. Ammo kapital yangi bo‘lgani bilan uning ishlash texnologiyasi eski bo‘lsa, uning ham samarasi sezilmaydi. Buning yana bir salbiy oqibati shuki, malakali kadrlarga bo‘lgan talab ham pasayib boraveradi.


Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyotimizda yig‘ilib qolgan bunday muammolarni bartaraf etish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar qatorida, O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo‘yicha kuchli milliy g‘oya, milliy dastur kerakligini alohida ta’kidladilar. Bunday dasturning yaratilishi mamlakatimizda ilm-fan hamda texnologiyaning rivojlanishi va iqtisodiyotimizni modernizatsiyalashga ulkan hissa qo‘shadi.


Darhaqiqat, dunyoda ilm-fan hamda texnologiyani rivojlantirish dasturlari va ularning yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish orqali o‘z taraqqiyot yo‘lini mustahkam qurgan davlatlar ko‘plab topiladi. Janubiy Koreya — ana shulardan biri. O‘tgan asrning 60-yillarida dunyoning qashshoq mamlakatlari safida bo‘lgan ushbu davlat texnologik rivojlanish hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish orqali jahonda yetakchilardan biriga aylandi. Xuddi shunday hayotiy dasturlar orqali Malayziya, Xitoy ham qoloq va agrar mamlakatdan sanoati taraqqiy topgan, jadal rivojlanayotgan davlat sifatida shakllandi. Ular rivojlangan davlatlar safidan tushmaslik uchun mudom kuchli raqobatga kirishish, o‘z pozitsiyasini yo‘qotib qo‘ymaslik payidan bo‘ladi. Tabiiyki, bunda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan, texnologik o‘zgarishlarni o‘zida mujassam etgan milliy dasturlar qo‘l keladi.


Hozirgi globallashuv hamda kuchli raqobat muhiti mamlakatlar oldiga innovatsiyalar va texnologik o‘zgarishlarni izchil amalga oshirish vazifasini qo‘ymoqda. Ana shu jihat inobatga olingan holda, yurtimizda innovatsion faoliyat uchun keng imkoniyatlar yaratilayapti. “Mirzo Ulugbek Innovation Center” markazi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil qilinganligi mazkur ishlarning debochasi bo‘ldi, deyish mumkin.


Kuchli milliy dastursiz modernizatsiyalash tadbirlari izchil bo‘lmasligi aniq. Shu bois ham texnologik o‘zgarishlarni zamon talablariga to‘liq javob beradigan darajaga ko‘tarish uchun milliy dastur yaratilishi g‘oyat muhimdir.


Murojaatnomada alohida ta’kidlanganidek, iqtisodiyotimizning boshqaruv tizimi eskirib ketgan va u bugungi zamon talablariga, qolaversa, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun innovatsion g‘oyalarni patentlash hamda ularning tijoratini yo‘lga qo‘yish orqali iqtisodiy o‘sishga erishish, aholi turmush darajasini va iqtisodiy jarayonning samaradorligini oshirish bo‘yicha mexanizmlar o‘z vaqtida joriy qilinmaganligidan mamlakatimizda texnologik qoloqlik darajasi ko‘tarilib, uning tashqi dunyo bilan raqobatdoshligi pasayib ketgan. Bu, o‘z navbatida, yurtimizda innovatsion hamda kreativ g‘oyalarga ega malakali kadrlarning chet ellarga chiqib ketishiga sabab bo‘lgan.


O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiyalash g‘oyalarining maqsad hamda vazifalari to‘liq ifodasini topadigan milliy g‘oya va milliy dastur yaratilishi mavjud muammolarni bartaraf etish, iqtisodiyotimiz raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizni jahondagi taraqqiy topgan davlatlar qatoriga tezroq olib chiqishga xizmat qiladi.
Xulosa
Raqobat muhitini o‘rganish biznesda muvaffaqiyatga erishishga imkon beruvchi samarali raqobat strategiyasini ishlab chiqish uchun zarur. Bozorning ulushi, firma daromadining darajasi kompaniya raqobatchilarga qarshi qanchalik samarali kurasha olishi bilan belgilanadi.
Raqobatchilik tahlilini ishlab chiqishning tan olingan yetakchisi Garvard biznes maktabining professori Maykl Porterdir. Uning fikricha, korxonaning raqobat muhitini shakllantiruvchi raqobatchi kuchlar beshta guruhga bo‘linadi.

  1. O‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning (sotuvchilar o‘rtasidagi) raqobatchilik kuchi.

  2. O‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchilar, o‘sha ehtiyojning o‘zini, lekin bir qancha boshqa usullar bilan samarali qanoatlantiruvchi tovarni taklif qilish bilan raqobatni keskinlashtirishi mumkin. Ko‘pincha, aynan mana shu guruhning raqobatchilik kuchi firma uchun vayron qiluvchi bo‘ladi.

  3. Mahsulotlar va yarim fabrikatlarni komplektlovchi xomashyo va materiallar yetkazib beruvchilar. Bu guruh vakillarining firmaning raqobat potensialiga ta’sir etish kuchi yetkazib beruvchilarning o‘z tovarlari narxini oshirishi va shu tarzda firma mahsuloti tannarxiga ta’sir o‘tkazish yoki yetkazib beriladigan mahsulot va xizmatlarining sifatini pasaytirish va shu tarzda firmaning mahsulotlari yoki xizmatlari sifatiga ta’sir etishdan iboratovar

4. Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi.
5. Xaridorlarning o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishi.
Mahsulotlarni sotib oluvchilar (xaridorlar) ham, vositachilar ham raqobatni kuch sifati tovarlarda belgilangan iste’mol sifati bo‘lishini yoki yaxshi xizmat ko‘rsatishning talab qilishga, shuningdek, pasaytirish maqsadida narxlarga bosim o‘tkazishga qodir.
O‘xshash mahsulotlarning potensial ishlab chiqaruvchilari iste’molchilarni o‘z mahsulotlariga qayta jalb qilishi, shuningdek, mahsulotning potensial iste’molchilarini jalb qilishi mumkin. Raqobatchilarning har bir guruhini o‘rganish firmaning alohida strategiyasini ishlab chiqishni talab qiladi, bu esa marketing bo‘yicha mutaxassislarning majburiyatlaridan biridir. Tovar bozorida to‘g‘ri raqobatchilar o‘rtasida raqobat kurashining jadalligi va aniq shakli raqobatning xarakteriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu raqobatchilar harakati natijasida yuzaga keladigan ularning o‘zaro bog‘liqligi darajasini xarakterlaydi. Tovarning raqobatbardoshligi – bu tovarda yakunlangan, xaridor uchun narx, u tovarni sotib olishga undaydi (xaridorda tovarni sotib olish istagini qo‘zg‘atadi). Raqobatbardoshli tovar, birinchidan, xaridor uchun shunchalik foydali, qiziq bo‘lsinki, uning uchun o‘z pulini berishga tayyor bo‘lsin ikkinchidan, xaridor uchun boshqa firmalarda ishlab chiqarilgan o‘xshash yoki iste’mol sifati bo‘yicha o‘xshaydigan tovarga nisbatan ancha qiziqarliroq bo‘lsin.
Firmalarning raqobatbardoshligi – uning raqobat sharoitida bozorda egallab turgan ulushini saqlab qolish yoki kengaytirishga imkon beruvchi marketing potensialidir.
Aniq bozordagi raqobatchilar tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. Bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash.

  2. Tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va aniqlash.

  3. Tayanch raqobatchilarni baholash.

  4. Raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish.

  5. Potensial raqobatchilarni aniqlash.

Raqobatlarning tahlili firmaning va raqobatchilikning tarmoq ichidagi, tarmoqlararo narxlarga oid va narxlarga oid bo‘lmagan kabi turlarini o‘rganishni ko‘zda tutadi.Tahlilni o‘tkazishda iqtisodchilar tomonidan taklif etilgan turli raqobatli tuzilishlarga tayanish muhimdir. Odatda, bunday tuzilishni 4 ga bo‘lish mumkin: sof (yoki takomillashgan) raqobat, oligopoliya, monopolistik raqobat va monopoliya.
Firmalarda katta darajada strategiyalarni tanlash erkinligi, turli xil strategiyalarni qo‘shish imkoniyatlari mavjud. Masalan, umumiy strategiya sifatida diversifikatsiyani tanlab, kompaniya yangi bozorda xarajatlarni minimallashtirishda yetakchilikdan foydalanib yoki turli bozorlarda ishlab, yangi bozorda bosib olish raqobat strategiyasini o‘tkazadi, u defferensiatsiya strategiyasini tanlashi va “qaymog‘ini olish” strategiyasini saqlab turishi mumkin. Strategiya vositalarining qo‘shilishi har bir alohida firma strategiyalariga noyoblik, umuman iqtisodiyot uchun esa biznesning ko‘p tarzliligini beradi.
Firma strategiyasini tanlashdagi muhim omil uning bozorga oid yoshi hisoblanadi. Firmaning evolyutsiyasi – uning marketing strategiyasining evolyutsiyasidir. Endigina tuzilgan firmaning faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun qoidaga ko‘ra, iqtisodiyotning “kulrang sichqonlari” – kommutant strategiyasi xizmat qiladi. Yuqori unumli ishlab chiqarish uskunalariga ham, maxsus bilimlarga ham, ilmiy-texnik bazaga ham ega bo‘lmay turib ushbu firma tanlagan ishonchli faoliyat sohasi tufayli o‘ziga barqaror holat, foydaning yetarlicha darajasini ta’minlashi, kapital jamlashi (yig‘ishi) va miqdor (miqyos) jihatdan kattalashib borishi mumkin.
Biroq strategiyalarni mos holda o‘zgartirmasdan, miqyosning mexanik ravishda kattarishi halokatli, chunki bozorda hukmronlik qilayotgan korporatsiyalar, agar ularning qandaydir alohida kuchli tomonlari bo‘lmasa, yangi raqobatchilarga toqat qilmaydi.
“Yoshi o‘tgan sichqon” ko‘pincha halokatga mahkum. Yashab qolish va rivojlanishda davom etish uchun kichik firma o‘z vaqtida “ayyor tulki”ga – ixtisoslashgan kompaniyaga aylanishi zarur. Agar firma boshqalarga nisbatan yaxshiroq nimadir qilishni o‘rgansa, endi uning uchun raqobatchilar, ular qanchalik kuchli bo‘lsalar ham firma tanlagan faoliyat tarmog‘ida qo‘rqinchli emas. “Tulki” kompaniya o‘sib, mustahkamlanib, o‘zining bozor segmentini, avvalo mahalliy, keyin xalqaro miqyosda o‘zgartiradi. Bu faoliyatga misol qilib, “Sony”ni keltirish mumkin.
Biroq tanlab olingan joy o‘lchami cheklangan. O‘sishni davom ettirish uchun ommaviy ishlab chiqarish sohasiga o‘tish kerak. Bu – oddiy tanlov emas, chunki o‘zining bozordagi joyida “tulki” raqobatchilar uchun juda qaltis. Ko‘p paytlar ommaviy ishlab chiqarishga o‘tish, agar tanlangan ixtisoslik istiqbolli bo‘lsa, yaxshilik bilan tugaydi. Ana shunda “ayyor tulki” “kekkaygan sher”ga, ya’ni o‘z mahsulotlari bilan mahsulotlarning qandaydir turli xiliga nisbatan tez o‘sib borayotgan talablarni qondiruvchi kompaniyaga aylanadi. “Sher”ning holatiga boshqa yo‘l – ITTKIga yorib kirish yo‘li ham bor.
Keyin firmaning evolyutsiyasi violent strategiyasi doirasida davom etadi. “Kekkaygan sher”ning dinamik ahvoli “qudratli fil” roli bilan almashadi. Bozorning to‘laligiga ko‘ra, yagona mahsulotning asiri bo‘lib qolmaslik uchun firma hamma yerda ustunlikka ega bo‘lish maqsadida hamma yangi sohalarga yorib kira boshlaydi. Qudratli filning ahvoli juda barqaror: kompaniya bu holda yuz yil va undan ham ko‘p vaqt faoliyat yuritishi mumkin. Biroq kelgusida endi yoqimli bo‘lmagan evolyutsiya – “aylana olmaydigan begemot” yo‘nalishiga tushib qolish ham mumkin. Ulkan o‘lchamlarini saqlab qolib, bunday firma – “begemot” kam boshqariladigan, o‘sishdan uzil-kesil qolgan, sanoqsiz ikkinchi darajali korxona sifatida o‘sib chiqadi, u bilan birga ulkan o‘lchami tufayli daromadlilik (foyda olish) ham o‘sadi. Biroq bu vaziyatdan chiqishning ikki yo‘li bor – qisqartirish strategiyasi (keraksizini qirqib tashlash) va “fil”ning to‘dasi qaytish yoki omadliroq raqobatchi tomonidan “yutilib” firma tarixiga yakun yasaladi.
Marketing san’ati rahbariyatning marketing strategiyalari bilan manipulyatsiya qilishlari, tashkilotning umumiy strategiyalari realizatsiya qilinish qobiliyatida, shu tariqa uning raqobat ustuvorligi va bozordagi muvaffaqiyati ta’minlanishida ko‘rinadi.

Download 120,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish