Etkazib berish bazisi Sotuvchi ushbu shartnomada keltirilgan tovarlarni etkazib berishni Inkoterms-2010y.ga muvofiq S1R Taraz sh. shartlarida amalga oshiradi. Etkazib berish avia, avto yoki tG'y transporti bilan amalga oshiriladi.
(Ma'lumot: Tashqi savdo oldi-sotdi shartnomasida Sotuvchi va Xaridorning tovarlarni etkazib berish buyicha majburiyatlarini belgilovchi maxsus shartlar bazis shartlari deb nomlanadi hamda sotuvchi tomonidan o’zining tovarlarni etkazib berish buyicha majburiyatlarini bajarish paytini va tovarning tasodifiy nobud bo’lishi yoki shikastlanishi xavflarini, shuningdek shu sababli yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xarajatlarni Sotuvchidan Xaridorga o’tishini belgilaydi. Bazis shartlarni qo’llash shartnomalarni tuzish va kelishishni soddalashtiradi, kontragentlarga majburiyatlarni taqsimlash va yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni hal etish usullarini qidirib topishga yordam beradi. Bundan tashqari shartnoma matnida albatta Inkoterms~2010ga tayaning, chunki ilgari kabo’l qilingan versiyalar ham mavjud). (Ma'lumot: Transport turini Xaridor bilan oldindan kelishib oling, boshlang’ich narxning oshishi ko’p holatlarda shunga (transport turiga) bog’liq bo’ladi). Etkazib berish shartlari va muddatlari Tovarlar Sotuvchi tomonidan Xaridordan aniiq bir etkazib berishga buyurtma olinganidan keyin ___ kalendar kuni davomida etkazib berilishi lozim
(Variant: Tovarlar Xaridor tomonidan 100 foizli oldindan haq to'langan kundan boshlab hisoblagan holda Xaridorning aniq bir etkazib berishga buyurtmasi buyicha kalendar kunida etkazib berilishi lozim). Tovarni muddatidan oldin vaG'yoki qisman etkazib berishga Xaridorning yozma roziligi bilan ruxsat etiladi.
Sotuvchi Xaridorga xar bir jo‘natilgan tovar partiyasiga kuyidagi ilova xujjatlarini berishi shart:
invoysning (hisobning) aslini - nusxada;
transport xujjatlarini - ___ nusxada;
etkazib berilayotgan har bir nomdagi tovarga sifat sertifikati yoki sifat sertifikatining tasdiklangan nusxasi;
ishlab chiqarilgan mamlakat sertifikatining asli pechatlangan ko‘rinishda, nusxa;
qadoqlashvarag‘i nusxada.
(Ma'lumot: Nusxalash va hujjatlar nusxalarini notarial tasdiklash buyicha qo'shimcha xarajatlardan qutilish uchun har bir xujjat eng kamida 2 nusxada bo'lishi maqsadga muvofikdir). (Ma'lumot: Har bir tovarni etkazib berishda ushbu hujjatlar ruyxatini bojxona organlarida yana bir marta tasdiqlash tavsiya etiladi, chunki ba'zida amaliyotda turli sabablar tufayli qo'shimcha hujjatlar suralishi mumkin). sana etkazib berish sanasi hisoblanadi.
(Ma'lumot: Odatda Sotuvchi quyidagicha ifodalashni talab qiladi: "Tegishli invoys yoki TTNda (tovar-transport nakladnoyi) qo'yilgan sana etkazib berish sanasi hisoblanadi").