2-Bayonnomasi
2021- yil 1-noyabd kuni 27-maktabda Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rishga yo’naltirilgan tayanch maktablarda 2021-2022 –o’quv yilida matematik savodxonlik yo’nalishi uchun o’tiladigan 1-mashg’ulot bo’lib o`tdi.
Seminar mashg’ulotning kun tartibi va dasturi
830-900- Seminar ishtirokchilarini ro’yxatga olish.
900- 925 – O’quv mashguloti . Mavzu: Baholash nazariyasining asoslari. Xalqaro va milliy baholash
930-1050 – Amaliy mashg’ulot. "Tomchining tushish tezligi", "Kompakt disklar", "Elkanli
kemalar", "Sous", "Ulkan charxpalak", "Fudziyama tog'iga chiqish".
1100-1200-Mustaqil ish . "O'quvchilarda matematik qobiliyatni rivojlantirish"
Mavzusida mustaqil ish tayyorlash (Axborotnoma 2- soni) (Qo'llanma PISA]
Ishtirokchilar :
Parkent tuman Xalq ta’limi bo’limi aniq fanlar metodisti ,,5-IDUM tayanch maktabining aniq fanlar bo’yicha trener o’qituvchisi , dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun tumandagi 26 ta umumiy ta’lim maktablarining barcha matematika fani o’qituvchilari.
1.Semiarda o’quv dasturidagi mashg’ulotlarning nazariy jihatdan yoritib berish uchun matematik savodxonlik yo’nalishi bo’yicha trener o’qituvchi Karimberdiyeva Fotima tomonidan Baholash nazariyasining asoslari. Xalqaro va milliy baholash ma’lumot berish uchun taqdimot namoyish etildi .
Ta’lim siyosati. Pedagogikada ijobiy o‘zgarishlar. Baholash nazariyasining asoslari. Xalqaro va milliy baholash haqida umumiy ma’lumot berildi .
2.Amaliy mashg’ulot uchun mo’ljallangan "Tomchining tushish tezligi", "Kompakt disklar", "Elkanli kemalar", "Sous", "Ulkan charxpalak", "Fudziyama tog'iga chiqish". (Qo'llanma PISA] masalalarni trener o’qituvchi tinglovchilar bilan birgalikda tahlil qilib bajarishdi .
3. Amaliy mashg’ulotlar davomida olingan bilimni mustahkamlash maqsadida mustaqil ravishda bajarishga mo’ljallangan "O'quvchilarda matematik qobiliyatni rivojlantirish" mavzusida mustaqil ish tayyorlash (Axborotnoma 2- soni) masalalari berildi.
. Mustaqil ish jarayonida har bir tinglovchi o`qituvchi berilgan topshiriq asosida o’quvchilarning matematik savodxonligi kompetensiyalarini baholashga qaratilgan topshiriqlar ustida mustaqil ravishda ishladi , tahlil qildi , qaysi kompetensiya baholanayotgani o’rganildi. O’rganish va tahlil natijalari taqdimot qilindi .
Matnda baholanishi ko‘zda tutilayotgan kompetensiyalarni o‘quvchilarda rivojlantirishning zamonaviy usullari muhokama qilindi. Natijada, tinglovchilar o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishning zamonaviy modellari, shu jumladan xalqaro baholash dasturlarida o‘qish savodxonligini baholash usullari, undagi berilayotgan matn va topshiriqlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida tasavvurlarini boyitish hamda o‘zidan keyingi tinglovchilarga yetkazib berish ko‘nikmalarini shakllantirish yo’lida tajriba orttirishga erishildi.
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 27-maktabda “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rishga yo`naltirilgan tayanch maktablar uchun treninglar o’quv dasturi” bo’yicha o’tkazilgan o’quv mashg’ulotining
Do'stlaringiz bilan baham: |