Xalqaro soliqqa tortishning huquqiy-me’yoriy asoslari д PhD. N. Artikov



Download 316,26 Kb.
bet1/5
Sana05.07.2022
Hajmi316,26 Kb.
#739707
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu (2)

Xalqaro soliqqa tortishning huquqiy-me’yoriy asoslari


д

PhD. N. Artikov


1.Xalqaro soliqqa tortish munosabatlarini tartibga solishda huquqiy-me’yoriy hujjatlarning ahamiyati.
2. Jahon soliq kodeksini ishlab chiqilishga asosiy sabablar.
3. Xalqaro soliqqa tortish munosabatlarini tartibga solishda huquqiy-me’yoriy hujjatlarni davlatlar o‘rtasida qabul qilish tartiblari.
4. Xalqaro soliqqa tortish munosabatlarini tartibga solishda huquqiy-me’yoriy hujjatlarga amal qilish.
5. Xalqaro soliqqa tortishning huquqiy-me’yoriy hujjatlarga amal qilinmaganlik sharoitida javobgarlik masalalari.
Reja:
Jahon hamjamiyati iqtisodiy tizimlari integratsiyasi va tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi xorijiy mamlakatlar soliq tizimlarini o’zaro ta’siriga olib
keldi. Lekin turli malakatlarda soliqqa tortishni u yoki bu masalalariga bo’lgan
yondashuvlarni bir biriga mos kelmasligi nizoli vaziyatlarni yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, xalqaro ikki tomonlama soliqqa tortish ana shunday
masalalardan biridir.
Xalqaro ikki tomonlama soliqqa tortish deganda ikki yoki undan ko’p mamlakatda bir soliq to’lovchining faoliyati bir xil yoki shunga o’xshash soliq turi
bilan bir vaqtning o’zida soliqqa tortish ifodalanadi.
Ikki tomonlama soliqqa tortishni belgilovchi ko’rsatkichlar quyidagilardan
Iborat: - soliqqa tortish ob’ektining o’xshashligi;
- soliqqa tortish sub’ektlarining o’xshashligi;
- soliq to’lash muddatining o’xshashligi;
- soliq to’lovining bir xilligi va boshqa
.

1.Xalqaro soliqqa tortish munosabatlarini tartibga solishda huquqiy-me’yoriy hujjatlarning ahamiyati.
Xar bir mamlakatda soliq yurisdiktsiyasini kengaytirish va uni muxofaza etish, shuningdek, tovar, xizmat va kapitalni eksport kiluvchilarga soliq imtiyozlari berish bilan boglik tadbirlarning umumiy yigindisi mamlakatning tashki soliq siyosati deyiladi. Ushbu siyosatning kaysi tomonga yunalishi muayyan vaziyatdan kelib chikadi. U byudjet daromadlarini oshirish nuqtai nazaridan yoki eksportni qullab-kuvvatlash maksadidan kelib chikishi mumkin. Ammo, shu narsani yoddan
chikarmaslik lozimki, bu soxada manyovrlashtirish imkoniyatlari ancha chegaralangan yukorida aytilganidek, xech bir mamlakat uz fukarolari yoki kapitali
uchun boshqa mamlakatdan, maxalliy axoliga qo’llanilayotgan soliqqa tortishga
nisbatan imtiyozlirok bulgan tartibni talab kilishga xaqli emas. Xuddi shuningdek,
xech bir mamlakat uz xududida faoliyat yuritayotgan xorijiy fuqaro va shaxslarga,
soliq yukini maxalliy axolidan keskin fark qiluvchi nisbatlarda oshirishga xaqli emas.
Bunday xolatning yuz berishi, mazkur mamlakatning xorijiy bozorlaridagi faoliyatiga nisbatan xam xuddi shunday chora-tadbirlar qullanilishiga olib kelishi mumkin.
Aksariyat mamlakatlar qonunlarida xorijiy shaxslar va kompaniyalarni soliqqa tortishning faqatgina umumiy tomonlari belgilab beriladi. Va ular keyinchalik xukumat kursatmalarida, sud karorlarida, ma’lum milliy odatlarda va boshkalarda aniklashtiriladi.
Xar bir mamlakat uchun xalkaro soliq munosabatlarini tartibga solinishida
kuyidagilar asosiy vositalar xisoblanadi:
− bir yoklama chora-tadbirlar yoki milliy soliq siyosatining chora-tadbirlari bulib, boshka mamlakatlar xukumatlari bilan xech kanaka kelishuvlarsiz amalga oshiriladi (mamlakatda faoliyat yuritayotgan xorijliklar va mamlakatning xorijda faoliyat yuritayotgan fukaro va korxonalariga nisbatan soliq tartibining belgilanishi);
− shartnomaviy chora-tadbirlar, ikkinchi tomon bilan yoki ikki tomonlama,
yoki kup tomonlama asosda (xalkaro kelishuv), yoki «soliqlarning garmonlashuvi»
deb nomlanadigan kelishuvlar doirasida (ya’ni, ikki yoki undan ortik shartlashayotgan mamlakatlarning milliy soliq siyosatlarini uzaro muvofiklashtirish asosida)gi chora-tadbirlar.
Xozirgi kunda, amalda yuzdan ortik soliq kelishuvlari mavjud. Bundan tashkari, u yoki bu darajada mamlakatlar urtasidagi soliq munosabatlariga taallukli
bulgan turli xil xalkaro kelishuvlar xam mavjud.

Download 316,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish