2. Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishning tarifli usullari
Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Ularni tovar oqimlariga ta’siri tabiatiga ko’ra bir-biridan jiddiy farq qiluvchi ikkita asosiy tipga ajratish mumkin: iqtisodiy va ma’muriy.
Iqtisodiy (tarifli dеb ham ataladigan) usullardan foydalanganda ishlab chiqaruvchi va istе’molchilar, eng avvalo, narх mutanosibligi, tovar va rеsurslar eksporti hamda importining sifati va shartlariga amal qilishadi.
Iqtisodiy tizimlar va doiraviy aylanishlar
Reja:
Iqtisodiy tizimlar
Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari
Iqtisodiy faoliyat ma`lum iqtisodiy tizim sharoitida amalga oshadi.
Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari
Sof bozor iqtisodiyoti tizimi.
Bu bozordaga talabni qondirishga qaratilgan, bozor orqali hamkorlikni taqozo etuvchi erkin va demokratik iqtisodiy tizim. U xususiy mulkchilik, bozor uchun ishlash, cheklanmagan iqtisodiy tanlov, naf ko`rish va raqobat kabi tamoyillarga asoslanadi.
Aralash tizim iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xususan AQSh Kanada va Evropa mamlakatlarida mavjud. O`zbekiston mustaqillik yillari davomida reja iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyoti – aralash iqtisodiyotga o`tmoqda.
Aralash iqtisodiy tizim. Bu har xil darajada bozor va reja (nobozor) aloqa-munosabatlarining qorishmasidan iborat tizimdir. Bu tizimda bozor vositalari bilan birgalikda rejalashtirish, hamkorlik va saxovatga asoslangan iqtisodiy aloqalar mavjud bo`ladi.
Rejali yoki buyruqbozlik-ma`muriy iqtisodiyot tizimi. Bu to`la-to`kis davlatlashtirilgan iqtisodiy tizimdir. Uning asosi davlat mulki hisoblanadi, ishlab chiqarish davlatning reja-topshiriqlariga binoan yurgiziladi, nima ishlab chiqarish masalasi davlatning buyrug`iga binoan hal etiladi.
A‘anaviy iqtisodiyot - barcha mamlakatlar uchun xos bo’lib, unda natural yoki mayda tovar xo’jaligi xukmronlik qilgan. Texnika taraqqiyoti va uning yangiliklarini joriy qilish cheklangan bo’lgan.
Bozor iqtisodiyoti tizimi – bu iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim bo’lgan tizimdir. Bu ikki bosqichga egadir. Birinchisi, erkin raqobatga asoslagan klassik bozor iqtisodiyoti, ikkinchisi esa, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo’lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deyiladi.
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti - tadbirkorlikda erkinlik amal qiladigan va shaxsiy manfaat ustun turadigan tizimdir.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti – bu hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot, unsurlarini qo’shilishidan hosil bo’lgan aralash iqtisodiyotdir.
Bunda mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorliklar turli bo’ladi, rejalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi. Masalan, hozirgi vaqtda Xitoy Xalq respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari qo’llanishi natijasida iqtisodiy o’sish va iqtisodiy barqarorlik ta‘minlanmoqda.
Iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida kishilarni narsalarga va barcha moddiy va nomoddiy borliqqa munosabatining paydo bo’lishi mulkchilikni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |