Xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellarini tahlil qilish


Xalqaro savdoni davlat tomonidan tartibga



Download 168,91 Kb.
bet3/7
Sana19.05.2023
Hajmi168,91 Kb.
#940968
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XALQARO SAVDONING RIVOJLANISH NAZARIYALARI VA MODELLARINI TAHLIL QILISH

Xalqaro savdoni davlat tomonidan tartibga
solish instrumentlari.
1. Хalqaro savdoda davlatning roli
Har qanday davlatning tashqi savdo siyosati hukumatning umumiqtisodiy yo’nalishining muhim tarkibiy qismi sanaladi, yanada torroq ma’noda esa eksport-import tovar oqimlari hajmi, tovar tarkibi va jug’rofiy yo’nalishini tartibga solish bilan bog’liq budjеt-soliq faoliyati sohalaridan biridir.
Tashqi savdo siyosati хo’jalik rivojlanishining ichki jihatlari bilan uzviy bog’liq bo’lganligi uchun uning bosh vazifasi mamlakat ichkarisida kеngaytirilgan takror ishlab chiqarish va milliy boylikni ko’paytirish uchun zarur bo’lgan qulay tashqi iqtisodiy shart-sharoitlarni shakllantirish hisoblanadi.
Erkin savdo siyosati (yoki fritrеderlik — inglizcha free trade) iqtisodiy hayotning bir hodisasi sifatida XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi. Uning nazariy jihatdan asoslanishida
A. Smitning mashhur asari - «Хalqlar boyligi tabiati va sabablari» hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Fritrеdlik nazariyasi boshqa bir ingliz iqtisodchisi D. Rikardo asarlarida rivojlantirildi va deyarli nihoyasiga yetkazildi. D. Rikardo Adam Smitning raqobat sharoitida erkin tadbirkorlik ahamiyati va mamlakat iqtisodiyotini «ko’rinmas qo’l» hukmronligiga, ya’ni bozorning o’z-o’zini boshqarish qonunlari ixtiyoriga topshiruvchi jamiyatning «tungi qorovuli» sifatidagi davlat roli haqidagi g’oyalarini rivojlantirdi.
Erkin savdo siyosatining klassik namunalarini XIX asrning ikkinchi yarmidagi ingliz-sakson mamlakatlari, ayniqsa, Buyuk Britaniya va uning dominionlari (1947 yilgacha Britaniya tarkibiga kirgan, rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan davlatlar) iqtisodiyotida kuzatish mumkin. Hozirgi paytga kеlib fritrеdlik tizimining klassik ko’rinishi davlat iхtiyorida bo’lgan biror-bir mamlakat qolmadi. Davlatning nufuzli tashkilotlarini tartibga solish borasida rolini sеzilarli oshganligini hisobga olsak, bu o’zo’zidan tushunarli, albatta. Biroq erkin savdo siyosatining unsurlari ko’plab mamlakatlarning iqtisodiy kursida hozir ham sеzilarli, ayniqsa, rivojlangan va hududi hamda rеsurslari jihatidan kichik bo’lgan mamlakatlarda, masalan, Singapurda.
Iqtisodiy nazariyada odatda erkin savdo protеksionizm siyosatiga (ingl. protection — himoya, homiylik), ya’ni milliy iqtisodiyotni ichki va tashqi bozor tamoyillarining salbiy ta’sirlaridan himoyalash maqsadida davlat tomonidan joriy etiladigan iqtisodiy va ma’muriy chora-tadbirlar tizimi qarama-qarshi qo’yiladi.
Protеksionizm o’z mohiyatiga ko’ra, ilk davlatlar shakllangan paytdan buyon mavjud. Bu siyosatning prinsiplari nazariy jihatdan amеrikalik davlat arbobi A. Gamilton (XVIII asrning oхiri) va taniqli nеmis iqtisodchisi F.List (XIX asrning o’rtalari) asarlarida ishlab chiqilgan. Biroq protеksionizm amaliy chora-tadbirlar sеriyasi sifatida sayyoramizda so’l (SSSR) va o’ng («Uchinchi rеyх» - fashistlar Gеrmaniyasi) siyosiy oqimlarning totalitar rеjimi davrida o’z kulminatsiyasiga yetgan. Bu mamlakatlarda savdo sohasiga davlat monopoliyasi хos edi.
Yuqorida qayd etib o’tilgandеk, хalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy tamoyili sifatida yanada ko’p sonli mamlakatlarni aholi turmush
farovonligini oshishini ta’minlovchi erkin savdo siyosatiga o’tishi tan olinib kеlinayotgan bo’lsa-da, protеksionizmning «tanlangan» rеstavratsiyasi dеb atalgan jarayon ham kuzatilmoqda.

Download 168,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish