XALQARO SAVDO
Xalqaro savdo – bu turli mamlakat xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va
xizmatlarni ayirboshlash jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar
majmuidir.
Eksport – mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni
mamlakatdan tashqariga chiqarilib chet ellik mijozlarga sotishdir.
Eksport salohiyati – mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotning o‘z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon
bozorida sotishi mumkin bo‘lgan qismi.
Ayirboshlash – kishilarning mehnat faoliyati yoki mahsulotlarini oʻzaro almashtirishlari.
Import — biror molni mamlakatga sotish uchun olib kirish.
Import mamlakati, deganda import qilinayotgan mol ishlab chiqarilgan mamlakat tushuniladi.
Barter – tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash.
Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun
pulning qiymat o‘lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;
Boj to‘lovlari - boj to‘lovlari import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi, u
daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin.
Tarifsiz to‘siqlar - tarifsiz to‘siqlar tarkibiga litsenziyalash tizimi, mahsulot
sifatiga standartlar qo‘yish yoki oddiy ma’muriy taqiqlashlar kiradi.
Eksportni ixtiyoriy cheklash - eksportni ixtiyoriy cheklash savdo
to‘siqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari
o‘zlarining ma’lum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi.
Investitsiya — (nemischa „Investition“, lotincha „Investio“) soʻzidan olingan boʻlib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qoʻyilmalar sarfi, yaʼni xarajatlar yigʻindisi deb talqin etilgan.
Erkin savdo - bu mamlakatlar o'rtasida tovar va xizmatlarning cheklanmagan importi va eksporti.
Erkin savdoning teskarisi - protektsionizm - boshqa mamlakatlar raqobatini yo'q qilishga qaratilgan juda cheklovchi savdo siyosati.
Savdo — tovar muomalasining bir turi, mehnat mahsulotlari va xizmatlarni oldisotdi yoʻli bilan ayirboshlash shakli.
Fritrederlik siyosati - proteksionizm siyosatining aksi hisoblanadi, tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan.
Emigratsiya — aholining muayyan mamlakatdan boshqa mamlakatga doimiy yoki vaqtinchalik yashash uchun koʻchib ketishi.
Kompensatsion bitim – uzoq muddatli tashqi savdo kelishuvlari shakli
haridorga takdim etilgan mahsulot yoki ko‘rsatilish lozim bo‘lgan xizmatning
to‘lov borasidagi yengilligi.
Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroiqtisodiy koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymati.
Eksport krediti — eksportni ragʻbatlantirish vositasi sifatida oʻz mamlakatidan tovarlar va xizmatlar, texnologiyalar sotib olishni moliyalashtirish maqsadlarida xaridorga yoki unga xizmat koʻrsatadigan bankka beriladigan kreditlar;
Valyuta - mamlakatning pul birligi va uning turi, chet mamlakatlarning xalqaro muomalada qoʻllanuvchi pullari, shuningdek shu mamlakatlarning pul birligida ifodalangan va xalqaro hisobkitoblarda foydalaniladigan kredit va toʻlov hujjatlari.
Tovar — ishlab chiqarish.iqtisodiy faoliyatning moddiybuyum shaklidagi har qanday mahsuloti , sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldisotdi, bozor munosabatlari obʼyekti.
Do'stlaringiz bilan baham: |