Xalqaro savdo nazariyasi


Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi



Download 26,44 Kb.
bet6/7
Sana31.12.2021
Hajmi26,44 Kb.
#261799
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
xalqaro savdo nazariyasi

15.4. Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi
Xalkaro savdodagi zamonaviy karash tarafdorlari sifatida shved iktisodchi-olimlari eli Xeksher va Bertil’ Olinlarni (30-yillar) ko`rsatish mumkin.

E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chikarish omillariga boglik xolda narxlarni tenglashishi» koidasini oldinga surgan. Buning ma`nosi shundan iboratki, milliy ishlab chikarishdagi farklar ishlab chikarishning mexnat, er, kapital va shuningdek, u yoki bu maxsulotga ichki iste`moldagi o`zgarishlar kabi omillarga boglik.

Ularning koidalaridagi asosiy vaziyatlar kuyidagicha keltirilgan:

1. Mamlakatlar o`zlarida ortikcha bo`lgan ishlab chikarish omilini ko`p talab kiladigan maxsulotlarni eksport kilishadi va aksincha, o`zlarida takchil bo`lgan ishlab chikarish omillarini ko`p talab kiladigan maxsulotlarni import kiladilar.

2. Xalkaro savdo yo`lidagi cheklashlar bekor kilinsa tovarlarning turli mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi o`zgarishlar kuzatiladi.

3. Maxsulotlar eksporti o`rnini asta sekin ishlab chikarish omillari eksporti egallaydi.

Agar mamlakatdagi bir ishlab chikarish omili mikdori bilan boshka omillar mikdori o`rtasidagi nisbat boshka mamlakatdagiga nisbatan yukori bo`lsa shu omil bu mamlakatda nisbatan ortikcha deb xisoblanadi.

Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashki savdo kuyidagi ko`rinishlarga ega: Faraz kilaylik, bir vaktda ikki mamlakat, ya`ni, «sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat faoliyat ko`rsatmokda.

Sanoatlashgan mamlakatda ortikcha kapital va ma`lum mikdorda ortikcha ishchi kuchi mavjud bo`ladi. Agrar mamlakatda esa ortikcha er mavjud, ammo kapital etishmaydi.

Ayrim turdagi maxsulotlarni ishlab chikarishda kapital asosiy omil xisoblanadi. Masalan, neftni kayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chikarish soxalari kam ishchi kuchidan foydalangan xolda kapital talabchan ishlab chikarish xisoblanadi. Kapital ortikchaligiga ega bo`lgan mamlakatlar aynan ushbu yo`nalishlarga ixtisoslashadilar. SHu bilan birga, don etishtirish va chorvachilik bilan shugullanadigan mamlakatlarda ko`prok er resurslari kerak bo`ladi va ular shu yo`nalishga ixtisoslashgan bo`ladilar.

Xeksher–Olin kontseptsiyasini tadkik kilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda «Leont’ev taajjubi» yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. V.Leont’ev AKSH kapital ortikcha bo`lgan mamlakat bo`lishiga karamasdan 1947 yilda kapital talabchan emas, balki mexnat talabchan maxsulot eksport kilganligini ko`rsatib berdi. YA`ni Xeksher-Olin kontseptsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadkikotlar esa AKSH da kapitaldan ko`ra er va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy ortikcha ekanligi tasdiklandi. AKSH ishlab chikarilishida aynan shu omillar ko`prok foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo`lib chikdi.

1948 yil amerikalik iktisodchilar P. Samuel’son va V.Stolperlar Xeksher-Olin kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo`yicha xalkaro savdo – ishlab chikarish omillari bilan ta`minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi, rakobatning rivojlanishi va maxsulotlarning xarakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o`rtasidagi ishlab chikarish omillari narxlari tenglashadi.

D. Rikardo modelida ishlab chikilgan va e. Xeksher, B. Olin, P.Samuel’son xamda V.Stolperlar tomonidan to`ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafakat mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro foydali savdoni yo`lga ko`yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o`rtasidagi farklarni kamaytirish vositasi sifatida xam karaladi.


Download 26,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish