Aim.Uz
Xalqaro savdo nazariyasi
Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko`rinishlari
A.Smitning mutloq ustunlik nazariyasi.
Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi.
Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi
Xozirgi zamon iktisodiyotining ochiklik darajasi ya`ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular o`rtasida kooperatsiya chukurlashib bormokda. Mamlakatlar o`z iktisodiyotini rivojlantirish,iktisodiy muammolarni xal kilish borasida tadbirlar ishlab chikish va ularni amalga oshirishda bu xolatlarni etiborga olishi shart.
Jaxon savdosi tashki iktisodiy alokalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chukurlashuvi natijasida kapitalni chetga chikarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga boglik ravishda xalkaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi.
Tashki savdoning vujudga kelishi ikki muxim ob`ektiv sabab bilan izoxlanadi.
Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o`rtasida notekis taksimlanganligi. eng katta xududga ega bo`lgan yoki rivojlangan davlatlar xam barcha resurslar bilan o`zini to`lik ta`minlay olmaydi. Ular o`zlarida ortikcha bo`lgan resurslarni eksport kilishga va mamlakatda takchil bo`lgan resurslarni import kilishga majburlar.
Xalkaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muxim sabab shundaki xamma mamlakatlar xam barcha turdagi maxsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chikara olmaydi. YA`ni bir tovar YAponiyada arzon ishlab chikarilsa, ikkinchi tovar O`zbekistonda arzon ishlab chikarilishi mumkin. SHu sababli resurslardan samarali foydalanish maksadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o`zaro savdo-sotikni yo`lga ko`yadilar.
Bu ikki ob`ektiv sabab xar kanday milliy iktisodiyotning takror ishlab chikarishi jarayonida xalkaro savdoning axamiyatini aniklaydi. 90-yillarning boshlarida xalkaro savdo xajmi AKSHda yalpi milliy maxsulotning 16-18 foizini, Germaniyada 30-39 foizini tashkil etdi. SHu davrda O`zbekiston yalpi milliy maxsulotida tashki savdoning ulushi 10-12 foiz atrofida bo`ldi.
Tashki savdo xalkaro ayirboshlashning an`anaviy shakli sifatida kuyidagi ko`rinishlarni o`z ichiga oladi:
maxsulotlarni ayirboshlash: yokilgi-xom ashyo maxsulotlari, kishlok xo`jaligi maxsulotlari, sanoat maxsulotlari;
xizmatlarni ayirboshlash: muxandislik-maslaxat xizmatlari;
transport xizmatlari, sayyoxlik va boshka xizmatlar. Xozirgi vaktda xizmatlarning jaxon eksportidagi xissasi 30 foizdan oshib ketdi;
yangi ilmiy-texnik ma`lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar. Ular xissasiga xalkaro savdo aylanmasining 10 foiziga yakini to`gri keladi.
Xalkaro savdo maxsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma`lumotlarini ayirboshlashning barcha ko`rinishlari tashki savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular o`z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga bo`linadi.
Eksport operatsiyasi - maxsulotlarni chet mamlakatlarga chikarish.
Import operatsiyasi - maxsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni mamlakatga olib kelish.
Reeksport operatsiyasi - avval import kilingan va kayta ishlov berilmagan maxsulotni chet elga olib chikib sotish.
Reimport operatsiyasi - avval eksport kilingan va u erda kayta ishlov berilmagan maxsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |