1-BOB.XALQARO SAVDO NAZARIYALARI
1.1 Merkantilizm va erkin savdo g‘oyasi
Xalqaro savdoga oid nazariyalar o‘z tarixiga ega. Bu boradagi ilk iqtisodiy ta’limot 17-asrdayoq yaratilgan. 0‘rta asrlarda ro‘y bergan Yevropadagi ulkan o‘zgarishlar jumladan, yangi qit’alarning kashf etilishi, mustamlakalardagi oltin va bosh- ’boyliklarni egallab olishga intilish o‘z-o‘zini ta’minlashni targ‘ib etuvchi feo- jaiizm nazariyasi doirasidan chiqib ketgan yangi xo‘jalik tizimi doirasida tovarlar oiini va davlatlarning xalqaro savdoga bo‘lgan talabini asoslab bera oladigan yan- ei iqtisodiy nazariyaga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Shunday nazariyalardan biri merkantilizm ta’limotidir. Merkantilizm maktabi XVI-XVII asrlarda faoliyat ko‘rsatgan. Uning eng yirik vakillari ingliz iqtisodchilari Tomas Man (1571-1641) vaUilyam Staffordlar (1554-1612) hisoblanishadi.
Merkantilistlar o‘z nazariyalarida faqat cheklangan miqdordagi boylikka ega bo‘lgan statik qarashlarni qo‘llab-quvvatlaganlar. Shu sababdan biron-bir mamlakat boyligining ko‘payishi faqatgina boshqa mamlakatning qashshoqla- shishi evaziga amalga oshishi mumkin. Demak, boylikning ko‘payishi qayta taqsimot evaziga amalga oshar ekan, har bir mamlakat mustahkam iqtisodiyot- ga va boshqa davlatlar ustidan hukmronlikni ta’minlab bera oladigan armiya, harbiy va savdo flotidan iborat kuchli davlat qurilmasiga ega bo‘lishi zarur deb hisoblashgan.
Merkantilistlar iqtisodiyotni ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va harbiy kolo- niyalar sektoriga boiishgan. Savdogarlar iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishida eng muhim guruh, deb hisoblangan, mehnat esa ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida baholangan. Mamlakatning boyligi uning ixtiyorida bo‘lgan oltin va kumush bilan belgilanligi sababli tashqi savdo maktabi mamlakat milliy iqtisodiyotini mustahkamlashi uchun quyidagilarga amal qilish lozim, deb hisoblashgan:
tashqi savdoda musbat saldoni ta’minlash — eksportning importdan katta bo‘- lishi mamlakatning oltin zaxirasini boshqa mamlakatlarning oltin manbalari hisobiga o‘sishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, ichki xarajatlar, ishlab chiqarish va bandlikning oshishiga olib keladi;
eksportni oshirish va importni kamaytirishga qaratilgan tashqi savdo siyosatini yuritish — tariflar, kvotalar va boshqa dastaklar yordamida savdo balansining musbat savdo saldosini ta’minlash;
xomashyoning olib chiqilishini qattiq cheklash yoki ta’qiqlash va mamlakatda mavjud bo‘lmagan xomashyo importidan boj undirmaslik, chunki bunday cho- ra-tadbirlar mamlakat oltin zaxirasining ko‘payishi va tayyor mahsulotlarni past narxlar bo‘yicha eksport qilish imkonini yaratadi;
mustamlakalarning metropoliyadan boshqa davlatlar bilan har qanday savdo aloqalarini ta’qiqlash va mustamlakalarni xomashyo ta’minotchisiga aylan- tirish.
Merkantilistlar g‘oyasiga binoan iqtisodiy tizimda to‘liq bandlikka erishib bo‘l- maydi. Shu sababli xorijdan keladigan qo‘shimcha oltin qo‘shimcha ish joylarning yaratilishiga, ishsizlik darajasining pasayishi va ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishiga olib keladi.
Merkantilistlar xalqaro savdo nazariyasi rivojlanishiga jiddiy ulush qo‘shdilar. Ular xalqaro savdoning mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi o‘rnini birinchi bo‘lib chuqur tahlil qildilar va uning rivojlanishining muhim modellaridan birini ishlab chiqdilar.
Ular birinchi bo‘lib zamonaviy iqtisodiyotda to‘lov balansi, deb ataladigan tushun- chani ta’rifladilar.
Merkantilistlar g‘oyasining kamchiligi — bu ularni bir mamlakat boyishi boshqa mamlakatlarning qashshoqlashishi hisobiga amalga oshadi deb hisoblashgani- dir. Bunday g‘oyaga amal qilish jahon iqtisodiyotida iqtisodiy disproporsiyalarga va iqtisodiy vaziyatning keskinlashuviga olib keldi. Metropoliyalarning mustamla- kalar hisobidan boyishi ularda haddan ziyod oltin massasining to‘planishiga va shu orqali giperinflyatsiyaga olib keldi.
Merkantilistlarning g‘oyalari xalqaro iqtisodiyotdagi keyingi maktablari g‘oya- lariga ilmiy yo‘nalish berdi. Merkantilistlar g‘oyalari bir yarim asr maboynida keng qo‘llanilgan. Buning natijasida XVIII asrda xalqaro savdo aloqalarida keskinliklar- ning kuchayishi holatlari kuzatilgan.
«Erkin savdo» nazariyasi. Merkantilistlarni keskin tanqid qilgan iqtisodchi- lardan biri Adam Smitdir (1723-1790). A. Smit mamlakatning boyligi u ega bo‘lgan oltin miqdoriga emas, balki uning ishlab chiqarish imkoniyatlariga bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. Shuning uchun har qanday davlatning bosh vazifasi mamlakat ega bo‘lgan oltin miqdorini oshirish emas, balki xalqaro mehnat taqsimotida o‘ziga xos munosib o‘rin egallashdan iboratdir. Shuningdek, A. Smit g‘oyalariga binoan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun davlatning iqtisodiyot- ga aralashuvini cheklash kerak. Ushbu siyosat «Lessa fer»1 nomini oldi.
A. Smit qarashlariga muvofiq:
davlat tashqi savdoga aralashishi kerak emas va mamlakat erkin savdo rejimi- ga rioya qilishi lozim;
mamlakatlar ishlab chiqarishda afzallikka ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqa- rishga ixtisoslashishlari kerak va bu tovarlarni boshqa mamlakatlar afzallikka ega bo‘lgan tovarlar bilan ayirboshlashi kerak;
tashqi savdo milliy bozorlarni boshqa mamlakatlar hisobiga kengaytirish orqali mehnat unumdorligining o‘sishini ta’minlaydi;
eksport mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy omil hisoblanadi, chunki u ichki bozorda sotilmagan ortiqcha mahsulotlarni xorijga sotish imkonini beradi;
eksport subsidiyalari ichki soliqlar hisobidan moliyalashtiriladi va ichki narx- larning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ularni bekor qilishi kerak.
Mutlaq va nisbiy afzallik nazariyalari
A. Smit iqtisodiy nazariyaga birinchi bo‘lib «mutlaq afzallik» tushunchasini kiritdi.
Mutlaq afzallik — mamlakatlar mutlaq afzallikka ega bo‘lgan (tannarxi past- roq bo‘lgan) tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ularni eksport qilisha- di, boshqa tovarlarni (boshqa mamlakatlar mutlaq afzallikka ega tovarlarni) esa import qilishadi.
Bu nazariyani tushuntirish uchun «ikki mamlakat — ikki xil tovar» modelidan foydalanamiz. Faraz qilaylik, ikkita mamlakat (Buyuk Britaniya va Portugaliya) o‘zaro savdo aloqalarini o‘rnatishmoqchi. Bu mamlakatlar faqat ikki xil tovar (ша- to va vino) ishlab chiqarishadi. Bu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat resurslarining me’yorlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Mamlakatlarning bir birlik tovar ishlab chiqarish uchun sarflaydigan ish vaqti
|
Buyuk Britaniya
|
Portugaliya
|
Vino (1l)
|
2 soat
|
3 soat
|
Mato(1m2)
|
2 soat
|
6 soat
|
Jadval ma’lumotlaridan Buyuk Britaniyaning mato ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega ekanligi ko‘rinib turibdi. Chunki Buyuk Britaniyada 1 m 2 mato ishlab chiqarish uchun 2 soat sarflansa, Portugaliyada 3 soat saflash kerak. Demak, bu mahsulotning Buyuk Britaniyadagi tannarxi Portugaliyadagiga nisbatan arzon- roq boladi. 0‘z navbatida, Portugaliya vino ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega. Chunki bu mamlakatda 11. vino ishlab chiqarish uchun Buyuk Britaniyaga nisbatan 1 soat kamroq vaqt sarflanadi. Demak, A. Smitning «mutlaq afzallik» naza- riyasiga binoan Buyuk Britaniya mato ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va uni eksport qilishi kerak. 0‘z navbatida, Portugaliya vino ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va Buyuk Britaniya bu mahsulotni Portugaliyadan import qiladi.
A. Smitning «mutlaq afzallik» nazariyasi uzoq yillar davomida ko‘plab mam- lakatlarning tashqi savdo siyosati strategiyasining asosini tashkil qildi va bu mamlakatlar erkin savdo siyosatini yuritishdi.
Ammo «mutlaq afzallik» nazariyasida bir qator kamchiliklarga ham yo‘l qo‘- yilgan. Xususan, bu model mutlaq afzallikka ega bo‘lmagan mamlakatning xalqaro savdodagi ishtirokini tushuntirib bera olmaydi. Faraz qilaylik, Buyuk Britaniya va Portugaliya o‘rtasidagi savdoda mato va vinoni ishlab chiqarish bo‘yicha mutlaq ustunlik Buyuk Britaniyaga tegishli bo‘lsin. Bu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat resurslarining me’yorlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |