Xalqaro munosabatlar va


-mavzu: Amaliy diplomatiya



Download 0,74 Mb.
bet8/27
Sana10.06.2023
Hajmi0,74 Mb.
#950523
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
portal.guldu.uz-XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYa TARIXI

12-mavzu: Amaliy diplomatiya
Ajratilgan vaqt – 4 soat
Asosiy savollar:

  1. «Diplomatiya» tushunchasiga izoh.

  2. Xalqaro munosabatlar normalari

  3. O’zbekiston tashqi ishlar tuzilmasi

  4. Amaliy diplomatiya



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Diplomatiya. Diplomatiya shakllari. Xalqaro munosabatlar tiplari. Vena kongressi. Aaxen protokoli. TIV tizimi. TIV tashqi organlari. Elchixonalar. Missiyalar. Konsulliklar. Rasman tan olish. De-fakto. De-yure. Agreman. «Persona non grata». Dipkorpus. Duayn. Protokol qoidalari. Diplomatik darajalar. Diplomatik martabalar (unvonlar). Verbal nota. Shaxsiy nota. Memorandum.


Mavzuga oid muammolar.
1.Amaliy diplomatiya qanday shakllandi?
2.Mustaqil O’zbekiston diplomatiyasi qanday rivojlanmoqda?


Mavzu yuzasidan dars maqsadi:
Amaliy diplomatiya to’g’risida to’la tushuncha berib talabalarda ushbu mavzu borasida keng va chuqur tasavvur qoldirish.


Identiv o’quv maqsadlari:

  1. «Diplomatiya» tushunchasini izohlab beradi.

  2. Xalqaro munosabatlar tizimini taxlil qiladi.

  3. Mustaqil O’zbekiston diplomatiyasini rivojlanish jarayonini ko’rsatib beradi.



Mavzuning bayoni:
Diplomatiya va diplomatik xizmat.
Diplomatik xizmat davlat xizmatining muayyan turi bo’lib, u o’z xususiyatlariga ko’ra davlat xizmatining boshqa turlaridan farq qiladi.
Xalqaro hayot bilan bog’liq voqealar o’rganilar ekan, tashqi siyosat, diplomatiya, diplomatik xizmat tushunchalari qo’llaniladi.
Diplomatiya (frants. diplomat) – davlatlarning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini amalga oshirish, shuningdek, chet elda huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi rasmiy faoliyati.
«Diplomatiya» termini yunon tilidagi «ikki bukilgan qog’oz» so’zidan olingan. Qadimgi Yunoniston va Rimda taxtakach muqova ichiga solingan xat elchilarga ular vakolatini tasdiqlovchi ishonch yorlig’i yoki hujjat sifatida taqdim etilgan.
Taniqli ingliz diplomati va olimi G.Nikolson ta’kidlaganidek «diplomatiya» atamasi so’zlashuv tilida bir qator turli – tuman ma’nolarni anglatish uchun xizmat qiladi. Ba’zan u «tashqi siyosat» ning sinonimi sifatida qo’llanadi.
Boshqa bir ingliz diplomatiyasining arbobi E.Satou shunday deydi: «diplomatiya» - suveren davlatlar hujjatlari o’rtasida rasmiy aloqalar olib borishda aql-idrok va mulozamatni qo’llay olishdir».
Taniqli nemis xalqaro huquqshunosi G.Martens «diplomatiya» atamasiga quyidagicha ta’rif bergan: «Diplomatiya keng ma’noda – davlatning tashqi aloqalari yoki tashqi ishlari haqidagi fandir, tor ma’noda esa – muzokaralar fani yoki san’atidir». Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko’rsatadiki, ijtimoiy – iqtisodiy formatsiyalar o’zgarishi bilan davlatlar, ularning tashqi siyosati va diplomatiya shakllari ham o’zgaradi.
Barcha davlatlarning tashqi siyosati uning ichki siyosati davomi bo’lib, davlat milliy siyosiy manfaatlari bilan belgilanadi.
Diplomatiya va diplomtik xizmat davlatlarning xalqaro munosabatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Ularning birinchisiz ikkinchisining mohiyatini tushunish qiyin.
Hozirgi paytda xalqaro munosabatlarning to’rt tipi aniqlangan:

  1. Turli ijtimoiy tuzumdagi davlatlar o’rtasidagi munosabatlar, ularning tinch totuvlik bilan yashash;

  2. Bir xil ijtimoiy tuzumdagi davlatlar o’rtasidagi munosabatlar;

  3. Mustaqil rivojlanish yo’lidan borayotgan yangi davlatlar o’rtasidagi xalqaro munosabatlar;

  4. Musulmon monarxistik davlatlarning o’zaro xalqaro munosabatlari;

Diplomatik amaliyotining xalqaro huquqiy normalari, diplomatik vakillarning vazifasi va huquqlari 1815 yildagi Vena kongressida birinchi martda diplomatik vakillarning martaba tabaqalari va ularning ish tartibi aniq va tushunarli qilib belgilandi. Undan so’ng 1818 yildagi Aaxen protokoli diplomatik vakillarning huquq va vazifalari xususidan aniqlik kiritdi.
Bu ikki xujjat mohiyatiga ko’ra hozirgi kunda ham diplomatik vakillarga yagona diplomatik martaba berishda dunyoning barcha davlatlarida asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Xorijiy davlatlarning doimiy diplomatik vakillari XVI asrdan boshlab paydo bo’lganiga qaramay, faqat XVIII – XIX asrlarga kelib doimiy diplomatik korpus vujudga keldi.
Diplomatik xizmat alohida davlat organlari va mansabdor shaxslarning xizmat faoliyatini ifodalaydi.
Tashqi aloqalar davlat organlarini joylashish o’rni va faoliyatiga ko’ra ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. Davlatlar tashqi aloqalarining markaziy organlari;

  2. Davlat tashqi aloqalarining chet eldagi organlari;

Davlat tashqi aloqalarining markaziy (ichki) organlari guruhi o’z navbatida harakteri, vazifasini va mavjudligining huquqy asosiga ko’ra yana ikki guruhga ajraladi:
a) davlatlar konstituttsiyasiga muvofiq tashkil qilingan umumiy siyosiy rahbarlik organlari: bu organlar umumsiyosiy vazifalarni bajaradi; (diplomatik xarakterda)
b) davlatning boshqa mamlakatlar bilan maxsus (iqtisodiy, tarmoq, idoraviy) aloqalari organlari. (diplomatik xarakterga ega emas).



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish