Mavzu bo’yicha asosiy yakunlar:
Qadimiy Sharqning xalqaro munosabatlarida diplomatiyaning ilk ko’rinishlari namoyon bo’ldi (qo’shni hududlarni bosib olishda kuch ishlatish hamda tinchlik yo’li bilan bo’ysindirish usullari).
Harbiy – siyosiy ittifoqlarni tashkil topish, «simmaxiya» lar va diplomatiya
Grek – fors urushlari. Grek tarixida ellinizm davri.
Qadimgi Rimda xalqaro huquqning ilk normalari ishlab chiqildi. Diplomatiya imperator ma’muriyatining faoliyatiga aylandi. Puni urushlari va Karfagenni yo’q qilinishi.
2-mavzu: Xalqaro munosabatlar va diplomatiya o’rta asrlarda
Ajratilgan vaqt – 2 soat
Asosiy savollar:
Vizantiya va «varvarlar («vaxshiylar») davlatlari.
Ilk o’rta asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya
Feodal tarqoqlik davrida xalqaro munosabatlar va diplomatiya
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
«Varvarlar» («vaxshiylar»), Ikki Rim imperiyalari, G’arbiy Rim imperiyasi, Sharqiy Rim (Vizantiya) imperiyasi, Yustinian I, Yustinian diplomatiyasi, Xristianlikni yoyilishi, «Logofet droma», Papa diplomtiyasi, Apokrisiarlar, Frank davlati, Buyuk Karl, «Muqaddas joylar», Arab xalifaliklari, «Siyosatnoma», Rus diplomatiyasi, Senoriyalar, Cherkovlarning bo’linishi.
Mavzuga oid muammolar:
Vizantiya va «varvarlar» davlatlariga munosabatingiz?
Ilk o’rta asrlardagi xalqaro munosabatlar va diplomatiyaga munosabatingiz qanday?
Feodal tarqoqlik davrida xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
Birinchi savol: Vizantiya va «varvarlar» (vaxshiylar) davlatlari
1-savol yuzasidan dars maqsadi:
«Varvarlar» tushunchasiga sharx berib ular va Vizantiya o’rtasidagi munosabatlarni yoritib berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Rim imperiyasi va «varvarlar» o’rtasidagi munosabatlarni yoritadi.
Vizantiya diplomatiyasini sharxlaydi.
VI – X asrlarda Vizantiya elchilik xizmatiga baho beradi.
1-savolning bayoni:
IV asrning oxiridan boshlab, Rim imperiyasining chegarasidan o’tgan german qabilalari birin – ketin viloyatlarni bosib olar edi. Bu davrga kelib imperiya ichki inqirozga yuz tutgan edi. G’arbiy imperiya viloyatlarini birma – bir qo’ldan boy berar edi. Nisbatan kuchli bo’lgan Sharqiy imperiya juda katta qiynchiliklar evaziga varvarlar hamlasini to’sib turar edi.
V asrning boshlarida vestgotlar Sharqiy Rim imperiyasining Bolqon vilotlarini barbod qildilar, Italiya va Rimni mag’lubiyatga uchratdilar. Ispaniyada va janubiy - g’arbiy Galliyada vestgotlar o’z qirolligini ta’sis etdilar. Vanallar, svevlar, burgundlar, va franklar birin – ketin imperiyaning viloyatlariga egalik qila boshladilar.
Xitoyning shimoliy sarxadlaridan boshlab uzoq yo’lni bosib o’tgan ko’chmanchi – xunnlar IV-V asrlarda Volgadan to Reyngacha bo’lgan juda katta erlarni bosib olib, buyuk davlatni barpo etdilar.
Sharqiy va G’arbiy Imperiya varvarlar bilan nafaqat janglar olib borar edilar, balki ular bilan murakkab siyosiy aloqalarni ham o’rnatar edilar. Barpo etilgan varvar qirolliklari o’rtasidagi chegaralar belgilangan va aniq emas edi. Nizolar, nafaqat qurol yordamida, balki muzokaralar yordamida ham hal qilinar edi. Varvar qirolliklari barpo etilishi bilan bir qatorda ularning diplomatiyasi ham paydo bo’ldi. Varvar qirolliklari uchun Sharqiy Rim (Vizantiya) imperiyasining diplomatik xizmati andoza rolini o’ynadi. Eski Rim an’analarini saqlab qolib, Vizantiya diplomatiyasi butun o’rta asrlar diplomatiyasiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Vizantiya diplomatiyasining tamoyillari, ham tashqi amallari imperator Yustinian I faoliyati davrida yorqin namoyon bo’ldi va uning podsholigi davrida Sharqiy Rim imperiyasi o’zining eng yuksak cho’qqisiga ko’tarildi.
Yustinianning maxoratli diplomatik o’yini, uning imperiyasini uzoq g’arbga kengaytirgan harbiy zarbalari bilan uyg’unlashtirdi.
Vizantiya diplomatiyasining asosiy maqsadi - varvarlarni tahdidi o’rniga imperiyaga xizmat qildirishdan iborat edi. Konstantinopolda varvarlar qabilalari ichidagi ziddiyatlarni qattiq nazorat qilishar edilar. Muhimi, ularni kuchayishiga yo’l qo’ymasdan, birini – ikkinchisiga gij – gijlatib ularni zaiflashtirish edi.
Shaxmat donalarini boshqarganday, hamsoyalar bilan munosabatda bo’lishlik Yustinian diplomatiyasining xususiyatlari edi. O’zaro gij – gijlatishni u tizimga aylantirdi.
Undan tashqari, o’zga davlatlarning ichki ishlariga harbiy aralashuv Yustinian siyosatining vositalaridan biriga aylandi. Ushbu siyosat, ayniqsa, vandallar va ostgotlar bilan bo’lgan urushlarda yorqin namoyon bo’ldi.
Diplomatiya tijoratga xizmat qildi uning rivojlanishi esa o’z navbatida Vizantiya uchun diplomatiyaning eng kuchli quroli sifatida foydalanildi.
Xristianlikni (nasroniylikni) tarqalishi ham Vizantiya imperatorlarining eng muhim diplomatik quroligi aylandi. Masalan, Xristianlikni Rusga tarqalishi, Vizantiyaning katta diplomatik g’alabasi hisoblanadi.
Xristianlik qabul qilintirilgan mamlakatlarda Vizantiya ta’siri ustunlik qilar edi. Vizantiyaga qaram bo’lgan ruhoniylar savodxonlikni yagona tarqatuvchisi sifatida varvarlar davlatlarida juda katta rol o’ynar edilar.
Birinchi vazir (Magister officiorum «logofet droma») boshqaruvidagi tashqi ishlar idorasi juda katta shtatga, barcha tillar bo’yicha tarjimonlarga ega bo’lib, elchilarni qabul qilish borasida mukammal qoidalarni ishlab chiqdi.
Konstantinopol saroyida elchilik ishi bo’yicha ma’lum qoidalar ishlab chiqildi. Elchi davlat boshlig’i vakili hisoblanib, faqat unga berilgan vakolatlar doirasida muzokaralar olib borishga haqli edi. Ushbu qoidani buzganligi uchun elchiga og’ir jazo ko’zda tutilgan edi. Odatda, elchi etib juda yuqori martabali odamlar tayinlanardi. Vizantiyada, ko’p xolatlarda agar ular yuqori martabaga ega bo’lmasalar, bunday martabalar maxsus berilar edi.
Vizantiya elchilariga o’zga mamlaktalarda yurish – turish bilan bog’liq belgilangan qoidalar tavsiya etilardi. Elchi xush tabiatli, ochiq qo’l bo’lib, o’zga saroyda ko’rganlarini shunday maqtasinki, bu xolat vizantiya qoidalariga zid kelmasligi lozim.
Rasmiyatchilik tomondan davlatning ichki ishiga aralashmaslik talab qilinardi, amalda esa bu xolat har galda ham bajarilmas edi. Elchilar tomonidan imzolangan shartnoma faqat imperator tomonidan ratifikatsiya qilinganidan keyingina haqiqiy deb hisoblanardi.
Elchilarning dahlsizlik tamoyili varvarlar tomonidan oldindan o’zlashtirib olingan edi. Lekin, shuni ta’kidlash kerak – ki, varvar qirollari elchixonalarida vizantiya odatlariga zid xususiyatlar ham namoyon bo’lardi. Varvar amaldorlari ichida muzokaralarning yozma qismini mustaqil olib boruvchi savodli odamlar kamchil edi. Shuning uchun qirol elchixonalarida, odatda, ruxoniylar ishtirok etardilar–ki, bunday xol vizantiyaliklarda deyarli uchramas edi.
Nazorat uchun savollar: (yozma yoki og’zaki nazorat uchun)
Rimliklar va varvarlar orasida qanday farq bor?
Vizantiya diplomatiyasi nimaga asoslangan edi?
Vizantiyadagi elchilik xizmatiga qanday baho bergan bo’lardingiz?
Vizantiyani barbod bo’lishidan oldingi holatini yoritib bering.
Vizantiya diplomatiyasining asosiy maqsadlarini ochib bering
Yustinian diplomatiyasini taxlil qiling
VI – X asrlarda Vizantiyadagi elchilik xizmatini yoritib bering
2-nchi savol: Ilk o’rta asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
2-nchi savol yuzasidan dars maqsadi:
Ilk o’rta asrlarda shakllanayotgan xalqaro munosabatlar va diplomatiya to’g’risida talabalarda to’la tasavvur hosil qilish
Identiv o’quv maqsadlari:
Rim papalari va Buyuk Karlning diplomatiyasini yoritadi
Arablar diplomatiyasini sharxlaydi
Qadimgi Rus diplomatiyasiga baho beradi.
2-nchi savolning bayoni:
Rim diplomatiyasining qoidalarini varvar qirolliklari orasida nafaqat Vizantiya tomonidan, eski imperiya idoralarining qoida va odatlarini o’zida saqlab qolgan papa kuriyalari tomonidan ham tarqatildi.
Papa diplomatiyasining ta’siri o’rta asrlar siyosiy tarixida eng kuchli ko’rinishlari bilan ifodalandi.
G’arbiy Rim imperiyasining qulashi va Italiyada varvarlar xokimiyatini o’rnatilishi bilan papalikning xalqaro holati keskin murakkablashdi. Shuning uchun papalar Vizantiya imperatoriga juda katta umidlar bog’lashdi. Konstantinopolda papalar o’z yonlarida APOKRISIARLAR deb nomlangan doimiy rezidentlarni ushlab turar edilar. Faqat cherkov ishlaridan tashqari apkorisiarlarga Vizantiya saroyidagi siyosiy xolatni kuzatish vazifasi ham topshirilar edi.
Italiyani Yustinian tomonidan zabt etilishi va langobardlar tomonidan Appenin yarim orolining aksaryat qismini bosib olinishidan keyin, papalar rasman Vizantiya imperatoriga buysungan, lekin amalda mustaqil Rim hukmdorlariga aylanib qoldilar. Vizantiyaning ta’siri asta – sekin zaiflashib bordi. Lekin, papalar g’arbda Vizantiyaga va langobardlarga qarshi o’zlariga suyanchiq deb bilgan Frank davlati kuchayib bordi.
VII asrdagi arab tajavvuzlaridan keyin ojizlangan Vizantiya, asta – sekin Vizantiyadan mustaqillikka erishgan va mustaqil hukmdorlarga aylangan Rim papalariga qarshilik ko’rsataolmas edi.
Langobardlardan muxofazalanish uchun papalar VIII asrning o’rtalarida Italiyaga kirib borib, langobardlarni tor – mor qilgan franklarga murojaat qildilar.
754 yilgi shartnomasiga ko’ra langobard qiroli nafaqat Rimni o’z xolida qoldirish, balki papaga Ravenna, Rimni, Urbino va boshqa shaharlarni berish majburiyatini olgan edi. Lekin, langobard qirolini o’z majburiyatlarini bajarishga majbur qilish uchun yana bir harbiy ekspeditsiya zarur bo’ldi. Shunday qilib, papalarning dunyoviy davlati Papa viloyati tashkil topdi.
Frank qiroli va papa o’rtasida elchixonalar bilan doimiy ayriboshlash, hamda vizantiya va boshqa saroylarga o’zaro elchilarni yuborish bilan ifodalangan yaqin aloqa o’rnatildi. Barcha ushbu elchixonalarda papa elchilari bo’ysundirilgan rol o’ynar edi. Papalar tashqi aloqalarda to’la mustaqil emas edilar va frank hukmdorlaridan «maslahat» so’rashga majbur edilar. Papaning qaramligi ayniqsa Buyuk Karl (768-814) davrida kuchaydi.
Buyuk Karl imperiyasi Evropada eng yirik kuchga aylandi. Karl diplomatiyasida Vizantiya bilan aloqalari alohida o’rin egallaydi. Vizantiya qiyinchiliklar bilan arablar, bolgarlar va avarlardan o’zini muxofazasi va ta’siri zaiflashgan bir paytda G’arbiy imperiyaning obruyi keskin o’sdi, Karl Sharqda qator imtiyozlarga ega bo’ldi. Avval, Vizantiya imperatori qaramog’ida bo’lgan Falastindagi «Muqaddas joylar» endi Karl vasiyligiga o’tdi. Karlning toj kiyish marosimida Ierusalim patriarxi Ierusalim (Quddus) bayroqlari va kalitlari bilan birgalikda «parvardigor qabrining» kalitini ham in’om etdi.
Karl huzuriga, uning poytaxti Axenga Daniya, Angliya va boshqa mamlakatlardan elchilar kela boshladi. Asturiya qiroli Alfons II, shotlandiya qirollari ham o’z elchilarini yubordilar. Ularning hammasi G’arb imperatori bilan ittifoq tuzish va do’stlik o’rnatish xoxishida edilar. Buyuk Karl Bag’dod xalifasi Xarun – ar – Rashid bilan ham elchilar ayrboshladi.
Asr davomida, VII asrning 3-nchi yillaridan boshlab, arablarning buyuk mamlakati barpo etildi. Arab xalifaligining tashqi aloqalari Xitoydan to eng Uzoq G’arbga qadar tarqalgan edi. Ummaviylar qarorgohi – Damashq dunyoning eng yirik poytaxtlaridan biri edi. Madaniyati, boshqaruv usullari, hamda Ummaviylar davlati tashqi munosabatlarining qoidalari Vizantiyaning va qisman Eronning juda kuchli an’anaari ta’siri ostida shakllandi.
Ummaviylarning cheksiz xalifaligi VIII asr o’rtalaridan boshlab emirila boshlandi. Arab mamlakatlari o’rtasida Abbosiylarning Eron an’analari ta’sirida bo’lgan Bag’dod xalifaligi birinchi o’rinni egalladi. Abbosiylar xalifaligi davlat boshqaruvining murakkab tizimida tashqi aloqalarni, maktublar vazirligi – «davon – ar - rasail» nazorat qilar edi. Ushbu idorada qog’ozlar bilan ishlash va marosimlar o’tkazish borasida ayrim tajribalar to’plangan edi.
Keyinroq yozilgan manbalar XI asrga oid esdaliklar va ilmiy asarlar Abbosiylar diplomatiyasiga va xalqaro munosabatlariga baho berishda foydalansa bo’ladi.19 yil davomida xizmat qilgan Abul – Fazl Beyxaqining (995-1086 yillar) esdaliklari X asrda hozirgi Afg’oniston va Shimoliy G’arbiy Hindiston hududida tashkil topgan kuchli musulmon davlatining hukmdorlari g’aznaviy sultonlarining «devon-ar-rasail»ida ayniqsa qiziqish uyg’otdi.
XI asrning boshqa bir manb’ai – Saljuqiylar davlatining mashhur vaziri Nizom al – Mulkning «siyosatnomasi» hisoblanadi. Ushbu asarda elchixonalarga mansub maxsus boblar mavjud.
Umuman aytganda, Vizantiya diplomatiyasining an’analari va unga yaqin bo’lgan Eron diplomatiyasi a’lo darajada rivojlandi.
IX asrda Dnestrning old qismida va unga yaqin hududlarda qudratli qadimiy Rus davlati shaklladi. IX asrning oxiriga kelib, urushlar natijasida qadimiy Rus davlati shunday qudratga ega bo’ldi-ki, hamsoya xalqlarning u bilan hisoblashmasdan ilojiy yo’q edi.
Qadimiy Rus davlati murakkab xalqaro munosabatlarga juda oldin kirib bordi. Rus janubda Vizantiya va dunay oldi slavyanlarining Bolgar davlati, Sharqda esa Xazar Kaganati va Volga Bolgariyasi hamda Shimolda Skandinaviya bilan aloqa qilar edi. Skandinaviya bilan Kiev knyazlarini qadimiy sulolalik munosabatlari bog’lab turar edi. Knyazlar u erdan ko’ngilli harbiy kuchlarni olar edi. Xazarlar orqali Markaziy Osiyo mamlakatlariga ruslar qullar va mo’yna sotadigan tijorat yo’li o’tar edi.
Sharqiy slavyanlarning tarixiga, ularning Vizantiya bilan bo’lgan hamsoyaligi juda katta ta’sir ko’rsatdi.
Qadimiy Rus uchun Vizantiya knyazlar va drujinachilar muyna va qullar bilan savdo qiladigan va o’z navbatida u erdan zebu – ziynatlar xarid qiladigan bozor rolida xizmat qilardi. Tsargradda butparastlik Rus Vizantiyaning yuksak madaniyati bilan tanishar edi. Tsargradning boyligi va xashamligi tajavvuzkorlar uchun o’ziga jalb qiluvchi rolini o’ynar edi. Vizantiyaning qoradengiz soxillari va Konstantinopolning o’ziga qilgan ruslarning bir qator tajavvuzlari IX asrdan XI asrgacha davom etadi.
Vizantiya, kuchli Rusni o’zining siyosiy tizimiga jalb qilishga urinib ko’rdi: bu bilan u birinchidan Rusdan chiqadigan xavfni zaiflashtirish bo’lsa, ikkinchidan Rusni o’z manfaatlarini amalga oshirishda jalb qilish maqsadi yotardi.
Rusni cho’qintirilishiga Vizantiya imperatorlari va siyosatchilari tomonidan uni imperiyaga nisbatan qaramligini e’tirof etuvchi faktor sifatida qaraldi.
Lekin, Vizantiyaning Rusga nisbatan bu siyosati muvaffaqiyat olib kelmadi. Kiev knyazlari har doim o’zlarining harakatida erkin edilar.
Cho’qintirilishidan keyin Rusning xalqaro aloqalari e’tiborli darajada kengaydi va mustahkamlandi.Qadimiy Rus davlati, nafaqat Vizantiya bilan, balki Evropaning katolik mamlakatlari bilan ham teng huquqli ishtirokchi siftida aloqalar o’rnatdi. Rusning tashqi siyosiy aloqalari qo’shni mamlakatlar bilan cheklanmadi (Vengriya, Chexiya, Bolgariya, Skandinaviya davlatlari va h), bu aloqalar Germaniya, Frantsiya va boshqa davlatlar bilan bog’landi.
Nazorat topshiriqlari (yozma yoki og’zaki nazorat uchun)
Papalikning diplomatik faoliyatini yoritib bering.
Buyuk Karlning diplomatiyaga qo’shgan xissasini taxlil qiling.
Arablar diplomatiyasiga sharx bering (VII – XI asrlar)
Qadimiy rus diplomatiyasining rivojlanishi. Rus – Vizantiya munosabatlari
5. Rim papalarining diplomatik faoliyatini ko’rsatib bering.
6. Buyuk Karl va uning tashqi siyosatini sharxlab bering.
7. Arablar diplomatiyasini yoritib bering.
Mavzu bo’yicha o’z echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
Rim papalari diplomatiyasining o’sha davrdagi protokol qismini yoritish.
Sharq diplomatiyasini g’arb diplomatiyasiga ta’siri muammolari.
Uchinchi savol: Feodal tarqoqlik davrida xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
3-savol yuzasidan dars maqsadi:
Feodal tarqoqlik davridagi xalqaro munosabatlar va diplomatiyaning asosiy mazmunini yoritib, talabalarga singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Buyuk Karl imperiyasining barbod bo’lishini ko’rsatadi.
Evropani bo’linish muammolari
Xususiy urush huquqining mohiyatini ochib berish
3-nchi savolning bayoni:
Tajovvuzlar asosida paydo bo’lgan varvarlar davlatlari mustaxkam emas edi. Buyuk Karl davlatining umri birinchi imperatorning umridan uzoq bo’lmadi. Karl hayotining oxirgi yillarida davlatning barbod bo’lyotgani sezilardi. Imperiyani barbod bo’lishi ayniqsa uning o’g’li Lyudovik (814-840) davrida tezlashib ketdi. Lyudovik imperiyani o’g’illariga bo’lib berdi – o’ziga oliy hukmdorlik vazifasini qoldirdi. O’g’illar otasiga qarshi urush boshladilar. Uning vafotidan keyin (840) esa o’zaro urush olib bordilar. Karl va Lyudovik nemisli Strasburgda imperatorlik tojiga ega bo’lgan katta akalari Lotarga qarshi shartnoma imzoladilar. Strasburg kelishuvi lotin va grek tillarida emas, balki nemis va frantsuz tillarida tuzilgan birinchi diplomatik xujjat edi. Mag’lub bo’lgan Lotar chekindi va 843 yili imperiyani uch og’a – ini o’rtasida taqsimlash to’g’risida shartnoma imzolandi. Rasman imperiyani saqlanib qolishi tan olingan edi, aniqrog’i Lotar zimmasiga yuklangan imperatorlik mansab saqlanib qolishi tan olishgan edi, imperatorlik mansab saqlanib qoldi. Lekin imperiya hududi uch qismga bo’lingan edi. Imperiyaning g’arbiy erlari – «g’arbiy franklar qirolligi», keyinchalik «Frantsiya deb nomlangan – Karlga o’tdi; sharqiy qismi – «sharqiy franklar qirolligi» - keyinchalik Germaniya deb nomlangan Lyudovikga o’tdi; Lotarga esa Karl va Lyudovik erlarining o’rtasi Reyndan to Ronagacha va Italiya o’tdi.
Buyuk Karl imperiyasi bir qator mustaqil davlatlarga bo’linib ketdi – Frantsiya, Germaniya, Italiya, Burgundiya yoki Arleatga. Lekin bular faqat nomi bilan davlat edi. IX – XI asrlarda G’arbiy Evropaning barcha hududida siyosiy tarqoqlik xukm surar edi. Va ayrim feodal erlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rnatishda kuch xal qiluvchi dalilga aylanar edi.
Ushbu xolatda, davlat va xususiy erlar o’rtasidagi, jamoa va xususiy huquqda hamda ichki va xalqaro munosabatlar o’rtasidagi chegara sezilarli darajada emas edi.
Soliq yig’ish, boshqaruv va sud huquqiga hamda, harbiy kuchga ega bo’lgan har bir kuchli senor o’zini mustaqil hukmdor deb xis qilar edi, xoxlagani bilan jang olib borib xoxlagani bilan, sulx tuzish imkoniga ega edi. Xalqaro munosabatlar tushunchasi ham Evropadagi feodal tarqoqlik xolatida nisbiy tushuncha edi.
Aksariyat erlarda xususiy urushlar huquqi o’rnatilgan edi. Bundan kelib chiqib xususiy diplomatiya ham mavjud edi. Masalan, ikki feodal senorlar mustaqil davlatlar boshliqlari sifatida muzokara olib borar edilar. Yirik senorlar o’zlarini mustaqil deb bilar edilar va shu sifatda xorijiy va o’zlarini qirollari bilan aloqalar o’rnata boshladilar.
Feodal anarxiyasidan (tartibsizlik) jafo chekayotgan cherkov ma’lum bir tartib o’rnatishga urindi. Ayrim mamlakatlarda qirollik xokimiyatlari tomonidan xususiy urushlarga chek qo’yish harakatlari bo’lsa – da, ular butun o’rta asrlar jarayonida davom etib turdi. Feodal Evropada shaxarlarni tarixiy maydonga chiqishi ayrim xollarda xokimiyat tarqoqligini yana murakkablashtirar edi. Siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritayotgan shaharlar, barcha atributlaridan to xususiy urush huquqigacha jamoa senorlariga aylanar edilar.
Feodal tarqoqlik jarayoniga frank monarxiyasini barbod bo’lishini to’xtatmoqchi bo’lgan cherkov ham kirib qoldi.
IX asrning o’rtalarida boshlangan g’arbiy va sharqiy cherkovlar o’rtasidagi ayrilish 1054 yilda cherkovlarning bo’linishiga olib kelid: katolik va pravaslaviega.
Nazorat topshiriqlari:
Strasburg shartnomasining mohiyatini ochib bering.
Verden shartnomasining mazmuni nimalardan iborat
«Xususiy urush» huquqi mohiyatini yoriting.
Xristian cherkovining bo’linish jaryonini ochib bering.
Buyuk Karl imperiyasining barbod bo’lishiga nimalar sabab bo’ldi?
Evropada feodal tarqoqlikning asl ma’nosi nimada?
Test topshiriqlari:
O’rta asr diplomatiyasiga kimlarni ta’siri kuchli bo’ldi?
A. Rimliklarni
В. Varvarlarni
S. Xunnlarni
D. Xristianlarni
Vizantiya imperatorlarining muhim diplomatik quroli nimalardan iborat edi?
A. Xristianlikni yoyish
В. Rim an’analarini saqlab qolish
S. G’arbiy imperiyani bosib olish
D. Sharqiy imperiyani bosib olish
Vizantiyada elchi kimni nomidan ish olib borar edi?
A. Ruxoniylar
В. Tashqi ishlar idorasi
S. Papa
D. Imperator
«Muqaddas erlar» qaerda joylashgan?
A. Isroilda
В. Damashqda
S. Falastinda
D. Rimda
«Siyosatnoma» asarining muallifi kim?
A. Nizom al – Mulk
В. Abul – Fazl – Bayxaki
S. Saljuqiy
D. Xarun – ar-Rashid
Qudratli qadimiy Rus davlati qachon shakllandi?
A. VI asrda
В. VII asrda
C. VIII asrda
D. IX asrda
Papalar qachon Rim hukmdorlariga aylandilar?
A. Italiya Yustinian tomonidan bosib olingandan keyin
В. Arab tajavvuzlarining zaiflanishidan keyin
S. 754 yilgi shartnomadan keyin
D. Buyuk Karl davrida
«Apokrisiarlar» kimlar?
A. Papalar
В. Idora boshliqlari
S. Imperatorlar
D. Doimiy vakillar
9.Verden shartnomasi qachon imzolangan?
A. 841 yil
В. 842 yil
S. 843 yil
D. 844 yil
10.G’arbiy franklar qirolligining keyingi nomi nima?
A. Germaniya
В. Ispaniya
S. Frantsiya
D. Italiya
Buyuk Karl imperiyasi necha mustaqil davlatlarga bo’linib ketdi.
A. Ikki
В. Uch
S. To’rt
D. Besh
Xristianlik cherkovi G’arbiy va Sharqiy mazxablarga qachon bo’lindi?
A. 1052 yilda
В. 1053 yilda
S. 1054 yilda
D. 1055 yilda
Mavzu bo’yicha asosiy yakunlar:
Apokrisarilar. Karl imperiyasi nafaqat yaqin davlatlar balki uzoqdagi davlatlar bilan ham elchilik aloqalarini o’rnatdi.
Evropani tarqoqlik xolatiga kelishi
Mavzu bo’yicha o’z echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
Katolik va provoslav cherkovlarining bir – biridan uzoqlashishi.
Cho’qintirilgan Rusning muammolari.
3-mavzu: Xalqaro munosabatlar va diplomatiya XI – XV asrlarda
Ajratilgan vaqt – 2 soat
Asosiy savollar:
Xalqaro munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari
G’arbiy Evropa va Sharq mamlakatlari
Salib yurishlari
Vselen soborlari
Xalqaro huquq ilmini paydo bo’lishi
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Evropani iqtisodiy rivojlanishi. Yuz yillik urush. Salib yurishlari. Vselen soborlar. «Glossatorlar», «Gratsian Dekreti».
Mavzuga oid muammolar.
Evropani rivojlanish sabablarini qanday izohlaysiz?
Salib yurishlarining asosiy maqsadini qanday tushunasiz?
Mavzu bo’yicha dars maqsadi:
XI – XV asr xalqaro munosabatlari mazmunini yoritib talabalarda G’arbiy Evropa va Sharq o’rtasidagi aloqalar to’g’risidagi tushunchani shakllantirish.
Identiv o’quv maqsadlar:
Xalqaro munosabatlarning asosiy xususiyatlarini izohlab beradi.
Salib yurishlarining asl maqsadini sharxlaydi.
O’sha davrdagi Vselen soborlar va xalqaro huquqga baho beradi.
Mavzuning bayoni:
XI – XV asr davomida Evropada xalqaro munosabatlarning ma’lum bir tizimi vujudga keldi; asta – sekin ayrim diplomatik an’analar va andozalar shakllana boshladi.
Lekin, bu davrning xalqaro aloqalari doimiy xususiyatga ega emas edi: doimiy faoliyat ko’rsatadigan elchilar va vakolatxonalar yo’q edi, xalqaro huquq shakllanmagan edi.
Ushbu davr xalqaro munosabatlarining rivojlanishiga bir necha faktorlar ta’sir ko’rsatdi: ichki va tashqi savdoni kengaytirish, shaharlarni paydo bo’lishi bilan bog’liq Evropaning iqtisodiy o’sishi, yirik mamlaktalar hukmdorlarining boshqa davlatlarni qaram qilib olish xoxishi, elatlarning shakllanish jarayoni va davlatlarni barpo etilishi va boshqalar.
XI – XIII asrlarda Evropa va Sharq mamlakatlari o’rtasida ko’p tarmoqli aloqalar kengaydi va mustaqkamlandi. Bunga salib yurishlari, Genuya, Piza va Venetsiyadagi Italiyaning dengiz respublikalarining savdo faoliyati hamda Vizantiyaning vositachi roli sabab bo’ldi.
XIII asrning 40-nchi yillarida Markaziy Evropa mo’g’il istilosi xavfi ostida qoldi. Mo’g’ul – tatar otryadlari Adriatikagacha etib bordi. Salib yurishlari va ichki ziddiyatlar bilan zaiflashgan G’arbiy Evropa kuchli xavf oldida muxofazasiz edi. Lekin, mo’g’ullar Ruslarning qarshilik ko’rsatishidan toliqqan holda, Qoradengiz va Volga orti cho’llariga qarab harakat boshladilar.
XIII asrning oxiri XIV asrning boshlariga kelib, Muqaddas rim imperiyasi xalqaro siyosatda etakchi rolni qo’ldan boy berdi. Papalikning ham siyosiy qudrati zaiflashdi. Xalqaro siyosatda asosiy o’rinlarni Angliya, Frantsiya, Kastiliya va Aragon egalladi.
Bu davrning eng yirik xalqaro mojarolaridan Frantsiya va Angliya o’rtasidagi (1337-1453) yuz yillik urushi bo’ldi. Natijada, Frantsiyaning g’alabasi bilan tugagan yuz yillik urush muhim xalqaro asoratlarni olib keldi: Frantsiya Evropa xalqaro siyosatiga juda katta ta’sir ko’rsatadigan bo’ldi.
XI – XIII asr xalqaro munosabatlariga salib yurishlari katta ta’sir ko’rsatdi.Salib yurishlari 1096 yildan to 1270 yilgacha, qariib ikki asr davom etgan G’arbiy Evropa feodallarining bosqinchilik urishiga aylandi. Ularni (urushlarni) tashabbuskori urushlarga xristianlarni musulmonlarga qarshi kurashi ramzi misolida diniy tus bergan Katolik cherkovi edi.
Salib yurishlari, sharqdagi boy erlarni bosib olish, o’z boylik va daromadlarining ko’paytirish maqsadida bo’lgan g’arbiy Evropa feodallarining o’sib borgan tajavvuzlaridan kelib chiqqan. Salib yurishlaridan sharqiy erlarni bo’ysindirish yo’li bilan o’z ta’sir doirasini kengaytirishga uringan katolik cherkovi manfaatdor edi. Salib yurishlari xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixida eng muhim davr hisoblanadi.
Urushlar jarayonida G’arb xalqlari Sharqning musulmon mamlakatlari va Vizantiya bilan to’qnashib turar edi.
Shu bilan birgalikda salib yurishlari G’arbiy Evropa mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarga juda katta ta’sir ko’rsatdi.
O’rta er dengizda siyosat yuritish uchun Vizantiya, Venetsiya, normannlarning janubiy – Italiya davlatlari (Sitsiliya qirolligi), Frantsiya, Angliya, Muqaddas Rim imperiyasi o’rtasida davomli kurash olib borildi. G’arb va Sharq davlatlari xar xil ittifoqlar va kaolitsiyalarga a’zo bo’ldilar. Shu bilan birgalikda, feodal G’arb Vizantiya va Sharq diplomatiyasini hamda diplomatik qabullar usullarini o’rgana boshladi. Undan tashqari, Sharqda salibchilar davlatining tashkil topishi, diplomatik munosabatlarning yangi shakllarini ixtiro qildi, masalan, konsullik xizmatini, chunki yangi davlatlarda ayrim mamlakatlarning manfaatlarini muxofaza qilish zaruriyati tug’ildi.
XII – XIV asrlarda xalqaro siyosatda Vselen soborlarning ta’siri kuchayib bordi.
Papa tomonidan chaqiriladigan G’arb Cherkovining «Vselen sobor» lariga oliy martabali ruhoniylar va ko’p xollarda barcha Evropa mamlakatlarining dunyoviy elchilari tashrif buyurar edi.
Chunki, cherkov ishlari doimo siyosiy va xalqaro xususiyatlarga ega bo’lgani uchun Vselen soborlarini xalqaro kongresslarining oldingi ko’rinishi deb hisoblasa ham bo’ladi.
Huquq to’g’risidagi ilm o’rta asrlar Evropasida XI asrning ikkinchi yarmida Yustinian asarlarida - (Corpus juris civilis) saqlanib qolgan Rim huquqini sharxlagan «glossator» lar ta’limotida rivojlanib bordi. Yustinian asarlari xususiy, fuqaroviy va ba’zi xollarda xalqaro munosabatlarga bag’ishlangan edi. Glossatorlar fuqaroviy huquqni xalqaro munosabatlarda ham ishlatishga harakat qilar edilar, shuning uchun ham ularda xalqaro huquq mustaqil bir fan sifatida ajralib chiqmagan edi.
Xalqaro huquq masalalari cherkov huquqida, uning eng muhim misoli bo’lgan, XII asrning o’rtalarida tuzilgan «Gratsion dekreti» deb nomlangan to’plamda ham o’z ifodasini topgan edi. Shu bilan birgalikda cherkov huquqi ta’limotni ishlab chiqqan «dekretchilar» deb nomlangan huquqshunoslar, glossatorga nisbatan «Muqaddas yozuvlarda» keltirilgan ilohiy huquq bilan uyg’unlashtirilgan «tabiiy huquqdan» yoki «xalqaro huquqidan» kengroq foydalanganlar.
Xalqaro huquq ilmini rivojlanishiga huquqshunos – nazariyotchilarning ayni bir paytda amaliy huquqshunos bo’lganlari ham turtki bo’ldi. Xalqaro huquq huquqshunoslikning maxsus sohasi sifatida birinchi martaba Rim huquqi asosida ish ko’rgan «postglossatorlar» yoki «kommentatorlar» deb nomlanganlarning ta’limotida namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, XIII asrning oxiriga kelib, postglossatorlar ta’limotida XVII asrda tizimli rivojlangan xalqaro huquq ilmi shakllana boshlandi.
Nazorat topshiriqlari: (yozma yoki og’zaki nazorat uchun)
XI – XV asrlarda xalqaro munosabatlar xususiyatlarini ko’rsatib bering.
Salib yurishlar. Sabab va jarayonni yoritib bering.
«Vselen soborlar» va xalqaro huquqning ilk ko’rinishlarini taxlil qiling.
«Glossatorlar» tushunchasiga sharx bering.
5. Xalqaro huquqning rivojlanish omillari nimadan iborat.
6. Diniy va dunyoviy huquqlarning o’zaro ta’sir yo’nalishlari nimalardan iborat.
Test topshiriqlari:
Yuz yillik urushlari qaysi davlatlar o’rtasida bo’lgan?
A. Frantsiya va Italiya
В. Muqaddas Rim va Angliya
S. Angliya va Frantsiya
D. Vizantiya va Germaniya
Yuz yillik urushlari qaysi yillarda bo’lgan?
A. 1337-1453 yillar
В. 1437-1553 yillar
S. 1434–1552 yillar
D. 1543-1654 yillar
Yuz yillik urushlarning tashabbuskori kimlar edi?
A. Xristianlar
В. Katolik cherkovi
S. Musulmonlar
D. Diplomatlar
Konsullik xizmatining paydo bo’lishi nima bilan bog’liq bo’ldi? (XI – XV asrlar)
A. Tashqi savdo bilan
В. Katolik cherkovi bilan
S. Yuz yillik urushlar bilan
D. Salibchilar davlatining paydo bo’lishi bilan
Mavzu bo’yicha asosiy yakunlar:
Xalqaro munosabatlarda Muqaddas Rim imperiyasi va papalik o’z mavqeini yo’qotdi va arenaga Frantsiya, Angliya va boshqalar chiqdi.
Xalqaro huquqga fan maqomini berilishi.
Mavzu bo’yicha o’z echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
Dunyoviy va diniy xalqaro huquq masalalarini qiyosiy o’rganish.
Xalqaro munosabatlar huquqining ilk ko’rinishlari muammolari.
4-mavzu: Xalqaro munosabatlar va diplomatiya XVI – XVII asrlarda
Ajratilgan vaqt – 2 soat
Asosiy savollar:
XVI asrda xalqaro munosabatlar va diplomatik xizmat.
Xalqaro huquq ilmi.
Siyosiy va harbiy mojarolar
O’ttiz yillik urush
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Geografik kashfiyotlar. Mutlaq monarxiyalar. Diplomatik tseremonial (marosim). Diplomatik huquq. Gugo Gortsio. «Tinchlik va urush huquqi». Xalqaro ziddiyatlar o’choqlari. O’ttiz yillik urush.
Mavzuga oid muammolar:
Diplomatik huquqning paydo bo’lish omillari.
Xalqaro ziddiyatlarning asosiy sabablari.
Asosiy savol. XVI – XVII asrning birinchi yarmida xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
Savol bo’yicha dars maqsadi: XVI asr xalqaro munosabatlari va diplomatiyasi xususiyatlarini ochib berish va mavzu bo’yicha talabalarda tushuncha hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
XVI asr diplomatik xizmatining shaklini ko’rsatadi.
Siyosiy va harbiy mojarolarning asosiy sabablarini ochib beradi.
O’ttiz yillik urush va xalqaro munosabatlarni taxlil qiladi.
Savolning bayoni:
XV asrning oxiriga kelib Evropa xalqaro munosabatlarning yangi davriga kirib bordi. Bu vaqtga kelib, bir qator mamlakatlarda hududiy birlashish yakunlanadi va mutlaq davlatlarning tashkil topishiga qulay sharoitlar tug’iladi.
Tashqiy geografik kashfiyotlar yangi dunyo va Sharqni Evropaga yaqinlashtirdilar. Ispaniya va Portugaliyaning Janubiy – Sharqiy Osiyoga olib boruvchi yo’llarda joylashgan okeanorti mustamlakalari ushbu davlatlarni birinchi mustamlakalarga ega bo’lgan davlatlar safiga qo’shdi.
Yaxlit davlatlar shakllanishi bilan siyosatning shakli ham o’zgarib boraveradi. Siyosatda o’lchovni belgilab beruvchi mezon sifatida «umumiy farog’at» darajasiga ko’tarilgan «davlat manfaatlari» hisoblanadigan bo’ldi.
Mutlaq monarxiyalarning paydo bo’lishi bilan birinchi o’ringa o’rta va mayda mamlakatlar qo’shilgan yirik davlatlar (Angliya, Frantsiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya, Shvetsiya) o’rtasidagi ziddiyatlar ko’tarildi.
XVI asr, yangi davlatning tashqi ishlariga xizmat qiladigan markaziy va mahalliy idoralarning diplomatik xizmatining shakllanish davriga aylandi.
O’sha davrda sirlarning siri bo’lgan diplomatiya bu ishlardan xabari bor tang doiradagi odamlar xizmatida edi. Siyosat ixtiro qilinadigan markaz bu qirol saroyi edi. Mutlaq monarxiyada nafaqat sulolalar va qirol shaxsiyati manfaatlari balki, qirolga ta’sir ko’rsatishga erishgan uning arzandalari, jazmanlari va shunchaki sodda fitnachilar ham katta ahamiyat kasb etdi.
Ushbu xolat, davlat xokimiyati shakli ko’rinishidagi absolyutizm tizimi bilan belgilanar edi.
XVI – XVIII asrlar yangi diplomatik marosimlari shakllangan davr edi. Ushbu marosimlar (tseremonial) – odatlar tizimi, xalqaro munosabatlar nuqtai – nazarida muhim rol o’ynar edi. Elchini mamlakatga tashrifi va ayniqsa audientsiya vaqtidagi (ya’ni qabul marosimida) o’zini tuta bilishi hamda uni qabul qiluvchi davlatmador shaxs yoki vazirning javob amalllari davlatlarning o’zaro aloqalari, ularning xalqaro hayotdagi obro’si borasida darak beruvchi ramz hisoblanadi.
Yirik mamlakatlarning paydo bo’lishi va ular o’rtasida diplomatik munosabatlarning rivojlanishi, ushbu holatlarga mos nazariyani hayotga olib keldi. Diplomatik huquq ham rivojlanib bordi. 1582 yili niderlandlik Baltozar Aayla «Urush va harbiy muassasalarning huquqi» deb nomlangan asarini chop etdi. Italyanlik Alberiko Djentilining «Elchixonalar to’g’risida» (1585) deb nomlangan ishi keng tarqaldi.
Halqaro huquq ilmini tadqiqiot qilishda birinchilik Gugo Grotsiyaga (1583 - 1645) nasib etdi. Gollandiyalik huquqshunosning tarixiy ahamiyati mutlaq davlatlar o’rtasidagi urushlar asrida xususiy mulkning muxofaza qilishni asoslab berishi shu bilan birgalikda urushni huquqiy doiraga kiritishni nazariy jihatdan asoslab berishdan iborat. Grotsiyaga shuxrat olib kelgan asar – «Urush va tinchlik huquqi borasida» (1625). Grotsiy o’zining asarida elchining huquqlariga ham butun bir bobni bag’ishlagan. Ushbu bob, XVII asrda elchilik huquqlarida shakllangan odatlarni yoritganligi bilan qiziqarli.
XVII asrda, nazariy bilimlarni bermaydigan, lekin, elchilarga, ularni o’z vazifalarini bajarishda qo’l keladigan amaliy maslahatlar beruvchi asarlar paydo bo’ldi.
Urush, o’sha davr davlatlari tashqi siyosatining asosiy belgilaridan biri edi. Xalqaro mojarolarni keltirib chiqadigan sabablar ichida chegaraviy baxslar, sulolaviy e’tirozlar, tijorat monopoliyasi uchun kurashlar va hokazolar bor edi.
XVI asrda Evropada, urushga olib keladigan uchta asosiy xalqaro kelishmovchiliklar shakllandi: 1) Ispaniyaning savdo va mustamlaka manfaatlarini to’qnashuvi bir tomondan bo’lsa, ikkinchi tmomndan Frantsiya va Angliyaning XV asrning oxirida XVI asrning birinchi yarmida Italiya urushlariga aylangan hamda XVI asrning ikkinchi yarmida Ispaniya va Angliya o’rtasidagi urushga olib kelgan to’qnashuvlari edi;
2) Evropa davlatlarining Usmon imperiyasi bilan o’zaro munosabatlari; va 3) Baltika hududida hukmronlik qilish uchun Shimoliy Evropa mamlakatlari o’rtasidagi kurash; XVII asrning boshlarida Germaniyada aksil qayta qurish kuchlarining faoliyati kuchaydi. Protestantlar tomonidan qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni asta – sekin boy berilishi, nafaqat umum Germaniya, balki xalqaro miqyosdagi shov – shuvlarga sabab bo’ldi.
Germaniyadagi diniy – siyosiy keskinlik nafaqat ichki sabablar maxsuli edi: bunday xolatni vujudga kelishiga XVIII asr boshlarida Evropa davlatlari tizimidagi murakkab o’zaro munosabatlarning shakllanishi hamda xalqaro munosabatlarning ta’siri muhim rol o’ynadi.
Shimoliy Germaniyaga o’tgan, keyinchalik Markaziy Evropaning katta hududlarini o’z ichiga olgan Chexiyada mahalliy mojarodan boshlangan urush o’z orbitasiga juda ko’p davlatlarni jalb qilgan birinchi umumevropa andozasidagi urushga aylandi. Ushbu urush o’tttiz yil davom etdi (1618-1648 yillar).
1648 yili Vestfaliya shaharlarida imzolangan tinchlik shartnomasi shartlari nafaqat o’ttizyillik urushga, balki qayta qurish kuchlari va ularning raqiblari orasidagi bir asrlik kurashga siyosiy yakun yasadi. Tinchlik Evropa davlatlari tizimiga va Germaniyadagi jarayonga muhim o’zgartirishlar olib kelgan majburlangan kelishuvlar maxsuli bo’ldi.
Nazorat topshiriqlari (yozma yoki og’zaki nazorat uchun)
XVI asr xalqaro munosabatlarning xususiyatlarini taxlil qiling.
XVI asr siyosiy va harbiy mojarolarining mohiyatini yoritib bering
O’ttizyillik urush sabab va jarayonini sharxlab bering.
XVI asrda Evropada xalqaro munosabatlarga oid yozilgan ilmiy asarlarni yoritib bering.
5. Siyosiy va harbiy mojarolarning sabablari nimada.
6. O’ttizyillik urushning asosiy maqsadi nimalardan iborat.
7. Xalqaro mojarolarning asosiy sabablari.
Test topshiriqlari:
«Yangi dunyoni» va Sharqni Evropaga yaqinlashuviga nimalar sabab bo’ldi?
A. O’ttiz yillik urush
В. Mustamlaka siyosati
S. Tashqi geografik kashfiyotlar
D. Angliya va Frantsiya tashabbuslari
XVI asrda xalqaro siyosatning Evropadagi markazi qaer hisoblanadi?
A. Davlatlar xukumatlari
В. Shimoliy Evropa
S. Qirol saroyi
D. Markaziy Evropa
«Urush va harbiy mussasalarning huquqi borasida» asarning muallifi kim?
A. Alberiko Djentili
В. Gugo Grotsiya
S. Baltozar Aayala
D. Yustinian
XVI asrda Evroprada necha yirik xalqaro kelishovchiliklar shakllandi?
A. To’rtta
В. Beshta
S. Uchta
D. Ikkita
O’ttiz yillik urush qachon bo’lgan?
A. 1618-1648 yillar
В. 1619-1649 yillar
S. 1617-1647 yillar
D. 1615-1645 yillar
Mavzu bo’yicha asosiy yakunlar:
Yirik davlatlar o’rtasida ziddiyatlarni keskinlashishi va diplomatik xizmatni paydo bo’lishi.
O’ttiz yilliy urush va siyosiy hamda harbiy to’qnashuvlar.
Mavzu bo’yicha o’z echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
Xalqaro munosabatlarga oid yozilgan asarlarning nusxalarini taxlil qilish.
O’ttiz yillik urushning Evropa diplomatiyasiga ta’sir muammosi.
5-mavzu: Xalqaro munosabatlar va diplomatiya XVII – XVIII asrlarda
Ajratilgan vaqt – 2 soat
Asosiy savollar:
XVII – XVIII asr ikkinchi yarmida xalqaro munosabatlarning asosiy muammolari.
Mustamlakachilik siyosati
XVIII asr oxirida xalqaro munosabatlar
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
«Ispan vorisligi» uchun urushlar. Shimol urushi. «Avstriya vorisligi» uchun urush. O’smon (sharq) masalasi. «Yosh» mustamlaka davlatlar. Monopoliyalar. Manufaktura. «Tijorat» urushlari. «Ettiyillik urush». «Shimoliy tizim». Aksilfrantsuz koalitsiya.
Mavzuga oid muammolar:
Kolonial siyosatning salbiy va ijobiy asoratlariga qanday qaraysiz?
Sobiq kolonial davlatlarning bugungi axvolini qanday baholaysiz?
Identiv o’quv maqsadlari.
XVII – XVIII asrdagi xalqaro munosabatlar xususiyatiga sharx beradi.
XVII – XVIII asr kolonial (mustamlaka) siyosatini taxlil qiladi.
XVII – XVIII asrlar urushlariga ta’rif beradi.
Savolning bayoni:
Monarxlarning diplomatik manfaatlari, o’zlarining davlatlariga yangi erlarni bosib va qo’shib olishga intilishlari XVII – XVIII asrlar ikkinchi yarmining xalqaro munosabatlariga avvalgiday katta ta’sir ko’rsatar edi. Shuning bilan birgalikda yangi bir omil – dengiz orti kolonialar uchun kurash, dengiz yo’llariga egalik qilish, Evropada va undan tashqarida xom ashyo sotish maqsadida bozorlar uchun kurash kundan – kunga o’zini namoyon qila boshladi.
Ushbu omillarning ta’siri davlatlar o’rtasidagi kuchlar tanasubligiga ham sezilarli darajada o’zgartirish kiritdi. XVII asrning ikkinchi yarmi – XVIII asrning birinchi yarmida sahnaga avvalroq markazlashgan monarxiyalar va umumdavlat manfaatlarining sulolaviy manfaatlaridan ustun turgan hududlardagi davlatlar chiqa boshladi.
Bularning hammasi XVIII asrning birinchi yarmidagi uchta yirik urushlar jarayonidagi kuchlar balansiga ham ta’sir ko’rsatadi; «ispan vorisligi» uchun 1701 – 1714 yillardagi; Shimoliy 1700 – 1721 yillardagi va «Avstriya vorisligi» uchun 1740-1748 yillradagi urushlar; natijada buyuk davlatlar qatoriga Angliya, Frantsiya, Rossiya, Avstriya va Prussiya qo’shildi, Ispaniya, Portugaliya, Daniya, Gollandiya, Shvetsiya va Rech Pospolita esa ikkinchi o’ringa o’tishga majbur bo’ldi. Va aynan birinchi beshta davlat XVIII asrning o’rtasidan to Buyuk Frantsuz revolyutsiyasiga qadar dunyo xalqaro munosabatlari tizimini belgilab beradigan bo’ldi.
Xalqaro arenada kuchlarni qayta taqsimlanishi – xalqaro munosabatlardagi yirik muammo – Usmon (sharqiy) masalasida to’g’ridan – to’g’ri namoyon bo’ldi. Bu davrda kuchlarni qayta taqsimlanishi Evropa davlatlari va Usmon imperiyasi o’rtasidagi o’zgarishlar xususiyati bilan bog’liq edi.
XVII – XVIII asrlarda Evropa mamlakatlarining xalqaro munosabatlari geografiyasi ko’zga ko’rinarli darajada kengaydi. O’z asosida evromarkazlashgan bo’lsa – da, xalqaro munosabatlar o’z orbitasiga ayrim qit’alar va hududlarni jalb etdi – yangi dunyo (Amerikani) Uzoq Sharq (Xitoy va Yaponiyani), Afrikaning g’arbiy va sharqiy sohillarini.
Kolonial, yoki mustamlaka muammolari xom ashyo manbalari va savdo makonlarini bosib oilsh asta – sekin yangi zamon xalqaro munosabatlardagi bosh muammolarning biriga aylana boshladi.
XVII – XVIII asrda kolonial muammo xalqaro munosabatlarning muhim masalasiga aylandi. «Eski» kolonial mamlakatlarga (Ispaniya va Portugaliya) qarshi «yangi» (Gollandiya va Angliya) kolonial mamlakatlar chiqa boshladi. Tijorat sohasida kolonial raqobat jarayoniga Frantsiya ham kirib keldi. Koloniyalar uchun Yangi dunyoda, Janubiy – Sharqiy Osiyoda, Hindistonda, G’arbiy Afrikada shiddatli kurash boshlanib ketdi.
Koloniyalarni bosib olish va talash metropoliya mamlakatlarida katta boylik to’plashga, manufaktura ishlab chiqarishini o’sishiga sabab bo’ldi. Shu vaqtning o’zida kolonial mamlakatlarning xalqlari misli ko’rinmagan ekspluatatsiyaga,och qolish va qoloqlikka muftalo bo’ldilar.
Bu davrning asosiy xususiyatlari – aksariyat xollarda, davlat panohida bo’lgan monopol savdo kompaniyalarining faoliyati tijorat kapitalini rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgani bilan belgilanadi.
XVII – XVIII asrlar kolonial siyosati son – sanoqsiz harbiy to’qnashuvlarga aylangan – evropa davlatlari o’rtasida kolonial va savdo ustunligi uchun «tijorat urushlari» ning (anglo – golland, franko – golland, anglo – frantsuz va h) beshafqat raqobatlikda kechishi bilan belgilanadi.
Savdo – kolonial raqobat ushbu davrning barcha yirik urushlarida (xususan, «ispan vorisligi» uchun va Etti yillik urushlarda) muhim rol o’ynar edi.
Tijorat urushlari jahonning turli joylarida olib borilar edi, va urush jarayonida har bir davlat kolonial tijoratni o’z qo’liga olishga harakatda edi.
Ayrim mamlakatlar kolonial imperiyasining shakllanishiga qator sabablar ta’sir ko’rsatar edi: metropoliyaning ijtimoiy – iqtisodiy ahvoli, bosib olingan erlardagi rivojlanish darajasi va aholining zichligi, shakllanayotgan kapitalning dunyo bozoridagi o’rni va hokazolar.
XVIII asrning oxirgi yigirma yilida asosiy Evropa davlatlari siyosiy kuchlarining taqsimlanishiga e’tiborli darajada o’zgartirish kiritdi. Bu erda ikkita muhim omil yangi edi. Shimoliy Afrikadagi urushda bandligi bois kontinental Evropa ishlariga 1775-1783 yillarda Angliya diqqatining vaqtincha zaiflashgani bo’lsa va ikkinchisi – inqilob va chet el tajavvuziga qarshi turish bilan bog’liq bo’lib Frantsiyani Sharqiy Evropadagi (1789-1794 yillarda) mamlakatlararo kurashdan chiqishi bo’ldi.
Amerika inqilobi «Shimoliy tizimni» jiddiy sinovdan o’tkazdi va XVIII asr 80-nchi yillarining boshlariga kelib «tizimni» barbod bo’lishiga olib keldi.
Rossiyani xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari Angliyani Shimoliy Afrikadagi urush tugashi bilan yana «sharqiy to’siq» g’oyasiga qaytishga majbur qildi.
Rossiya uchun muvaffaqiyatli bo’lgan rus – turk va rus – shved urushlarining natijasi Buyuk frantsuz inqilobi boshlanishi bilan Evropadagi xalqaro vaziyatni umumiy o’zgarishlar bilan ham bog’liq edi. U, ya’ni inqilob Baltikadagi kurash va sharqiy masalani vaqtincha ikkinchi o’ringa surib qo’ydi, lekin Markaziy Evropada Frantsiyani Avstriya va Prussiya bilan bo’lgan eski mojarosini hamda Angliya bilan bo’lgan kolonial baxsni o’ta keskinlashtirdi.
Frantsiya bilan kurash, aksilfrantsuz kaolitsiyani tashkil qiluvchi evropa mamlakatlari kuchini qayta taqsimladi.
1792 yildan boshlab xalqaro munosabatlar yangi davrga kirib bordi – inqilobiy va napoleon urushlari hamda dunyo va evropa siyosiy xaritasini tubdan qayta o’zgarish davriga kirib bordi.
Nazorat topshiriqlari: (yozma yoki og’zaki nazorat uchun)
XVII – XVIII asrning ikkinchi yarmidagi xalqaro munosabatlarning asosiy muammolarini yoritib bering.
XVII – XVIII asr kolonial siyosatini sharxlab bering.
«Savdo urushlari» ni taxlil qilib bering.
«Yangi Dunyo» va «Eski dunyo» tushunchalariga izoh bering.
Evropada kuchlar taqsimoti sabablarini ko’rsatib bering?
Kolonial siyosatining Evropa davlatlari o’rtasidagi munosabatlarga ta’sirini qanday izohlaysiz?
Test topshiriqlari:
«Ispan voris» ligi uchun urush qachon bo’lgan?
A. 1700 – 1713 yillar
В. 1701 – 1714 yillar
S. 1702 – 1715 yillar
D. 1703 – 1716 yillar
XVIII asrda Shimoliy urush qachon bo’lgan?
A. 1699-1720 yillar
В. 1700 – 1721 yillar
S. 1701 – 1722 yillar
D. 1702 – 1723 yillar
XVII – XVIII asrlarda qaysi mamlakatlar «yosh kolonial davlatlar» qatoriga kiradi?
A. Avstriya va Prussiya
В. Ispaniya va Portugaliya
S. Frantsiya va Angliya
D. Gollandiya va Angliya
Mavzu bo’yicha asosiy yakunlar:
Koloniyalar uchun kurash va dimlomatiyani ushbu jarayonga bo’ysundirilishi
«Tijorat» yoki «savdo» urushlari va xalqaro munosabatlar.
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
XVII – XVIII asrlarning ikkinchi yarmida «Yangi Dunyo» va «Eski Dunyo» munosabatlaridagi o’ziga xos xususiyatlar.
6-mavzu: Xalqaro munosabatlar XIX asrning 20-60 nchi yillarda.
Ajratilgan vaqt 2 soat
Asosiy savollar:
«Vena tizimini» barbod bo’lishi.
XIX 50-60nchi yillarning ikkinchi yarmida xalqaro munosabatlar.
Kolonial siyosat: xususiyat va uslublaridagi o’zgarishlar.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
«Vena tizimi». «Muqaddas ittifoq». Angliya va Rossiya raqobati. London konferentsiyasi. Polsha masalasi. Ta’sir doiralari.
Mavzuga oid muammolar:
Kolonial masalasida «Eski Dunyo» va «Yangi Dunyo» munosabatlarini qanday ko’rsatib berasiz?
Asosiy savol: XIX asrning 50-60 yillarida xalqaro munosabatlar.
Savol bo’yicha dars maqsadi: «Vena tizimini» barbod bo’lishini hamda o’sha davrdagi kolonial siyosatini yoritib talabalarda ushbu mavzu bo’yicha mustahkam tushunchani shakllantirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
«Vena tizimini» barbod bo’lish sabablarini sharxlab beradi.
O’sha davr xalqaro munosabatlarining xususiyatlarini ko’rsatib beradi.
Kolonial siyosatining xususiyat va usullarini taxlil qiladi.
Savolning bayoni:
«Vena tizimi» ning mustahkam emasligi uning tashkil topganidan so’ng darxol ayyon bo’ldi.
Muqaddas Ittifoq ishtirokchilari inqilobiy jarayonlarga samarali to’sqin bo’laoladigan va baxsli xalqaro muammolarni xal qiladigan forumga aylantiraolmadilar.
Tropau (opava) – Leybax (Lyublyana) 1820 – 1821 yillarda va Veronada (Shimoliy Italiya) 1822 yildagi kongresslar jarayonida Muqaddas Ittifoqqa a’zo bo’lgan mamlakatlar siyosatida jiddiy qarama - qarshiliklar namoyon bo’ldi. Ushbu xolat, Angliyani an’anaviy ingliz «ozod qullari» siyosatiga qaytishiga va Ittifoq bilan kelishilgan xolda ish olib borishdan asta – sekin uzoqlashtirib bordi. Angliyani kelishilgan amallardan uzoqlashishi Evropani separat ittifoqlarga va kaolitsiyalarga parchalanib ketishiga olib bordi.
Frantsiya va Belgiyada 1830 yilda birin – ketin amalga oshirilgan inqiloblar, hamda 1830-1831 yilgi Polsha g’alayoni 1815-1850 yillardagi xalqaro munosabatlardagi eng asosiy ziddiyatni – ya’ni Angliya va Rossiya o’rtasidagi raqobatni yanada chuqurlashtirdi.
Buyuk davlatlar elchilarining 1830-1831 yil London konferentsiyasi va Belgiya davlati mustaqilligini va uning doimiy betarafligini e’tirof etish to’g’risidagi protokolni imzolanishi Vena chegaralari (1815) tizimidagi birinchi darz ketish bo’ldi.
«1815 yilgi traktatlarni» muxofaza qilish bo’yicha beshta buyuk davlatlarni kelishilgan xoldagi amallarini ko’zda tutgan va «inqilobiy kuchlar» bilan kurashni nazarda tutgan «Vena kongressi» tamoyillariga 1848 – 1849 yillardagi inqilobiy harakatlar yangi zarba bo’ldi. Angliya esa o’zga mamlakatlar bilan umumiy bo’lgan siyosatdan uzoqlashdi.
30-nchi yillarda Frantsiyada shunga o’xshash siyosatni Iyul monarxiyasi olib bordi. Prussiya va Avstriyaga kelsak, ularning hukmron doiralari 1848 yilgi inqilobiy voqealar tufayli to’la xastalik xolatiga tushib qolgan edi.
Shundan qilib, XIX asrning o’rtalariga kelib, 20,30,40-nchi yillardagi inqiloblar «vena tizimi» asoslarini zaiflashtirdi va 5-nchi yilarda sharqiy masala bilan bog’liq ziddiyatlarni keskinlashuvidan kelib chiqqan Muqaddas va To’rtlik ittifoqlarining sobiq ishtirokchilarining o’rtasidagi urush uni tamoman barbod etdi.
Sharqiy masalani ziddiyatlashuvi va undan keyingi 1853 – 1856 yillardagi Qrim urushida Rossiyani mag’lubiyatga uchrashgani «vena tizimini» barbod bo’lganini va Rossiyani evropa ishlariga ta’sirini yo’qotganligidan dalolat berar edi.
Keyingi yillari, o’zining obro’siga putur etkazgan 1856 yil 30 martdagi Parij shartnomasi shartlarini bekor qilish borasida rus diplomatiyasining izchil urushlari bilan belgilanadi.
«Vena tizimi» ning barbod bo’lishi natijasida yangi xalqaro xolat yuzaga keldi. Qrim urushi Evropadagi kuchlarini qayta taqsimlanishini keskin o’zgartirdi. Rossiyaning tashqi siyosiy kuchlari barbod qilindi. Avstro – Rus Prussiya ittifoqi tarqalib ketdi. Frantsiya «1815 yilgi traktatni» dafn etishga intilar edi.
Frantsiya kolonial siyosatini faollashuvi tufayli an’anaviy Frantsiya – Angliya ziddiyatlari yanada keskinlashdi.
Germaniya va Italiyaning birlashuvi davrida Prussiya va Sardiniya qirolligining xalqaro faolligi sezilarli darajada o’sdi. Avstriyaning ta’siri esa bo’shashib ketdi.
AQSh da 60-nchi yillardagi fuqarolar urushi tufayli Amerikada Frantsiya va Angliya siyosatini faollashuvi xalqaro munosabatlarning rivojlanishida muxim omil bo’ldi. Bir vaqtni o’zida Polsha masalasi ham keskinlashdi: 1863 yilgi qo’zg’olon tufayli Angliyani va ayniqsa Frantsiyani Polsha ishlariga aralashuvi Rossiyani AQSh bilan yaqinlashuviga majbur qildi.
Rossiyani AQShga nisbatan xayrixoxlik betarafligi «shimolliklarni» diplomatik qurshovdan chiqishga xizmat qildi.
Germaniya va Italiyada «Vena tizimi» uzil – kesil dafn etildi. Lekin, Germaniya (Janubiy german knyazliklari) va Italiyani (Rim masalasi) birlashish jarayoni 60-nchi yillarning oxirida hali yakunlanmagan edi. Rim va janubiy Germaniya masalalarida Italiya va Prussiyaning asosiy dushmani Frantsiya edi. Franko – Prussiya qarama - qarshiligi va Italiya – Frantsiya o’rtasidagi ziddiyat XIX asr 60-nchi yillarining ikkinchi yarmida xalqaro munosabatlardagi asosiy omilga aylandi.
20-60 nchi yillarda evropa davlatlarining kolonial xukmronligi usullardan keskin farq qilar edi.
Osiyoning kolonial ekspansiyaga aylantirilgan yangi xududlarida, evropaliklar, iqtisodiy va harbiy jihatdan zaif bo’lsa-da, lekin azal vaqtlardan o’zining davlatchiligiga ega bo’lgan qadimiy tsivilizatsiyalar bilan (Xitoy, Yaponiya, Eron va b.d.) to’qnashishdi. Shuning uchun, bu mamlaktalarga kirib kelish, masalan klassik kolonial talonchilik va kontinentni bo’lib olish siyosati amalga oshirilgan yangi dunyoning mustamlakasidan farq qilar edi.
XIX asrning 20-60-nchi yillarida boshqa usullar ustunlik qilardi: «ta’sir doiralar» ni taqsimlash (Xitoy, Eron, Iroq), protektoratlarni o’rnatish (kambodja) va ayniqsa nomigagina maxalliy knyazlar va monarxlarning xokimiyatini saqlab qolish bilan birga iqtisodiy bosqinchilik.
Mustamlakalarning boshqarish printspi o’zgardi. Monopol savdo kompaniyalari vositasida ularni boshqarish va koloniyalarni ekspluatatsiya qilish tizimini o’zi yo’q bo’ldi. Koloniyalarni boshqarish amallari davlatga o’tar edi.
Koloniyalarni ekspluatatsiya qilishning iqtisodiy qoidalarida ham o’zgarishlar ro’y berdi. Agar, ilgari kolonizatorlar oltin va kumush ekzotik o’simliklar va ildizlar izlab hamda qullar savdosidan boylik orttirgan bo’lsalar, endi esa asosiy diqqat, sanoat uchun xom ashyo – paxta, qazilma boyliklarga qaratilgan edi.
Kolonizatorlar mustamlakalardan metropoliyalar sanoat mollarini sotish uchun bozor sifatida keng foydalanar edilar, ularning xo’jalik hayotiga chuqurroq kirib borardilar (koloniyalar hududlarida temir yo’llar, yo’llar va shaxtalar qurar edilar).
Nazorat topshiriqlari (Yozma yoki og’zaki nazorat uchun)
Angliya va Rossiya o’rtasida XIX asr II yarmida raqobatni kuchayishiga qanday omillar sabab bo’ldi?
«Vena tizimi» ni barbod bo’lishi natijasida Evropa xalqaro munosabatlarida qanday o’zgarishlar ro’y berdi?
Evropa davlatlar kolonial siyosatlaridagi o’zgarishlar (20-60-nchi yillar va XVII-XVIII asrlar ikkinchi yarmida)
Kolonial bosqinchilikning umumiy usullarini sharxlab bering?
5. «Vena tizimini» barbod bo’lishiga qanday omillar sabab bo’ldi?
6.XIX asrning II yarmiga kelib kolonial ekspluatatsiyaning usullari qanday o’zgardi?
Test topshiriqlari:
Veronadagi kongress qachon bo’ldi?
A. 1821
В. 1822
S. 1823
D. 1824
Buyuk davlatlar elchilarining London konferentsiyasi qachon bo’ldi?
A. 1830-1831 yillar
В. 1831-1832 yillar
S. 1832-1833 yillar
D. 1833-1834 yillar
«Vena tizimi» qachon barbod bo’ldi?
A. XIX asrning 50-nchi yillarida
В. XIX asrning 60-nchi yillarida
S. XIX asrning 70-nchi yillarida
D. XIX asrning 80-nchi yillarida
XIX asr 60-nchi yillarning ikkinchi yarmida xalqaro munosabatlarning asosiy omili nimadan iborat edi?
A. Kolonial masala
В. «Ta’sir doiralarning» kengayishi
S. «Vena tizimi»
D. Franko-Prussiya va Franko – Italiya o’rtasidagi qarama - qarshiliklar.
Mavzu bo’yicha asosiy yakunlar:
«Vena tizimi» ni barbod bo’lishi.
Koloniyalarni ekspluatatsiya qilish usullarini o’zgarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |