Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Germaniyaning urushga tayyorlanishi



Download 35,63 Kb.
bet4/5
Sana27.06.2022
Hajmi35,63 Kb.
#708046
1   2   3   4   5
Bog'liq
2.KURS ISHI.AXMADOV.SHGermaniya fashistlarining hokimiyatga kelishi va ularning yevriopadagi diplomatiyasi (1)

Germaniyaning urushga tayyorlanishi
Hokimiyatni qo‘lga olgan fashistlar so‘l kuchlarga va ularning barcha tashkilotlariga qarshi mislsiz terrorni avj oldirib yubordilar. Gitlerchilar kommunistlarni va progressiv kishilarni ko‘plab qirish maqsadida qabih ig‘vogarlik bilan 1933 yil 27 fevralda reyxstag binosiga o‘t qo‘yib, bu voqeada kommunistlarni aybladilar. Sotsialistlar partiyasidan boshqa barcha siyosiy partiyalarni tarqatish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Vaxshiyona millatchilik, yaxudiylarga qarshi pogrom (ur-yiqit)lar, kuchaytirildi. Dunyo madaniyatiga qarshi kurash avj oldirildi. Ko‘chalarda kitoblar gulxan qilib yoqildi. 5 mingdan ortiq olimlar, yozuvchilar, san’atkorlar mamlakatdan haydaldi va kanslagerlarga tashlandi.
1933 yil mart oyi boshlarida Germaniyada yana saylovlar bo‘lib o‘tdi. Natsistlar unda 44% ovoz oldilar. Gitler o‘zining natsistlar hukumatini tuzdi va 23 martda reyxstag Gitlerga o‘z dekretlari bilan mamlakatni boshqarish huquqini beruvchi qonun qabul qildi. Gitler cheklanmagan huquqlarga ega bo‘ldi. Reyxstag saqlab qolinsada, uning ahamiyati qolmadi. Nemis o‘lkalarining avtonomiyasi bekor qilindi: o‘lkalar Gitler tayinlagan maxsus kishilar tomonidan boshqarila boshladi. 1934 yil avgustida Gindenburg vafotidan so‘ng prezidentlik lavozimi bitirildi. Gitler prezidentlik huquqini va vakolatini ham o‘z qo‘liga kiritib olib total (umumiy, yalpi) diktatura o‘rnatdi va umrbod “fyurer” (dohiy) va “reyxskansler” unvoniga ega bo‘ldi. Hokimiyatni egallagach, Gitler natsistlar partiyasidan boshqa barcha siyosiy partiya va tashkilotlarni ta’qiqlovchi farmon chiqardi. Reyxstag tarqatildi, kasaba uyushmalari o‘rniga natsistlar partiyasiga to‘liq bo‘ysunuvchi va korxonalarning xo‘jayinlari irodasiga itoat etuvchi “Germaniya mehnat fronti” tashkil qilindi. Barcha matbuot nashrlari (gazetalar, jurnallar, byulletenlar) yopildi yoki natsistlar partiyasi nazorati ostiga o‘tkazildi. Barcha bolalar va o‘smirlar tashkilotlari tarqatildi yoki natsistlar tashkilotlariga bo‘lajak a’zolarni tarbiyalovchi “Gitleryugend” yoshlar tashkilotiga qo‘shib olindi. Davlat apparatida puxta tozalash ishlari amalga oshirildi.: natsistlar mafkurasidan ozgina chekingani sezilgan yuz minglab xizmatchilar ishdan bo‘shatildilar, ularning o‘rinlarini esa jigarrang mundirdagi “partaygennosse” (ya’ni natsistlar partiyasi a’zolari) egalladilar. Qurolli kuchlarda barcha ofitserlar natsistlar partiyasiga a’zo bo‘lishlari va Gitler mafkurasiga so‘zsiz itoat etishlari shart edi. 1933 yil oxiriga kelib muxolif marralarda turgan barcha tashkilotlar yo‘q qilindi. Terror faqat siyosiy raqiblarni yo‘q qilish vositasi emas, nemis xalqini qo‘rqitish omili ham hisoblanib, har bir nemis fuqarosi qarshilik ko‘rsatishning befoydaligini, qarshilik ko‘rsatgan muqarrar halok qilinishini va natsistlar rahbariyatiga so‘zsiz itoat etish zarurligini anglab yetishi lozim edi. Natsistlar tuzumining bosh jazo idorasi xavfsizlik otryadlari (SS) bo‘lib, uni Genrix Gimmler (1900-1945) boshqarardi.
SSning tarkibiy qismini maxfiy politsiya (gestapo) va SS qo‘mondoni (reyxsfyurer)ning xavfsizlik xizmati - SD tashkil qildi. Ular xalqi va bosib olingan hududlarning aholisi ustidan yalpi nazorat o‘rnatdilar.
“Reyx dushmanlari”, ya’ni o‘zgacha fikrlovchilar, demokratik tashkilotlarning vakillari, harbiy asirlarni ommaviy ravishda qirg‘in qilish uchun maxsus konsentratsion lagerlar barpo etilib, ularda odamlar ommaviy qirg‘in qilindi. Bunday lagerlar jami 15 ta bo‘lib ularda 10 mln.ga yaqin odam yo‘q qilindi. Natsizm yahudiy aholini to‘liq qirib tashlashning maxsus dasturini ishlab chiqdi. Natsistlar hokimiyatni qo‘lga kiritganlaridan so‘ng antisemitizm rasmiy siyosatga aylandi. Bu insoniyat tarixidagi eng shafqatsiz, g‘ayriinsoniy va keng miqyosli irqiy ta’qib bo‘ldi. Natsistlar antisemitizmdan “ommani alangalatuvchi ruhiy uchqun” sifatida foydalandilar. Yahudiylar maxsus ajratilgan joylar (getto)da yashashlari lozim edi, ular davlat idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilindilar, shuningdek, ular kiyimlarida maxsus belgi (olti qirrali yulduz) taqib yurishga majbur edilar. Maxsus dastur (“xolokast” - yakuniy qaror)ning amalga oshirilishi natijasida Yevropada 6 mln.dan ortiq yahudiy qirib tashlandi.
Germaniya iqtisodiyotida mamlakat sanoatining asosini tashkil qiluvchi 30 ta eng yirik sanoat konsernlari - “IG Farbenindustri” (kimyo mahsulotlari, dori-darmon, porox, sintetik benzin va kauchuk ishlab chiqarish), “Feraynigte Shtalverke” (po‘lat ishlab chiqarish), “Krupp”, “Flik”, “Mannesman”, “Simens”, AEG va boshqalar yetakchi o‘rin egallab turardi. Butun natsistlar siyosiy tizimi ularning imkon qadar ko‘p foyda qilishlari asosiga qurildi va butun nemis xalqi ularning xizmatiga jalb qilindi. Gitler ularning boyishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratib berdi. “Krupp”ning daromadi 1934-1940 yillarda 4 baravar, “IG Farbenindustri”ning daromadi 17 baravar, “Flik”niki - 65 baravar oshdi.
1936 yilda militaristik “4 yillik plan” qabul qilindi. Avtarkatsiya siyosati (bosqinchilik urushiga tayyorlanish uchun mamlakat mustaqil iqtisodiga ega bo‘lishga qaratilgan iqtisodiy siyosat) “yog‘ o‘rniga zambarak” siyosati yurgizildi. 1937 yilgacha qayta qurollanish uchun 46 mlyard marka sarflandi. To‘rt yil ichida barcha mamlakatlarning armiyasidan bir necha baravar ustun bo‘lgan eng zamonaviy armiya tashkil qilinishi lozim edi. Butun siyosat faqat urush olib borish nuqtai nazaridan ko‘zdan kechirilardi. Qisqa vaqt ichida sanoatchilar eng zamonaviy qurol-aslahalarni yaratdilar. Tanklar, samolyotlar va artilleriya boshqa mamlakatlarning qurollaridan sifat jihatidan ancha ustun edi. Barcha imkoniyatlar qurol-aslaha ishlab chiqarishga safarbar etildi. “Moy o‘rniga to‘plar” - natsistlar rahbariyatining shiori shunday edi. Germaniyaning urushga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi xarajatlari besh yil ichida 10 baravar oshdi, bu davrda 90 mlyard. marka sarf qilindi. 1939 yilda qurollanishga mutanosib narxlarda Angliya - 5 mlrd., Fransiya - 2,3 mlrd. marka pul sarflagani holda, Germaniyaning bu boradagi xarajatlari 18 mlrd. markani tashkil qildi.

1938 yilda Germaniya sanoat mahsulotining yalpi xajmi jihatidan Angliya va Fransiyadan yana o‘zib ketdi va kapitalistik dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. 1933 yil Oktabrida Germaniya Millatlar ittifoqidan chiqdi. U Versal sulh shartnomasini va Lokarno shartnomasini qo‘pol ravishda buzdi. Gitler Germaniyasi Angliya va Fransiya mustamlakalarini bosib olishni, Angliya va Fransiyani, hatto AQShni ham o‘ziga bo‘ysundirib kapitalizmning “birlashtirilgan” kuchlarini Sharqqa qarshi qaratishni, jahonda o‘z hukmronligini o‘rnatishni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. 1935 yil mayda esa Versal bitimining qurollanishga tegishli bandlarini bekor qilganini e’lon qildi. Kapitalistik davlatlar o‘rtasida kuchlar nisbati Germaniya foydasiga o‘zgara boshlagach, 1936 yildan e’tiboran German fashistlari mustamlakalar va ta’sir doiralarini qayta taqsimlashni qat’iy talab qildilar. 1936 yilda imperiya mustamlaka soyuzi tuzildi. 1938 yilda uning a’zolari 1 mln. kishiga yetdi. Shovinistik mustamlakachilik tashviqoti avj oldi.


Ikkinchi jahon urushi yaqinlashgan sari Gitler Germaniyasining urushga zo‘r berib tayyerlanganligini ko‘ramiz.1939 yilning 30 avgustida Gitler imperiyani himoya qilish bo‘yicha ministrlar kengashini tuzish to‘g‘risida dekret chiqardi. Yangi harbiy kabinetning qo‘liga urush vaziyatida butun mamlakatning taqdiri topshirildi. Unga doimiy a’zolar etib, Gering (rais), Gess (portfelsiz ministr), Funk (iqtisod ministri), Frik (ichki ishlar ministri), Dammers (imperiya kanselariyasi boshlig‘i) va Keytellar (qurolli kuchlar bosh qo‘mondonligi shtabi boshlig‘i) kiritildi. Fashistik diktatura faoliyatida ayniqsa, milliy- sotsialistik partiya katta rol o‘ynadi. Bu partiyaning a’zolari Gitlerga quyidagicha qasamyod qilardilar: «Men buzilmas sadoqat bilan Adolf Gitlerga so‘zsiz itoat etishga qasamyod qilaman». Fashistik partiya mamlakatda bir qator tashkilotlarning va uyushmalarning ustidan rahbarlik qilardi. Jumladan, shturmchi (SA) va soqchi qo‘riqchi (SS) otryadlar, avtomobillarning milliy-sotsialistik ittifoqini, gitlerchi yoshlar tashkiloti, nemis talabalari va dotsentlarining milliy-sotsialistik ittifoqi, xotin-qizlarning milliy-sotsialistik jamiyati va boshqa shunga o‘xshagan o‘nlab tashkilotlarning ustidan nazorat qilar edi. Gitlerning 1937 yil oxiridagi bayonotiga qaraganda milliy-sotsialistik partiyaning a’zolari unga buysungan tashkilotlar, jamiyatlar va ittifoqlarning a’zolari bilan birga 25 mln kishiga yetgan edi.
Qurollanish uchun juda katta mablag‘ va ishchi kuchi kerak edi. Shuning uchun 1933-1939 yillarda harbiy xarajatlarga Reyxstagda Gitlerning aytgan so‘ziga qaraganda 90 mlrd. marka mablag‘ sarflangan. G‘arbiy Germaniyalik moliya ishlari mutaxassisi F.Federauning ma’lumotiga qaraganda 1933-1939 yillarda harbiy harajatlarga 60 mlrd. marka mablag‘ sarflangan.
1939 yilning iyunida Germaniyaning harbiy sanoatida (Avstriya va Sudet bilan birga) 2 mln. 400 ming kishi faoliyat ko‘rsatar, bu esa ishchilarining 21,9%ini tashkil etardi. G‘arbiy Germaniyadagi iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy-tekshirish institutining ma’lumotlariga qaraganda, 1933-1940 yillarda harbiy sanoat 10 marta, samolyotsozlik 23 marta o‘sdi. Lekin baribir, 1939 yilda Germaniyaning harbiy sanoatida 631 ming ishchi kuchi yetishmasdi. Shuning uchun imperiyaning mehnat ministrligi ishga yaroqlilar hisobini olib chiqdi va 1939 yilning 23 iyunida aholini yoppasiga safarbar qilish masalasini ko‘rdi. Imperiyaning mehnat ministri Gitlerga axborot berib, mamlakatda 43,5 mln. ishga yaroqli kishi borligini ma’lum qildi va shulardan vermaxtda (qurolli kuchlarda) 7 mln erkak va 250 ming ayolni, iqtisodiyotda va boshqa sohalarda 19,2 mln erkak va 17,1 mln ayolni ishlatish mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi. Shunga o‘xshash barcha urinishlarga qaramay, Germaniyaning moliyaviy ahvoli urush arafasida og‘ir ahvolda edi. Uning tashqi qarzi 60 mlrd. markani tashkil etar edi.
“Gitler birinchi e’tiborni Abverga qaratdi.Sababi mudofaa vaziri Gitlerning siyosatini jahon bo’ylab himoya qilishi lozim edi.1935 yil yanvarida Kanaris ismli ofitser Abverning rahbari etib tayinlangan.Kanaris o’z maqsadiga erishish uchun Gitlerdan katta miqdorda mablag’ oldi.Kanaris o’z maqsadiga erishish uchun hech narsadan qaytmas edi.U havo va dengiz kuchlarini rivojlantirish maqsadida,dunyo yangiliklaridan xabardor bo’lish uchun razvetka boshqarmasiga ham alohida urg’u berdi.Shu asosida Abver qoshida mahalliy razvetka boshqarmasi tashkil etildi.Ushbu razvetka boshqarmasi har bir davlatning ichki harbiy sirlarini fosh etish bilan shug’ullandi.1938 yildan boshlab Abverning hodimlari maqbuslar uchun mo’ljallangan maqsus xibsxonalar bilan shug’ullana boshladi.”3Shu asosida tarixda qonli iz qoldirgan lagerlar paydo bo’ldi.Gitlerga qarshi chiqqan shaxslarni odatda shu yerda qiynab o’ldirishardi.Bu joylarga “O’lim lagerlari” deb nom berildi. 1934 yilda davlat xavfsizligi va Gitler hukumatining siyosatini himoyalash maqsadida Germaniyada SS (xavfsizlik xizmati) tashkil etildi.Gimmler ismi bilan mashhur bo’lgan obergruppenfyurer SS boshlig’i etib tayinlandi.Bu tashkilotlarning rahbarlari Gitler ko’ziga chiroyli bo’lib ko’rinishga harakat qilishardi.Shuning uchun ham ular bir – birlarini raqib deb bilishardi.Tashqi ishlarga Ribbentrop boshchilik qildi.Gimler, Kanaris, Geydri, Ribbentrop kabi fashist siyosatchilari har biri mutaqil siyosat yurgizardi.Shunga qaramasdan, Gitler shaxsiy razvedkasi hech qachon pand bermagan.Nemis agentlari fyurerga beminnat xizmat qilishardi.U Germaniyaning do’sti va dushmanlari haqida ma’lumotlarni vaqtida etkazishga harakat qilishardi. 1939 yilda nemis razvetkasi butun jahon bo’ylab faoliyat olib borardi.Abver razvetka boshqarmasining agentlari Janubiy Amerika hududlarida ham ish yuritishardi.Yullius maderning “Shpionaj v Evrope” kitobida yozilishicha Abver razvetka tizimi asosiy uch qismga bo’lingandi:
Birinchi bo’lim tashqi razvetka bilan shug’ullanardi.
Ikkinchi bo’lim diversiya va “Psixologik urush”lar ish olib borardi.
Uchinchi bo’lim esa chet el razvetkalariga qarshi kurash olib borish bilan shug’ullanardi.Yuqoridagi uchta qismdan tashqari Abverda qo’shimcha ikki bo’lim ham bo’lgan. “Zagranitsa” bo’limi asosan tashqi siyosat va elchixonalar bilan shug’illansa, “Z” bo’limi arxiv bilan shug’ullanardi.Har bir bo’lim o’zining shafqatsizligi bilan ajralib turardi.Kitobda yozilishicha, “Zagranitsa” bo’limi o’zining ilk faoliyatida 20 ming rus askarini o’ldirgan edi.
1939 yilda o’zining “qonli o’yinlari” bilan mashhur bo’lgan Gestapo tashkilotiga asos solindi.Bu tashkilotga Geydrix boshliq etib tayinlandi.
Yung rejasi Germaniyaga keng erkinliklar berdi.Osiyoda Yaponiya,Evropada Germaniya o’z hukumronligi uchun kurash boshlandi. 1929 – 1933 yillarda jahonn iqtisodiy inqirozi yuz berdi. (1933 yil 30 yanvarda) Haligacha yengilgan mamlakatlar o’ch olishga intilar edilar.Gitlerchilar yangi “katta urushga ” har jihatdan tayyorlana boshladilar.
1933 yil 30 yanvarda prezident Gindenburg fashistlar partiyasining boshligi Adolf Gitlerni reyxkansler qilib tayinladi.Amerika, Angliya va Fransiya imperialistlari gitlerizmga g’oyat katta yordam berdi. Reyxkansler Gitler – o’taketgan jaholatparast demagog, shovilist edi.
1933 yil iyulda Angliya , Fransiya, Germaniya va Italiya hukumatlarining “To’rtlar ahdnomasi” imzolandi. 1934 yilda Polsha va Germaniya o’rtasida o’zaro hukum qilmaslik to’g’risida shartnoma tuzildi. 1936 yil martda Versal va Lokarno bitimlariga muvofiq demilitarizatsyalashgan reynga qo’shin kiritiladi. 1936 yil iyulda “Germaniya Avtriya bailan yashirin bitim tuzdi va uning ichki va tashqi ishiga aralasha boshladi.Shunisi qiziqki,1938 yil 11 martda Avstriyani Germaniyaga qo’shib olish rejasini ya’ni “Anshlyusni” Germaniyada 99,08 % , Avstriyada esa 99,75 % qo’llab quvvatlashdi.”4
Gitler 1936 yil oktyabrda Germaniya Italiya ittifoqi “Berlin - Rim o’qi” tuzildi.Keyin Yaponiya qo’shilib “Tokiyo-Berlin-Rim”o’qi vujudga keldi.
1938 yil – 29 – 30 sentabrda – Myunxenda AQSHning maslahati bilan Germaniya, Italiya, Angliya, Fransiya hukumatlarining konferensiyasi bo’lib kuzda Chexoslovakiyaning butun hududini bo’lib tashladilar.Slovenya rasman mustaqil, ammo amaldagi tobe davlatga aylandi. 1939 yil martida Gitler Dansk (Gdansk)ni Germaniyaga ,qo’shish Polsha yo’lagi (koridori) orqali temir yo’l qurish, avtomobil yo’li to’g’risidagi talabni Polshaga topshirdi. Munosabatlar buzilib Polsha – Germaniya o’rtasida nizo kelib chiqdi.
1939 yil 23 avgustida Germaniya va SSSR o’rtasida o’zaro hujum qilmaslik to’g’risida shartnoma imzolandi.Shuning dek 1939 yilda Polsha – Angliy, Polsha – Fransiya o’zaro hujum qilmaslik to’g’risida shartnoma mavjud edi.
Germaniya yangi urushga tayyorlanoshi uchun 1933 – 1939 yillarda 90 mlrd. reyxmarka sarfladi. Bu esa Gitler hukumati davlat byudjetining 2/3 qismini tashkil etdi.


Download 35,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish