Xalqaro munosabatlar tarixi


XX asr 20-yillari boshlarida dunyodagi xalqaro jarayonlar



Download 40,05 Kb.
bet2/5
Sana11.06.2022
Hajmi40,05 Kb.
#655044
1   2   3   4   5
Bog'liq
Altibayev Husan .KURS ISHI

2. XX asr 20-yillari boshlarida dunyodagi xalqaro jarayonlar
Uzoq Sharq va Tinch okeanidagi bahsli muammolarni hal qilish va dengizdagi qurollarni cheklash maqsadida 1921-yil 12-noyabrdan 1922-yil 6-fevralgacha to'qqiz davlat vakillari ishtrokida Vashington konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyada asosiy rolni AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya o'rtasidagi shartnoma imzolanib, ushbu davlatlarning Tinch okeani havzasidagi o'z orollariga egalik qilish huquqlari kafolatlandi.
1923-yili Lozanna tinchlik shartnomasi imzolanib, unda Turkiyaning urushdan keyingi chegaralari belgilab berildi va mustaqilligi tan olindi. U Birinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan hududiy o'zgarishlarga qonuniy tus bergan so'nggi yirik shartnoma bo'ldi.
1919 - 1923-yillari Lozanna tinchlik shartnomasi imzolanib, unda Turkiyaning urushdan keyingi chegaralari belgilab berildi va mustaqilligi tan olindi. U Birinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan hududiy o'zgarishlarga qonuniy tus bergan so'nggi yirik shartnoma bo'ldi.
1919 - 1923-yillarda imzolangan shartnomalar va jahondagi kuchlarning yangi nisbati xalqaro munosabatlarning Versal-Vashington tizimi nomini oldi. Versal-Vashington tizimi bir guruh davlatlarning dunyoga hukmronligini o'rnatdi, dunyo siyosatida AQSH ta'sirining sezilarli kuchayganligini aks ettirdi. Shu tariqa g'oliblar va mag'lublar o'rtasidagi ziddiyatlar tizimi shakllanib, bu mag'lublarning o'ch olish, adolati tartib o'rnatish uchun intilishga, yangi urushga olib keldi. Birinchi jahon urushidan so'ng G'arbning bir qator mamlakatlarida o'ng radikal, ekteremestik harakatlar vujudga kelib, umumiy nom bilan fashizm deb ataladi. Fashistik harakatning liderlari ijtimoiy safsatabozlikdan keng foydalanadilar, kishilarning millatchilik hissiyotiga ta'sir o'tkazishga harakat qildilar, o'z millati uchun ijtimoiy adolatni, "yangi jamiyat"ning o'zlariga ma'qul shaklini qurishni va'da qildilar.
Germaniya o’zining urush aybdori ekanligini tan oldi va g’olib davlatlar foydasiga reparasiya to’lab turish majburiyatini oldi. Reparasiya to’lovlari miqdorini maxsus komissiya 1921 yil 1 maygacha aniqlaydigan bo’ldi. Shunga qadar Germaniyaning reparasiya to’lovlari hisobidan g’olib davlatlarga 20 milliard marka miqdorida oltin va turli mollar to’lash majburiyati yuklandi. Germaniya majburiyat yuzasidan g’olib davlatlarga deyarli butun savdo flotini, 8 ming paravoz, 230 ming vagon, 40 ming ot, 140 ming bosh qoramol va hokazolarni topshirdi.
Yuklatilgan majburiyatlarning Germaniya tomonidan bajarilishini ta’minlash uchun Reynning so’l qirg’og’i (Reyn zonasi) 1935 yilgacha Antanta qo’shinlari tomonidan ishg’ol qilib turiladigan bo’ldi. Bu qo’shinlar uchun bo’ladigan xarajatlar Germaniya zimmasiga yuklandi.
Bu ochiqcha talonchilikni oqlash uchun ittifoqchilar Versal shartnomasiga 231-bandni qo’shdilar Unda shunday deyilgandi: «Ittifoqchilar va ularga qo’shilgan davlatlar shuni ta’kidlaydilarki, Germaniya va uning ittifoqchilari tajovuzi tufayli ro’y bergan urushda ittifoqchilar va ularga qo’shilgan davlatlar fuqarolariga yetkazilgan talafot va zarar uchun butun mas’uliyatni Germaniya o’z zimmasiga oladi». Nemislar o’z hududlarining 10 foizini yo’qotdilar, bu hududda millionlab odam yashar, ularning bir necha yuz mingi uy-joysiz qolgan, o’nlab shaharlar vayron qilingan, millionlab odamlar nogiron bo’lib qolgan edi. Bunday vaziyatda ulkan miqdorda tovon to’lash aqlga sig’masdi.
Ammo Germaniyaning boshqa chorasi yo’q edi. U ikki mushkul imkoniyatdan birini tanlashi: qo’yilgan shartlar asosida tinchlikka erishishga yoki urushga kirib, shaksiz mag’lubiyat va inqilobiy tartibsizlik alamini totishi lozim edi.
Sen-Jermen sulh shartnomasiga muvofiq, Avstriya o’zining deyarli hamma janubiy slavyan territoriyalaridan voz kechdi: Yuliy Krayna, Triyest bilan birga Istriya, Karintiyaning bir qismi, Trentino oblasti va Janubiy Tirol Italiyaga berildi. Avstriya, Yugoslaviya va Chexoslovakiyaning’ mustaqilligini tanidi, Chexoslovakiya tarkibiga kirgan Bogemiya va Moraviyadan voz kechdi. Galisiya Polshaga, Bukovina Ruminiyaga qaytarildi. Sulh shartnomasi Avstriyaning mustaqil davlat bo’lib yashash xalqaro huquqiga asos soldi; Avstriyani Germaniyaga qo’shish (anshlyuya)ni taqiqladi. Lekin bu shartnoma bir qancha xalqlarning huquqlarini poymol qildi.
Avstriyada xam umumiy harbiy majburiyat bekor qilindi. Lekin uning 30 ming kishidan iborat yollanma qo’shin saqlashiga ruxsat berildi. Avstriya reparasiya to’laydigan bo’ldi. Avstriya reparasiya hisobiga g’olib davlatlarga o’zining butun savdo va baliq ovlash flotini topshirish majburiyatini oldi.
Sen-Jermen sulhida janubiy slavyan xalqlari yashaydigan hududlarning bir qismini Italiyaga, ukrainlar yashaydigan Bukovinani Ruminiyaga topshirish ko’rsatildi.
Trianon sulh shartnomasiga muvofiq, Vengriya hududining deyarli 70%i dan ajraldi. Transilvaniya va Banat Ruminiyaga, Zakarpat Ukrainasi va Slovakiya Chexiyaga, Xorvatiya va Sloveniya Yugoslaviyaga, Burgenland Avsgriyaga berildi.
Vengriya Chexoslovashsh va Yugoslaviya mustaqilligini tanidi. Vengriyada umumiy harbiy majburiyat bekor qilindi. Vengr armiyasining soni 35 ming kishidan iborat qilib belgilandi. Vengriya ham reparasiya hisobiga toshko’mir, parovoz, vagon va shu kabilarni beradigan bo’ldi.
Neyn sulh shartnomasiga muvofiq, G’arbiy Frakiya Gresiyaga berildi. Bolgariya Egey dengiziga chiqish yo’llaridan mahrum qilindi. Bolgariyadan 1913 yilda tortib olingan Janubiy Dobrudja Ruminiyada qolaberdi. Bir necha shaharlar (Saribrod, Bossilegrad va boshqalar) Yugoslaviyaga o’tkazildi. Bolgariya floti g’olib davlatlarga berildi. Bolgariyaga faqat 20 ming kishidan iborat armiya saqlashga ruxsat berildi. Bolgariya ham reparasiya (2,2 milliard oltin frank) to’laydigan bo’ldi. Bundan tashqari Bolgariya minglab parovoz va vagonlar, topsho’mir, chorva mollari va hokazolarni topshirish majburiyatini oldi.
Sevr sulh shartnomasiga muvofiq, Turkiya o’ziga qarashli hududining 75%idan mahrum bo’ldi. Turkiya hududi Kichik Osiyo, Konstantinopol va uning atrofi bilan cheklab qo’yildi. Turkiyaga qarashli Falastin va Iroq (Mesopotamiya) Angliya nazoratiga, Suriya va Livan Fransiya nazoratiga topshirildi. Turkiya Arabiston yarim orolidagi yerlaridan voz kechdi va u yerda tashkal topgan Hijoz korolligini tanidi; Misrdagi hupuqlaridan Angliya foydasiga voz kechdi. Turkiya Armajistonning mustaqilligiîi tan olib, o’z tarkibidagi arman yerlaridan Armaniston fo{$asiga voz kechdi. Kurdiston Turkiyadan ajralib chiqdi. Izmir (Smirna), Adrianopol bilan Shazqiy Frakiya, Dardanellning Yevropa qirg’og’i va Gallipoliysk {arim oroli Gresiyaga topshirildi. Bo’g’ozlar zonasini boshqarish maxsus xalqaro komissiyaga yuklanadigan bo’ldi. Turkiya armiyasining miqdori 50 ming kishilik qilib cheklandi. Turkiya harbiy-dengiz flotining deyaòli haímasi ittifoqchilarga toshpiriladi'an bo’ldi. Lekin Turkiyada ko’garilgan antiimperialistik, milliy ozodlik kurashi natijasida 1922-1923 yillarda sulton monarxiya rejimi ag’darildi va Sevr sulh shartnomasi bekor bg’ldi.
Jirinchi jahon urupsh tugaganidan keyin Yevropada xalqaro kuchlarning yangi muvozanatini qayd etgan Versal shartnOmalar tartibi shu tariqa shakllandi. Bu tar|iboing ichida chuqur0ziddiyatlar mavjud bo’lib, keyinchalik namoyon bo’ldi.
1919 yili Parij konferensiyasida, Germaniya bilan Versal sulh shartnomasi tuzilgan vaqtda Millaular itgafoqi tashkil topdi. Bu xalqaro tashkilnt birinchi va ikkincxi jaxrn urushlari ortasida ish olib bordi.
Birinchi jahon urushi yillaridayoq bir qator mamlakatlarning burjua doiralari Millatlar ittifoyini tuzish g’oyasini ilgari surgan edilar. AQSh prezidenté ViLson 1919 yil yanvar oyida boshqa mamlakatlarda Millatlar ittifoqi to’g’risida tuzilgan loyihalarni hisobga olib, shu masalAdagi o’z loyihasini aaytadan ishlab chiqdi. Parij konferensiyasi ochilgan vaqtda Millatlar ittifoqi nizomini ishlab chiqish uchun Vilson boshchiligida maxsus komissiya tuzildi. Nizomni ishlab chiqishda ka4ta munozaralar yuz berda. Fransiya Millatlar ittifoqi huzurida xalqqro armiya va doimiy bosh shtar tuzishni taklif qildi, bu esa Fransiyaning Yevropada o’z gegemonligini o’rnatish plani bilan bog’liq edi. Fransiya taklifi Angliya va AQSh tomonidan rad etildi. AQSh Millatlar ittifoqini o’zining jahon hukmronligi uchun kurash quroliga, o’zining «jahon monopol fermasi»ga aylantirish uchun kurashdi. Angliya va Fransiya esa bunga yo’l qo’ymadilar.
1919 yil 14 fevralda Millatlar ittifoqining nizomi Parij sulh konferensiyasining yalpi majlisida qabul qilindi hamda Versal va boshqa sulh shartnomalari tekstiga kiritildi. Bu ittifoqqa AQShdan tashqari 43 davlat a’zo bo’lib kirdi. Dastlab AQSh ham bu tashkilotning «a’zosi» bo’lib hisoblanar edi. Ammo konferensiyada kuchlar nisbati Angliya va Fransiya foydasiga o’zgarganligi va Versal sistemasida ular ustun bo’lib qolganligi sababli AQSh kongressi Versal shartnomasini va uning tarkibiy qismi bo’lgan nizomni tasdiqlamadi, 1920 yilda qo’shma Shtatlar bu ittifoqqa kirishdan bosh tortdi.
Millatlar ittifoqi o’z ishini Assambleya, beshta doimiy va to’rtga doimin bo’lmagan a’zolardan iborat Sovet orqali va Bosh sekretar boshchilshidagi doimiy sekretariat orqali olib bordi. Millatlar ittifoqining asosiy organlari Jenevada bo’lib, unga Angliya va Fransiya davlatlari rahbarlik qildi.
Millatlar ittifoqi rasmiy jihatdan tinchlik va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash uchun tuzildi. Nizomda qurollarni qisqartirish, mamlakatlari hududlarining butunligini o’zaro garantiyalash va shu kabilar ko’rsatildi Nizomga muvofiq, agressor davlatga nisbatan iqtisodiy, moliyaviy va harbiy choralar ko’rish ko’zda tutildi. Liga biror marta xam bu jazo choralarini ko’llay olmadi, chunki uning ixtiyorida harbiy kuchlari ham, davlatlar o’rtasida obro’-etibori xam yo’q edi. Millatlar Ligasi Konvensiyasida uning a’zolari zimmasiga «barcha a’zolarning xududiy butunligini hurmat qilish va asrash» yuklatilgan edi. Ammo keyingi voqyealar shuni ko’rsatdiki, hyech kim bu shartlarni chindai ham bajarishga tayyor emas edi. Germaniya va Rossiyaning ligadan chnqarilgailigi mazkur xalqaro tashkilotning samaradorligini pasaytirdi, uning faoliyati munozara va muzokaralar bilan cheklanib qoldi.
Angliya, Fransiya va Yaponnya davlatlari Germaniya va Turkiyadan tortib olingan mustamlakalarni oshkora suratda o’zlariniki qilib olishga botinolmadilar. Shu sababli ular, bu mustamlaka xalqlari o’z-o’zini mustaqil idora qila olmaydi, degan bahonalar bilan Millatlar ittifoqi vasiyligini- mandat sistemasini vujudga keltirdilar. Angliyaga Falastin, Iroq kabi mamlakatlarni, Fransiyaga Suriya, Livan va boshqa mamlakatlarni, Yaponiyaga Marian va boshqa joylarni boshqarish mandati berildi. Mandat sistemasi amalda mustamlakachilik tartibi va zulmining yangi formasi edi.
Versal sistemasi Yevropada mustahkam tinchlik o’rnata olmadi. Bu sistema urushda g’olib chiqqan mamlakatlar bilan mag’lub mamlakatlar o’rtasidagi ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi. Germaniya mustamlakalarining ko’pchilik qismi Angliya va Fransiyaga o’tdi. Angliya Yaqii Sharqda, Hindiston va Britaniya dominioilariga borish yo’llarida hukmron bo’lib oldi- Fransiya Yevropa kitasida, Yaponiya Uzos Sharq Tiich okeanda ustunlikka ega bo’ldi. Ulug’ davlatlardan Germaniya vaktincha orqaga surib qo’yildi. Avstriya-Vengriya va Turkiya ulug’ davlatlar qatoridan chiqib qoldi.
Buning uyegiga dunyo ikki sistemaga bo’linib ketdi. Germaniya va boshqa mamlakatlar Versal sulh sistemasidan qutulishga, qurolli kuchlarni tiklash va hududlarni qaytarib olishga zo’r berib urindilar.
G’olib mamlakatlar o’rtasida ham ziddiyatlar kuchaydi. Italiya Versal sistemasidan norozi edi, chunki uning hudud haqidagi talablari to’la qondirilmagan edi. Angliya va AQSh Fransiyaning Yevropadagi ustunlik roliga qarshi edilar. Fransiya Angliyaning Yaqin Sharqda hukmron bo’lib qolishiga rozi bo’lmadi. Yevropada, Yaqin Sharqda va Afrikada hukmronlik pozisiyasini egallash uchun Angliya bilan Fransiya o’rtasida, Fransiya bilan Italiya o’rtasida, Angliya bilan Italiya o’rtasida ziddiyatlar keskinlasha bordi. Fransiya Angliyaning Turkiyadagi antiimperialistik kurash bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklaridan foydalanib, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropada o’z pozisiyasini mustahkamladi. Fransiya Turkiyaning Sevr sulh shartnomasini qayta ko’rib chiqish to’g’risidagi talablarini qo’llab-quvvatladi. 1920-1921 yillarda Fransiyaning yordami bilan va uning ta’siri ostida Kichik Antanta (Chexoslovakiya-Ruminiya-Yugoslaviya siyosiy va harbiy ittifoqi) tuzildi. Fransiya Polsha bilan siyosiy-iqtisodiy aloqa o’rnatdi.
AQSh boshqa imperialistik davlatlarning pozisiyalari kuchayib ketganidan mutlaqo norozi edi. Versal sistemasi, shu jumladan Millatlar ittifoqining nizomi AQShga hyech qanday real ustunlik va imtiyoz bermadi. Shuning uchun ham AQSh kongressining senati Versal shartnomasini, shu jumladan Millatlar ittifoqi ustavini ratifikasiya qilmadi. Biroq AQSh Yevropa va jahon siyosatiga aralashishni davom ettirdi.



Download 40,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish