Xalqaro munosabatlar tarixi



Download 40,05 Kb.
bet1/5
Sana11.06.2022
Hajmi40,05 Kb.
#655044
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Altibayev Husan .KURS ISHI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI


«JAHON TARIXI» KAFEDRASI
XALQARO MUNOSABATLAR TARIXI”FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: “VERSAL TIZIMIDAGI ZIDDIYATLARNING KESKINLASHUVI. SEVR SHARTNOMASINING BEKOR QILINISHI (1921-1923)”
Bajardi: 1-kurs magistranti Altibayev. H.
Ilmiy rahbar: dots. Hamroqulova. Sh
Topshirgan sanasi: 29.01.2022
Baho:
Samarqand-20022


VERSAL TIZIMIDAGI ZIDDIYATLARNING KESKINLASHUVI. SEVR SHARTNOMASINING BEKOR QILINISHI (1921-1923)


Reja:

1. Versal-Vashington tizimining yaratilishi


2. XX asr 20-yillari boshlarida dunyodagi xalqaro jarayonlar


3. XX asr 20-yillari o`rtalarida xalqaro munosabatlardagi ziddiyatlar


4. Sevr shartnomasining barbod bolishi



1. Versal-Vashington tizimining yaratilishi. Birinchi jahon urushida g’olib chiqqan AQSh, Angliya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning taslim bo’lgan Germaniya, Avstriya, Vengriya, Turkiya va Bolgariya bilan sulh shartnomalarini ishlab chiqish uchun 1919 yil 18 yanvarda Parijda sulh konferensiyasi ochildi. Bu konferensiya 1920 ysl 21 yanvargacha davom etdi. Konferensiyada Antanta tomonida turib urushda qatnashgan 27 davlat vakillari ishtirok etdi. Germaniya va mag’lubiyatga uchragan boshqa davlatlar faqat konferensiyaning so’nggi bosqichida, tayyorlangan sulh shartnomasini toppshrish vaqtida qatnashtirildi. Konferensiyada kichik davlatlarning fikrlari e’tiborga olinmadi. Konferensiyada AQSh (prezident Vilson), Angliya (bosh ministr Lloyd Jorj), Fransiya (Klemanso, konferensiya raisi) va Italiya (Orlando asosiy rol o’ynadilar. Ulardan tashkil topgan «To’rtlar soveti» eng asosiy organ bo’lib, bir qancha yashirin kengashlar o’tkazdi hamda ular xalqlar va davlatlarning taqdiri yuzasidan surbetlarcha savdolashdilar. Asosiy davlatlarning tutgan mavkelari bir-biriga zid, ko’pincha tamomila qarama-qarshi edi. Eng muhimi, Antanta ittifoqi avval boshdan maxfiy shartnomalar, yashirin bitimlar asosiga qurilgan bo’lib, yangi vaziyatda bu kelishuvlarni amalga oshirib bo’lmasdi. Ana shu shartnomalarga ko’ra, Rossiya Istambulni olishi va Dardanell bo’g’ozi ustidan nazorat o’rnatishi, buning evaziga Fransiyaning Elzas-Lotaringiyaga egalik qilish huquqini hamda Angliyaning Misr ustidan nazoratini e’tirof etishi zarur edi. Ruminiyaga Transilvaniyani berish va’da qilingan, ammo bu Vengriya manfaatlariga mos kelmasdi. Angliya arab xalqlariga Usmonli imperiyasidan chiqish va arab davlatlari tuzinshi taklif etdi. Ayni paytda bu taklif Angliya va Fransiyaning Yaqin Sharqni bo’lib olish haqidagi kelishuvlariga zid edi.
G’olib mamlakatlarning manfaatlari ham bir-biriga tamomila zid edi. Fransiya Germaniyadan o’zining kuchsizligini anglagan holda bu mamlakatni batamom kuchsizlantiradigan va Yevropada Fransiyaning ustunligini ta’minlaydigan tinchlik o’rnatilishini istar edi. Italiya Adriatika dengizi sohillari va orollarni qo’lga kiritishdan umidvor edi. Angliya o’zining imperiyasi hududlarini kengaytirishni o’ylardi. Yaponiya Osiyoda ustun mavqyega erishishni orzu qilardi. AQSh dengizlarda suzish erkinligini ta’minlashni talab etar, shu yo’l bilan o’zining okean floti ustunligidan foydalanishni mo’ljallardi.
Konferensiya qatnashchilarining doimo diqqat markazida turgan muammo «rus masalasi» edi. Bolshevizm g’oyalarining yoyilishi qarshisidagi qo’rquv Versal konferensiyasining qarorlariga ham o’z muhrini bosdi. G’arb mamlakatlari rahbarlari konferensiya boshlangan kundanoq Rossiyaga qarshi intervensiyani tashkil qilish bilan shug’ullandilar. Ular Rossiyadagi bolsheviklar hukumatini yuqotiga o’z mamlakatlaridagi inqilobiy harakatni va sharqdagi milliy-ozodlik xarakatini bostirishda muxim ahamiyatga ega bo’ladi, deb hisoblardilar.
Parij sulh konferensiyasi Germaniya va uning sheriklarining mag’lubiyatini, Avstriya-Vengriya va Turkiya imperiyasining parchalanishini, Yevropa va Yaqin Sharqda yangi davlatlar tashkil topganligini, mustamlakalarning Antanta foydasiga sayta taqsimlanishini aks zttirgan xujjatlarni ishlab chiqdi va qabul qildi.
Bu xujjatlarni ishlab chiqishda va o’ljani taqsimlash masalasida konferensiya qatnashchilari o’rtasida jiddiy kurash hamda talash-tortishlar bo’lib o’tdi. G’olib yirik davlatlarning har biri ikkinchisi hisobiga o’z pozisiyasini kuchaytirib olishga intildi. Fransiya reparasiyaning yarmidan ko’pini o’ziga berilishini talab qildi, boshqalar bunga qarshi chiqdilar.
Fransiya davlati Germaniyani zaiflashtirish va bo’lib yuborish uchun,
Bavariyani Germaniya tarkibidan chiqarish hamda Reynning so’l qirg’og’idagi yerlarda Reyn respublikasini tuzish uchun kurashdi va uni o’z protektoratiga olish niyatida bo’ldi. Lekin Angliya va AQSh bunga yo’l qo’ymadi. Ular Fransiyaga, ayniqsa Sovet Rossiyasiga qarshi tura oladigan kuchli Germaniyaning bo’lishini istar edilar. Fransiya Sovet Rossiyasiga va Germaniyaga qarshi o’z itgifoqchisi Polshaning hududini ancha kengaytirish tarafdori bo’ldi. Angliya bilan AQSh esa, Germaniyani juda ham zaiflashtirmaslik maqsadida Polshani ancha kengaytirishga qarshi chiqdi.
Yirik davlatlar o’zaro ba’zi yon berishlar asosida bitimga kela oldilar. Angliya va Fransiya Yaponiyaiing va urushda Antanta tomonidan qatnashgan boshqa davlatlarning qo’llab-quvvatlashi bilan AQSh ning jahonda hukmron bo’lib olish rejalariga yo’l qo’ymadilar. Shu bilan birga, ular o’zlarining zaif sheriklarining manfaatlariga e’tibor bermadilar. Tuzib chiqilgan sulh shartnomalarining hammasi Parij yonidagi shaharlarda, saroy va qasrlarda imzolandi.
1919 yil 28 iyuvda Germaniya bilan Versal sulh shartnomasi, 1919 yil 10 sentyabrda Avstriya bilan Sen-Jermen, 1919 yil 27 noyabrda Bolgariya bilan Neyi, 1920 yil 4 iyulda Vengriya bilan Trianon, 1920 yil 10 avgustda, Turkiya bilan Sevr sulh shartnomalari tuzildi. Bu shartnomalarning hammasi «Versal sistemasi» deb ataldi.1
Versal sulh shartnomasiga muvofiq, Germaniya va uning ittifoqchilari urushning aybdorlari, deb hisoblandi. Germaniyaning hamma mustamlakalari tortib olinib, Angliya, Fransiya, Belgiya va Yaponiya o’rtasida taqsimlandi, Fransiya va Angliya Afrikadagi Togo va Kamerunni taqsimlab oldilar» Germaniya janubi-g’arbiy Afrikasi Janubiy Afrika Ittifoqiga, Germaniya sharqiy Afrikasi Angliyaga, Yangi Gvineyaning Germaniyaga qarashli qismi Avstraliya ittifoqiga berildi. Germaniyaning Tinch okeandagi Karolina, Mariana va Marshall orollari hamda Germaniyaning Shandun yarim orolidagi (Xitoy) ijaraga olgan territoriyasi va imtiyozlari Yaponiyaga o’tdi. Germaniya Yevropada ham anchagina territoriyadan mahrum bo’ldi.
Fransiya ilgari qo’ldan ketgan Elzas va Lotaringiyani qaytarib oldi; u 15 yil davomida Saar oblasti ko’miriga egalik qiladigan bo’ldi; bu davrda shu oblast Millatlar itgifoqi tomonidan idora qilinadigan bo’ldi. Reyn viloyati zonasi esa demilitarizasiya silindi.
Eypen va Malmedi okruglari hamda Morene hududi Belgiyaga, Shimoliy Shlezvig plebissit natiyasasida Daniyaga o’tdi. Ilgari bosib olingan Polsha yerlarining juda oz qismi, ya’ni Poznanning sharqiy qismi, g’arbiy va Sharqiy Prussiyaning bir qismi (Polsha koridori), Yuqori Sileziyaning bir qismi yangi tashkil topgan Polshaga qaytarildi. Germaniyani Gdansk (Dansig)dan voz kechishga majbur qilindi. Gdansk Millatlar ittifoqi huzuridagi, «Erkin shahar»ga aylantirildi. Klaypeda (Memel) ham Germaniyadan ajratib olinib, keyinchalik Litvaga topshirildi.
Lekin Germaniya-Polsha chegarasi Polsha zarariga hal qilindi. Polshaning 100 000 kv.km. yeri va ancha polyak aholisi Germaniya tarkibida qoldi. Polsha Boltiq dengizi bilan Polsha koridori orqali tutashdi, xolos.
Germaniya Polsha, Chexoslovakiya, Avstriya va Finlyandiyaning mustaqilligini tanidi. Elba, Oder, Neman va Dunay (Germaniya doirasida) xalqaro suv yo’li, deb e’lon qilindi. Bu yo’llarni nazorat qilish uchun xalqaro komissiyalar tuziladigan bo’ldi.
Germaniya harbiy tomondan cheklab qo’yildi: Germaniyada umumiy harbiy majburiyat bekor qilindi.; german armiyasining sonini 100 ming kishidan oshirmaslik shart qilib qo’yildi. Germaniyaning harbiy dengiz floti ham qisqartirildi. Unda og’ir artilleriya va harbiy aviasiya bo’lishiga ruxsat qilinmadi. Armiya bosh shtabi tugatildi. Biroq Reyxsver ministrligi doirasida umum qo’shinlar boshqarmasi tuzilishiga ruxsat berildi. Versal — Vashington tizimi urushdan keyingi keskinlikni yumshatishga ma’lum darajada xizmat qildi. Uning bu xizmati xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi huquqining hamda urushga nizo- li masalalarni hal etish vositasi sifatida qaramaslik tamoyillarining tan olinishida o‘z ifodasini topdi.
Bundan tashqari, Millatlar Ittifoqining tuzilishi hamda qator Yevropa davlatlari mustaqilligining tan olinishi katta ahamiyatga molik tarixiy voqealar edi. Biroq Versal — Vashington tizimi mustahkam tinchlikning qaror topishiga asos bo‘la olmadi. Xo‘sh, nega?
Birinchidan, Antanta davlatlari urushdan keyingi qayta qurishlarning barcha og‘irliklarini yengilgan davlatlar hisobidan hal etishga urindilar. Ular yengilgan davlatlar xalqlarining urush chiqarishda aybdor bo‘lgan hukmron sulolalari va hukumatlarini ag‘darib tashlaganliklarini inobatga olmadilar.
Bular, o‘z navbatida, yengilgan davlatlar fuqarolari ongida milliy xo‘rlanish tuyg‘usini qo‘zg‘atdi. Bu esa shovinizm va milliy mustaqillik g‘oyalarining keng ildiz otishiga yo‘l ochdi.
Ikkinchidan, xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi qoidasidan kelib chiqib, milliy davlatlar tuzishda tuzatib bo‘lmas suiiste’molliklarga yo‘l qo‘yildi. Yangi davlatlar chegaralari shunday belgilandiki, natijada 19 mln ga yaqin kishi o‘zi mansub bo‘lgan millat nomi bilan atalgan davlat fuqarosi bo‘la olmay qoldi. Ular boshqa davlatlarda «milliy kam sonli xalqlar» atamasi ostida yashay boshladilar. Binobarin, bu 19 mln ga yaqin kishining mavjud ahvoldan noroziligi tinchlikka tahdid solmay qolmas edi. 
Uchinchidan, yangi tashkil etilgan davlatlar chegarasi shunday belgilan- diki, ular bir-biriga chegara da’vosi bilan istalgan paytda chiqishi mumkin edi. Bu omil ham tinchlikni xavf ostida qoldirardi.
To‘rtinchidan, Versal — Vashington tizimi shartnomalarining amalda bajarilishini ta’minlovchi kuchli mexanizm (vositalar) vujudga keltirilmagan edi.
Tuzilgan yangi xalqaro tashkilot — Millatlar Ittifoqiga bunday vakolat berilmagan edi. Antanta davlatlari ham bunda qodir emas edilar. Chunki kecha ittifoqchi bo‘lgan bu davlatlar o‘rtasida urushdan keyin vujudga kelgan ziddiyatlar amalda ittifoqchilik majburiyatlarini yo‘qqa chiqargan edi.
Beshinchidan, sobiq Germaniya va Turkiya imperiyalari xalqlariga mustaqillik amalda mandat tizimining vasiylik tamoyili bilan niqoblandi, xolos. Yirik mustamlakachi asosiy davlatlar Buyuk Britaniya va Fransiya «buyuk vasiy»lar ham bo‘lib oldilar. Mustamlaka xalqlar milliy-ozodlik ku- rashini davom ettirdilar.
Oltinchidan, Versal — Vashington tizimi Sovet Rossiyasining ishtirokisiz yaratildi. Antanta sovet davlatiga dushman Germaniya bilan separat sulh tuzgan sotqin deb, bolshevizmga esa dushmanlik ko‘zi bilan qaradi.
Versal — Vashington tizimiga kiruvchi birorta ham shartnomani imzolamagan Sovet davlati bu tizimga nisbatan muxolifat bo‘lib qoldi.

Download 40,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish