Xalqaro munosabatlar tarixi


XX asr 20-yillari o`rtalarida xalqaro munosabatlardagi ziddiyatlar



Download 40,05 Kb.
bet3/5
Sana11.06.2022
Hajmi40,05 Kb.
#655044
1   2   3   4   5
Bog'liq
Altibayev Husan .KURS ISHI

3. XX asr 20-yillari o`rtalarida xalqaro munosabatlardagi ziddiyatlar
Xususan, AQSH o‘zini dunyoning yetakchi davlati, Yevropa davlatlariga bergan qarzi hamda Birinchi jahon urushining Antanta foydasiga hal bo‘lishiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, Vilson ilgari surgan tinchlik dasturi AQSHga jahonni ma’naviy idora qilish huquqini beradi, deb hisoblar edi.
AQSH Buyuk Britaniya va Fransiya Yevropa siyosatini belgilovchi davlatlar bo‘lib qolishini istamas, shuning uchun Germaniya butunlay kuchsizlan- tirilgan holatga tushirib qo‘yilishiga qarshi edi.
Buyuk Britaniya Germaniyaning dengiz va iqtisodiy qudratini sindirgan- ligini o‘zining katta yutug‘i deb hisoblardi. Germaniyaning sobiq mustamlakalarini o‘z imperiyasi tarkibiga qo‘shib olishga intilardi. Ayni paytda Fransiyaning Germaniya hisobiga kuchayishini ham istamas edi. 
Shuning uchun Fransiya Bosh vaziri J. Klemansoning Buyuk Britaniya Bosh vaziri D. Lloyd-Jorjga: «G‘alabadan keyin darhol Britaniya bizning dushmanimiz bo‘lib qoldi»,— deb ta’na qilganligi bejiz emas. Bunga javo- ban Lloyd-Jorj Klemansoga qarab kulib turib: «Britaniyaning siyosati shunday emasmi?» — deb javob qaytarganligini tarix unutgan emas. Lloyd- Jorj Fransiya kuchayib ketishining hamda bolsheviklar solishi mumkin bo‘lgan xavfning oldini olish maqsadida kuchli Germaniyaning saqlanib qolishidan manfaatdor edi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya AQSHning jahon siyosatida tutgan o‘rni, shuningdek, harbiy-dengiz qudrati tobora oshib borayotganligidan tashvishda edi. Biroq bu jarayonning oldini olishga qodir emas edi. Chunki AQSH Buyuk Britaniyani qarz beruvchi davlatdan qarzdor davlatga aylantirib qo‘ygan edi. Buning ustiga iqtisodi tobora kuchsizlanib, moliyasi va savdosi izdan chiqib bormoqda edi.
Fransiya katta uchlik ichida eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat edi. Chunki urush harakatlari uning hududlarida olib borilgan edi. Ayni paytda u ham qarz beruvchi davlatdan qarzdor davlatga aylanib qoldi. Bu ham yetma- ganidek, Sovet hukumati podsho Rossiyasining chet davlatlardan olgan qarzini to‘lashdan bosh tortganligi Fransiya uchun qattiq zarba bo‘ldi. Chunki chor Rossiyasi eng ko‘p qarzni Fransiyadan olgan edi.
Shuning uchun ham u barcha yo‘qolgan boyliklari o‘rnini Germaniya hisobidan qoplashni istar edi. Bundan tashqari, Fransiya Germaniyaning nihoyatda kuchsizlantirilishi tarafdori edi. Fransiya nafaqat Germaniya bir vaqtlar undan tortib olgan hududlarini qaytarib olishni, ayni paytda Germaniyaning Saar ko‘mir havzasi va Reyn daryosining so‘l sohilidagi yerlarni ham qo‘shib olishni istar edi. Shuningdek, Fransiya Yevropaning Ruminiya, Chexoslovakiya va Polsha kabi davlatlaridan kelgusida Germa- niyaga qarshi o‘ziga xos bir ittifoq tuzish niyatida ham edi. Ayni paytda Fransiya hukmron doiralarining rejasiga ko‘ra, bu davlatlar Sovet Rossiya- siga qarshi kurashda ham asqotishi lozim edi. «Katta uchlik» esa Sovet Rossiyasiga qarshi kurash masalasida yagona fikrda edi.
AQSh 1921 yil avgusgida Germaniya bilan separat shartnoma imzoladi va Germaniya iqtisodiyotiga faol suqilib kira bordi. AQSh hukumati nemis monopoliyalarini qo’llab-quvvatladi.
1920-1921 yillarda ro’y bergan iqtisodiy inqiroz zaminida imperializmning barcha ziddiyatlari yanada keskinlashdi.
O’zaro ziddiyatlar orasida ayniqsa AQSh bilan Angliya o’rtasidagi, shuningdek AQSh bilan Yaponiya o’rtasidagi ziddiyatlar eng asosiy ziddiyatlar bo’lib qoldi. Angliya va Yaponiya jahonda hukmronlik qilish uchun kurashda AQShning eng xavfli raqibi bo’lib chiqdilar. Uzoq Sharqda AQSh bilan Yaponiya o’rtasida jiddiy nizo vujudga keldi. Yaponiyaning Tinch okeanda,(Shandunda) o’z pozisiyasini kuchaytirib olganligi Amerikaning agressiv muddaolariga zid edi.
Germaniyadan olinadigan reparasiya masalasi ham g’olib davlatlar o’rtasida, ayniqsa Fransiya bilan Angliya o’rtasida nizolarni keskinlashtirgan sabablardan biri edi. Fransiya reparasiyaning ko’p qismini talab qildi.
Reparasiya masalasida 1920-1921 yillarda bir necha marta konferensiya bo’lib o’tdi. 1920 yil iyunida Bulonda chaqirilgan konferensiya reparasiya summasini 269 milliard oltin marka qilib belgiladi. Konferensiya reparasiyaning 52%i ni Fransiyaga, 22%i ni Angliya, 10%i ni Italiyaga va qolgan qismini boshqa davlatlarga ma’lum foiz miqdorida taqsimladi. 1921 yil yanvaridagi Parij konferensiyasida esa reparasiya summasi 226 milliard oltin marka miqdorida qilib va to’lash muddati 42 yil qilib belgilandi.
Germaniyaning reparasiya to’lovlari miqdori 1921 yil aprel-may oylaridagi London konferensiyasida 132 milliard oltin marka miqdorida qilib belgilandi. Antanta Germaniyaga dastlabki mo’ljallarga nisbatan ancha kamaytirilgan reparasiya shartlarini majburan qabul qildirdi va o’sha yilning may oyidayoq reparasiya hisobiga 1 milliard oltin marka undirib oldi. Germaniya 1919-1922 yillar mobaynida hammasi bo’lib 8 milliard oltin marka to’ladi. 1922 yil yanvarida Germaniyaning iltimosi bilan reparasiya to’lash muddati bir yilga kechiktirildi. 1923 yil yanvarida Germaniya to’lov muddatining yana kechiktirilishini so’radi. Fransiya bunga unamadi. Shu asosda yangi nizolar boshlandi.
Urush qarzlari muammosi urushdan keyinga yillardagi chigal va murakkab masalalardan biri bo’ldi. Bu masala ham bir qancha xalqaro kengash va konferensiyalarda muhokama qilindi.
AQSh ittifoqchilarining AQShdan qarzi 11 milliard dollarni tashkil qildi va katta dastak qilishga urindi. Shu maqsadda AQSh kongressi 1922 yil fevralida bu qarzlarli tegishli foiz bilan ittIfoqchilardan so’zsiz undirib olish to’g’risida maxsus qonun qabul qildi. Bu qonunni amalga oshirish yuzasidan alohida komissiya tuzildi. AQSh qarzlarni qistash yo’liga o’tdi. Ittifoqchélarning qavzlarni bekor qilish yoki to’lash muddatini kechiktirish umidlari chippakka chiqdi. Keyinchalik AQSh ayrim ittifoqchi davlatlar bilan (masalan,1923 yil fevralida Angliya bilan) qarzlar masalaqida bitiilar imzoladi, Angliya qarzlari 30% kamaytirilib, to’lash muddati 62 yil qilib belgilandi.
Kapitalistik dunyoda Sovet Rossiyasiga nisbatan ikki xil tendensiya vujudga kelgan edi: birinchi tendensiya Sovet Rossiyasi bilan iqtisodiy aloqa o’rnatish tendensiyasi edi. Bu tendensiyadagi davlatlarning ko’pchiligi Sovet rejimining aynib ketishiga va keyin uni ta1simlab olishga umid bog’lar edi. Bu pendensiya vakillari (Angliyada Lloyd-Jorj, Fransiyada Errio, AQShda senatorlar Bora, Uiler va Gudrich)lar edi. Ikkinchi tendensiya qulay imkoniyat topib, Sovet Rossiyasiga qarshi yana qurolli intervensiya qilish tendensiyasi edi. Bu tendensiya vaqti-vaqti bilan oshkora ko’rinib turdi. AQSh prezidenti Garding, davlat sekretari Yuz, Angliyada Cherchill, Kerzon, Fransiyada Klemanso, Puankare, Germaniyada Lyudendorf va boshqalar bu tendensiyani zo’r berib qo’llab-quvvatladilar. Kapitalistik dunyoda birinchi tendensiya ikkinchi tendensiyaga nisbatan ustun chiqdi.2
1921 yil martida Sovet Rossiyasi bilan Angliya o’rtasida savdo bitimi tuzildi. Bu esa amalda Angliya tomonidan Sovet Rossiyayeining tanilishi edi. O’sha yilning may oyida Sovet respublikasi bilan Germaniya o’rtasida vaqtincha savdo bitimi imzolandi. Norvegiya, Italiya va Avstriya bilan ham shunday bitimlar tuzildi. 1921 yil fevralida Sovet Rossiyasi bilan Eron va Afg’oniston o’rtasida shartnomalar, mart oyida Sovet respublikasi bilan Turkiya o’rtasida do’stlik shartnomasi tuzildi. 1921 yilda tuzilgan Mo’g’uliston xalq hukumati bilan Sovet hukumati o’rtasida o’sha yilning noyabrida do’stlik va qardoshlarcha hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandn. Lekin AQSh, Angliya, Fransiya kabi bir qancha yirik davlatlar Sovet Rossiyasi bilan hali diplomatik aloqalar o’rnatmagan edilar.
1921 yilgi iqtisodiy inqiroz kapitalistik mamlakatlarni ancha qiyin ahvolga solgan edi. 1921 yil dekabrida Londonda Angliya va Fransiya bosh ministrlarining, Parijda, Angliya, Fransiya, Italiya va Belgiya ekspertlarining kengashlari bo’lib o’tdi.
1922 yil yanvarida Antanta oliy sovetining kengashi Markaziy va Sharqiy Yevropani iqtisodiy «tiklash» programmasini ishlab chikish uchun Genuyada xalqaro iqtisodiy konferensiya chaqirishga qaror qildi va bunga Sovet Rossiyasini, shuningdek Germaniya, Avstriya, Vengriya va Bolgariyani taklif etdi.
Genuya konferensiyasi 1922 yil 10 apreldan 19 maygacha davom etdi, unda 34 mamlakat, shu jumladan Sovet Rossiyasi delegasiyasi ishtirok etdi.
Konferensiyada Angliya va Fransiya asosiy rol o’ynadi. AQShning vakili kuzatuvchi sifatida qatnashdi va konferensiya ishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Konferensiyadagi asosiy masala «rus masalasi» degan masala edi. Konferensiyada Sovet Rossiyasini sobiq chor hukumati va Muvaqqat hukumatning chet el mamlakatlaridan olgan hamma qarzlarini (foizlari bilan birga 18 milliard so’m) to’lashga, inqilobga qadar chet el kapitalistlarga qarashli bo’lib, keyin Sovet hukumati tomonidan milliylashtirilgan zavod, fabrika, kon va boshqa korxonalarni o’sha mulkdorlarga qaytarib berishga yoki kompensasiya to’lashga, sovet tashqi savdo monopoliyasini bekor qilishga, Sovet mamlakatidagi chet elliklar uchun eksterritoriallik (aloxida imtiyozlilik) huquqi tartibini o’rnatiuvga majbur qilmoqchi bo’ldilar. Ular ana shu shartlar asosidagina Sovet Rossiyasiga zayom va kredit berilishini bildirdilar. Antantadan juda katta zarar ko’rgan Germaniya qiyinchiliklarni yengib o’tish yo’llarini izlar edi. Rus nefti masalasida Angliya-Gollandiya neft kompaniyasi bilan Amerika neft monopoliyalari o’rtasida ziddiyat keskinlashdi.
Sovet delegasiyasi bu ziddiyatlardan foydalandi. 1922 yil 16 aprelda Rapalloda (Genuya yonida), sovet delegasiyasining rezidensiyasida RSFSR bilan Germaniya o’rtasida shartnoma tuzilib, diplomatik aloqalar o’rnatildi. Ikki tomon bir-birlariga nisbatan hyech qanday iqtisodiy talablarni qo’ymaydigan bo’ldilar. Natijada kapitalistik davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlar va Sovet-Germaniya shartnomasining tuzilishi birlashgan antisovet frontni buzib tashladi.Germaniyaning ham xalqaro pozisiyasini ancha mustahkamladi.
Antanta davlatlari Genuya konferensiyasida o’z maqsadlariga erisha olmadilar. Konferensiya boshi berk ko’chaga kirib qoldi. Muzokaralar Gaaga (Gollandiya) konferensiyasida (1922 yil 15 iyun-19 iyul) davom ettirildi. g’olib davlatlar bu konferensiyada ham o’zlarining o’ylagan rejalarini amalga oshira olmadilar. Turkiyada ko’tarilgan milliy ozodlik harakati natijasida birinchi galda Angliyaning pozisiyasiga jiddiy zarba berilgan edi. Antanta davlatlariqin Sharqda qiyin ahvolga tushib qoldilar. Turkiyaning Mustafo Kamol boshchiligidagi yangi hukumati Sevr sulh shartnomasini tan olmadi. Antantaning Turkiyaga qarshi uyushtirgan harbiy intervensiyasi xususan Aigliya-Gresiya intervensiyasi 1922 yil avgust-sentyabr oylarida tor-mor qilindi. 1922 yil 11 oktyabrda Antanta bilan Turkiya o’rtasida yarash bitimi imzolandi. Antantaniig, avvalo Angliyaning Yaqin Sharqdagi siyosati barbod bo’ldi.


Download 40,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish