2. Valyuta operatsiyalarining mohiyati - Arbitraj operatsiyalari – valyuta kurslarifarqidan foyda olish maqsadida amalga oshiraladigan spekulyativ operatsiyalardan biridir. Bunda odatda, arbitrajyor ma’lum bir qisqa vaqt oralig’ida turli joylardagi valyuta bozorlarida shakllangan bir turli valyuta kurslari farqidan foyda oladi. Ya’ni, bir joydan valyutani arzon sotib olib, boshqa bir joyda qimmatroqqa sotadi. Bu kabi, qisqa muddatli valyuta arbitraji operatsiyalarida risk darajasi uzoq muddatli valyuta operatsiyalariga nisbatan kam bo’ladi. Arbitrajyorlar valyuta bozordagi kurslarning o’zgarish tendentsiyalarini aniqlash maqsadida doimo ularni kuzatib boradilar, yirik banklar faoliyati natijalarini proznozlash, bozorga keskin ta’sir ko’rsatuvchi omillarni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |