2. Valyuta operatsiyalarining mohiyati Naqd kassa bitimi deganda, odatda, spot operatsiyalari tushuniladi. Spot operatsiyasi, qoida bo’yicha, bitim kunini hisobga olmagan holatda, ikki ish kuni davomida valyutani ayirboshlash bitimini bildiradi. Shuni alohida qayd etib o’tish lozimki, valyuta operatsiyalari ichida eng ko’p qo’llaniladigani spot operatsiyalaridir va ushbu bozorlarda tijorat banklarining ulushi sezilarli darajada. Tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining tarkibiga qaraladigan bo’lsa, unda spot operatsiyalari hajmi jami valyuta operatsiyalarining 80 foiz miqdorini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |