O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“XALQARO MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI
KATTA O‘QITUVCHISI G.BAYMURATOVA TOMONIDAN TAYYORLANGAN
“XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARI”
FANIDAN VIDEO MA’RUZA
3-mavzu. Valyuta operasiyalari
Reja:
1. Valyuta kursi va uning turlari
2. Valyuta operatsiyalarining mohiyati
3. Valyuta siyosati
1. Valyuta kursi va uning turlari Valyuta yoki ayriboshlash kursi ma’lum bir mamlakatni tashqi dunyo bilan bog’lab turadi, shuningdek milliy iqtisodiyot holatini tashqi dunyo bilan taqqoslash, xalqro iqtisodiy operatsiyalar samaradorligini baholash imkonini beradi. Valyuta kursi mamlakatning joriy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holati va istiqboldagi rejalari to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi. Iqtisodiyoti nisbatan ochiq mamlakatlar uchun valyuta kursi muhim ko’rsatkichlardan hisoblanadi.
Valyuta kursi (exchange rate) bir mamlakat pul birligining ikkinchi bir mamlakat valyutasiga nisbatan bahosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |