Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
moliya bozori nima va u qanday segmentlardan iborat;
zamonaviy iqtisodiyotda moliya bozori qanday rol o'ynaydi;
moliyaviy bozorlarning asosiy modellari qanday ishlaydi.
Kapitalning faqat bitta hayotiy intilishi bor - o'sish istagi.
Karl Marks
I BOB. XALQARO MOLIYA BOZORINING NAZARIY JIHATLAR
Xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishining tarixiy bosqichlari
Xalqaro moliya munosabatlarining shakllanish jarayoniga nafaqat alohida davlatlarning ta’siri, balki xalqaro hamjamiyatning taraqqiy etgan yo‘llari, davlatlarning tutgan siyosati, ularning iqtisodiyoti va boshqa omillar ta’sir etgan. Bular qatorida xalqaro moliya institutlarining tutgan o‘rni alohida e’tiborga loyiq. Shu Bilan birga unutmasligimiz kerakki, xalqaro moliya institutlarining siyosati avvalambor eng kuchli va taraqqiy etgan davlatlarning siyosatini aks ettirib kelgan.
Xalqaro moliya institutlari faoliyatining boshlanishi 1944 yil iyul oyida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Bretton Vuds shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanga borib taqaladi. Bunda Xalqaro Moliya Jamg’armasining (XMJ) va Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki (Jahon Banki)ning ta’sis qilinishi to‘g’risidagi shartnomalar qabul qilindi.
Hali ikkinchi jahon urushi tugamagan va urushdan keyingi siyosiy sharoit qiyofasi endigina Yalta konferensiyasida aniqlana boshlagan bir vaqtda bunday anjumanga nima hojat bor edi? To Napoleon urushlari Yevropada o‘tmaguniga qadar, Dunyo miqyosida kata uzviy bog’langan bozor va moliya tizimi hali mavjud emas edi. To‘g’ri, Buyuk Britaniya o‘z mustamlakalaridan arzon xom ashyo olib kelib ularga o‘zining sanoat mollarini o‘tkaza boshlagan edi. Lekin umum dunyo iqtisodiyotida bu jarayonlar hali kata o‘rin egallamagan edi. O‘n sakkizinchi asrda dunyo hali parchalanmagan, Yevropadagi alohida davlatlar o‘zaro savdo-sotiqni amalga oshirsalarda, asosiy ta’minot hali ichki (natural) ishlab chiqarish bilan ta’minlanar edi. Fransiya inqilobi va undan keyingi Napoleon urushlari Yevropa miqyosidagi sharoitni keskin o‘zgartirib yubordi. Davlatlar chegaralaridagi to‘siqlar kamaytirildi va o‘zaro savdo taraqqiy topa boshladi. Savdoni amalga oshirish uchun Fransiyaning franklari xizmat qila boshladi. Buyuk Britaniya bu sharoitdan foydalana olmadi. XIX asr boshlarida Napoleonning Buyuk Britaniyaga qarshi olib borgan «kontinental blokada» siyosati Britaniyaning mollarini Yevropa bozorlariga kirishini chekladi.Napoleon urushlarining yakunlanishi Britaniya uchun juda katta afzalliklar yaratdi. Endi Buyuk Britaniya o‘z ustunliklaridan foydalanib butun Yevropa mollarini sotish va bundan kata foya olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Buni amalga oshirish uchun Buyuk Britaniya iqtisodiy uslublarinigina emas, balki siyosiy va diplomatik imkoniyatlarini ham keng qo‘llagan. Maqsad xalqaro savdo t araqqiyoti uchun muhim bo‘lgan erkin bozorlarning shakllanishi va Buyuk Britaniya mollariga dunyo miqyosida keng yo‘l ochib berish edi. Erkin bozorlarning taraqqiy etishi ishonchli moliya ta’minoti bilan bog’liq edi va bu moliyani ham Buyuk Britaniya ta’minlay boshlagan. Buyuk Britaniya siyosati oltin bilan ta’minlangan o‘z valyutasi fund sterlingni etkazib berish bilan cheklanib qolmay, xalqaro bozorlarda pullarning erkin «oqimi»ni ham ta’minlashga qaratilgan. Natijada Buyuk Britaniya dunyo miqyosidagi bankirga aylangan. Londan shahri nafaqat Buyuk Britaniya Imperiyasining moliya markazi tusiga kirgan. Buning asosini albatta fund sterlingning keng ishonchni qozongani va oltin bilan ta’minlanganligi amalga oshira olgan.
O‘n to‘qqizinchi asrning o‘rtalaridan to birinchi jahon urushi boshlanguniga qadar Buyuk Britaniya xalqaro moliyalarning aylanishini ta’minlash uchun muhim bo‘lgan standartlarni ma’lum jihatdan shakllovchi markaz amallarini bajargan. Xalqaro moliyachilar va davlatlarning o‘zaro savdosi buning o‘ziga yarasha afzalliklaridan foydalanganlar. Bu davrda Britaniya moliyachilari va siyosatchilari o‘z o‘rinlarida, xalqaro ishlar, iqtisodiy aloqalar va moliya sohasi bo‘yicha kata tajribalar orttirganlar.
Birinchi jahon urushining boshlanishi Buyuk Britaniyaning xalqaro moliya bozorlaridagi mavqei pasayishining boshlanganligidan dalolat beradi. Buning sababi, bir tarafdan fund sterlingning oltin bilan ta’minlanishining vaqtincha to‘xtatilishi bo‘lsa, asosiysi, boshqa davlatlarning iqtisodiy jihatdan tara qqiy etib, Britaniya bilan barobar raqobat olib bora olganligi bo‘ldi. Avvalambor, bu imkoniyatga Amerika Qo‘shma Shtatlarining korporatsiyalari va banklari erishdi.
Birinchi jahon urushi yillarida AQSH urushayotgan davlatlar bilan savdosotiqdan va ularga qarz berishdan katta daromad qilgan dunyodagi eng boy davlat tusiga kirgan edi. XIX asrdan boshlab Lotin Amerikasiga nisbatan qo‘llangan mashhur «Jeyms Monro g’oyasi»ga asoslangan siyosat o‘z samarasini bergan va endi Amerika o‘z intilishlarini Indoneziya, Xitoy va boshqa Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari sari yo‘naltirgan edi. Natijada, AQSH korporatsiya va banklari bu davrga kelib dunyodagi eng katta sarmoyador tusiga kirdi va sarmayalaridan katta foyda olib, Amerikani yanada boyita boshladi.
Birinchi Jahon urushi tugagach, yigirmanchi yillarning o‘rtalarida Yevropa davlatlari inflyatsion jarayonlarga uchradilar. Bu hol avvalambor Avstriyada boshlandi. Keyin Germaniya va boshqa davlatlarga birin-ketin yoyilib ketdi. Yevropa davlatlari bu jarayonlarni to‘xtatishga hapakat qilmadilar, balki gohida o‘zaro savdo-sotiqda ma’lum afzalliklarga erishish uchun bu ularning qo‘llayotgan maxfiy siyosatlari tusiga kirgandek edi. Natijada xalqaro savdo qisqarib ketdi va bu o‘z navbatida ishlab chiqarishning susayishi va ishsizlikning haddan tashqari o‘sib ketishiga olib keldi.Amerika bu jarayonlardan chetda qola olmadi. Uning mollarin chet davlatlarda sotilishi kamaydi. Ekspatriatsiya qilinayotgan (chet eldagi sarmoyalardan olib kelinadigan) foyda qiymati sarmoyalar miqdoriga nisbatan tushib ketdi. Avvalambor AQSHning ichki iqtisodiy vaziyati, moliya sohasidagi suiiste’molchiliklar va qonunbuzarliklar natijasida Amerika qimmatli qog’ozlar bozori markazi - Birja 1929 yilning oktyabr oyida inqirozga uchradi. Xalqaro iqtisodiy inqirozni yengish uchun kuchlar birlashtirilishi va davlatlar o‘zaro kelishilgan holda bu borada siyosat olib borishlari kerak edi. Ammo bu davrlarda bo‘lib o‘tgan birorta ham xalqaro anjuman, ya’ni Genuyadagi 1922 yildagi konferensiya, Vestfaliyadagi tinchlik konferensiyasi, Londondagi 1933 yilda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy anjuman xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlikka asos sola olmadi. Agar inqiroz boshlangan kezlari Amerika Qo‘shma Shtatlari chet el savdosidagi barqarorlikka intilganida yoki ishonchli moliyaga muhtoj bo‘lgan davlatlarga qarz berganida edi, xalqaro miqyosda inqirozni yengishga hissa qo‘shgan va bu orqali o‘zining ham iqtisodiy muammolarini yengishiga sharoit yaratgan bo‘lar edi. Ammo, u davrda Amerika Qo‘shma Shtatlarida Buyuk Britaniya ega bo‘lgan tajriba hali yo‘q edi. Bu davlatda iqtisodiy taraqqiyot erkin savdo va bu bilan bog’liq bo‘lgan keskin raqobat sharoitida shakllanganligi, Amerika siyosatchilari tarafidan nafaqat davlatlararo iqtisodiy aloqalar sohasida, hatto ichki iqtisodiy siyosatning shakllanishida ham iqtisodning boshqarilishiga davlat aralashuvi to‘g’risida tanqidiy munosabatda bo‘lganlar. Buning ustiga 1931 yilda olib borilgan Smut-Xauley (Smoot-Hawley tariff) nomini olgan boj to‘lovining kiritilishi ichki bozorni importdan himoya qiluvchi siyosatini amalga oshirdi. Boshqa davlatlar ham shunga o‘xshash choralarni ko‘ra boshladilar. Xalqaro miqyosda bu o‘zaro savdoni 1933 yildagi 33 milliard dollardan 13 milliard dollarga tushib ketishiga olib keldi.
Xalqaro savdoning va shunga yarasha ishlab chiqarishning pasayib ketishi moliya sohasidagi muammolarni tezlatdi. 1931-1940 yillardagi xalqaro qarzlar inqirozi natijasida bir qancha davlatlar, shu jumladan Xitoy, Fransiya, Yunoniston, Germaniya, Majariston, Lotin Amerikasi davlatlarining ko‘pchiligi, Polsha, Turkiya, Yugoslaviya va hatto Buyuk Britaniya davlatlari 80 milliard dollarga Yaqin qarzlarini to‘lay olmaganlar.
Etmishinchi yillarning boshlariga kelib bir qancha omillar moliya bozorlaridagi savdoni keskin o‘sib ketishiga imkon yaratdi va undadi:
1. Amerika va boshqa taraqqiy topgan davlatlar yirik banklarining ko‘plab sho‘balari chet elda va markaziy banklar nazorati cheklangan offshor yerlarda ochilishi, moliya bozorlarida oligopolistik sharoitni yuzaga keltirdi. Raqobat kuchaygan sari ularning faoliyatlari, shu jumladan yuqorida aytilgan xatarlar bilan bog’liq faoliyatlari keskin o‘sdi. Amerika hukumati tarafidan ichki moliya bozorini ham siqish shunga olib keldiki, Amerika banklari chet eldagi sho‘‘balaridan ko‘proq daromad oladigan bo‘ldilar. 1970-1976 yillar davomida Amerikaning eng yirik 10 ta bankining ichki bozorda oladigan daromadi 103,5 foizga oshdi va 817,3 mln. dollarga etdi. CHet el sho‘‘balaridan olgan daromadlari 4,9 barobar oshib 826 mln. dollarga etdi. 1970 yildan to 1981 yilga qadar umumiy daromadlar ichida chet eldagi sho‘‘balardan olinadigan daromadlar qismi 17,5 foizdan 48,0 foizgacha oshdi.
2. Bretton Vuds shartnomasidagi oltin standartdan voz kechish bilan bog’liq bo‘lgan chayqovchilik harakatining keskin o‘sishi.
3. Aynan shu payt birinchi neft inqirozi boshlanishi va bu sohadan milliardlab daromad olinishiga to‘g’ri keldi. Neft sotuvidan orttirilgan (neft dollarlar) milliardlab dollarlik mablag’lar banklar uchun kerakli jamg’arma bo‘lib, yangi qarzlar berishgai mkon yaratdi.
4. Yevropada keng miqyosda qimmatli qog’ozlar bozori va boshqa moliyaviy asboblar taraqqiy topa boshladi.
Yevropa dollarlari bozorining taraqqiyoti banklarga tez sur’atlarda qarz berish imkoniyatini yaratdi. Bu xalqaro bankchilikning o‘sishiga va by banklar berayotgan qarzlar miqdori, moliya bozorlarida aylanayotgan dollarlar miqdori ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xalqaro savdoning o‘sish suratlariga qaraganda ko‘proq miqdorda o‘sishiga olib keldi.
Yetmishinchi yillarda davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlari o‘zgarishi natijasida xalqaro bozorlardagi kuchlar orasida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Asosiy yirik iqtisodiy markazlar (YIM) bo‘lmish AQSH, Yevropa Umumiy bozor davlatlari va Yaponiya orasida raqobat yanada kuchayib bordi. Bu raqobat ushbu markazlarning taraqqiy etayotgan davlatlarga bo‘lgan munosabatlarida aks etdi.
Taraqqiy etayotgan davlatlarning xom-ashyo ustidagi raqobati nafaqat iqtisodiy, balki bu markazlar orasidagi siyosiy munosabatlarga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
M,T,Haydarov Xalqaro moliya bozorlari taraqqiyoti globallashuv jarayonida. Toshkent”Fan” nashriyoti 2003 70-yillarga borib taraqqiy etgan davlatlar ishlab chiqarish imkoniyatlari yuqori darajaga etishi, bu erda xom ashyo iste’moliga talab oshib borishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga YIM davlatlarining xom ashyo bilan ta’minlanganligi turli darajada bo‘lgani ham o‘zaro munosabat va raqobatga ta’sir qildi. Masalan, Yevropa Ittifoqi davlatlari va ayniqsa Yaponiyaga nisbatan AQSH o‘zining turli xom ashyo zahiralariga ega. Shu jumladan, foydalanilayotgan neftning 28,5 foizini AQSH chetdan import qilgan bo‘lsa, G’arbiy Yevropa davlatlari 97 foiz atrofida, Yaponiya esa xanuzgacha deyarli hammasini import qiladi.
5. 1974 yilda neft narxlari to‘rt barobar oshib ketgani bu davlatlar iqtisodiyotiga keskin ta’sir ko‘rsatdi. Neft ishlab chiqaruv chi davlatlar o‘zaro OPEK tashkilotiga birlashganliklari umumiy siyosat yuritishga sharoit yaratdi. Natijada shu yili sanoati rivojlangan davlatlarning OPEK a’zolariga bo‘lgan qarzlari 60 mlrd. dollarni tashkil etdi. Qarzlar 1976 yilga borib 40 mlrd.gacha pa saysa ham, bu ularning to‘lov balanslariga, ichki sarmoya siyosatlariga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu, iqtisodiy inqiroz avj olib ketishiga olib kelib, bir qancha davlatlarda ishlab chiqarish hajmi tushib ketdi: Yaponiyada 18% ga, Italiyada 17,5%, AQSH va Fransiyada 15%gacha.
6. Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillar, ya’ni mustamlakachilik ta’siri tugayotgan davrda, AQSH ilgari Yevropa davlatlariga qarashli bo‘lgan, taraqqiy etayotgan davlatlardagi ko‘plab xom-ashyo bozorlarini egallashga muvaffaq bo‘lgan. AQSH xom ashyo ishlab chiqarishda, uni transportda etkazib berish va sotishda ilgarilab ketgan bo‘lib, shu orqali boshqa YIM davlatlariga o‘z ta’sirini o‘tkaza olgan. 70-yillarga borib vaziyat o‘zgarishi, AQSH asosan yer yuzining G’arbiy qismiga (Kanada, Lotin Amerikasi), Yevropa Ittifoqi - Afrikada va Yaponiya, Avstraliya va Osiyoning Tinch Okeanii bo‘yidagi davlatlarga o‘z ta’sirlarini o‘rnatishiga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga Yaponiya va Yevropa davlatlari Markaziy Amerika va Yaqin Sharq davlatlarida o‘z faoliyatlarini kengaytirishga erishdilar. Shu bilan birga, iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy inqirozlar taraqqiy etgan davlatlarni yangi texnologiyalarni jalb etishga undadi. Bunga neft narxlarining o‘zgarishi bilan bog’liq hamma ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tarkibiy tannarxlarining keskin o‘zgarishi majbur qilar edi. Bu muammolarni hal qilish uchun Yangi moliyaviy sarmoyalar zarur edi.
Xalqaro aloqalardagi yana bir jarayon - o‘zaro savdodagi tovaarning tarkibining o‘zgarishi bo‘ldi. Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrda xalqaro savdo taraqqiyoti ishlab chiqarish tezligiga nisbatan ikki barobardan ortiq o‘sdi. Buning sababi nafaqat tovarlar ishlab chiqarilish hajmining ko‘payishida, balki sotilayotgan mollar tarkibida, xom ashyoga nisbatan sanoat mahsulotlarining qismi ko‘payishida bo‘ldi. Bu davr ichida qo‘llanilayotgan texnika va texnologik uslublarning o‘zgarishi sarflanayotgan xom ashyoning miqyosi kamayishiga olib keldi. Ya’ni ishlab chiqarishning miqdori jismonan o‘sgan bo‘lsa-da, mahsulotlarning tannarxida xom ashyo egallagan qiymat qismi kamaydi. Mahsulotlar asosiy qiymatini "nou-xau (know how)" atalmish, fan va texnik yangilanishga tegishli xarajatlar egalladi. Undan tashqari kimyo sanoatining o‘sishi ko‘p hollarda tabiiy ashyolar o‘rnini sintetik uslubda ishlab chiqarilgan moddalarning egallashiga, ko‘p hollarda chiqindilarni qayta ishlashga, ilm-fan yutuqlarini qo‘llovchi uslublardan foydalanish sanoat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishiga va xalqaro savdoda xom ashyolarga nisbatan kattaroq o‘rin egallashiga olib keldi.
Bu muammolar yig’indisini hal etishda taraqqiy etgan davlatlarning rahbarlari bozor iqtisodiyotini va avvalambor moliya tizimining islohotlari bilan yengishga urindilar. 1980-yilda AQSH rahbariyatidagi Prezident Ronald Reygan "Bozor sehrli kuchga ega" degan shior ostida islohotlar o‘tkazgan. Bunda moliya tizimini cheklovchi bir qancha farmon va qonunlar bekor qilingan. SHu davrdagi Buyuk Britaniya Bosh Vaziri Margaret Tetcher xonim o‘tkazgan shu kabi islohotlar ham amalga oshirilib, moliya oqimlarini cheklovchi qonunlar bekor qilingan edi. Moliya islohotlari banklar foizlarining yuqori darajasini cheklashni bekor qilishi, moliya oqimlariga qo‘llaniladigan soliqlarni qisqartirish va bekor qilinishi, vositachilar o‘tkazayotgan moliya operatsiyalaridan olinadigan komission to‘lovlarini qisqartirish, keng miqyosda chet el moliya firmalariga ichki bozorlarga kirish imkoniyatlarini qo‘llash, xususiylashtirish va bu bilan bog’liq qimmatli qog’ozlarning taraqqiy topishini qo‘llash, banklar, qimmatli qog’ozlar va sug’urta firmalari va boshqa moliya tashkilotlarini o‘zaro raqobatlarini qo‘llash – moliya bozorlarini keskin taraqqiyotga boshladi. Natijada valyutalarning o‘zaro raqobati susayib, moliya bozorlarida asosiy e’tibor sarmoyalar siyosatiga qaratilgan va moliya oqimlarining keskin o‘sishi kuzatilgan.
Moliyaviy va iqtisodiy islohotlar AQSH iqtisodiyotining stabillanishiga o‘ta ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 70-80-yillarda bu davlatda o‘rtacha inflyasiya usishi 12% atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 80-yillarning ikkinchi yarmida Amerika sarmoyalarining samarasi bu ko‘rsatkichni o‘rtacha 3,5-4 foizgacha pasayishini ko‘rsatgan. 1978 yili Buyuk Britaniya va Italiya inqirozni yengish uchun Xalqaro Moliya Jamg’armasidan katta miqdorda qarz jalb etishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, moliya islohotlari natijasida Buyuk Britaniyaga milliard lab qo‘shimcha paund sterlinglar oqib kelgan. Natijada Britaniya va AQSHning moliya tashkilotlari nafaqat sarmoyalarga bo‘lgan ichki ehtiyojlarini qoniqtirishga, balki ko‘p miqyosdagi sarmoyalarini eksport qilishga ham muvaffaq bo‘lganlar. Mazkur hol sarmoyalarni jalb etish raqobatida yutkazmaslik uchun boshqa davlatlarni ham shu kabi islohotlarga majbur etgan.
Bir necha yil davomida Yaponiya, Fransiya, Kanada va boshqa taraqqiy etgan davlatlar moliya harakatlarini cheklovchi qonun-qoidalarining islohotlarini amalga oshirgandilar. Bu esa taraqqiy etgan davlatlarning sarmoyalarining savdosi keskin o‘sib ketishiga olib keldi. Lekin vaziyatning 60-70-yillardan farq qiluvchi tarafi shunda ediki, ilgari sarmoyalar taraqqiy etayotgan davlatlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, endi sarmoyalarning eng katta qismi eng taraqqiy etgan davlatlar: AQSH va boshqa YIMga yo‘naltirila boshladi. 80-yillarning oxiriga borib Amerika banklari o‘zlarining yetakchi o‘rinlarini yo‘qota boshladilar. Amalda islohotlarni o‘tkazish boshqa davlatlar: Yaponiya va G’arbiy Yevropadagi Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniya banklarining o‘sib ketishiga olib keldi. SHu bilan birga sarmoyalar eksporti nafaqat qarz berish uslubida va to‘g’ri (bevosita) sarmoyalar uslubida, shu bilan barobar portfel sarmoyalari uslubida ham keng miqyosda amalga oshi riladigan bo‘ldi.
1.2 Xalqaro moliya bozorining mohiyati va uning iqtisodiyotdagi roli
Zamonaviy sharoitda har qanday davlat iqtisodiyotining samarali ishlashi rivojlangan moliya bozorisiz mumkin emas.
Moliya bozori ancha murakkab va ko'p qirrali iqtisodiy kategoriya iqtisodiyotdagi turli jarayonlar bilan bog'liq. Bu moliya bozorining mohiyati, tuzilishi va funktsiyalari haqidagi fikrlarning noaniqligini oldindan belgilab beradi.
Iqtisodiy adabiyotlarda moliya bozori keng ma'noda moliyaviy resurslar, vositalar va xizmatlarni sotish va sotib olish amalga oshiriladigan tashkiliy shakllangan iqtisodiy makon sifatida tavsiflanadi. Tor ma'noda moliya bozori - bu vaqtincha bo'sh pul mablag'larini safarbar etish va qayta taqsimlashni ta'minlaydigan iqtisodiy munosabatlar majmui. Pul, moliyaviy resurslar, bozor sub'ektlari o'rtasidagi qimmatli qog'ozlar muomalasi.
Moliya bozorining iqtisodiy asosini kapitalning turli shakllari (pul, ssuda, xayoliy), o‘zaro bog‘langan shakllar tashkil etadi. Iqtisodiyotning rivojlanayotgan real sektori ma'lum sohalarni shakllantirishni taqozo etadi moliyaviy munosabatlar va muassasalar. Kapitaldan ishlab chiqarishda (savdo va sanoat kapitali) uzoq muddatli ishlab chiqarish fondlari shaklida foydalanish pul daromadini yoki pul kapitalini hosil qiladi. Pul kapitali miqdori qaysidir vaqtda ishlab chiqarish ehtiyojlaridan oshib ketadi va uni ma'lum haq evaziga qarzga berish mumkin. Rivojlanish bozor munosabatlari ssuda kapitalining ixtisoslashgan moliya-kredit muassasalarida o‘sishi va kontsentratsiyasiga hamda ssuda kapitali bozorining shakllanishiga, shuningdek, alohida hujjatlar – qimmatli qog‘ozlar chiqarish yo‘li bilan alohida investorlar mablag‘larining to‘planishiga olib keladi. Muammoni emitentlar qimmat baho qog'ozlar va shuning uchun mablag'larni safarbar qilish, kapitalning haqiqiy o'sishi mavjud. Investor esa o'z kapitalini xayoliy ravishda oshirib, daromad olish huquqini beruvchi qimmatli qog'ozlar bilan kapital qo'yilganligini tasdiqlaydi, shuning uchun ularda mujassamlangan kapital xayoliy deb ataladi. Xayoliy kapital bozorining rivojlanishi qimmatli qog'ozlarning o'z qiymatiga, sotib olish va sotish qobiliyatiga ega bo'lishiga olib keladi, ya'ni. bo'lish investitsion tovar va qimmatli qog'ozlar bozorini shakllantiradi. Ikkinchisi real, ssuda va pul kapitali bozorlarida ro'y berayotgan iqtisodiy jarayonlar bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ularning kombinatsiyasi, parchalanishi va qayta taqsimlanishini aks ettiradi. Har bir kapital shakli har xil funktsional maqsad va moliya bozori strukturasini shakllantirishga ta'sir qiladi. Moliya bozori qimmatli qog'ozlar, kredit resurslari va pul mablag'larining harakatini ta'minlaydi munosabatlar ob'ektlari bu bozorda. Munosabatlar sub'ektlari davlat, korxonalar (tashkilotlar) turli shakllar mulk, individual fuqarolar.
Iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimi va ularni tashkil etish shakllarini ifodalovchi moliya bozori iqtisodiy o‘sishni moliyalashtirishni, makroiqtisodiy muvozanatga erishishni, tarmoqlararo va xalqaro kapitalning chiqib ketishini, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning investitsiya faolligini oshirishni ta’minlaydi. Moliyaviy bozor turli xil usullardan foydalanadi moliyaviy vositalar, keng va xilma-xil bozor infratuzilmasini tashkil etuvchi maxsus moliya institutlari mavjud. Moliya bozori yordamida ichki va tashqi investorlarning mablag‘lari to‘planadi, ularni xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat o‘rtasida qayta taqsimlanadi, bu esa ustuvor ishlab chiqarishni, ilmiy-texnikaviy dasturlarni moliyalashtirishni ta’minlaydi, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, resurs salohiyatini oshirish va amalga oshirish imkonini beradi. ijtimoiy hodisalar.
Moliya bozori orqali mablag'larni jalb qilish faqat uning vositalarining keng tanlovi bilan mumkin, ishlab chiqilgan tizim birja va birjadan tashqari savdo, soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi, bozor ishtirokchilarini risklardan himoya qilish mexanizmlarining mavjudligi. Moliya bozori, shuningdek, investorlarga mablag'larni investitsiya qilishning turli xil variantlarini taqdim etadi, ularga kapital, ishtirok etish bo'yicha daromad keltiradi moliyaviy natijalar tadbirkorlik sub'ektlari.
Moliya bozori nafaqat takror ishlab chiqarish jarayonida, korxonalar (tashkilotlar) mablag'larining erkin harakatlanishini ta'minlashda, balki tashkilotda ham muhim rol o'ynaydi. davlat moliyasi... Moliya bozori qoplash uchun mablag' qidirmoqda byudjet taqchilligi inflyatsiyasiz tarzda.
Shunday qilib, moliya bozori vaqtincha bo'sh kapitalni to'playdi turli manbalardan, samarali taqsimlaydi ko'p iste'molchilar o'rtasida, eng samarali sohalarga yo'naltiradi, kapital aylanmasini tezlashtiradi va targ‘ib qiladi iqtisodiy rivojlanish.
Bitimlarning hajmi va xarakteriga ko'ra moliya bozorlarini milliy, mintaqaviy va xalqaro bozorlarga bo'lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |