1-rasm. Boston matritsasi
11
keltiradi va “sog’in sigirlar” deb ataladi. Shu bilan birga sotuvlarning o’sish sur’ati
unchalik yuqori emas va ishlab chiqaruvchilarga katta investitsiyalar zarur emas.
Demak, bu tovarlar yoki xizmatlar xalqaro kompaniyaga jahon bozorida yuqori foyda
keltiradi.
Yuqori o’ng kvadratda joylashgan tovarlar yoki xizmatlar sotuv hajmi
o’sishining bozor o’rtacha ko’rsatkichidan yuqoriligi bilan xarakterlanadi, biroq
ularning sotuvdagi hajmi asosiy raqobatchinikidan pastroq. Ularni “savol belgilari”
yoki o’zicha sayr qiluvchi “yovvoyi mushuklar” deb nomlashadi. Bu tovarlar yoki
xizmatlar sotilishining o’sish sur’atlari ancha yuqori, lekin raqobatchining juda
kuchliligi sababli kompaniya o’z raqobatbardoshlik darajasini saqlab qolishni istasa
bu tovarlar yoki xizmatlar iste’mol xususiyatlarini takomillashtirishga va sifatini
oshirishga yirik kapital qo’yilmalarni yo’naltirishga majbur bo’ladi. Shu vaqtning
o’zida bu tovarlar yoki xizmatlarning umumiy sotuvlar hajmidagi ulushining nisbatan
kamligi sababli ular katta foyda keltirmaydi, lekin pullarni hazm qilib yuboradi,
natajada ularni sotishdan qoladigan sof foyda yuqori emas. Eng yaxshi variant -
ularning “yulduzlar” toifasiga o’tishiga erishish hisoblanadi.
Pastki o’ng kvadratda shunday tovarlar yoki xizmatlar joylashganki, ularni
sotish hajmi bozordagi o’rtacha ko’rsatkichdan kamroq o’sadi, ularning sotuvdagi
ulushi esa asosiy raqobatchinikidan ko’ra pastroq. Ularni “itlar” deb ataydilar. Ularga
20:80 qoidasi taaluqli bo’lib, uning mohiyati foydaning 20%ini beruvchi ushbu
tovarlar yoki xizmatlar xalqaro menejerlarning 80% vaqtini oladi. Bu tovarlar yoki
xizmatlarning ishlab chiqarilishini saqlab turish katta investitsiyalar bilan bog’liq,
kompaniya esa ulardan faqat zarar ko’radi.
Jahon bozoriga yangi tovar yoki xizmat bilan chiqish “boston matritsasi”
sxemasi bo’yicha “savol belgisidan” boshlanadi, chunki tez rivojlanayotgan bozorlar
uchun tovarlar yoki xizmatlarning assortimentini to’g’ri tanlash taqozo etiladi.
Qulay
bozor
kon’yunkturasida
tovarlar
yoki
xizmatlar
asosiy
iste’molchilarning talablariga javob bergan vaqtdagina ular raqobatbardosh bo’ladi,
ularning sotuvlar hajmi o’sadi, bozordagi ulushi asosiy raqibga qaraganda yuqori va
ular “yulduzlar” kvadratiga o’tadi.
Ushbu turdagi tovarlar yoki xizmatlarga talab etuklik bosqichiga etganda,
sotish hajmining o’sish sur’atlari qisqaradi, bu tovarlar yoki xizmatlar “sog’in
sigirlar” kvadratiga o’tadi, kompaniyaga katta foyda keltiradi. Xaridorlar jahon
bozorida yangi, yanada jozibaliroq tovarlarni uchratganda, avvalgi tovarlar yoki
xizmatlar “sog’in sigirlar” kvadratidan “itlar” kvadratiga o’tadi va xalqaro
kompaniyaning sotish tizimidan olib tashlanadi.
Boston matritsasining tuzilishi global menejerga joriy vaziyatni va qabul
qiluvchi mamlakatdagi xorijiy filial ishlab chiqarayotgan tovarlar yoki xizmatlarni
jahon bozorida sotish istiqbollarini aniq ko’rish va baholash imkoniyatini beradi.
Matritsa menejerga jahon bozorida sotish jarayonida raqobatbardoshligini
ko’tarish uchun zarur bo’lgan birinchi navbatdagi tovarlar yoki xizmatlarni tanlashga
ko’maklashadi. Bundan tashqari xalqaro menejer Boston matritsasi asosida TMK
tizimi firmalarining kuch-quvvatlarini jahon bozorida tovarlar yoki xizmatlarning
raqobatbardoshligini oshirishga va xalqaro kompaniyaning moliyaviy resurslarini
12
uning xorijiy filiallari o’rtasida to’g’ri taqsimlashga yo’naltirish vazifasini hal qilishi
mumkin.
Qator hollarda xalqaro menejerlar jahon bozorida raqobatchilarning firmalari
bilan bellashmaslikka, buning o’rniga birdamlikni namoyon qilish va raqobatchilar
bilan bozorni bo’lib olish haqida kelishishni yoki boshqa raqiblar bilan raqobat
kurashida kuch-quvvatlarini birlashtirishni lozim topadi. Ular bu bilan innovatsion
faoliyatni rag’batlantiruvchi va iqtisodiyotni hamda pirovard natijada aholi
farovonligining
o’sishini ta’minlovchi raqobat mexanizmining harakatini
chegaralaydi. Davlatning ma’muriy organlari raqobatning bunday cheklanishiga
qarshi tegishli iqtisodiy siyosat bilan kurashadiki, bu siyosatning xususiyatlarini
xalqaro menejer hisobga olishi lozim. Masalan, Germaniyada raqobatning
cheklanishiga qarshi qonun davlatning ichki va tashqi tadbirkorlikni tartibga
solishning to’rtta asosiy sohasini ko’zda tutadi:
-kelishuvlarni, kelishilgan xulq-atvorni, raqobatni cheklashga qaratilgan bir
tomonlama tadbirlarni ta’qiqlash;
-bozorda hukmronlik qiluvchi korxonalarning imkoniy suiste’mollarini nazorat
qilish;
-korxonalar birlashishini nazorat qilish;
-alohida qoidalarning harakat sohalari.
Xalqaro menejer xorijiy faoliyati muvaffaqiyatining asosiy omillaridan biri
bo’lib, qabul qiluvchi mamlakat qonunlarini bilish va ularga rioya etish hisoblanadi.
XX asrning oxirgi o’n yilliklarida ko’pchilik davlatlarning milliy qonunchiligida va
xalqaro tashkilotlarning konventsiyalarida raqobatga munosabat nuqtai nazardan
cheklovchi ishga doir amaliyot shakllari etkazib beruvchilar va xaridorlar o’rtasida
bozorlarni taqsimlash, baholarni o’rnatish, eksporterlarning diskriminastion
(kamsituvchi) baholar va tijorat shartlaridan foydalanishi, savdo sherigining ishlab
chiqarishga va raqobatlashayotgan tovarlarni sotishga nisbatan cheklovlarning qabul
qilinishiga asoslangan tovar etkazib berish, “yuklama” bilan etkazib berish va
boshqalar qoralanadi.
Xulosa
Global menejment nazariyasining asosiy prinsiplari bo’lib mutlaq ustunliklar,
nisbiy afzalliklar, mahsulotning hayotiy stikli va bevosita investitsiyalarning
tamoyillari hisoblanadi.
Xalqaro (global) menejment kompaniyaning ikki va undan ortiq mamlakatda
faoliyat yuritishini boshqarishni nazarda tutadi.
Sobiq SSSR hududida mustaqil davlatlarning tashkil topishi tadbirkorlarning
xorijiy sharoitlarga o’xshash sharoitlarda harakat qilish zaruriyatini tug’diradi.
Global menejer uchun zaruriy sifatlarga tashabbuskorlik, me’yordagi
tavakkalchilikka tayyorlik, o’z kuchiga ishonch, global ko’lamda fikrlash, xorijiy
sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni o’rnatish prinsiplarini bilish, chet tillarni
o’rganish qobiliyatlari kiradi.
Jahonda
xalqaro
menejment
rivojlanishining
asosiy
yo’nalishlari:
bo’ysunuvchilarga (shu jumladan chet elliklarga) yuklanadigan mas’uliyat ulushining
ko’payishi; iste’molchilarning talablariga e’tiborni kuchaytirish; firmalarning
13
faoliyatida xalqaro marketing rolining oshishi; ishlab chiqarish texnologiyasini
uzluksiz takomillashtirish va zamonaviylashtirish; mahsulot assortimentini yangilash;
qisqa muddatli natijali va uzoq muddatli maqsadli tadbirlarning aniq ajratilishi; milliy
manfaatlarga rioya qilish.
Xorijiy tadbirkorlik bilan bog’liq qaltislikni kompleks baholash uchun chet
elda faoliyat yurituvchi firmalarning biznesiga ta’sir etuvchi omillarni ijtimoiy-
madaniy, iqtisodiy, texnologik va siyosiy-huquqiy omillarga turkumlash mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatning ma’muriy organlari firmaning
raqobat mexanizmini cheklovchi xatti-harakatlariga qarshi kurashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |