8
texnologiya, xomashyo, yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotning harakatlanish
logistikasini nazarda tutuvchi vertikal yo’nalish. Firma faoliyatining ikkinchi
yo’nalishi - bu o’z menejment uslubi,
marketing kontseptsiyasi, ilmiy izlanish va
tajriba konstruktorlik ishlari (IITKI) hamda moliyaviy faoliyat asosida ishlab
chiqarishni va sotishning tashkil qilinishiga ega gorizontal yo’nalishdir.
Firma o’z faoliyatini davlat chegarasidan tashqarida olib borsa, tadbirkorlik
bilan bog’liq madaniy tafovutlar (huquq, an’analar, ahloq), tovarlar va xizmatlarga
talabning
xususiyatlari, kishilar o’rtasidagi
ishlab
chiqarish
va
maishiy
munosabatlarning
farqlanishi,
valyuta
paritetlarining
tebranishi,
xalqaro
terrorizmning yoyilishi kabi sabablarga ko’ra firmaning xorijda faoliyat yuritish
sharoitlarida qaltisliklar bir necha barobar oshib ketadi.
Xorijiy tadbirkorlik bilan bog’liq qaltisliklarni kompleks baholash uchun
xorijiy biznes bilan shug’ullanuvchi firmalar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni
turkumlash maqsadga muvofiq. Ushbu omillarga quyidagilar kiradi:
- ijtimoiy-madaniy - urf-odatlar, til, demografiya, hayot tarzi, din, ajnabiylarga
munosabat, turmush
darajasi, ijtimoiy muassasalar, me’yorlar, savodlilik darajasi.
Oxirgi omil o’z firmasida mehnat qilishga mahalliy aholini jalb qilishni ko’zlagan
menejer uchun muhim;
- iqtisodiy -
iqtisodiy rivojlanish darajasi, aholi jon boshiga daromad, YaMM
dinamikasi va yo’nalishi, hukumatning moliya siyosati, ishsizlik darajasi (aholining
xarid quvvatini va qabul qiluvchi mamlakatdagi firmada mahalliy mutaxassislarni
ishlashga jalb qilish imkoniyatini aniqlashda zarur), valyuta almashinuvi, mehnat
haqining darajasi, raqobat muhiti, iqtisodiy birlashmalar va mintaqaviy integratsion
tashkilotlarda ishtirok etish. Oxirgi omil mahalliy sheriklarning mustaqil qaror qabul
qilishini qiyinlashtiradi, chunki mintaqaviy integratsion guruhlarda ishtirok etish
prinsipial qarorlarni integratsion birlashmadagi sheriklar bilan kelishishni taqozo
etadi;
- texnologik - texnologiyalarni ayirboshlashning huquqiy me’yorlari,
energiya
tashuvchilarning mavjudligi va qiymati, tabiiy resurslar, transport tarmog’i, ishchi
kuchining malakasi, patent himoyasi,
infratuzilma, axborot oqimlari. Zamonaviy
sharoitlarda axborotning birinchi darajali ahamiyatini hisobga olib, ayrim
korporatsiyalar (yapon kompaniyalari) xorijda yangi texnologiyalar, asosiy
raqobatchilar
faoliyatining ahvoli, qonunchilikdagi o’zgarishlar va hokazolar
haqidagi axborotni olish maqsadida o’z bo’limlarini tashkil qiladi;
- siyosiy-huquqiy - davlatni boshqarish shakli, siyosiy mafkura, soliq
qonunchiligi, hukumatning barqarorligi, hukumatning
xorijiy kompaniyalarga
munosabati, xorijiy mulk haqidagi qonunchilik, oppozitsiyaning ta’siri, savdo
qonunchiligi, protektsionizm darajasi, tashqi siyosat, terroristlarning faolligi, huquqiy
tizim. Siyosiy-huquqiy omillar xorijiy firma uchun qabul qiluvchi mamlakat
hukumatining harakatlari natijasida o’z aktivlarini, o’z firmalari nazoratini, bozordagi
ulushini yo’qotish bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: