6
xaridorlar bozorda yangi molga e’tibor beradilar, va uning afzalliklarini baholab
boradilar, xaridlar hajmi sekin o’sadi.
2-bosqich – tovarning yuqori iste’mol xususiyatlarining xaridor tomonidan tan
olinishi evaziga talabning o’sishi bilan bog’liq holda ishlab chiqarish va xarid
hajmining ko’payishi. Bu birinchi bo’lib ommaviy mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga
qo’ygan firmalar uchun maksimal foyda olish vaqti hisoblanadi.
3-bosqich – bozorni to’ldirish. Xaridorlarning asosiy qismi bu tovarga bo’lgan
o’z ehtiyojlarini qondirib bo’ldi. Uning ishlab chiqarilishi raqobatchilar tomonidan
o’zlashtirila boshlandi. Va raqobat belgilari paydo bo’ladi.
4-bosqich – kamayish. Mahsulotning hayotiy tsiklini uzaytirish uchun uni
ishlab chiqarish, nisbatan past ishlab chiqarish xarajatlariga ega bo’lgan, ko’pincha
rivojlanayotgan mamlakatlarga bevosita investitsiyalar yo’li bilan uzatiladi. Bu
mamlakatlarga mahsulot eksporti, odatda, buyerda ularni ishlab chiqarishdan ilgari
boshlangan. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirilishi mahsulotni kelib chiqish
mamlakatidan import qilish qisqaradi.
Bevosita xorijiy investitsiyalar - bevosita sarmoyador firma va qabul qiluvchi
firma o’rtasida uzoq muddatli faoliyatga oid munosabatlarga mo’ljallangan kapital
qo’yilmalar. Bu munosabatlarda bevosita investorning maqsadi bo’lib qabul qiluvchi
mamlakatda korxonani boshqarishni tashkil qilishga jiddiy ta’sir ko’rsatish va uning
faoliyatini nazorat qilish hisoblanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar turli
mamlakatlarning firmalari o’rtasida dastlabki bitimning boshlang’ich bosqichi
sifatida xizmat qilib, o’z ichiga shuningdek ular o’rtasidagi barcha keyingi
kelishuvlarni oladi. Bu bitimlar va kelishuvlarning sub’ektlari sifatida asosiy
ishtirokchilardan tashqari ular bilan bog’liq firmalar ham faoliyat ko’rsatishi
mumkin. Investorning bevosita xorijiy investitsiyalarni kiritish mamlakatini tanlashda
iqtisodiy o’sish sur’atlari, bank foizi va kredit shartlari, tovar va xizmatlar ishlab
chiqarish xarajatlari, tashqi qarzdorlik, siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik asosiy
ustunliklar hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi
Qonunining (30.04.1998 y.) 3-moddasiga binoan chet ellik investorlar asosan
daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida
ta’qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi
moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual
mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday
daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: