67
o’rtasida savdo nizolarini hal qilish uchun maxsus organni tuzish bo’yicha choralar
amalga oshirilmoqda.
MERKOSURning amal qilish natijalari ushbu bojxona ittifoqi tuzilishi
yakunlanmaganligiga qaramay, integratsion guruhning ma’lum yutuqlaridan dalolat
beradi. Blok ichki eksport hajmi 1991-1998 yillarda to’rt barobar o’sdi,
shu davr
ichida integratsion guruh a’zo-mamlakatlarining uchinchi mamlakatlarga umumiy
eksporti 30 % dan ortiqroq o’sdi. Shu davr ichida MERKOSURdan tovarlar olib
chiqishning umumiy hajmida blok ichki eksportining ulushi 9 dan 20 % gacha o’sdi.
MERKOSUR miqyosida o’zaro tashqi iqtisodiy aloqalar kengayishi
uchinchi
mamlakatlardan kiritilgan xorijiy investitsiyalarga ham tegishli. Masalan,
Argentinada avtomobil zavodi qurilishiga 100 mln. dollar kiritgan “Toyota motors”
yapon korporatsiyasi bu mamlakatda har yili 20 ming yengil yuk tashuvchi-pikaplar
ishlab chiqarishni mo’ljallagan. Bu avtomobillarning yarmini Braziliyaga braziliya
korxonalarida ishlab chiqilgan butlovchi mahsulotlar evaziga olib chiqish ko’zda
tutilgan.
MERKOSURda
integratsion
jarayonlar
a’zo-mamlakatlar o’rtasidagi
qiyinchiliklar va ziddiyatlar bilan birga rivojlanmoqda. Masalan, uchinchi
mamlakatlardan importga yagona tashqi tariflar o’rnatilgan muddatlarda kelishilmadi.
MERKOSUR a’zo-mamlakatlari umumiy YaMMining 90 %iga to’g’ri keladigan
Argentina va Braziliya o’zining yaratilayotgan yuqori texnologik sanoat tarmoqlarini,
ya’ni kompyuterlar va telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarishni xorijiy
raqobatchilardan himoyalashga alohida e’tibor bermoqda. Xususan, 90-yillar
o’rtalarida Braziliya uchinchi mamlakatlar bilan elektron, neftkimyo sanoati va og’ir
mashinasozlik mahsulotlari bilan savdo qilishda import bojlarini 35 % darajasida,
Argentina 12 % darajasida, Braziliya va Argentinaga texnologik bog’lanib qolishdan
havfsirayotgan Urugvay va Paragvay minimal boj to’lovlari kiritishni yoqlab
chiqdilar.
EI, NAFTA, ASEAN va MERKOSUR miqyosida integratsion jarayonlarning
rivojlanishi xalqaro iqtisodiy integratsiya xalqaro
kompaniyalarning strategik
imkoniyatlarini quyidagi yo’nalishlarda kengaytirayotganligidan dalolat bermoqda:
1) eksportdan importni qoplovchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini tashkil
qilish bilan bevosita xorijiy investitsiyalarga o’tish;
2) kapitallar va tovarlarning erkin ko’chishi sababli BXI samaradorligini
oshirish;
3) BXI o’sishiga bog’liq ravishda ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish
hajmining ko’payishi;
4) kompaniyalar birlashishi uchun imkoniyatlarning kengayishi.
Xulosa
Davlatlar xalqaro iqtisodiy integratsiyasini amalga oshirishda keyinchalik
davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtiriluvchi turli davlatlarning kompaniyalari
darajasidagi aloqalarni mustahkamlashga intilish muhim turtki bo’ladi. XX asr
nihoyasida 100 dan ortiq davlatlarni qamrab oluvchi 30
ga yaqin integratsion
guruhlar faoliyat ko’rsatmoqda.
68
Xalqaro iqtisodiy integratsiya milliy va xalqaro tadbirkorlik tuzilmalari
manfaatlariga javob beradi, chunki:
- korxonalar faoliyatining geografik doiralarini kengaytirishga;
- tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchini xalqaro ayirboshlashda
chegaraviy to’siqlarni bartaraf qilishga;
- masshtab effekti afzalliklarini realizatsiya qilishga;
- davlatlar o’rtasida texnologiyalar almashish bo’yicha bitimlar va yangiliklar
kiritish oqimining o’sishiga;
- integratsion guruh a’zo davlatlar kompaniyalarining
ITTKIga xarajatlarini
ko’paytirish hisobiga raqobatbardoshligini mustahkamlashga yordam beradi.
Integratsiya jarayoni dinamikasining asosiy ko’rsatkichlari:
- mamlakatlararo tovar ayirboshlashning jami YaMMdagi ulushi;
- integratsion guruhga a’zo mamlakatlarning umumiy tovar aylanmasi hajmida
ularning mamlakatlararo ayirboshlashining ulushi;
- integratsion guruhga a’zo mamlakatlarning o’zaro BXI hajmini ularning
boshqa dunyo mamlakatlariga BXI hajmi bilan solishtirish;
- integratsion guruh ichida kompaniyalar birlashmalari sonini boshqa davlatlar
firmalari bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish va qo’shilishlar soni bilan
taqqoslash.
Do'stlaringiz bilan baham: