Xalqaro menejment



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/67
Sana29.03.2022
Hajmi1,36 Mb.
#515325
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67
Bog'liq
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

Tayanch iboralar:
amortizatsiya fondi, erkin tadbirkorlik hududi, kontsessiya, 
milliy-huquqiy tartibga solish, Xalqaro huquqiy tartibga solish, TRIMS, GATS. 
Nazorat savollari: 
1. Xalqaro kompaniyalar investitsion faoliyati davlat tomonidan qanday asosiy 
vositalar yordamida tartibga solinadi? 
2. Davlat TMK bilan munosabatlarida nimaga intiladi? 
3. Davlat xalqaro kompaniyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish bo’yicha 
qanday asosiy tadbirlar amalga oshiriladi? 
4. Xalqaro kompaniyalar faoliyatini milliy-huquqiy tartibga solish nimadan 
iborat? 
5. Xalqaro kompaniyalar o’z davlatlaridan yordam olish uchun qanday shartlar 
bajarilgan bo’lishi kerak? 
 
6. Xalqaro kompaniyalar faoliyatini xuquqiy tartibga solishning nechta asosiy 
usuli mavjud? 


60 
6-BOB. XORIJIY TADBIRKORLIK RIVOJLANISHIGA XALQARO 
IQTISODIY INTEGRATSIYANING TA’SIRI 
 
6.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya yordamida TMK imkoniyatlarini 
kengaytirish 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – davlatlararo iqtisodiy kelishuvlar shaklini 
oluvchi davlatlarning xo’jalik-siyosiy birlashish jarayonidir. Xalqaro iqtisodiy 
integratsiyani amalga oshirishda davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtiriluvchi 
turli davlatlarning kompaniyalari darajasidagi aloqalarni mustahkamlashga intilish 
muhim turtki bo’ldi. XXI asr boshida jahonda 100 dan ortiq davlatlarni qamrab 
oluvchi 30 ga yaqin integratsion guruhlar faoliyat ko’rsatmoqda.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib pirovardida 
milliy va xalqaro tadbirkorlik strukturalari xizmat qiladi, ularning manfaatlari 
quyidagi omillarga qaratilgan:
- xorijiy kompaniyalar bilan qo’shma tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil qilish 
yo’li bilan korxonalarning geografik faoliyat doirasini kengaytirish; 
- sotish va transport sarflarini qisqartirish bilan tovarlar, xizmatlar, kapitallar, 
ishchi kuchi xalqaro ayirboshlash yo’lida to’siqlarni bartaraf qilish asosida 
mintaqaviy bozorlarni kamrash, tarif va notarif to’siqlarni yo’qotish, tovarlar va 
xizmatlar yetkazib berish hajmini, shuningdek assortimentini kengaytirish hisobiga 
mintaqaviy bozordagi o’rnini mustahkamlash; 
- mintaqa miqyosida va masshtab samarasi ustunliklarini amalga oshirishda 
xalqaro mehnat taqsimotidan foydalanish yordamida ishlab chiqarishni tarkibiy qayta 
qurish va ratsionallashtirishga qiziqish; 
- mintaqaviy guruhning barcha a’zo-mamlakatlari uchun davlat buyurtmalari 
milliy bozorining ochilishi; 
- davlatlar o’rtasida texnologiyalar almashish bo’yicha bitimlar va yangiliklar 
kiritish oqimining o’sishi; 
- integratsion guruhga a’zo davlatlar kompaniyalari raqobatbardoshligini 
ITTKI xarajatlarini ko’paytirish hisobiga mustahkamlash; 
- integratsion guruhga a’zo davlatlarning muvofiqlashtirilgan tashqi iqtisodiy 
siyosati evaziga noaniqlik tavakkalchiligini qisqartirish; 
- milliy kompaniyalarni xorijiy tadbirkorlikni rivojlantirishga va xalqaro 
korporatsiyalarni tashkil qilishga qiziqishi; 
- bevosita xo’jalik aloqalari, kooperatsiyalash va hamkorlikning boshqa 
shakllarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish; 
- standartlarni unifikatsiyalash, soliqqa tortish tartibini soddalashtirish, xalqaro 
savdo-iqtisodiy muzokaralar sonini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlarini qisqartirish;
- xalqaro ishlab chiqarish, savdo va investitsion oqimlarni kengaytirish yo’li 
bilan bandlik darajasini oshirish; 
- korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatining samaradorligini oshirish.


61 
Yevropa Ittifoqi (YEI)
1
; erkin savdo haqida Shimoliy Amerika kelishuvi 
(NAFTA – AQSh, Kanada, Meksika); Janubi-Sharkiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi 
(ASEAN – Bruney, Indoneziya, Laos, Malayziya, Myanma, Birma, Filippin, 
Singapur, Tailand, Vetnam); MERKOSUR (Braziliya, Argentina, Paragvay, 
Urugvay) kabi yirik integratsion birlashmalarning faoliyat yuritish natijalari milliy 
va xalqaro kompaniyalar manfaatiga ko’ra integratsion jarayonlarning muayyan 
ketma-ketligi shakllanganligidan dalolat beradi. Birinchi navbatda investitsiyalar 
(milliy rejimni kiritish muammolari, xalqaro shartnomalarga kafolatlangan 
muvofiqlikni ta’minlash, investitsiyalarni milliylashtirishdan ishonchli kafolatni 
ta’minlash) xizmatlar sohasi, savdo masalalari hal qilinardi. 
Xalqaro savdoning jonlanishi, sotish bozorlarining kengayishi, investitsiya 
oqimlarini ko’paytirish ishlab chiqarishni qayta tashkil qilishni rag’batlantirdi. Bunda 
integratsion jarayonlar xorijiy investitsiyalarning uchta afzalliklari – mulkni xarid 
qilish, ishlab chiqarishni baynalminallashtirish va integratsion birlashmalar hududida 
korxonalarni ratsional joylashishini amalga oshirishga yordam beradi.
Integratsion guruhda iqtisodiy aloqalarni rivojlanish intensivligini xalqaro 
menejer o’z qo’l ostidagi statistik ma’lumotlarga qarab bir necha usullar bilan 
kuzatishi mumkin.
Integratsiya jarayoni dinamikasining asosiy ko’rsatkichlariga quyidagilar 
kiradi: 
- mamlakatlararo tovar ayirboshlashning jami YaMMdagi ulushi; 
- integratsion guruhga a’zo-mamlakatlarning umumiy tovar aylanmasi hajmida 
ularning mamlakatlararo ayirboshlashining ulushi. Masalan, 1980 yilda YEI a’zo-
mamlakatlari o’rtasida tashqi savdo aylanishining yillik o’sish sur’ati 9 % ni, 90-
yillar oxirida 20 % ni tashkil etdi.
- integratsion guruhga a’zo-mamlakatlarning o’zaro BXI hajmini ularning 
boshqa dunyo mamlakatlariga BXI hajmi bilan solishtirish. Xususan, 1980 yilda YEI 
a’zo-mamlakatlar o’zaro BXI YEI hududida umumiy sarmoyalar oqimining 25 % ini, 
90-yillar oxirlarida 50 % ga yaqinni tashkil etdi. 
- integratsion guruh ichida kompaniyalar birlashmalari sonini boshqa davlatlar 
firmalari bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish va qo’shilishlar soni bilan 
taqqoslash.
Iqtisodiy integratsiya doirasida firmalarning birlashishiga ko’maklashuvchi 
asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- ishlab chiqarish ko’lamining samarasi; 
- texnologiyalarni o’zaro ayirboshlash; 
- korxonalar joylashgan o’rni ustunliklaridan foydalanish (Shimoliy va 
MarkaziyYevropada murakkab qismlarni ishlab chiqarish, Janubda esa arzon ishchi 
kuchi tomonidan yig’ish yo’lga qo’yilgan); 
- mahalliy iste’molchilarning talabini yanada to’laroq qondirish uchun 
mahsulot assortimentini kengaytirish; 
- ITTKI xarajatlarini ko’paytirish imkoniyatlari; 
1
(YEIga Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandlar, Irlandiya, Ispaniya, Portugaliya, 
Finlyandiya, Shvetsiya, Avstriya, Gretsiya kiradi, 2004 yil 1 mayda 10ta mamlakat qo’shilgan) 


62 
- transfert baholarni qo’llash (birinchi navbatda, turli davlatlarda moliya 
sharoitlari va soliqlar farqlanuvchi tarmoqlarda); 
- davlat buyurtmalarini olish; 
- ITT imkoniyatlari o’sishi; 
- yuk tashishlarni firma ichida taqsimlash hisobiga transport xarajatlarini 
qisqartirish.

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish