54
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.05.2003y. 205-sonli
«To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga
doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori bilan "Chet ellik investorlar
huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi O’zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy
investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo
etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xorijiy investorlarni va
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilishni ta’minlash
vazifasi yuklatilgan va quyidagi huquqlar berilgan:
- xorijiy investorlarni va xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalarni
javobgarlikka tortishning asosliligini zarur hujjatlar, shu jumladan, jinoiy, fuqarolik,
xo’jalik va ma’muriy ishlar materiallari bilan tanishish yo’li bilan o’rganib chiqish;
- vazirliklar, idoralar va nazorat organlari, shuningdek mahalliy hokimiyat va
boshqaruv organlari rahbarlariga qonun xujjatlarining aniqlangan buzilishlari, qonun
buzilishini va unga olib keluvchi shart-sharoitlarning sabablarini bartaraf qilish
to’g’risida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo’lgan taqdimnomalar
kiritish;
- mansabdor shaxslar tomonidan xorijiy investorlar
va xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi hollari
aniqlangan hollarda, shuningdek adliya organlarining qonuniy talablari mansabdor
shaxslar
tomonidan
bajarilmagan
taqdirda
aybdor
mansabdor
shaxslarni
javobgarlikka tortish to’g’risidagi masalalarni tegishli organlar oldiga qo’yish;
- xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning
huquqlarini buzayotgan nazorat qiluvchi hamda mahalliy hokimiyat va boshqaruv
organlarining harakati yoki qarorlarini to’xtatib qo’yish;
- jinoiy, fuqarolik, xo’jalik va ma’muriy ishlar bo’yicha xorijiy investorlar va
xorijiy
investitsiyalar
ishtirokidagi
korxonalarning
huquqlari
va
qonuniy
manfaatlarini buzuvchi sud hujjatlarini davlat boji to’lamasdan qayta ko’rib
chiqish
to’g’risida sud instantsiyalariga takliflar bilan murojaat qilish;
- xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning o’z
huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to’g’risidagi murojaatlarini tekshirish
uchun tegishli mutaxassislarni jalb etish.
Xalqaro huquqiy tartibga solish davlatlararo kelishuvlardan iborat. U
ikkitomonlama va ko’ptomonlama asosda amalga oshiriladi. Xorijiy investitsiyalarni
rag’batlantirish va himoya qilish haqidagi ikkitomonlama xalqaro shartnomalar
xorijiy investitsiyalar statusini aniqlaydi va bir-birining sarmoyalari uchun qabul
qiluvchi mamlakatning milliy rejimini o’zaro taqdim qiladi. Bu shartnomalar
investitsiyalarni siyosiy tavakkalchiliklardan himoyalash to’g’risidagi nizomlar va
baxslarni hal qilish tartibini o’z ichiga oladi. Ko’pgina kapital eksport qiluvchi
davlatlar xalqaro ikkitomonlama kelishuvlarga qo’shimcha
ravishda kapital
chiqarishni rag’batlantirish uchun o’z fuqarolari va huquqiy shaxslar xorijiy
investitsiyalarini sug’urtalashning davlat tizimlarini tashkil etishdi.
55
Ko’p tomonlama xalqaro-huquqiy tartibga solish ko’ptomonlama universal
shartnoma-kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Unda BMT tizimi muassasalari va
integratsion birlashmalar (EI, NAFTA, ASEAN va b.) ishtirok etadi. Xorijiy
tadbirkorlik
masalalari
bo’yicha eng mashhur ko’ptomonlama universal
konventsiyalarga 1965 yil “Qabul qiluvchi mamlakatlar va xorijiy xususiy
sarmoyadorlar o’rtasida investitsion bahslarni hal qilish haqida”gi Vashington
konventsiyasi kiradi.
Bu konventsiyaga binoan unga qo’shilgan davlatlar va
investorlar bahslarni hal
qilish uchun Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki (XTTB) qoshida investitsion
bahslarni muvofiqlashtirish bo’yicha Xalqaro markazga murojaat qilishi mumkin.
Ko’rsatilgan muassasaga murojaat etishning shart-sharoiti bo’lib, ularning bahsni
kelishtiruvchi tadbir yoki arbitraj sudi yordamida hal qilishga yozma roziligi
hisoblanadi.
1985 yil Seul konventsiyasi asosida XTTB qoshida xorijiy xususiy
investitsiyalarni sug’urtalash bo’yicha Xalqaro agentlik (XXISXA) tashkil etilgan.
Bu tizim bo’yicha sug’urtachi – XXISXA sug’urtalanuvchi – xorijiy investor bilan
imzolangan shartnomaga muvofiq siyosiy havflar vujudga kelgan taqdirda
sug’urtalanuvchi sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan miqdorni to’lash majburiyatini
oladi. Sug’urtalanuvchi o’z navbatida sug’urtachiga har yili sug’urta to’lovini to’lash
majburiyatini oladi.
90-yillar oxirida Butunjahon savdo tashkiloti (BST)
doirasida savdo bilan
bog’liq xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi tizim – TRIMS (Trade Related
Investment Matters) shaklida xorijiy investitsiyalarni ko’ptomonlama xalqaro-
huquqiy tartibga solish keng tarqaldi. TRIMS doirasida milliy hukumatlar
faoliyatining muhim jihatlari qatorida quyidagilarni muvofiqlashtirish amalga
oshiriladi:
- xorijiy investorlar bilan qo’shma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarda milliy korxonalar mahsuloti ulushi (bu ushbu mahsulotlarni bojxona
to’lovlaridan ozod qilish sharti sifatida qaraladi);
- xorijiy investor korxonasining u bilan qo’shma milliy korxona uchun
mahsulotida import komponentlar ulushi ko’rsatilgan korxona
mahsulotining eksport
hajmiga teng bo’lishi haqidagi talab;
- xorijiy investor tashkil qilgan korxonalarda eksport hajmini cheklash.
BST doirasida xalqaro kompaniyalar va milliy hukumatlar sarmoyaviy
faoliyatini tartibga solishning yana bir yo’nalishi bo’lib Xizmatlar bo’yicha bosh
kelishuv (GATS) hisoblanadi. Bunday maxsus kelishuvni qo’llash zaruriyati tez o’sib
boruvchi xizmatlar sohasi va ishlab chiqarish eksporti ko’pincha telekommunikatsiya
va aloqa sohasida buxgalterlik va auditorlik faoliyat turlarida, axborot ma’lumotlarini
qayta ishlash va dastur ta’minoti sohalarida xalqaro kompaniyalarning xorijda
maxsus ishlab chiqarish filiallarini tashkil qilishini ko’zda tutishi sababli vujudga
keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: