99
Shubhasiz, sanoati rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish bazasini tashkil etish
tendentsiyasi insonlar mehnatini tejashga qaratilgan.
Ishchi kuchining xalqaro harakatchanligi darajasi.
Ko’pgina sanoati
rivojlangan davlatlarda ishchi kuchi yetishmovchiligi muammosi mavjud bo’lib, u
chetdan immigrantlar oqimi hisobiga hal etiladi. Biz xalqaro migratsiya bilan bog’liq
aniq axborotlarga ega emasmiz, chunki ko’p sonli immigrantlar noqonuniy yo’llar
bilan kirib keladi. Biroq ayrim ma’lumotlarga ko’ra Iordaniya, Yaman, Pokiston va
Misr kabi mamlakatlar ishchilarining o’z uyiga yuborayotgan pullarining miqdori bu
mamlakatlar eksportidan ortiqdir.
Ko’p mamlakatlarda, masalan Yangi Zellandiyada Fidji va Tongo orollaridan
kelgan ishchilarga qisqa muddat, ya’ni 3-6 oy ishlashga ruxsat berilgan. Boshqa ko’p
hollarda esa ishchilar oilasini uzoq muddatga tashlab ketadilar va o’zga
mamlakatlarda ko’p pul topgandan so’ng uyga qaytish maqsadida qolib ketadilar.
Ularning uyga qaytishi ba’zi rivojlangan mamlakatlarda muammo tug’diradi.
Masalan, 70-yillar o’rtalarida ispaniyalik ishchilar o’z uylariga qaytgani uchun
Fransiya sezilarli ravishda ishchi kuchi yetishmasligiga duch kelgan. AQSh esa 80-
yillar oxirida koreys olimlar va muxandislaridan mahrum bo’ldi. Yana bir muammo
chet ellik immigrantlar sonini cheklash bilan bog’liq davlat choralarining qabul
qilinishidir. Bundan tashqari sanoati rivojlangan davlatlarda mahalliy ishchilar uchun
ish o’rinlarini saqlab qolish maqsadida chet ellik ishchilarni mamlakatdan chiqarib
yuborishga qaratilgan faoliyat olib boruvchi guruhlar mavjud.
Bandlikdagi o’zgarishlar.
Ko’pmillatli kompaniyaning kapital, texnologiya va
boshqaruvchi xodimlarni safarbar etish qobiliyati dunyoning turli chekkalarida
ishchi-migrantlarga talabni qondirish imkoniyatini beradi. Yirik foydali qazilmalar
konlariga ega yoki ilgari o’zlashtirilmagan hududlarda zavod, fabrikalar tashkil qilish
uchun kompaniyalar chetdan katta miqdorda ishchi kuchi olib kirishi, uy-joy qurishi,
aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimini tashkil etishi zarur. Hatto aholi
yashaydigan joylarda uy-joy muammosi mavsumiy ishchilarni jalb qilishda
qiyinchilik tug’diradi.
Ishchi kuchi oqimi va turli mamlakatlar ishchi kuchidan foydalanish mehnat
sohasida qo’shimcha muammolar keltirib chiqaradi. Masalan, XX asr boshida
AQShda ko’p sonli chet ellik ishchilar sanoat korxonalarida, temir yo’l va qurilishda
ishlagan. Bir millatga mansub ishchilar guruhlarga birlashib, o’z tarjimonlari bilan
mehnat qilganlar. Odatda har bir guruh ma’lum bir ishni bajargan. Uy-joy va
oshxonalar har bir guruhga alohida berilgan, bu separatistik qarashlarning
chuqurlashishiga olib kelgan. Bunday qarashlar hozirgi kunda ham G’arbiyYevropa
mamlakatlarida mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: