71
- ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishga kuchli e’tibor;
- ITTKIni astoydil o’tkazish va ilmtalab mahsulotlar
ishlab chiqarishni tez
o’zlashtirish
(masalan,
ingliz
kompaniyalarining
telekommunikatsiya
va
farmatsevtika sohasidagi yutuqlari);
- texnologik jarayonlarning qo’llanilishida egiluvchanlik (agar Germaniyada
qabul qilingan texnologik instruktsiyalar o’zgartirilishidan avval uzoq kelishuvlar
o’tkazilsa, ingliz firmalarida texnologik jarayonlarni zamonaviylashtirish va
takomillashtirish tez amalga oshiriladi);
- ishlab chiqarish detallari va nozikliklariga e’tibor;
- ishchi kuchiga nisbatan kam haq to’lash (Germaniyada ijtimoiy ta’minotga
yuqori – 25 % gacha daromad solig’i, ish xaqining muntazam o’sishi
va nemis
markasining o’sib boruvchi kursi 90-yillar oxirida ish xaqi o’rtacha darajasining
Buyuk Britaniyaga nisbatan salkam 2 marta yuqori bo’lishiga olib keldi).
Bundan tashqari, GFRga nisbatan inglizlarda ishlab chiqarish jarayonida
menejerlar tomonidan ishchilarni ma’naviy qo’llab-quvvatlash
zaruriyatini nazarda
tutadigan konstruktiv ishlab chiqarish munosabatlari o’rnatildi. Bu Buyuk
Britaniyada ish kuni va uskuna ekspluatatsiyasining mashina vaqti uzunroq davom
etishi saqlanishiga ko’mak berdi.
Dunyoda yapon menejmentning yuqori reytingiga qaramay,
yapon firmalari
g’arbiy menejment uslubidan, xususan Fransuz mahsulot ishlab chiqarish va sotishni
boshqarishni tashkil qilish uslubidan foydalanish hollari ma’lum. Xususan,
Yaponiyada yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi ikkinchi “Nissan”
kompaniyasi 90-yillar oxirida qiyin davrni boshdan kechirdi. Uning rahbariyati 1999
yilda “Reno” Fransuz avtomobilsozlik firmasi bilan alyans tuzish qarorini qabul kildi.
Alyans mafkurachilaridan biri bo’lib, oxirgi uch yil ichida “Reno”ni muvaffaqiyatli
restrukturizatsiya qilganligi uchun “Xarajatlar qotili” nomini olgan “Reno” ning
yetakchi menejeri Karlos Gan xizmat qildi.
Alyans doirasida yapon kompaniyasi o’z oldiga Fransuz menejmenti usullaridan
foydalanish hisobiga zararlar, qarzlar, ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari va yetarli
bo’lmagan avtomobil sotish hajmi muammolarini hal qilish
va ilmiy ishlanmalarga
xarajatlarni qisqartirish, yagona strategiyani ishlab chiqish, butlovchilarni birga xarid
qilish va shu kabilar bo’yicha kuchlarni birlashtirish vazifalarini qo’ydi. Bundan
tashqari, strategik jihatdan Fransuz va yapon kompaniyalari ta’sir doirasini
kengaytirish (“Nissan” o’rni Osiyo va Amerikada kuchli, “Reno”Yevropa
bozorida
yetakchilardan biri) hisobiga birlashishdan yutadilar.
Shu bilan bir vaqtda skeptiklar istiqbolda ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini
qisqartirishda gayratli fransuz menejmenti prinsiplarining ishchilarni bushatish va
ishlab
chiqarish
quvvatlarini
qisqartirishni
olqishlamaydigan
konservativ
korporatsion an’analarga ega yapon menejmenti prinsiplari bilan to’qnashish
imkoniyatini ko’rmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: