a) Sharhlangan voqea va sharh vazifasining nomi haqida xabar;
b) Ushbu voqea munosabati bilan yuzaga keladigan savollarni shakllantirish;
c) Faktlar va fikrlarni, tafsilotlarni sharhlash bayonoti;
d) Muallifning ko'rsatilgan voqeaga munosabatini aks ettirgan tezislarni shakllantirish, ularni matnning boshida yoki sharhlangan hodisaning mohiyatini ochib beradigan savollarni tug'dirgandan keyin.
3. Sharhlovchi voqealarni tahlil va sharh qilayotganida shaxsiy izohlari bilan voqea mazmuniga putur yetkazib qoyishi mumkin. Bazi sharhlovchilar hayotda qanday voqea yuz berdi va uning sabablari nimada ekanligini tushuntirish orniga, hayotda bu ishlar qanday bolishi kerak edi, degan fikrlarni taqdim etishdan ozini tiya olmay qoladilar. Bunday vaqtda meyorni saqlashning yollaridan biri muhokama qilinayotgan masalaning mazmunidan chetga chiqmaslikdir bu fikrlar ,albatta, men Fixtiluis janoblarining ayni damda mutolaasiga berilgan kitobimda yozilgan ( "Jurnalistikaning 10 qoidasi",T. 2002, 43-bet).
Sharhlovchi:
a) aniq faktlarga asoslanishi;
b) ulardan xolisona xulosa chiqara bilishi;
c) korrupsiyaning har qanday shakli va oz manfaatiga xizmat qiladigan holatlardan qochishi;
d) haq ekanligini anglashi;
e) firk-mulohazalarini tushunarli tarzda yetkaza olishi;
f) etiqodga ega bolishi, hayotning demokratik tamoyillariga ishonishi va insonparvar bolishi kerak.
Vladimir Vladimirovich Pozner - uch davlat fuqaroligiga ega bo'lgan xalqaro siyosiy sharhlovchi. Uni AQShda "Rossiyaning yuzi" ("The face of Russia ") deb bilishadi. Aslida Pozner na Rossiya siyosatiga va na AQSh pozitsiyasiga xayrixohligini bildiradi. O'zi to'g'ri deb hisoblaydigan fikridan qaytmaydi. Ahamiyatlisi, dasturlarida va sharhlarida ikkala davlat haqida ko'p marotaba tanqidiy yondashuvini ko'rish mumkin.Uning fikricha haqiqiy jurnalist: "Jurnalist, mening fikrimcha, hech qanday tomonga qaramaydi, o'z auditoriyasini nima bo'layotganini tushuntirishga harakat qiladi. U aytmasligi kerak: bu yaxshi, lekin bu yomon, buni qo'llab-quvvatlash kerak, ammo bu kerak emas. Bularning barchasi oson emas, chunki ularning ikkalasi ham sizga yoqmaydi. Chunki ular: "Xo'sh, o'zingiz qaror qilasiz!" Men qaror qildim: men siz uchun emasman va siz uchun emasman, meni kuzatayotgan odamlar uchun shu yerdaman. Men buni uddalagandim va bu ulkan bir tuyg'u beradi: ko'zguda mening ko'zguga qarashim taqiqlanmaydi, shunday emasmi? Men to'g'ri ish qilayotganimni bilaman. Odamlarning menga bo'lgan munosabati buni tasdiqlaydi. Bu "chuqur mamnuniyatning oltinchi hissi" (kuladi), menda shunday tuyg'u bor.
Hattoki, u bir intervyusida Vladimir Putin haqida "U o'zini adashganligini ayta olmaydigan odamlar bilan o'rab olingan" -, deydi. Donald Trump haqidagi tanqidlari esa bir talay. Pozner faqat o'z fikriga, o'z meniga bo'ysunadigan odam. Uni Rossiyada nafaqat istiqomat qilishi, balki hatto ishlashi-da o'z fikriga ko'nib Rossiya hukumatini tanqid qilishdan qaytara olmaydi. U o'z pozitsiyasiga ega odam, Rossiya pozitsiyasiga emas!
Do'stlaringiz bilan baham: |