YANGI O’ZBEKISTON VA AFG’ONISTON IQTISODIY MUNOSABATLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 4-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.Afg‘oniston Prezidenti 5-dekabr kuni Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.Oliy martabali mehmon Hazrati Imom majmuasiga tashrif buyurdi. Mo‘yi Muborak madrasasida saqlanayotgan Usmon mushafi va boshqa tarixiy-ma’rifiy yodgorliklarni katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdi.Tashrifning asosiy tadbirlari Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tdi.Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Ashraf G‘anining tor doiradagi uchrashuvi bo‘ldi Sizni O‘zbekistonda qutlashdan mamnunman, dedi Prezidentimiz. Biz keyingi bir yilda besh marotaba uchrashib, bugungi tarixiy tashrifga zamin yaratdik. O‘zbekiston Afg‘onistonni yaqin qo‘shni va do‘st mamlakat deb biladi. Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilishi, savdo, iqtisodiyot, transport, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorligimiz rivojlanishi uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etmoqda.Afg‘oniston Prezidenti O‘zbekistonga tashrifidan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikka keng yo‘l ochilganidan mamnun ekanini bildirdi.Bundan bir yil avval O‘zbekiston xalqi Sizga ishonch bildirib, Prezident etib saylagan edi, dedi Afg‘oniston rahbari. O‘tgan bir yildagi o‘zgarishlar bu ishonch to‘g‘ri bo‘lganini namoyon etdi. O‘zbekiston 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasiga muvofiq qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda, barcha masalalarni hal etmoqda. O‘zbekistonning tashabbuslari va amaliy sa’y-harakatlari mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston bilan hamkorligimizning yangi davri boshlanganidan mamnunmiz. Umid qilamizki, bu munosabatlarimiz oyma-oy, kunma-kun yanada mustahkamlanib boraveradi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 13-oktabrda o‘rnatilgan. Ikki tomonlama hamkorlik 2016-yilga kelib, izchil rivojlana boshladi. 2017-yil yanvarda Toshkentda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili tayinlangani mamlakatimizning ikki tomonlama munosabatlarga ajratayotgan e’tibori namunasi bo‘ldi.Davlat rahbarlari 2017-yil 7-iyunda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT majlisi hamda 10-sentabrda Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha sammiti doirasida uchrashuvlar o‘tkazdi.29 noyabr kuni Toshkent va Kobul o‘rtasida birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu voqea nafaqat chuqur ramziy ma’noga, ayni paytda katta amaliy ahamiyatga egadir. Endi ikki mamlakat rasmiy vakillari, ishbilarmon doiralari, eng asosiysi, oddiy fuqarolar aloqalari uchun qulay imkoniyat yaratildi.
Muloqotda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb mavzulari ko‘rib chiqildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar, xususan, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurashish, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilishiga qaratilgan barcha amaliy tashabbuslarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Davlatimiz Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatishning eng to‘g‘ri yo‘li – bu siyosiy muzokaralar olib borishdir, degan qat’iy pozitsiyada.Hamkor davlatlar va tashkilotlarning moliyaviy, iqtisodiy va insonparvarlik yordamiga tayangan holda va Birlashgan Millatlar Tashkilotining faol ishtirokida umummilliy yarashuvga erishish muhimdir.Biz Afg‘oniston hukumatining mamlakatda barqarorlik va tinchlik o‘rnatish, muzokaralar orqali umummilliy yarashuvga erishish, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. Qo‘shni Afg‘onistondagi tinchlik Markaziy Osiyoning barqaror va izchil rivojlanish istiqbollarini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun imkon yaratadi. O‘zbekiston Afg‘onistonning mintaqaviy iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarga qo‘shilishi uchun har tomonlama ko‘maklashadi. Iqtisodiyotni tiklash, transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirish, milliy kadrlarni tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etadi.
Bu jahon hamjamiyatining Afg‘onistonda tinch taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlariga uyg‘un va hamohangdir.O‘zbekistonning nufuzli xalqaro va mintaqaviy anjumanlarda, xususan, BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida Afg‘oniston bo‘yicha bildirgan bayonotlarini yuksak qadrlaymiz, dedi Ashraf G‘ani. Yaqinda Samarqand shahrida yuqori darajada o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ham Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish mintaqa va jahon miqyosida muhim masala ekani alohida ta’kidlandi. Mintaqamizda markaziy o‘ringa ega O‘zbekiston bilan hamkorligimiz iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikda muhim ahamiyat kasb etadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar.Unda rasmiy delegatsiyalar a’zolari, vazirlik va yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Muzokaralarda savdo-iqtisodiyot, transport, tranzit, energetika, kimyo, agrosanoat, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.Mamlakatimizda eksport masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Afg‘oniston esa O‘zbekiston uchun yaqin va katta bozor. O‘zbekistonning rivojlangan sanoati, transport va energetika sohasidagi salohiyati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Afg‘oniston uchun manfaatli.Bu boradagi imkoniyatlarni ishga solish maqsadida Savdo, transport va energetika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiya tashkil etilgan.
O‘zbekiston Afg‘onistonda temir yo‘l, energetika, qurilish loyihalarini amalga oshirgan. 2016-yilda savdo aylanmasi qariyb 520 million dollarga yetgan.Savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, temir yo‘l, tranzit va boshqa to‘lovlarning tarif narxlari tushirilib, tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilmoqda.O‘zbekiston Afg‘oniston bozoriga mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo va to‘qimachilik mahsulotlari, zamonaviy yengil va yuk mashinalari, avtobuslar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, mineral o‘g‘itlar, qurilish materiallari, oziq-ovqat, meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishga tayyor.Muzokarada madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.Afg‘onistonliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatish, temir yo‘l hamda boshqa sohalar mutaxassislarini tayyorlash maqsadida Surxondaryo viloyatida maxsus ta’lim markazi tashkil etilgan. Termiz shahridagi ixtisoslashgan shifoxonada Afg‘oniston fuqarolariga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratildi.Umumiy madaniy-ma’naviy merosimiz ramzi bo‘lgan Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa allomalarimiz qadamjolarini birgalikda qayta tiklash, ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha ham kelishib olindi.2018-yil Afg‘onistonda Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha xalqaro konferensiya, Toshkentda olima ayollarga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazilishi ma’lum qilindi.O‘zbekiston Afg‘oniston uchun zarur mutaxassislarni mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishga tayyorligini bildirdi.Afg‘oniston O‘zbekistonning Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi. Mazkur markazlar yoshlarni diniy bag‘rikenglik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni turli zararli oqimlar va terrorchilik g‘oyalari ta’siridan himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Afg‘oniston Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti imzolandi.Mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 16 hujjat imzolandi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik, chegara postlaridan o‘tkazish, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam, yuklarni tranzit tashish, bojxona, qishloq xo‘jaligi, energetika, sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim sohalariga oid hujjatlar shular jumlasidandir.Xavfsizlik sohasida hamkorlikka oid qo‘shma komissiya tuzish, Termiz shahrida Afg‘onistonning konsulxonasini ochish to‘g‘risidagi kelishuvlarning muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.Transport va energetika infratuzilmalarini barpo etish sohasidagi hamkorlik avvalo ikki mamlakat, qolaversa, mintaqa davlatlari uchun strategik ahamiyat kasb etadi. Xususan, Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish loyihasi O‘zbekiston mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Mozori Sharif – Shibirg‘on – Maymana – Hirot temir yo‘li birgalikda barpo etiladi.
Tashrif doirasida O‘zbekistondan bug‘doy, qora metall, mineral o‘g‘itlar, qurilish mollari, dukkakli va boshqa mahsulotlar eksporti bo‘yicha umumiy qiymati 500 million dollardan ziyod bo‘lgan tijorat shartnomalari imzolangani alohida qayd etildi.Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda bo‘lib o‘tgan muzokaralar va imzolangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.Uchrashuvda Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani o‘zbek tilida lutf qildi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev buni olqishlab, bu xalqlarimiz tarixi, tili, madaniyati yaqinligining dalolati ekanini ta’kidladi.Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodiga tashrif buyurdi.Afg‘oniston delegatsiyasi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yengil va yuk mashinalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, maishiy uskunalar va boshqa sanoat mahsulotlari bilan tanishdi.Tadbirda samimiy do‘stlik munosabatlarining ifodasi sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 25 dona "Isuzu" rusumli avtobus va “New Holland” markali 3 ta traktor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan birodar Afg‘onistonga hadya etilgani e’lon qilindi.
Afg‘oniston O‘zbekiston uchun eng yirik savdo bozorlaridan biri hisoblanadi. 2020 yilda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 779 mln dollarni, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida — 351,9 mln dollarni tashkil qilgan. «Gazeta.uz» ikki davlat o‘rtasidagi import va eksport tarkibi hamda O‘zbekistonning Afg‘onistondagi loyihalari haqida ma’lumotlar taqdim etadi.
Davlat statistika qo‘mitasiga O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tashqi savdo aloqalariga oid statistik ma’lumotlarni taqdim etishni so‘rab murojaat qildi. Statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda ikkala mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 779 mln dollarni, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida —Davlat statistika qo‘mitasiga O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tashqi savdo aloqalariga oid statistik ma’lumotlarni taqdim etishni so‘rab murojaat qildi. Statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda ikkala mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 779 mln dollarni, 2021 yilning yanvTashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha O‘zbekistonning 20 ta yirik hamkor davlatlari orasida to‘rtta mamlakat — Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya bilan faol tashqi savdo balansi (eksport importdan ko‘p) kuzatiladi. Qolgan 16 ta mamlakat bilan tashqi savdo aylanmasining passiv balansi saqlanib qolmoqda.Ya’ni Afg‘oniston O‘zbekiston uchun eng yirik savdo bozorlaridan biri hisoblanadi. Xususan, 2020 yilda Afg‘onistonga o‘zbek eksporti hajmi 776,7 mln dollarni tashkil etgan. Ayni paytda import darajasi undan 334 baravar kichik — 2,3 mln dollarga teng bo‘lgan. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 350 mln va 1,4 mln dollarni tashkil qildi.ar-iyun oylarida — 351,9 mln dollarni tashkil qilgan. 351,9 mln dO‘zbekiston 2020 yilda asosan oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (jami eksport hajmiga nisbatan 35,5% yoki 276,4 mln dollar), mineral yoqilg‘i, yoqilg‘i moylash mahsulotlari va shunga o‘xshash boshqa materiallar (jami eksport hajmiga nisbatan 21% yoki 162,7 mln dollar), sanoat ishlab chiqarishi mahsulotlarini (jami eksport hajmiga nisbatan 9,3% yoki 72,3 mln dollar) eksport qildi.Afg‘onistondan importning asosiy qismini oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar, shuningdek, nooziq-ovqat xomashyo mahsulotlari (yoqilg‘idan tashqari) tashkil qilgan.2020 yilda O‘zbekistondan Afg‘onistonga eng ko‘p eksport qilingan mahsulotlar 20 taligi quyidagi ko‘rinishga ega.ollarni 2020 yilning noyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev «Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorni imzoladi.Qarorga muvofiq, 500 kVt quvvatga ega bo‘lgan «Surxon — Puli-Xumri» elektr uzatish liniyasi (EUL) qurilishi bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish ishlarini jadallashtirish rejalashtirilgan. Uzunligi 260 km bo‘lgan yangi EUL O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini 70% ga oshirib, yiliga 6 mlrd kVt/soat ga yetkazish imkonini beradi. Loyiha qurilishi to‘g‘risidagi bitim Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 110 mln dollar miqdoridagi moliyalashtirish mablag‘lari ajratilishi tasdiqlanganidan keyin imzolangan. EULning O‘zbekiston hududidagi qismi qurilishi 2021 yil mart oyigacha yakunlanishi, Afg‘oniston hududidagi qurilish ishlari avgust oyidan boshlanishi rejalashtirilgan edi.Shuningdek, qarorda afg‘on bozorida o‘zbek mahsulotlari raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida Afg‘onistonga eksport qilinadigan sement, temir, suyultirilgan gaz, un, bug‘doy, tuxum va o‘simlik yog‘i kabi asosiy tovarlar narxlarini pasaytirish choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.Bundan tashqari, fevral oyi boshida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston Toshkentda «Mozori-Sharif — Kobul — Peshovar» temir yo‘li qurilishining yo‘l xaritasini imzoladi. Loyiha may oyida tayyorlanishi kerak edi, yo‘l qurilishi ishlarini joriy yilning sentyabr oyidan boshlash rejalashtirilgan. Shavkat Mirziyoyev buni asr loyihasi deb atadi, shuningdek, mazkur temir yo‘l O‘zbekiston tarixidagi eng yirik loyihalardan biri bo‘lishini ta’kidladi.O‘zbekiston 2023 yilgacha Afg‘oniston bilan o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. O‘zbekistonning eksport potensialini oshirish maqsadida Termizda yillik tovar aylanmasi 500 mln dollar bo‘lgan xalqaro savdo markazi qurilishi rejalashtirilmoqda. Umumiy qiymati 75 mln dollarga teng bo‘lgan savdo markazida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, saralash va qadoqlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridan Markaziy Osiyo davlatlari bilan amaliy, o‘zaro manfaatli va yaxshi qo‘shnilik munosabatlarini shakllantirish, mintaqada xavfsizlikni ta’minlashni tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgiladi.
O‘zbekiston rahbari mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga doir strategik qarashlarini2017-yilning sentabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida batafsil bayon qildi. So‘ng o‘tgan yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusidagi konferensiyada davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo, jumladan, Afg‘onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi qo‘shma sa’y-harakatlarning keng qamrovli dasturini taklif etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlaridagi dasturiy nizomlar, uning Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi joriy vaziyat, rivojlanish istiqbollariga bergan bahosi xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otdi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «Evroosiyoning “yuragi”da joylashgan Markaziy Osiyo? Yevropa va Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni bog‘lovchi ko‘prikdir». Mintaqamiz tabiiy resurslarga boy, bu yerda ko‘plab mamlakatlar va butun mintaqalar rivojiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan noyob madaniyat va taraqqiyot salohiyati mavjud. Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyevning fikricha, Markaziy Osiyoda jahonning qudratli davlatlarining manfaatlari kesishmoqda, beqarorlik va qarama-qarshilik o‘choqlariga tutash bo‘lgan ushbu mintaqa yaqin va uzoq xorijda ro‘y berayotgan barcha salbiy jarayonlar ta’sirini his etmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti adolatli savollarni o‘rtaga tashladi: mintaqada vaziyat qanday rivojlanadi? Bu yerda qanday ssenariy ustun keladi – nizo va qarama-qarshiliklarmi yoki hamkorlik va taraqqiyotmi? Bu savolga javob ravshan – eng avvalo, barchasi Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaning umumiy kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga nechog‘li tayyorligiga bog‘liq. Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh bo‘lgan O‘zbekiston mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo‘shnilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdor. Davlatimiz rahbari bir necha bor ta’kidlaganidek: «bizning bosh maqsadimiz – umumiy sa’y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat». Ayni paytda eng dolzarb va o‘tkir muammolardan biri – qo‘shni Afg‘onistondagi nizoni hal qilmasdan turib oldimizda turgan maqsadlarga erishishning iloji yo‘q, chunki u tarixiy va geosiyosiy jihatdan mintaqamizning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish – Markaziy Osiyoning barqarorligi va taraqqiyoti kafolatidir. Samarqanddagi xalqaro anjumanda so‘zga chiqar ekan, O‘zbekiston Prezidenti xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yalpi xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri da’vat qildi. Tinch Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko‘rfazi portlariga eng qisqa yo‘lini ta’minlashi, Hindiston, Eron va Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog‘lashi mumkin. Shu munosabat bilan Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlik o‘rnatishning asosiy masalalari bo‘yicha keng va qat’iy xalqaro konsensusni tasdiqlash, mamlakatda milliy yarashuv bo‘yicha afg‘onistonliklar rahbarligida va ularning sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston doimo Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan tartibga solishning qat’iy tarafdori hisoblangan va shunday bo‘lib qoladi. Mamlakatimiz qo‘shni davlatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Shu jihatdan Shavkat Mirziyoyev tomonidan Afg‘oniston bilan hamkorlikda joriy yilning 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasini o‘tkazish tashabbusining ilgari surilishi O‘zbekiston rahbariyatining mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha umumiy strategiyasining ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Mamlakatimiz afg‘on muammosiga bag‘ishlangan deyarli barcha xalqaro forumlarda faol ishtirok etmoqda. «Kobul jarayoni», «Moskva formati», «Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni» forumi, Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro aloqa guruhi, «ShHT – Afg‘oniston» aloqa guruhi, Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasi shular jumlasidandir. 19-yanvar kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi davomida O‘zbekiston va Afg‘oniston tomonidan Toshkent forumining qo‘shma taqdimoti tashkil etildi. Toshkentdagi konferensiya 28 fevral kuni Afg‘oniston poytaxtida o‘tgan «Kobul jarayoni»ning ikkinchi yig‘ilishidan so‘ng bo‘ladi va xalqaro hamjamiyat tomonidan ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ladi. Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani so‘zga chiqadilar. Toshkent uchrashuvida ishtirok etish uchun BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va tashkilotning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari taklif etilgan. Forum ishtirokchilari mintaqaviy va global darajada tez orada Afg‘oniston hukumati bilan «Tolibon» harakati o‘rtasida hech qanday dastlabki shartlarni ilgari surmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish zaruriyati xususida umumiy nuqtai nazar bayon etilishi kutilmoqda. Konferensiya yakuni bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan bo‘lib, unda quyidagi muhim jihatlar o‘z aksini topishi ko‘zda tutilmoqda: birinchidan, tinchlik jarayoni afg‘onistonliklarning bevosita rahbarligi va ularning sa’y-harakatlari bilan BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi rezolutsiyalari va qarorlari nizomlariga muvofiq amalga oshishi kerak; ikkinchidan, qurolli muxolifat Afg‘onistonning siyosiy hayotiga kafolatli integratsiya qilinishi va qonuniy siyosiy kuch sifatida e’tirof etilishi tinchlik jarayonining muhim omili hisoblanadi; uchinchidan, xalqaro hamjamiyat terrorizmning har qanday shakl va ko‘rinishiga qarshi bo‘lib, transmilliy terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilik tahdidlari nafaqat Afg‘oniston, balki umuman butun mintaqa va jahonning barqarorligi va izchil taraqqiyotiga umumiy xavf sanalishini e’tirof etadi.
Toshkent konferensiyasi arafasida, shuningdek, hamkorlikning yangi shaklidagi «Markaziy Osiyo + Afg‘oniston» (C5+1) birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu format Afg‘onistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va infratuzilma aloqalari tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyasi, umummintaqaviy miqyosdagi aniq loyiha va dasturlarning samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi. Toshkent konferensiyasi xaqidagi tashabbusni ilgari surar ekan, O‘zbekiston uni bir martalik tadbir sifatida o‘tkazish bilan cheklanib qolmay, undan keyin ham ikki va ko‘p tomonlama munosabatlar doirasida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish borasidagi siyosiy jarayonga ko‘maklashishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosiy strategiyasini amalga oshirish asnosida O‘zbekiston afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan yechish bo‘yicha siyosiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Bu jarayonda asosiy rol va javobgarlik o‘z mamlakati kelajagini belgilashi va qurishi kerak bo‘lgan afg‘onistonliklarning zimmasida ekanini yana bir bor ta’kidlash joiz. Toshkent konferensiyasi oldida turgan yuksak maqsadlar, shuningdek, uning ishida BMT Xavfsizlik Kengashining barcha doimiy a’zolari, ShHTga a’zo davlatlar va Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar, jumladan, Markaziy Osiyoning beshta mamlakati ishtirok etishi butun dunyoda forum ishiga katta qiziqish uyg‘otmoqda. Tadbirni yoritishda qatnashish uchun jahon ommaviy axborot vositalari vakillarining katta guruhi tashrif buyurishi kutilmoqda. O‘zbekiston poytaxtidagi xalqaro uchrashuv yakunlari Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, uning izchil rivojlanishi uchun sharoit yaratish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘lib, afg‘on xalqining farovonligini oshirish va uni mintaqa va umuman butun dunyodagi bunyodkorlik jarayoniga jalb etishga xizmat qilishiga umid qilamiz. Toshkent forumining muvaffaqiyati mintaqa davlatlarining tinchlik va taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar eshigini ochgan holda, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan umumiy muammolarni hal etishga qodirliO‘zbekiston hukumati qo‘shni Afg‘onistondagi “Tolibon” harakatining yuqori martabali vakillari bilan amaliy uchrashuvlar” o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar qildi. Harakat vakillari bilan muloqot mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyadan so‘ng o‘rnatilgan. O‘shanda yigirmadan ortiq mamlakatlar vakillari Kobuldagi hukumat va toliblarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni boshlashga chorlab, rasmiy Toshkent esa ushbu jarayonda vositachilik qilishga tayyorligini bildirgan edi, deb yozadi maqola muallifi Kirill Krivosheyev.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston bo‘yicha shu yil mart oyida Toshkentda o‘tkazilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” nomli konferensiyaning bevosita natijalari haqida ma’lum qildi.“Toshkent konferensiyasi ishtirokchilarining umumiy pozitsiyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida O‘zbekiston tegishli aloqalar o‘rnatib, Tolibon harakatining yuqori martabali vakillari bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik-barqarorlik o‘rnatish va mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan muloqot va o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi”, deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida e’lon qilingan bayonotda.Shu bilan birga, o‘zbek diplomatlari Afg‘oniston hukumati va toliblar Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatish tartibini joriy etganini olqishladi. “O‘zbekiston ushbu yarashuv muddatsiz tus olishiga umid qiladi”, deyiladi matnda.Mart oyidagi Toshkent anjumanida toliblar qatnashmagandi. Shunga qaramay, tadbir yakunida qabul qilingan deklaratsiyada ishtirokchi mamlakatlar “Milliy Birdamlik hukumatining oldindan hech qanday shart qo‘ymaslik asosida “Tolibon” bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni boshlash haqidagi taklifini qat’iy qo‘llab-quvvatlash”larini ta’kidladilar. Qayd etish joizki, Kobuldagi hukumat va toliblar o‘rtasida aloqa kanali bor yoki yo‘qligi noma’lum bo‘lib qolmoqda. “To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanganda shuning o‘zi aloqa kanali bo‘ladi”, deya javob bergan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy “Kommersant” savoliga.Aynan Toshkent toliblar va afg‘on hukumati o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi bo‘lishi mart oyidayoq ma’lum qilingan edi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mart oyida bo‘lib o‘tgan konferensiyada “Biz O‘zbekiston hududida tinchlik jarayonlarining istalgan bosqichida Afg‘oniston va “Tolibon” harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tashkil etish uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”, deb ta’kidlagan edi. O‘zbek diplomatlarining “oliy martabali vakillari” bilan uchrashuvlari mazkur muzokaralar yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ldi, deyish mumkin.“Toshkent izchil va tizimli tarzda harakatlanmoqda, — deydi “Kommersant” gazetasiga bergan intervyusida Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert, siyosatshunos Arkadiy Dubnov. — Tabiiyki, toliblar va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi aloqalar ilk marotaba olib borilayotgani yo‘q. Ammo aynan ushbu aloqa Afg‘oniston Prezidenti Ashraf o‘ani tomonidan e’lon qilingan yarashuvga mo‘ljallab o‘rnatilgan. O‘zbekiston Kobuldagi hukumat va toliblar o‘rtasidagi ishonch muhiti mustahkamlanishidan manfaatdor. Boshqacha aytganda, o‘zbeklar Toshkent konferensiyasida boshlangan jarayon ketayotgani va u davom etishini ko‘rsatib berishga intilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Toshkent deklaratsiyasini imzolagan barcha mamlakatlar, shu jumladan, Rossiya mazkur yo‘nalishdagi uning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini kutyapti”gini namoyon qilishi darkor. shuningdek, sotish terminallari joylashtiriladi.tashkilPrezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy sohalardagi ustuvor vazifalar, tinchlik va xavfsizlikni, millatlararo totuvlikni hamda bag'rikenglik muhitini ta'minlash, yoshlarning kamol topishiga munosib sharoit yaratish, milliy manfaatlarimiz, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro'-e'tiborini oshirish, ochiq va amaliy tashqi siyosat yuritish yuzasidan aniq “yo'l xaritasi”ni belgilab berdi.
So'nggi yillarda qo'shni davlatlar bilan o'zaro manfaatli aloqalar va ishonchli sheriklik munosabatlarini o'rnatish hamda ularni yanada yuqoriroq bosqichga olib chiqish masalasiga jiddiy e'tibor berib kelinmoqda. O'zbekiston tomonidan olib borilayotgan siyosat natijasida mintaqamizda tamomila yangicha muhit qaror topib, o'zaro hurmat, do'stlik va yaxshi qo'shnichilik tamoyillariga asoslangan hamkorlik va taraqqiyot hududi yaratildi.Prezidentimizning qarori bilan Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro institutining ta'sis etilishi bejiz emas. Ushbu dargohda mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga oid izlanishlar hamda Markaziy Osiyo bilan bog'liq bo'lgan turli tahdid va muammolarni hal etishga qaratilgan tizimli tadqiqotlar olib boriladi.Davlatimiz rahbari Afg'oniston Markaziy Osiyo mintaqasining ajralmas qismi ekanligini bir necha bor turli xalqaro minbarlarda ta'kidlab kelmoqda. Shavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytadigan bo'lsak, o'zbeklar va afg'onlar Amudaryoning ikki sohilida yashab kelayotgan bir-biriga birodar yagona xalqdir. Shu nuqtai nazardan, tashqi siyosatimizda afg'on yo'nalishi alohida o'rin tutadi. Shubhasiz, ushbu davlatda uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan mojaroni hal etmay turib, tinch va taraqqiy etgan Markaziy Osiyo haqida gapirib bo'lmaydi.2018 yilning mart oyida Prezidentimiz tashabbusi bilan Toshkent shahrida o'tkazilgan Afg'oniston muammosini hal etish masalasiga bag'ishlangan xalqaro konferensiya O'zbekistonning afg'onlararo tinchlik jarayonini yo'lga qo'yish uchun qo'shgan hal qiluvchi hissasi bo'ldi. Ushbu anjumanni afg'on mojarosining tinchlik yo'li bilan yechimini topishga qaratilgan ko'p yillik xalqaro urinishlardagi burilish nuqtasi deb baholashga xaqlimiz. Tadbir doirasida yakdillik bilan qabul qilingan “Toshkent deklaratsiyasi” dunyo hamjamiyati tomonidan Afg'onistonda tinchlik o'rnatish bo'yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlarni yanada faollashtirishga turtki bo'lib xizmat qildi va afg'on muammosini xalqaro kun tartibining markaziga qaytarish imkonini berdi.Davlatimiz rahbarining izchil va qat'iy tashqi siyosati o'laroq Toshkent nafaqat qo'shni mamlakat iqtisodini tiklashda balki Afg'onistondagi tinchlik jarayonida ham munosib o'rin egallab, o'zining alohida mavqeini qo'lga kiritdi.Bugungi kunda O'zbekiston dunyoning nufuzli mamlakatlari bilan bir qatorda afg'onlararo muzokaralarni ilgari surishga ko'mak beruvchi 5 ta (Qatar, O'zbekiston, Germaniya, Norvegiya va Indoneziya) hamfikr davlatlar safidan o'rin olgan.Respublikamiz tomonidan xalqaro hamjamiyat bilan uyg'un tarzda amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli 2020 yilning 12 sentyabr kuni Qatarning Doha shahrida afg'onlararo muloqotning ilk davrasi boshlandi.Afg'on masalasiga yondashuvimizning afzallik jihati shundan iboratki, O'zbekiston qo'shni mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar, milliy-diniy guruhlar va qurolli muxolifat vakillari, shu jumladan, “Tolibon” harakati rahbariyati bilan birdek muvozanatli aloqalar o'rnatishga muvaffaq bo'ldi.Hozir Afg'onistonda tinchlik o'rnatish jarayonida O'zbekistonning faol qatnashishiga yanada ko'proq ehtiyoj sezilmoqda. Prezidentimiz tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75-sessiyasida mamlakat milliy iqtisodini tiklashga qaratilgan Afg'oniston bo'yicha maxsus qo'mita ta'sis etish to'g'risida ilgari surgan tashabbus xalqaro hamjamiyat tarafidan qo'llab-quvvatlanmoqda.Afg'oniston iqtisodiyotini qayta qurish, mamlakat ijtimoiy sohasini rivojlantirish, ilmiy salohiyatini, to'laqonli maorif va ta'lim tizimini barpo etish uchun malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezilmoqda. Ushbu voqelikdan kelib chiqib, Termiz shahrida Afg'oniston fuqarolariga ta'lim berish markazi ta'sis etildi. Hozirda ushbu ixtisoslashgan o'quv yurtida yuzlab afg'onistonlik talabalar oliy ta'limning turli yo'nalishlari bo'yicha tahsil olmoqda. Bir so'z bilan aytganda, O'zbekiston afg'on milliy kadrlarini tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish ishiga salmoqli hissa qo'shib kelmoqda.Yaqinda shaxsan Prezidentimizning rahnamoligida afg'on shifokorlaridan iborat 20 kishilik guruh malaka oshirish va koronavirus kasalligini davolash uslublarini o'rganish maqsadida O'zbekistonga tashrif buyurdi.Shuni qayd etish lozimki, og'ir pandemiya sharoitida ham respublikamiz Afg'oniston bilan chegarani yopgani yo'q. Qo'shni davlatga oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg'i, dori-darmon, tibbiyot anjomlari va insonparvarlik yordami muntazam yetkazib berildi. Qo'shni mamlakatning tashqi dunyo bilan savdo-sotiq aloqalari O'zbekiston tomonidan qurib berilgan Hayraton — Mazori-Sharif temir yo'l transport yo'lagi orqali to'xtamay amalga oshirilmoqda.O'zbekiston tomoni Surxon — Puli-Xumri elektr uzatish tarmog'ini Afg'onistonda barpo etish loyihasini amalga oshirish bilan bog'liq amaliy ishlarni boshlab yubordi. Uning hayotga tatbiq etilishi Afg'onistonni Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga bog'lash imkonini beradi hamda “CASA-1000” loyihasining muhim tarkibiy qismi sifatida mintaqamiz elektr energiyasini Pokiston hamda Janubiy Osiyo mamlakatlariga yetkazib berishga sharoit tug'iladi.Afg'oniston hukumati va boshqa xalqaro sheriklar bilan birgalikda Markaziy va Janubiy Osiyoni bog'lovchi Mazori-Sharif — Kobul — Peshovar yo'nalishida temir yo'l qurish loyihasini amalga oshirishga tayyormiz. Bu borada aniq va manzilli choralar ko'rilmoqda.O'zbekiston, Afg'oniston va Pokiston davlat rahbarlarining Transafg'on transport yo'lagini barpo etish loyihasini moliyalashtirishga oid mushtarak murojaatnomasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Amerika xalqaro taraqqiyot moliya tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa nufuzli jamg'armalar rahbariyati nomiga yo'llandi.Ushbu rejaning yaqin istiqbolda to'la-to'kis ro'yobga chiqishi Markaziy va Janubiy Osiyoni bir-biriga bog'lash bilan bir qatorda, Afg'onistonni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etishda katta rol o'ynaydi hamda mamlakat iqtisodining tiklanishida muhim omil bo'lib, minglab ish o'rinlarini yaratish imkonini beradi.tashabbusi bilan joriy yilning may oyida Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o'zaro bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferentsiya tashkil etish rejalashtirilgan.Davlatimiz rahbari ma'no va mohiyati nuqtai nazaridan strategik xarakterga ega bo'lgan o'z Murojaatnomasida afg'on zaminida 40 yildan buyon hukm surayotgan keskinlik va qurolli mojaro barham topishiga, qo'shni mamlakatda tinchlik va barqarorlik o'rnatilishiga qat'iy ishonch bildirdi. Chunki “xavfsizlik yagona va bo'linmasdir va uni faqat birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan ta'minlash mumkin”.O'zbekistonning yagona maqsadi — Afg'onistonda tinchlik o'rnatish, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash va Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy yuksalishi uchun zarur shart-sharoit yaratishdir. Prezidentimiz ta'biri bilan aytadigan bo'lsak, “xavf-xatarlarning ba'zi birlarini “o'zimizniki”, boshqasini esa “birovniki” deb o'ylamasdan, bugun xalqaro hamjamiyat birlashib, jafokash Afg'oniston xalqiga uning tinchligi va taraqqiyoti yo'lida yordam qo'lini uzatishi har qachoShavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelishi bilan Markaziy Osiyo O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb belgilandi. Qo‘shnilar, jumladan Afg‘oniston bilan ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama munosabatlarda yangi davr boshlandi. Bu bosqichda O‘zbekiston Markaziy Osiyo va dunyoga ochilib bormoqda. Bu ochilish Afg‘oniston misolida ham yaqqol sezilib turibdi. O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlarining qisqa vaqt ichida besh marotaba uchrashgani va muhim kelishuvlarga erishgani so‘zimizning isbotidir. Xususan, Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining 2017 yil dekabr oyida O‘zbekistonga tashrifi doirasida umumiy qiymati 500 million dollarga teng bo‘lgan 40 ta shartnoma imzolandi. Umuman olganda o‘tgan yillar davomida, eng avvalo, O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarining huquqiy zamini mustahkamlandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmaljon Umirzoqovning aytishicha, diplomatik aloqalar o‘rnatilgandan beri mamlakatlarimiz o‘rtasida “turli sohalarga oid 47 hujjat imzolangan.” Shundan 17 tasi siyosiy, xavfsizlik masalalariga, 15 tasi transport-logistika sohasini jonlantirishga va 12 tasi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Prezident G‘anining tashrifi doirasida umumiy qiymati 150 million dollar va uzunligi 260 km. bo‘lgan 500 kBt/s.lik “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish linyasini qurish haqidagi kelishuv imzolandi. “O‘zbekenergo” AJ raisi o‘rinbosari Shuhrat Sheraliyevga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu loyiha vositasida Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni ko‘paytirmoqchi. 2020 yil oxirigacha tamomlanishi rejalashtirilgan ushbu loyiha mamlakatimizdan Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi miqdorini 70 foizga yoki yillik 6 milliard kVt.s ga ko‘paytirish imkoniyatini beradi. Kelgusida bu liniya orqali Markaziy Osiyo va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini Pokiston bozoriga eksport qilish mumkin bo‘ladi. Ichki bozorni elektr energiyasi bilan to‘la-to‘kis taminlayolmayotgan O‘zbekiston Afg‘onistonga eksport qilinishi reajalashtirilgan ko‘p miqdordagi elektr energiyasini qayerdan olishi hozircha jumboq bo‘lib turibdi. Har qalay bu borada hukumatning aniq rejasi bor deb umid qilamiz. Aksi holda ichki ta’minotdan tejash yo‘li bilan eksportni qondirishga, xalqni elektrsiz qoldirishga to‘g‘ri keladi. Afg‘oniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida “Mozori Sharif-Hirot” temir yo‘lini moliyalashtirish, loyihalashtirish va qurish" bo‘yicha bitim ham imzolangandi. Ayni paytda “Mozori Sharif-Hirot” temir yo‘lini qurish ustida ishlar olib borilmoqda. Umumiy qiymati 3 milliard dollardan ko‘proq va uzunligi 650 km. bo‘ladigan mazkur loyihani o‘zbekistonlik mutaxassislar amalga oshiradi. 2017 yil oxirida O‘zbekiston va Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, mamlakatlarimiz Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi. Bu kelishuvlar sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu ma’noda 2018 yilning yanvar oyida Termiz tumanida Afg‘oniston yoshlarini o‘qitish ta’lim markazi tashkil etildi. Hozirgi kunda yuzga yaqin afg‘onistonlik yoshlar mazkur dargohda tahsil olmoqda. Rasmiy Toshkent afg‘on yoshlarini O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitib berishga tayyor ekanligini bildirdi. Shuningdek, Termiz shahridagi ixtisoslashgan shifoxonada Afg‘oniston fuqarolariga tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Tomonlar Termiz shahrida Afg‘oniston konsulxonasini ochishga ham kelishib oldi. Shuningdek, prezident Mirziyoyev Afg‘onistonga 25 dona “Isuzu” rusumli avtobus va 3 ta "Nyu Holland" markali traktor sovg‘a qildi. Iqtisodiy aloqalarimiz ko‘lami kengayib, rivojlanib bormoqda. 2017 yil “O‘zsanoateksport” AJ va “Uztreyd” kompaniyasi Qobul va Mozori Sharif shaharlarida savdo uyilarini ochdi. Aloqalarning yangi bosqichida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirish targ‘ib qilinmoqda. Shu maqsadda, 2018 yilning mart oyida “Termiz kargo” eksport markazida surxondaryolik va balhlik (Afg‘oniston) ishlab chiqaruvchilarning ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etildi. Tomonlar o‘rtasida 5,5 million dollarlik shartnomalar imzolandi So‘nggi yillarda ikki tomonlama tijorat hajmi qaytadan jonlana boshladi. Ta’kidlash lozimki, Afg‘oniston va O‘zbekiston statistika tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan raqamlarda jiddiy tafovut mavjud. Masalan, Afg‘oniston Markaziy statistika tashkiloti 2016 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi eksport-import hajmini 399 million 411 ming AQSh dollaridan ko‘proq deb qayd etgan. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi esa ayni yil uchun O‘zbekistonning Afg‘onistonga eksporti miqdorini 517,3 million AQSh dollari deb ko‘rsatgan. 2016 yil Afg‘oniston O‘zbekistonning eng katta 5-eksport bozoriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Jamshid Jo‘rayevning ma’lum qilishicha, 2017 yilda tomonlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi 617 million dollarni tashkil qildi. Jo‘rayevga ko‘ra, umumiy qiymati yillik 6,5 milliard dollarga teng bo‘lgan Afg‘oniston importining atiga 10 foizidan kamrog‘i O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Vaholangki, vazirga ko‘ra, O‘zbekistonning Afg‘onistonga eksporti hajmini yillik 3 milliard dollarigacha ko‘tarish imkoniyati mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining 2017 yilning 24 yanvar kuni Qobul shahriga rasmiy tashrifi chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasini qisqa vaqt ichida 1,5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradigan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Afg‘oniston faqatgina tahdidlar maydoni emas, ulkan iqtisodiy imkoniyatlar makoni hamdir. Gap shundaki, mamlakatda o‘zlashtirilmagan juda katta miqdordagi yer osti va yer usti boyliklari aniqlangan. AQSh va Afg‘on rasmiylari Afg‘onistonda topilgan mineral qazilma zahiralarini 1-3 trillion AQSh dollar atrofida deb baholagan. Mamlakatda “mis, ko‘mir, temirning yirik konlari, oltin, kumush, litiy, platina, rux, nikel, zumrad, lojuvard, yoqut, la’l, turmalin, xromit, osh tuzi hamda bir qator radioaktiv elementlarning o‘rta va kichik hajmdagi jami 400dan ortiq koni” aniqlangan. Bu raqamlar AQSh geologik tadqiqotlar institutining Afg‘oniston hududining 70 foizida olib borgan tandqiqotlari natijasiga tayanadi. Mamlakatning qolgan qismi uchun mineral boyliklar xaritasi hozirgacha ishlab chiqilmagan. Demak, Afg‘onistoning tabiiy boyliklari tahmin etilganidan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston kelajakda qo‘shni mamlakatdagi mavjud zahiralarni o‘zlashtirish va yangi konlarni qidirish ishlarida qatnashishdan juda katta moddiy daromad ko‘rishi mumkin.2017 yilda Afg‘oniston aholisining umumiy soni qariyb 29,7 million kishini tashkil qildi. Shundan 7-8 millioni o‘zbek millatiga mansub Afg‘oniston fuqarolari ekanligi aytiladi. O‘zbekistondan tashqarida eng ko‘p o‘zbeklar yashaydigan o‘lka ham Afg‘onistondir. Boshqa tomondan o‘zbek tili Afg‘oniston davlat tillaridan biri deb tan olingan. Bu omillar O‘zbekiston eksporti uchun juda qulay bozor hisoblangan Afg‘onistonda nafaqat savdo-sotiqni qulaylashtirishi, balki umumiy aloqalarimizni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishi tabiiy. Ming afsuski, Islom Karimov davrida yuritilgan yopiq tashqi siyosat tufayli Afg‘onistondagi ko‘p sonli o‘zbeklardan “yumshoq kuch” sifatida unumli foydalanilmadi. Buning ustiga qo‘shni o‘lkadagi millatdoshlarimiz e’tiborsiz va himoyasiz qoldirildi.
Mirziyoyev hukumati Afg‘oniston hukumati bilan kelishgan holda mamlakatdagi o‘zbeklar masalasiga alohida va ko‘proq e’tibor qaratishi, o‘zbeklar hayotida va tafakkurida yuzaga kelgan madaniy, ma’naviy va ilmiy bo‘shliqni to‘ldirishi kerak deb o‘ylaymiz. Nazarimizda, imkon doirasida Afg‘onistondagi o‘zbeklar ta’limi uchun sarmoya kiritishimiz kerak. Chunki afg‘onistonlik o‘zbeklarning hammadan ko‘proq bizga ehtiyoji bor. O‘zbekistonlik tadqiqotchi Shuhrat Salamovning (Shuhrat Barlos) Afg‘onistonda 2000 ming nusxada nashr etilgan o‘zbek tili ta’limi haqidagi kitobidan bir kunda 1270 dona sotilgani afg‘onistonlik o‘zbeklarning O‘zbekistonga naqadar qiziqishining, ilmga chanqoqligining oddiy bir misolidir. Chegara ortida millionlab millatdoshlarimiz O‘zbekistonga talpinib, umid bilan bizdan madad kutib yashayotganini unutmasligimiz lozim. Boshqa tomondan ilmga sarflangan sarmoya hech qachon bekor ketmasligi, vaqti kelib qat-qat foyda keltirishi jahon tajribasidan ma’lumdir. ngidan muhimdir. Qilgan
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki hozirgi kundagi O’zbekistonni qo’shni davlatlar bilan munosabatlarini yaxshilash davlat rivoji uchun yaxshi foydalar kelltiradi “qo’shning tinch sen tinch deganidek” davlatlar iqtisodiyoti qachon to’la qonli mukammal ravishda rivojlansa shu davlat to’la qonli mustaqil hisoblanadi hozirgi kundagi davlatlar o’rtasidagi barcha shartnomalar manfatlarga asoslangan siyosatchilar aytgandek “daavlatlaning doimiy dushmnlari va doimiy do’stlari bo’lmaydi” davlatlar faqat manfatlari uchun boshqa davlatlar bilan diplomatic aloqalar o’rnatadi
Hozirgi kundagi O’zbekistooning olib borayotgan siyosati hamm shunday yo’ldan bormoqda qo’shnilar bilan har tomonlama aloqalarni mustahkamlash O’zbekiston Afg’oniston munosabatlarini o’rganib chiqar ekanman hozirgi kundagi Afg’onistonda bo’layotgan voqealar shunu ko’rsatadiki bu davlat uchun qo’shni davlatlar yordami juda zaruru . oxirgi davlat almashinuvi vaqtidagi urushlar natijasida davlat katta zarar ko’rdi, bu vaziyatda davlatimiz rahbari afg’n xalqi uchun ko’plab yordam karvonlari jo’natdi bularning hammasi ikki qo’sjni davlatlar o’rtasidagi aloqalarni yaxshilash uchun katta turtki bo’ldi. Davlatimiz Afg’onistnning avvalgi hukumati bilan ham hozirgi tolibon hukumati bilan ham yaxshi aloqalar o’rnatmoqda buning asosiy sabablari
1-Afg’oniston biz uchun toyyor ochiq bozor biz bu davlarga oziq ovqat mahsulotlari kiyim kechak va turli hildagi mahsulotlarimizni eksport qila olamiz
2- Bizning dengizga chiqiqsh uchun eng yaqin va qulay yo’l afg’oniston orqali otadi shu va boshqa sabablar tufayli bu davlatdagi tinchlik biz uchun juda muhim
Malumki hozirgi kunda davlatimiz rahbari shu va boshqa sabablar tufayli yordam karvonlarini Afg’onistonga yubormoqda va barcha markaziy osiyo Va butun dunyo nazarini Afg’onistonga qaratmoqda O’zining BMTdagi chiqishlarida har doim Afg’on masalasi u yerdagi urushlar haqida gapirib o’tmoqda. Qancha vaqtlardan buyon bu hududdagi urushlar halqni holdan toydirdi nafaqat halqni balki qo’ni davlatlar uchun ham har xil muammolar keltirib chiqarmoqda masalan nizning davlat uchun agar Afg’onistonda tichlik bol’ganida biz o’z tavarlarimizni yevropa bozorlariga chiqara olar edik va u hududlardan arzonroq narxlarda turli xildagi tavvarlarni olin kelish Imkoni bo’lar edi .
Hozirgi kundagi davlatimiz rahbarining Afg’oniston bilan olib borayotgan har tomomlama iqtisodiy munosabatlarni yaxshilash. Bularning hammasi davlatimiz iqtisodiyoti uchun yaxshi foyda keltiradi bizning tavarlar uchun Afg;onistin tayyor ochiq bozor va tavarlarimizning tarqalishi uchun ham qulay yo’ hisoblanadi
O’z shaxsiy fikrlarimni aytib o’tadigan bo’lsam. Biz har tomonlama bu davlatga yordam qo;lini cho’zishimiz kerak. Bu davlat bilan olib boriladigan iqtisodiy munosabatlarimiz bizga katta foyda keltiradi agari ki bu davlatda tinchlik bardavom bo’lsa shunday ekan. Har bir narsa bir biriga bog’liq tichlik bo’lsa iqtisodiyot yaxshilanadi xalq ko’payqdi bu narsalarni bo’lishi davlatda turli xildagi tavarlar talabini oshiradi tavavrlar ttalabi oshsa davlat boshqa davlatlar bilan eksport va Iport ishlarini amalga oshiradi bu ishlarning amalaga oshishi davlatni rivojlanishiga taraqqiy etishiga olib keladi agar davlat o’zi yaxshi rivojlansa yonidagi davlatlarga ham bu jarayonning tasiri bo’ladi va shu orqali dunyo rivojlanadi
Afg’oniston diyori ochilmagan hazina hech kim bilmaydi bu davlatning yer orsti boyliklari haqida bu hududda tinchlik hukum sura boshlasa bu davlat boyliklari sekin ochiladi va bu boyliklarni qazib chiqarish ularni qayta ishlash uchun katta mablag’ va yoordam kertak bo’ladi shunda bu davlat o;zi ishongan va unga har tomonlama yordam bergan davlatlardan yordam so’raydi bu yordam barcha yordam so’ragan davlatlar uchun katta foyda keltiradi. Biz bu hududlarda o’zimizning katta katta kampaniyakrunizni ochishimiz mumkin va yanada katta foydalar keltiradigan iqtisofiy shartnomalar o’rnata olamiz . shu sabali ham biz bu davlat bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadga muofiq deb hisoblayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |