Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Хalqaro savdo
.
566
qo’ng’irog’i va zohiriy haqiqatnamolikidan mag’lub bo’lishi mumkin. Tariflarning
foydalari jamiyatga tez sur’atda yetib keladi, ammo iqtisodchilarni aytib o’tgan
yomon oqibati noma’lum va butun iqtisodiyotga yoyilib ketgan
3
.
O’zbekistonning jahon bozoriga kirib borishini ustuvor
yo‘nalishlari
Tashqi savdo aloqalari xalqaro hamkorlikning muhim
sohalaridan biri bo‘lib, turli mamlakatlar bilan ilmiy-texnik, madaniy aloqalarni
yo‘lga qo‘yish, ular o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish iqtisodiyotni faol
va har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda
yordam beruvchi vositadir.
Mamlakatimizda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, jahon bozorlariga
yuqori sifatli tayyor mahsulotlar bilan kirib borish va mustahkam o‘rin egallash,
eksport hajmini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunga kelib O’zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida
dunyoning turli mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar amalga oshirilmoqda.
Mazkur aloqalar mahsulotlar va xizmatlar savdosi, ilmiy-texnik sohadagi
ayirboshlash, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, xalqaro turizm, xalqaro ishchi kuchi
migratsiyasi kabi iqtisodiyotning muhim sohala-rida amalga oshirilmoqda. Olib
borilayotgan faol tashqi iqtisodiy siyosat-ning samarali natijasi o‘laroq so‘nggi
yillarda mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatida sezilarli natijalarga erishildi.
Xususan, 2015 yilda ham jahon miqyosida savdo-sotiq ishlarining o‘sish
sur’ati sezilarli darajada sustlashgani, eksport qilinadigan eng muhim tovarlarga
nisbatan tashqi talabning kamayishi va narxlarning pasayishiga qaramasdan, biz
tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoga erishdik. Bu esa davlatimizning oltin-
valyuta zahirasini oshirish imkonini berdi
4
.
Eksport salohiyatini yuksaltirish, uning hajmini oshirish, tarkibini
takomillashtirish, geografiyasini kengaytirish muhim va dolzarb vazifalardan biri
bo‘lib, bir vaqtning o‘zida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning eng murakkab vazifalari qatoriga kiradi.
Eksport diversifikatsiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovarlar va xizmatlar
nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi
(ayniqsa, xom ashyo) ulushining katta bo‘lishiga barham berilishi, mahsu-
lotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport
hajmining barqaror bo‘lishini ta’minlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi
salbiy o‘zgarishlarga ta’sirchanligi darajasini pasay-tiradi.
Tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsu-
lotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish
3
Campbell R. McConnell, Stanley L. Economics : principles, problems, and policies. Brue.– 17th ed.p. 2010 95-96 pg
4
I.A. Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni,
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka
yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. – T.: NMIU, “O’zbekiston”, 2016 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |