Eksport
tariflari
(eksport
bojlari) joriy
qilinishining
iqtisodiy
oqibatlari
5 – savol
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Хalqaro savdo
.
565
qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlanggirilishi iqtisodiyotda bozor
munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi.
Hukumat Savdo Aralashuvi Nima Uchun Kerak?
Erkin savdo afzalliklarini hisobga olib, import salahiyatiga to’sqinlik
qilish va hukumat siyosati orqali eskport ko’lamini oshirishni nima talab etadi?
Bunga juda ko’p sabablar bor ba’zilari qonuniy ba’zilari esa qonuniy emas.
Savdodan Keladigan Foydani Tushunmaslik. Xalqaro savdodan kelib
tushadigan eng ko’p foyda eksport sektoridagi katta miqdordagi ish bilan
ta’nimlash ko’pchilik o’ylaganidek to’g’ri emas. Bu degani eksportlar ‘yaxshi’
chunki ular mamlakatni ish bilan ta’minlaydi, vaholanki, importlar ‘yomon’ chunki
ular odamlardan ishlarini tortib oladi. Darhaqiqat, xalqaro savdo yaratib bergan sof
foyda ixtisoslashtirish va ayriboshlash orqali olingan mahsulotdagi umumiy
o’sishdir. Mamlakat mehnat resurslarini bilan birgalikda barcha o’zining
resurslarini xalqaro savdo orqali yoki usiz ham yo’naltiradi. Xalqaro savdo, bunga
qaramay, jamiyatni o’z resurslaridan umumiy mahsulotni oshirish yo’lida
foydalanadi va shuning uchun, uning farovonligi ham ortadi.
Mamlakat xalqaro savdoga o’z mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlar
chizig’ini bohsqarishi uchun muhtoj emas. Yopiq milliy iqtisodiyot xalqaro
savdosiz to’liq ish bilan ta’minlashni amalga oshirishi mumkin. Shunga qaramay,
xalqaro savdo orqali iqtisodiyot o’z ichki mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari
chizig’idan ortib, iste’mol nuqtasiga yaqinlashib qoladi. Savdodan ko’zlangan
foyda xorijdan keltirilgan qo’shimcha mahsulotdir va mamlakat ichida ishlab
chiqarilgandan harajati kamroq bo’lishi mumkin bo’lgan narxlarda olingan
importlardir.
Siyosiy Mulohazalar. Mamlakat savdodan foyda oladi, savdo muayyan ichki
sanoatlarni va resurs ta’minotchilarini muayyan guruhlarini barbod etishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan nisbiy ustunlik misolida, ixtisoslashtirish va savdo AQSh
avokado sanoati va Meksika soya sanoatlariga juda yomon ta’sir ko’rsargan edi.
O’sha sanoatlar o’zlarining hukumatlaridan ularni importlardan, ehtimol, tariflar
yoki import kontingentlaridan himoya qilishini so’rab o’z iqtisodiy nufuzlarini
saqlab qolishga harakat qilgan bo’lishlari mumkin. Import himoyasidan bevosita
foydalanadiganlar ko’p emas, lekin ular doim tavakkal qilishga majburdirlar.
Shunday qilib, ular o’z maqsadlariga erishishlari uchun siyosiy faoliyat
yuritishlari kerak bo’ladi. Ammo shunga qaramay, tariflar va kontingentlarning
umumiy harajatlari foydadan muayyan tarzda oshib ketadi. Jamiyatga yiliga ichki
ish o’rinlarini yaratishni ta’minlash uchun $200000 ning ¼ foizidan kamroq sarf-
harajatlar qilishiga to’g’ri kelishi g’ayrioddiy holat emas. Buning ustiga, bu
harajatlar tovarlarning narxiga singib ketishi va millionlab odamlar orasida
taqsimlanishi tufayli yakka tartibdagi har bir fuqaro yuzaga keltirayotgan
harajatlar ancha kam ko’rinadi. Siyosiy sahnada esa, qo’llab –quvvatlashni talab
qilayotgan nisbatan kam miqdordagi ishlab chiqaruvchilarning ovozlari baland va
o’zgarmasdir, vaholanki, harajatlarni to’lab borayotganlarning ovozlari mayin va
pastdir. Darhaqiqat, jamiyat qo’llab-quvvatlovchi muzokaralarning vatanparvarlik
Do'stlaringiz bilan baham: |