Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda bojxona siyosati ta’riflari­


O’zbekiston Jahon bozoriga kirib boorish muammolari va ularning yechimini milliy kontseptsiyasi



Download 50,49 Kb.
bet11/12
Sana31.12.2021
Hajmi50,49 Kb.
#221137
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Inflyatsiya tushunchasi va uning iqtisodiy mazmun mohiyati

3.O’zbekiston Jahon bozoriga kirib boorish muammolari va ularning yechimini milliy kontseptsiyasi

O‘zbekiston o‘z mustaqilligining ilk kunlaridanoq milliy manfaatlarga asoslangan va har tomonlama puxta o‘ylangan tashqi siyosat olib bormoqda. O‘zbekiston tashqi siyosati jahon hamjamiyati tomonidan keng e‘tirof etilib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e‘tiborini, uning mintaqaviy va xalqaro masalalarda roli va ahamiyatini mustahkamlab kelmoqda.

O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavfxatarlarga o‘z vaqtida va adekvat javob choralari orqali echishni talab etadigan XXI asrning o‘ta shiddat bilan o‘zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatimiz Konstitutsiyasiga, «Tashqi siyosiy faoliyat Kontseptsiyasi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi qonunlarga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning dasturiy nutqlari va ma‘ruzalariga, mamlakatimiz tomonidan imzolangan xalqaro konventsiya va shartnomalarga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining asosiy maqsadlari - bu davlat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, mamlakatning xalqaro munosabatlarning to‘laqonli sub‘ekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirishdan, hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta‘minlash, mamlakat iqtisodining barqaror va tez sur‘atlar bilan o‘sishi, uning ochiq demokratik davlat qurish yo‘lidagi jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan o‘rin olishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir.

Tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

O‘zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik uchoqlariga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko‘radi, shuningdek o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob‘ektlari joylashtirilishiga yo‘l quymaydi. Konstitutsiyaga, «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga va Harbiy doktrinaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faqat davlat suvereniteti va mamlakat hududining yaxlitligini, aholining tinch xayoti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida tuziladi hamda xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi. Bugungi kunda O‘zbekistonning tashqi siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda xalqaro hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirish;

- mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyatni va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;

- Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot zonasiga aylantirish, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga ko‘maklashish; - jahonning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish, mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlab turish, O‘zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya qilish; - mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish uchun siyosiy diplomatik hamda xalqaro huquqiy mexanizmlardan, jumladan preventiv diplomatiya chora-tadbirlaridan foydalanish;

- O‘zbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli, mas‘uliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun investitsion, sayyohlik, madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;

- milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish jarayonlarini kuchaytirish uchun ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;

- O‘zbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolatli chiqishini ta‘minlaydigan ko‘p muqobilli transport-kommunikatsiya yo‘laklarining tizimini shakllantirish va rivojlantirish;

- xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlari har tomonlama himoya qilinishini ta‘minlash.

O‘zbekiston Respublikasi bugungi kunda O‘zbekistonni 170 dan ortiq davlat tan olgan, dunyodagi 130 ga yaqin mamlakat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Respublikada 88 ta chet davlat vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tgan, 24 ta hukumatlararo tashkilot, 13 ta nohukumat tashkilotlari ishlab turibdi. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda O‘zbekiston elchixonalari va moliya tashkilotlari teng huquqli asosda ishlab turibdi. Jahonning 140 mamlakati bilan savdo-iktisodiy munosabatlar o‘rnatilgan. Toshkentda 44 ta mamlakat o‘z elchixonasini ochgan.

O‘zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi. O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan va BMT rahnomaligida 1995 yili Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. "O‘zbekiston,-degan edi Islom Karimov,- milliy manfaatlariga mos keladigan, ko‘p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish - davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g‘oyat muhim vositasidir". O‘zbekiston Prezidentining asosli mulohazalari bilan 1993 yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Prezident Islom Karimov "Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir" ma‘ruzasida (2005 yil 28 yanvarda) tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlari haqida to‘xtalib:

1) dan, davlatimiz tashqi siyosatining ma‘no-mazmuni va maqsadi bitta -u ham bo‘lsa, O‘zbekiston manfaati va yana bir bor O‘zbekiston manfaatidir.

2) Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash. Albatta bunda mintaqada strategik mavhumlik saqlanib qolayotganligini ham tan olish kerak.

3) "Qo‘shning tinch - sen tinch" hayotiy naqliga rioya etish.

4) BMT doirasida hamkorlikni rivojlantirish. SHuningdek, EXHT, Evropa Ittifoqi, NATO, AQSH, Rosiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar bilan demokratik tamoyillar asosida aloqalarni rivojlantirish.

5) Xalqaro terrorizm va radikalizmga qarshi kurashda birdamlikni ta‘minlash va h.k.

O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati: O‘zR Konstitusiyasi 4-bob, 17-moddasida O‘zRsining xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosatining huquqiy (5 ta) prinsiplari ishlab chiqildi va asoslab berildi:

1) Davlatlarning suvereniteti, tengligi.

2) Kuch ishlatmaslik yoki tahdid qilmaslik.

3) Chegaralarning daxlsizligi.

4) Nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish.

5) Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik.

Bu prinsiplar O‘zbekistonning manfaatdorlik tamoyillari bilan uyg‘unlashtirildi. Prezident Islom Karimov "O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li" asarida O‘zbekiston tashqi siyosatini amalga oshirish 6 ta amaliy prinsiplarini ishlab chiqdi, ular:



  1. Milliy davlat manfaatlari ustun bo‘lgan holda o‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish.

  2. Umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash mojarolarni tinchi yo‘l bilan hal etish.

  3. Teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlilik, boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik, tenglar orasida teng bo‘lish.

  4. Mavkuraviy qarashlardan qat‘iy nazar ochiq-oydinlik, barcha davlatlar bilan keng aloqani o‘rnatish. Ichki milliy qonunlardan xalqaro huquq normalarining ustuvorligini tan olish.

  5. Ham ikki tomonlama ham ko‘p tomonlama tashqi aloqalarni o‘rnatish, xalqaro xamkorlikni kuchaytirish.

Istiqlolning dastlabki yillaridanoq bevosita mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov rahbarligida tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va asosiy tamoyillari belgilandi hamda og‘ishmay amalga oshirila boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi diplomatik aloqalarda amalga oshirilayotgan demokratik siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

1) mafkuraviy qarashlardan qat‘iy nazar, hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

2) davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;

3) nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;

4) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

5) inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;

6) ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;

7) tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

8) davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik ustunligi;

9) tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik va boshqalar.

Bugungi kunda O‘zbekiston taraqqiyotining konstitusiyaviy zamini yaratildi. Shunga mos ravishda inson huquqlari ham tiklanmoqda. Xalqimizning ma‘naviy salohiyati, unga xizmat qiladigan tabiiy va texnikaviy zahiralar, mustahkamlanayotgan xalqaro munosabatlar demokratik rivojlanish va inson huquqlariga rioya qilish uchun barcha sharoitlarning bosqichma-bosqich yaratilishiga kafolat beradi.

O‘zbekisonning xalqaro tashkilotlar va davlatlararo uyushmalar faoliyatidagi ishtiroki respublika tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu tashkilotlar jahon hamjamiyatiga kirish, xo‘jalik aloqalarini o‘rganish, ekologiya, tabbiy muammolarni hal etish, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishda katta yordam bermoqdalar. Respublika Prezidenti davlatimiz o‘z qiyofasini yo‘qotmasdan xalqaro talablarga rioya etishga tayyorligini qat‘iy tasdiqladi. Bu talablarga rioya etmasdan, xalqaro jahon hamjamiyatiga kirib bo‘lmaydi. Bu erda Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi asosidagi kafolatlar, BMT Nizomi va Xelsinki kelishuvi qoidalari, hujum qilmaslik, xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechish, xalqaro huquq qonunlarining milliy qonunlardan ustuvorligi va hokazolar to‘g‘risida gap bormoqda. Jahondagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar xuddi shunday yondashuv tarafdoridir. O‘zbekiston butun dunyo ko‘z o‘ngida tashqi siyosiy va madaniy aloqalarining boy tarixiga ega bo‘lgan, mustaqil ravishda zamonaviy diplomatik aloqalarni amalga oshirayotgan tinchliksevar huquqiy davlat sifatida namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro huquq jihatidan O‘zbekiston uchun asrlar osha buyuk bo‘lib kelgan davlatlar ham, davlatchilik tarixi biznikiga o‘xshash yosh mamlakatlar ham bab-baravardir. O‘zbekiston taraqqiyotning konstitusiyaviy asosi sifatida inson huquqlari tiklanmoqda. Xalqimizning ma‘naviy imkoniyati, uning katta tabiiy va texnik zahiralari, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalari demokratik taraqqiyot va inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar mavjudligiga ishonch tug‘diradi. Natijada mamlakatimiz amalda yalpisiga diplomatik tan olinishiga va xalqaro iqtisodiy aloqalarga tortilishiga yo‘l ochib berildi.

XX asrning ohirida dunyoning siyosiy makoni sifat jihatidan o‘zgardi. Sovet Ittifoqi xalqlari hamda sobiq «sosialistik hamdo‘stlik»dagi boshqa davlatlar bir partiyaviylik tizimi va markazdan turib rejalashtirish iqtisodiyotidan voz kechishdi. Bu holat dunyoda antogonistik ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning global qarama-qarshiligi barham topdi va dunyo siyosatida demokratik jamiyatlar salohiyati ancha oshdi. Evroosiyo hududida, jumladan, Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlari, shuningdek, sobiq sovet ittifoqi davlatlarining roziligi orqali ijtimoiy-siyosiy tuzumning demokratik shakliga o‘tildi. Agar bunday davlatlarda, eng avvalo, Rossiyada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa, Shimoliy yarim sharining kattaroq qismi - Evropa, SHimoliy Amerika, Evroosiyoda bir-biriga yaqin ijtimoyi-siyosiy va iqtisodiy tamoyillar asosida yashovchi, bir-biriga o‘xshash qadriyatlarga e‘tiqod qiluvchi, shu jumladan, global dunyo siyosati jarayonlariga bir xilda yondashuvchi xalqlar hamjamiyati shakllanadi.

1991-yil 31-avgust – O‗zbekiston Respublikasi mustaqilligining rasmiy e‘lon qilingan kuni – davlatimizning xalqaro hamjamiyatga keng ko‗lamli va dinamik integratsiyasi boshlangan sana hisoblanadi. 2015-yil 1-iyul holatiga ko‗ra O‗zbekiston dunyoning 130 dan ortiq mamlakati bilan diplomatik aloqalar o‗rnatgan. O‗zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga a‘zo bo‗lib, turli xil ko‗p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Mamlakatimizning qulay iqtisodiy geografik mintaqada joylashganligi, xorijiy sheriklar uchun yetarli shart – sharoitlarning yaratilganligi va eng asosiysi Respublikamiz hududida tinchlikning barqarorligi boshqa davlatlarni biz bilan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga undaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning deyarli 130 dan ortiq mamlakatlari bilan iqtisodiy ikki tomonlama manfaatga ega bo‘lgan aloqalarni tashkil etgan. Biz quyida e‘tiboringizga shulardan jahon bozorida yetakchilik qilib kelayotgan davlatlar bilan mamlakatimiz o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni havola etamiz.

O’zbekiston va Xitoy iqtisodiy aloqalarining ustuvor yo’nalishlari Xitoyda amalgam oshirilayotgan muvaffaqiyatli iqtisodiy islohotlar, yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atlari va doimiy ravishda ortib borayotgan iqtisodiy salohiyat O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Xitoyni O‘zbekistonning eng muhim va istiqbolli hamkorlaridan biri sifatida e‘tirof etish mumkin. Mamlakatimizda 65 ta yirik Xitoy kompaniyalarining vakolatxonalari ochilgan bo‘lib, ular ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo – sotiq aloqalarini rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqdalar.

O‘zbekiston eksportining tarkibi quyidagicha: paxta tolasi, voylok, ipak, to‘qimachilik mahsulotlari tayyorlash uchun zarur erituvchi materiallar, xizmatlar, mexanik asbob uskunalar, mebel, kimyoviy tolalar, gazlama, paxta ip – kalava va boshqalar. Xitoyda nimport qilinadigan mahsulotlar tarkibi esa quyidagicha: qora metallar va undan tayyorlanadigan mahsulotlar, kofe, choy va shirinliklar, mexanik asbob uskunalar, poyabzal, kiyim – kechak, to‘qimachilik va trikotaj, trikotaj polotnosi, ruda, organic kimyoviy birikmalar, kimyoviy tolalar, plastmassa va plastmassa mahsulotlari, xizmatlar, noorganik kimyoviy mahsulotlar, boshqa materiallardan yasalgan mahsulotlar, turli tayyor mahsulotlar va boshqalar.

O’zbekiston va Yaponiya Iqtisodiy hamkorligi Yaponiya O‘zbekiston Respublikasining muhim savdo-iqtisodiy hankorlaridan biri hisoblanadi. 1992 – yildan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faol aloqlar o‘rnatilgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqlari oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, tarkibiy qayta qurilishni amalga oshirish, gummanitar va rasmiy yordam shaklidagi kreditlar, qaytarilmaydigan ssudalar ko‘rsatishdan boshlangan.

O‘zbekistonning Yaponiyaga eksport qilayotgan mahsulotlarining tovar tarkibi quyidagicha: noorganik kimyo mahsulotlari, ipak, paxta, kalava, paxtali matolar, gilamlar, tekstil mahsulotlari, kiyim-kechak, spool buyumlar, rangli metallar, mexanik asbob-uskunalar.

Yaponiya esa O‘zbekistonga, o‘z navbatida, quyidagi mahsulotlarni yetkazib beradi: organik kimyoviy birikmalar, bo‘yoqlar, foto va kino mahsulotlari, kauchuk va rezina mahsulotlari, poligrafiya sanoati mahsulotlari, kimyoviy tola, oyna va oyna mahsulotlari, qora metall, mexanik asbobuskunalar, elektr asbob-uskunalar, audio va videotexnika, transport vositalari va ehtiyot qismlar, optika, foto va tibbiyot mahsulotlari, soatlar va ehtiyot qismlar, musiqa asboblari va ehtiyot qismlar, mebel, yoritish asboblari. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo munosabatlari jadal sur‘atlar bilan rivojlanmoqda. O‘zbekistonning eksport-import tarkibida Yaponiyaning ulushi 2012 – yilda 0.1 va 1.3% ga teng bo‘lgan1 .

O’zbekiston va Rossiya iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqalari ikkala mamlakat o‘rtasida 1992 – yil 20 – martdan o‘rnatilgan diplomatic munosabatlardan keyin boshlandi. 1991 – yildan hozirga qadar O‘zbekiston Va Rossiya o‘rtasida 160dan ortiq xalqaro shartnoma va 40dan ortiq boshqa hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston Rossiyaga oziq – ovqat mahsulotlari, avtomobillar, kimyo sanoati mahsulotlari va plastmassa, rangli va qora metallar, kabel, xizmatlar, paxta tolasi, tabiiy yoqilg‘i, neft mahsulotlari, sabzavotlar, gazlama, paxta kalavasi, jun, meva va sabzavotdan qayta ishlangan mahsulotlarni eksport qiladi. Oxirgi yillarda O‘zbekiston eksportining tarkibida yengil avtomobillar(1,5-2 marta), meva va poliz ekinlari(5), polietilen(2), tayyor tekstil mahsulotlari(1,4-1,5), transformatorlar(2), past voltli apparatlar(1,5), quvur(1,5), havo transporti(1,7), turizm(1,4) ulushi ortib bormoqda1 . 2013 – yilda ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 7,840mlrd. dollarni tashkil etgan. O‗zbekiston 2016 yilning oxiriga qadar Rossiyaga meva-sabzavot eksporti hajmini 500 ming tonnaga yetkazmoqchi. Bu haqda ―Россия сегодня‖ agentligi O‗zbekiston Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi vakili Olimboy Ortiqovning so‗zlariga tayangan holda xabar tarqatdi. O‗tgan yili O‗zbekistondan Rossiyaga qiymati 300 million dollarga teng 200 ming tonna meva-sabzavot yetkazib berilgan edi. Joriy yilda esa bu ko‗rsatkich 50-70 ming tonnaga ko‗payishi va 400 million dollar daromad olinishi kutilmoqda.

O’zbekiston va AQSH tashqi iqtisodiy aloqalari AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning kelib chiqish tarixi, rivojlanish dinamikasi, shart – sharoitlari va omillariga e‘tibor beradigan bo‘lsak, bu hamkorlik bosqichma – bosqich rivojlanib kelganligi va jadal sur‘atlarda rivojlanayotganligini kuzatish mumkin.

O‘zbekiston bilan AQSHning o‘zaro manfaatli savdo munosabatlari strategic sheriklik darajasiga olib chiqildi. O‘tgan davr mobaynida ikki tomonlama savdo munosabatlarini yo‘lga qo‘yish negizida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor sohalari ham belgilanib bordi. Shunga ko‘ra, Amerika kompaniyalari tog‘ – kon va neft – gaz mazmunda qator ustuvor investitsiya loyihalarini amalgam oshirishda, agrosanoat majmui, oziq – ovqat sanoati va transport infratuzilmasining texnalogik bazasini rivojlantirishda ishtirok etmoqda. Respublikada AQSH investorlari ishtirokida tashkil etilgan 300dan ortiq korxona, jumladan, 200dan ortiq qo‘shma korxonalar va 100ga yaqin to‘liq AQSH sarmoyasiga asoslangan korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Misol tariqasida ―Jeneral Motors‖, ―Keyz Korporeyshn‖, ―Koka Kola‖, ―Teksako‖, ―Beyker Xyuz‖, ―Dyunevent‖, ―Prokter end Gembl‖, ―Ey–Ay–Dji‖ kabi yirik kompaniyalarni keltirish mumkin. AQSH O‘zbekistonning yirik savdo–iqtisodiy hamkori hisoblanadi va ikkala mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2013 – yilda 443,1mln. dollarni tashkil etdi1 .

O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi tashqi iqtisodiy aloqalari O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi(YeI) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarining rivojlanishida 1992 – yilda «O‘zaro hamkorlik» to‘g‘risida Memorandumning imzolanishi muhim ahamiyatga ega. 1996 – yilda O‘zbekiston Respublikasi va YeI o‘rtasida savdo – iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan «O‘zbekiston – YeI va ularga a‘zo davlatlar o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish» to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. YeI ning O‘zbekiston bilan hankorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: O‘zbekistonning geosiyosiy va strategik joylashuvi; O‘zbekistonning tabiiy va Iqtisodiy salohiyati.

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, biz mamlakatimiz hududida qadim tarixda ham faol savdo aloqalari sodir bo‘lib turganini ko‘rishimiz mumkin. Bunga Qadimgi Baqtriya, Katta Xorazm va Sug‘diyona davlatlari hududida bo‘lgan savdo aloqalarini misol qilib keltirish mumkin.

Amir Temur va Temuriylar davrida ayniqsa savdo – sotiq munosabatlari yaxshi rivojlandi. Bunga Amir Temurning olib borgan oqilona davlat siyosati sabab bo‘lgan. Amir Temur Fransiya qiroliga xat yozib, unda Xitoydan boshlanadigan Buyuk Ipak yo‘lini Movaraunnahr orqali Yevropa davlatlariga yetkazish va o‘zaro tashqi iqtosodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirgan.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng muhtaram Prezidentimiz ham xalqaro munosabatlarni qayta tiklashga bor e‘tiborlarini qaratdilar. Buning natijasida tez fursatlarda davlatimiz yuqori darajada rivojlanib jahon miqyosida o‘zining ishonchli iqtisodiy hamkorlariga ega bo‘ldi.

Respublikamizning iqtisodiy geografik jihatdan qulay joylashganligi va boy tabiiy resurs, xomashyolarga egaligi xorijiy davlatlarni biz bilan hamkorlikka chorlaydi.

Prezidentimiz tashabbuslari bilan avvalo bizga qo‘shni bo‘lgan davlatlar bilan o‘zaro mustahkam do‘stlik shartnomalari imzolandi va iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Bunga misol tariqasida mamlakatimizga chegaradosh bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasi bilan olib borilayotgan iqtisodiy aloqalarni misol qilib keltirish mumkin. 2016 yilnining 14 – 16 aprel kunlari Qozog‘iston Prezidenti mamlakatimizga amaliy tashrif buyurdi.

Qozog’istonda mamlakatimiz ishbilarmonlari ishtirokida tashkil etilgan 151 korxona faoliyat yuritmoqda. Yurtimizda Qozog’iston kapitali ishtirokida 206 korxona, shu jumladan, 171 qo’shma korxona ochilgan.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga va jahon xo‘jaligiga chuqurroq integratsiyalashib borishga intilmoqda. Hozirgi kunda jahondagi iqtisodiy munosabatlarda globallashuv jarayoni tobora kuchayib bormoqda. Bu borada Prezidentimizning « … tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta‘sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim – O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy – iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi»1 degan so‘zlarini esga olishimiz muhimdir. Shuningdek, dunyoning yirik, jadal iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlari bilan savdo – sotiq aloqalarini kengaytirish, «… eksport qilinadigan mahsulotlarimizni tarkibini va umuman, tashqi savdo aylammasini yanada diversifikatsiya qilish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda» 2

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, biz bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan jahon bozorida o‘z o‘rnimizni saqlab qolish, mamlakat hududida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash, xorijiy mamlakatlar bilan mustahkam iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va ichki bozorni himoya qilgan holda eksport va import operatsiyalarini yanada rivojlantirish uchun tinmay xarakatda bo‘lishimiz, o‘qib o‘rganishimiz va asosiysi bor kuch va e‘tiborimiz bilan yurt tinchligini saqlashimiz zarurdir. Chunki tinchlik bo‘lgan joyda rivojlanish va o‘sish bo‘ladi.




Download 50,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish